32
modelning so‘nngi bosqichi bo‘lib, o‘quvchilar o‘zlari yaratgan modellarini
taqdim etadilar. Bu ularda yangi analogning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
(“Learning is like a box of chocolates.” – O‘rganish bir quti shokoladga
o‘xshaydi).
Bu metodni qo‘llash orqali o‘quvchilarning fikrlashi o‘sadi, dunyoqarashi
kengayadi, obrazli tafakkuri shakllanadi.
Xarakter-xususiyat metaforalarini o‘qitishda bu usul yaxshi samara beradi.
O‘quvchilarga insonlarga xos bo‘lgan biror xususiyatni aytamiz. O‘quvchilar
esa shu xususiyat qaysi hayvon orqali ifodalanishini aytadilar va o‘qituvchi
to‘g‘ri variantni aytadi. Masalan, “mard” leksemasiga mos bo‘lgan metaforalarni
topadilar: mard-xo‘roz, bo‘ri, ayiq, tulki va hokazo bo‘lishi mumkin. Bunda
“mard”- analog asosi, “xo‘roz, bo‘ri, ayiq, tulki”-anolog. O‘qituvchi bo‘ri, ayiq,
tulki variantlari noto‘g‘ri javobligini izohlab, to‘g‘ri javob xo‘rozligini
tushuntiradi. O‘quvchilar javob topishda ijodiy yondoshadilar.
Ular bor narsani
to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki metaforik usulda nomlaydilar. Bu usul
o‘quvchilarning miyada bor “qoliplar”dan chiqishga va ijodiy yondoshishga
o‘rgatadi. Natijada insonlar xarakter-xususiyatini hayvonlar obraziga solib
ifodalaydilar. Xarakter-xususiyat metaforalari nafaqat hayvonlar orqali,
balki
sifatlar orqali ham ifodalanishi mumkin. Bunga og‘ir, nozik, yengil
leksemalarini misol qilishimiz mumkin. Og‘ir-vazni katta bo‘lgan, tosh
bosadigan; vaznli
32
. Ma’no ko‘chganda esa insonga xos bo‘lgan bosiqlik,
vazminlik xarakterini bildiradi. Masalan: Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda
pishiq, og‘ir, g‘ayratli. (A. Qahhor ).
Bu misoldagi “og‘ir” leksemasi Aminjonning vazmin,
bosiq bola
ekanligini ko‘rsatadi.
Sinetika metodini qo‘llashda o‘quvchilarni guruhlarga bo‘linadi va har
bir guruhga quyidagicha sxema beriladi:
32
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энсикилопедияси, 2006. -Б. 188.
34
“Ayyor” leksemasi uchun “ayiq, bo‘ri, tulki, ilon, mushuk, olmaxon, sher” kabi
analog, “o‘g‘ri” leksemasi uchun “kalamush, kaltakesak, sichqon, mushuk”,
“vazmin” leksemasi uchun “yovvoyi, og‘ir, nozik, yengil” va boshqa analoglar
misol bo‘lishi mumkin. Demak, bitta leksemaga bir nechta analogni
misol qilib
keltirish mumkin. Har bir guruh a’zolari o‘zlariga berilgan leksemaga misol
aytadilar, o‘qituvchi esa har bir misolni doskaga yozadi va guruh a’zolari mos
keladigan analogni topadilar. Nima uchun shu analogni tanlaganlarini izhohlab
beradilar. Bu orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi rivojlanadi, dunyoqarashi
kengayadi, obrazli tafakkuri shakllanadi.
Ingiz tilidagi badiiy matnlarda ham xarakter-xususiyatga
doir misollar
talaygina. Masalan, Skott Fitzgeraldning “
The Great Gatsby” (Buyuk Gatsbi)
asaridagi “Gatsby believed in the green light, the orgastic future that year by
year recedes before us. It eluded us then, but that's no matter—tomorrow we will
run faster, stretch out our arms farther.... And then one fine morning—So we
beat on, boats against the current, borne back ceaselessly into the past” parchada
green light
metaforasi Daisining muloyimligini anglatadi.
Kurt Vonnegutning
“Cat's Cradle”
(Mushuk beshigi) asaridagi “The
woman, which in the yard is so jealous, she is storm. Her jeolosity is more much
anything. She always control him, do not allow to
go to the abroad never and
ever” parchada ayolga xos injiq tabiat bo‘ron metaforasi bilan izohlanadi
.
Demak, yuqoridagi tajribadan kelib chiqadiki, xarakter-xususiyat
metaforalari
ko‘proq
hayvonlar orqali ko‘chadi. Xarakter-xususiyat
metaforalarini o‘rgatishda sinektika metodidan foydalanish o‘quvchilarda
mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini tarkib toptiradi, guruhlarda ishlashga o‘rgatadi,
ko‘pchilik oldida o‘z fikrini bayon qilish, o‘z nuqtayi
nazarini asoslash mala-
kalarini hosil qiladi. Bu esa o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: