Tasnifiy birliklar
1.
|
Tillar makro oilasi
|
2.
|
Til oilasi
|
3.
|
Til tarmoqlari (shaxobchalari)
|
4.
|
Til guruhi
|
5.
|
Til guruhchasi
|
6.
|
Til
|
7.
|
Lahja
|
8.
|
Sheva
|
Tillarning geneologik va tipologik tasnifi. Hozirgi paytda geneologik tarixi qiyosiy jihatdan o‘rganilib, bir-biri bilan qardoshligi aniqlangan tillar oilasi 20 dan ortiq bo‘lib, ularning asosiylari quyidagicha tasnif qilinadi:
Hind- Yevropa tillari oilasi.
Xom-som tillari oilasi.
Turk tillari oilasi.
Ugor-fin tillari oilasi.
Kavkaz tillari oilasi.
Xitoy-tibet tillari oilasi.
Dravid tillari oilasi.
Indonez tillari oilasi kabilar.
Til oilalari. Til guruhlari. I. Hind-Yevropa tillar oilasi. Dunyo tillar oilalari ichida eng keng tarqalgani va ko‘p o‘rganilgani Hind-Yevropa tillar oilasidir. Bu oilaga slavyan, boltiq, german, roman, hind, eron, kel’t, grek (yunon), alban, arman tillari kabi til guruhlari kiritilgan. Qayd etilgan har bir til oilalari yana o‘z navbatida quyidagicha tasnif etilgan:
Hindiston tillari guruhi avval ikkiga ajratilgan: a)hind tili. b) urdu tili.
Bundan tashqari Hind tillari guruhiga yana quyidagi tillar kiritilgan:
1.Bengal tili. 2.Maratxi tili. 3.Panjob tili. 4.Rajaston tili. 5.Gujarati tili. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Hindistonda yashaydi. Qadimgi hind tillari guruhiga lo‘li, sindxi tillari, shuningdek, iste’moldan chiqib qolgan (o‘lik) tillardan sanskrit, pali, prokrit tillari kiritilgan. Sanskrit tili qadimgi hind mumtoz adabiy tili bo‘lib, bu tilda “Mahabxarata” (”Bxaratlarning buyuk jangi haqida doston”) hamda
“Xito padesha” (”Yaxshi nasihat”) kabi bir qancha ajoyib epik asarlar yaratilgan. Miloddan avvalgi IV asrda hind olimi Paninining mashhur “Sanskrit grammatikasi” asari materiali ana shu yodgorliklar tiliga mos keladi.
Eron tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan: a) hozirgi fors tili.
b) pushtu-dari tillari.
v) kurd tili.
g) tojik tili.
osetin tili.
baluchi tili.
Slavyan tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) rus tili.
b) ukrain tili.
v) belorus tili.
g) bulg‘or tili.
serb-xorvat tillari.
chex tili.
j) slovak tili.
z) polyak tili.
Bundan tashqari, kashub, serboluj tillari, iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan qadimgi slavyan, polab, pomor tillari ham slavyan tillari guruhiga kiradi.
Boltiq tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) litva tili.
b) latish tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan prus tili ham boltiq tillari guruhiga kiradi.
German tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) ingliz tili.
b) nemis tili.
v) daniya tili.
g) shved tili.
norveg tili.
golland tili.
j) island tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) qadimgi tillardan vesgod va ostgot tillari ham german tillari guruhiga kiradi.
Roman tillari guruhiga quyidagi tillar kiritilgan:
a) fransuz tili.
b) italyan tili.
v) ispan tili.
g) portugal tili.
rumin tili.
moldava tili.
j) provansal tili.
z) sardin tili.
i) katalan tili.
k) reto-roman tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan latin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga kiradi.
Kelt tillari guruhiga quyidagilar kiritilgan: a) irland tili.
b) shotland tili.
v) breton tili.
d) uel’s (valli) tili.
Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan gal va kornoul tillari ham kel’t tillari guruhiga kiradi.
Grek (yunon) tili guruhiga yangi grek (yangi yunon) tili kiritilgan. Iste’moldan chiqqan (o‘lik) tillardan qadimgi yunon, o‘rta yunon yoki Vizantiya tillari ham grek tili guruhiga kiradi.
Alban tili guruhiga alban tili kiradi.
Arman tili guruhi.
Hind-Yevropa tillari oilasiga yuqorida qayd etilganlar qatorida yana xett, toxar tillari singari iste’moldan chiqqan (o‘lik) qadimgi tillar ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |