7-ma’ruza: TILLARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. “YOSH
GRAMMATIKACHILAR” MAKTABI. LEYPSIG TO‘GARAGI. MOSKVA MAKTABI. QOZON MAKTABI.
2 soat.
Reja:
1.Tillarning rivojlanish bosqichlari
2.Yosh grammatikachilar maktabi qarashlari
3.Moskva maktabi
4.Qozon maktabi
XIX asrning oxirgi choragida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda bir guruh yosh tilshunoslarning ―Yosh grammatiklar deb atalgan yangi bir oqimi paydo bo‘ldi va ular keksa avlod tilshunoslarini tanqid qila boshladilar. Ular klassik va bobo tillarni o‘rganishni tanqid qilib, ya‘ni til tarixini tan olmasdan, jonli tillarni o‘rganishga chaqirdilar. A.Leskin (1840-1915), K.Brugman (1849-1919), G.Ostgof (18421907), G. Paul (1846-1921), B.Delbryuk (1842-1912) kabi Leypsig universiteti olimlari, shuningdek, F. de Sossyur (1857-1913), F.F.Fortunatov (1848-1914), V.Tomson (18421927) singari mashhur tilshunoslar ham yosh grammatiklarga biroz yondashganlar. Yosh grammatiklar fikricha, til individual psixofiziologik faoliyat, tildagi barcha o‘zgarishlar ayrim shaxslarning kundalik nutq faoliyatida vujudga keladi.
Yosh grammatikachilar tilning ikki xil faoliyati borligini uqtirar edilar. Bulardan biri tilning yakka (individual) faoliyati bo‘lib, u tilda paydo bo‘ladigan yangi hodisalarning analogiyaga asoslanishidan iboratdir. Analogiya (o‘xshashlik) esa assotsiatsiya (uyushma) orqali yuz beradigan psixik hodisalardan kelib chiqadi. Tilning ikkinchi tomoni - bu tilning fiziologik faoliyati va uni tildagi fonetik o‘zgarishlarda ko‘rinishidir. Shuning uchun yosh grammatikachilar tilshunoslikda yangi fonetik qonunlarni kashf qilish va tasvirlashga katta e‘tibor berganlar. Yosh grammatikachilar til hodisalarini chuqur va mukammal o‘rganish uchun tildagi ayrim hodisalarni boshqa jarayonlardan ajralgan holda o‘rganishni tavsiya qilganlar.
Shuning uchun ham ularning ta‘limotida ―atomizm degan atama ishlatilgan.
Yosh grammatikachilar hind-Yevropa tillari sohasida, ayniqsa, fonetika sohasida katta kashfiyotlar qilishdi. Ular aniq tillarning tarixiy fonetikasi va grammatikasida hamda dialektologik tadqiqotlarda o‘z ta‘sirini ko‘rsatib kelgan. Yosh grammatikachilarning fikricha, Hind-Yevropa tillarining naturalistik va mantiqiy tadqiqida juda ko‘p tillararo hodisalar o‘rganilgan, ammo so‘zlovchiga - inson omiliga e‘tibor kam berilgan. Yosh grammatiklar to‘garagi faoliyati orqali qiyosiy tarixiy tahlil metodlari, funksional-semantik grammatikaning muammolari o‘rganildi. Tilni nafaqat individual psixologik, balki, madaniy-tarixiy jarayon ekanligiga aniqlik kiritildi.
XIX ASRDAGI RUS TILSHUNOSLIK MAKTABLARI MOSKVA LINGVISTIKA MAKTABI
XIX asrning oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar vujudga keldi. Ulardan biri Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) asos solgan Moskva lingvistik maktabi bo‘lib, bu maktab tilshunoslik fanining taraqqiyotiga va qiyosiy- tarixiy tilshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. F.F. Fortunatov so‘zlarni shakl tomonidan tasniflab, ularni o‘zgaruvchi va shakli o‘zgarmaydigan (grammatik shaklsiz, faqat so‘z yasovchi shakllardan iborat) kabi turlarga tasniflaydi,
ushbu so‘z shakllarining so‘z turkumlari va gap tarkibidagi o‘rni haqidagi ta‘limotlarni ilgari suradi.
Moskva lingvistik maktabida yaratilgan so‘zning shakli hamda so‘zning grammatik turlari, so‘z turkumlarining ikki tomonliligi va gap to‘g‘risidagi ta‘limotlar uning shogirdlari Shaxmatov, Peshkovskiy, Pokrovskiylar tomonidan davom ettirildi.
Bunga misol sifatida A.A.Shaxmatovning eng yirik asari-Rus tili sintaksisi (19251927), A.M.Peshkovskiyning-Rus sintaksisining ilmiy yoritilishi (1914), -Ona tili metodikasi, stilistika va lingvistika masalalari (1930), M.M.Pokrovskiyning-Qadimgi tillar sohasida semasiologik tadqiqotlar (1895) hamda-Semasiologiya metodlari to‘g‘risida (1896) kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
QOZON LINGVISTIKA MAKTABI
Qozon lingvistik maktabining asoschisi rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan) Aleksandrovich (Ignausbis) Boduen de Kurtene (Nesislav) (1845-1929) avval Varshavadagi gimnaziyada, so‘ng Praga, Berlin, Leypsig, Vena, Berlinda tahsil olgan. Uning dastlabki ―XVI asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida nomli asari 1870 yildayoq Leypsigda chop qilinadi. Bu ishi uchun unga magistrlik darajasi va privat dotsent unvonini berishdi. 1874 yilda 29 yoshida ―Rezyan shevalarining fonetikasini o‘rganish tajribasi mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Asosiy asarlari:―Tilshunoslik va tildagi ayrim umumiy mulohazalar (1871), ―Fonetik alternatsiyalarning mahorat nazariyasi (1895),―XIX asr lingvistikasi yoki tilshunosligi (1901),―Lingvistik maqolalar va aforizmlar (iboralar) (1903), ―Tilshunoslikka kirish (1917).
U Qozonda 9 yil, Yuryevda 10 yil, Krakovda 5 yil, Peterburgda 18 yil ishladi. Peterburgda ishlagan paytda L.V.Shcherba, A.P. Barannikov, V.V.Radlov kabi mashhur tilshunoslarni, Varshavada ijod qilgan paytlarida esa V.Doroshevskiy, N.V.Krushevskiy singari olimlarni yetishtirgan. V.Doroshevskiy semasiologiya, leksikografiya va leksikologiya, til va tafakkur, axborot nazariyasi hamda so‘zlarning lug‘aviy tahlili kabi masalalar bilan shug‘ullangan ko‘zga ko‘ringan olim. N.V.Krushevskiy fonetikaning eng muhim vazifasi bobo tilning tovush sistemasini qayta tiklash emas, balki ma‘lum tilning tovushlari harakterini, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini, yo‘qolish va yangi tovushlarning paydo bo‘lish sharoitlarini o‘rganishdir, deb hisoblaydi.
Qozon maktabi vakillari bilan til faoliyatining psixik, fonetik tomonlari hamda fonologiya masalalari bilan shug‘ullanadi. U tilshunoslikka fonema nazariyasi va atamasini kiritdi. Uning shogirdi V.A. Bogorodiskiy eksperimental fonetika asoschilardan biri hisoblanib, Qozon universiteti qoshida Rossiyada birinchi bo‘lib fonetik laboratoriya tashkil qilgan, so‘zlardagi morfologik qayta bo‘linish, soddalashish, singarmonizm hodisalari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan, turkiy tillar tadqiqi bilan ham shug‘ullangan.
PETERBURG LINGVISTIKA MAKTABI
XIX asr boshlarida Peterburgda A.X. Vostokov asos solgan rus va slavyan tillarini qiyosiy o‘rganish an‘anasi asrning oxirigacha davom etdi. Yirik rus lingvisti, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi A.A Shaxmatov (1864-1920) 1908 yildan Peterburg unversitetida professor bo‘lib ishlab, asosan rus tili va uning shevalari, til tarixi hamda rus tilining Hind-Yevropa tillari bilan aloqalari, muommolari bilan shug‘ullangan. U qadimgi rus solnomalarining yirik bilimdoni ham edi. Qadimgi qo‘lyozmalar haqida birinchi maqolasini (18 yoshida) e‘lon qiladi. 1893 yilda u ―Rus tili fonetikasi soxasidagi tadqiqotlar nomli ilmiy asarini yozadi va 1894 yili uni Moskva unversitetida himoya qiladi va unga magistrlik unvoni bilan doktorlik darajasi beriladi. Iste‘dodli yosh olimni 1894 yildayoq akademik qilib saylashadi. A.A.Shaxmatov 150 dan ortiq asar yozgan.
A.A.Shaxmatov semasiologiyaga grammatikaning bir bo‘limi sifatida qarab, uni sintaksis bilan zich bog‘langan deb hisoblagan. ―Rus tili sintaksisi nomli asarida so‘z birliklari va qo‘shma bo‘laklarning tuzilishi, ikki tartibli (murakkab) va bir tartibli gaplarni mukammal tahlil qilgan. Gapda bitta so‘z ham kommunikatsiya vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan gapni tashkil qilishi mumkin, ammo faqat to‘liq gaplargina aloqa vositasini (kommunikatsiyani) atroflicha bajara oladi. Gapning har bir tarkibiy qismi aloqa vositasining talabiga javob berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |