Mavzuga oid adabiyotlar:
Yo‘ldoshev I., Sharipova O‘. Tilshunoslik asoslari. – Toshkent: “Iqtisod moliya”, 2007. 192 b.
Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.-Toshkent: Fan va texnologiya, 2017 yil, 312b.
Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish. – T. 2007.-177 b.
Radsig S.I. Vvedeniya v klassicheskuyu filologiyu.-M., 1965 .-519 s.
Koduxov V.I. Vvedeniya v yazыkoznanie.-Moskva: Presveщenie, 1987. -288 s.
Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: “Barkamol fayz media”, 2016. 190 b.
Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1992. -256 b.
Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar/ gl. red. V.N. YArseva. – 2-e izd., dop. – M. : Bolshaya ros. Ensikl., 2002. – 709 s.
“TILSHUNOSLIK” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM
MASHG‘ULOTLARI
Quyida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mavzulari talabalarga bo‘lib beriladi. Talaba mavzuni yozma ravishda belgilangan muddatda bajarib keladi. Mustaqil ish mavzusi yuzasidan savol-javob, bahs-munozara o‘tkaziladi. Auditoriyada ilmiy konferensiya muhiti yaratiladi. Talaba o‘z ilmiy qarashlarini himoya qiladi.
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalarning boblari va mavzularini o‘rganish. Bunday ish natijalari seminar, kollokviumlarda hamda referatlar va individual berilgan topshiriqlar orqali tekshiriladi;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. Bunda o‘qituvchi asosiy materialning bayon qilinishiga alohida ahamiyat berishi lozim bo‘ladi. Bunday ish natijalari reyting nazoratining muvofiq bosqichlarida tekshiriladi;
o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Bu usul ma’ruza mashg‘ulotlari hamda seminar mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘llanishi mumkin;
fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. Bu maxsus va ilmiy adabiyot (monografiya, maqolalar), referatlar, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlarini bajarish chog‘ida amalga oshiriladi. Uning natijalari ham reyting nazoratida aks etadi;
til nazariyasi fanining qoidalarini mustahkamlash bo‘yicha manbalarni o‘rganish, ularni tahlil qilish. Bu ish barcha semestr davomida bajariladi va reyting tizimida baholanadi;
fanlar bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida ishlash hamda ularni o‘rganish. Bu ish ham barcha semestr davomida amalga oshiriladi va reyting tizimida baholanadi;
talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o‘rganish;
Do'stlaringiz bilan baham: |