O„zbek tili va adabiyoti fakulteti “Himoyaga tavsiya etilsin” Fakulteti dekani



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana16.03.2022
Hajmi1,36 Mb.
#497700
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
sultonova zilola devonul lug\'atit turk bmi

chipirish
(Axmatov, 74) fonetik variantda keladi. Qoraqalpoq tilining 
shevalarida esa 
sipirgash
(Baskakov, KYA, 380) fonetik variant ma‘lum. 
O‗zbek tilida -
chi
affiksi bilan 
supurgichi
formasi yasalib, supurgi bog‗lab 
sotuvchi shaxs ma‘nosi yasaladi. Turkman tilida subse variantiga -
ger
affiksi 
qo‗shilib 
subsegar
formasi yasalib, farrosh ma‘nosini bildiradi. Qoraqalpoq 
tilida sipir formasiga -
ir
affiksi qo‗shilib supurindi ko‗rinishidagi yangi so‗z 
yasaladi va u supurganda to‗plangan axlat ma‘nosini anglatadi (Kkrsl, 605, 
O‗til, II, 85). 
O‗zbek tilida aniqlovchilar bilan kelganda 
supurgi
so‗zi o‗zining qanday 
materialdan yasalganini ifodalab keladi: 
shuvoq supurgi
. Supurgini ishlatuvchi 
shaxsga nisbatan 
xotin
(xotinak) 
supurgi
– bandi qisqa, odatda, uy supuriladigan 
supurgi; 
erkak supurgi
– bandi uzun, erkaklarga moslashgan supurgi; 
qorovul 
supurgi
– qorovullarga xos uzun yog‗och dastali katta supurgi ma‘nolari 
anglashiladi.
O‗zbek tilida supurgi so‗zi bilan tuibandagi frazeologik birliklar yasaladi: 
supurgi
puli
– tarixan eski maktablarda talabalardan olinadigan soliqning bir 
turi; 
yumshoq (yoki muloyim) supurgi
– muomalasi yumshoq, muloyim, ammo 
o‗zi qattiq yoki quv odam ma‘nosida; 
qo„li kosov, sochi supurgi
– hamma uy-
ro‗zg‗or ishlarini xizmatkordek bajaruvchi odam; 
supurindi formasi
– 
supurganda to‗plangan axlat, ko‗chma ma‘noda odamgarchiligini yo‗qotib, 
jamiyatdan surilgan, maishiy yoki mafkuraviy jihatdan tuban shaxs. Supurmoq 
formasidan supurgi bilan chang-to‗zon, axlat va shu kabilardan tozalamoq; tag-
tomiri bilan sidirib oradan ko‗tarmoq, surmoq kabi ko‗chma ma‘nolarni 
ifodalashda foydalaniladi. Qoraqalpoq tilidagi 
suyegim sipse bolg„ansha
birikmasi orqali oxirgi nafasimgacha, oxirgi bir tomchi qonim qolguncha (Kkrsl, 
578) ma‘nosi ifoda etiladi. 


34 
Supurgi
aslida cho‗l, qirda o‗sadigan sershox, urug‗i zaharli bir yillik 
o‗simlik, aynan makka supurgi ma‘nosi bilan bog‗langan o‗simlikdan 
olingandir. 
Supurgi
ma‘nosida tarixiy lug‗atlarda boshqa so‗z birligi ham ishlatilgan. 
Jorub
ْْب
ُوسَاخ – 
supurgi, shipirgi
(NAL, 233). Unga –
kash
affiksi qo‗shilib 
jorubkash formasi yasalgan va u supuruvchi, xizmatkor (NAL, 233) ma‘nosini 
ifoda etgan. 
Jorub
supurgi ma‘nosida o‗zbek tilining Buxoro shevasida 
jo„rob
(O‗xshl, 106) tarzida, O‗sh guruh shevasida esa shunga yaqin fonetik 
shakllangan 
sholjiron
so‗z birligi (navdalardan qilingan kata supurgi) 
ko‗rinishida mavjud (Farmonov, 90). 
Jo„rob
asli fors-tojik tiliga xos leksik birlik: ْْب
ُوسَاخ 
dja-rub
va ْ
ُوسَاخ 
djaru
– 
supurgi (Miller, 144). 
Bolta
– yog‗ochni chopish, kesish, yorish uchun ishlatiladigan tig‗i dastasiga 
parallel metall asbob. 
Bolta
so‗zi o‗z ma‘no-funksiyasi bilan yozma yodgorliklar 
tilida 
baldu
(
otun kesasi baldu, baltu
) (DTS, 80, 81), ْ
ُوذٍَْب baldu (MK, I, 395), 
َْاطٌَْاب 
balta
– bolta (Attuhfa, I, 276), 
balta
(Ibatov, 53), 
baltu 
(Kelurnoma, 81), 
ُْوحٌَْاب 
boltu
(NAL, 126), 
balta
(Borovkov, LT, 90), 
boltu
– bolta, tabar (Sh. 
Sulaymon, 72), 
baltu
(MA, 329) kabi fonetik variantlarda kelgan. 

Regiondagi turkiy tillarda u 
bolta
(o‗zb.), 
palta
(uyg‗., turkm.), 
balta
(qoz., 
qirg‗., qq.) kabi fonetik formalarda shakllangan. Bolta arab tilida ٌْةَطَاب – 
bolta
(RusArsl, 111) tarzida ifodalangan. 
Yuqorida ko‗rib chiqilgan turkiy tillardagi uy – ro‗zg‗or leksikasi haqida 
quyidagicha umumiy xulosalarni chiqarish mumkin: 
1) Turkiy tillardagi uy-ro‗zg‗or leksikasi turkiy xalqlarning tarixiy aloqa va 
munosabatlari, etnik kelib chiqishlari va tillarning tarixiy taraqqiyoti bir-birlari 
bilan chambarchas bog‗langandir. Shuning uchun uy-ro‗zg‗or leksikasi ba‘zan 
fonetik farqlarni hisobga olmaganda o‗choq, qozon, tovoq, o‗qlov, pichoq, elak, 


35 
kurak, ko‗rpa, yostiq, chelak, tesha va boshqalar turkiy tillarning hammasi 
uchun xos bo‗lib, ular umummushtarak turkiy so‗zlardir. Shuning uchun ham bu 
so‗zlar shu tillarning asosiy manbai ham hisoblanadi. Shuningdek, bu leksik 
qatlam o‗zbek, uyg‗ur, qozoq, qirg‗iz, qoraqalpoq, turkman tillari uchun 
umumdialektal so‗zlar bo‗lib, shu tillarning shevalarida ham mavjuddir. 
2) Keyingi davrlarda turkiy tillarning mustaqil taraqqiy etishi natijasida u 
yoki bu turkiy tillarda uy-ro‗zg‗or buyumlari leksikasining ba‘zilari chetdan 
qabul qilingandir. Bu qatlamdagi leksika orasida arab, fors tilida: 
piyola, kosa, 
lagan, obkash, yakandoz, dasturxon;
uyg‗ur tilida esa xitoy-dungon tillaridan 
qabul qilingan – 
cheydu, jadu, shaza, koyza, choka, baldan 
kabi so‗zlar 
mavjuddir. 
3) Turkiy tillar yuqoridagi umumiyliklardan tashqari har bir tilning faqat 
o‗zigagina xos bo‗lgan, boshqa turkiy tillarda uchramaydigan so‗zlarga ham 
egadir: 
lexshigir, keke, nog„uch, abqur, tengle (uyg„.), likop, poyandoz 
(o‗zb.) va 
boshqalar. 
4) Turkiy tillarning ba‘zilarida aktiv ma‘noda ishlatiluvchi so‗zlar boshqa 
turkiy tillarda dialektal hisoblanadi. Jumladan, 
chilopchin, xali, yo„tqon
37
so‗zlari umumturkiy bo‗lib, o‗zbek tilida dialektaldir. 
5) Turkiy tillardagi uy-ro‗zg‗or buyumlari leksikasining ko‗pchiligi tarixan 
formantlarga ajralishi mumkin: 
o„choq-uch+oq, tog„ora-to+og„ora, oshtaxta-
osh+taxta, doshqozon-do+sh+qozon
va boshqalar. 
6) Turkiy tillardagi uy-ro‗zg‗or buyumlarini ifodalovchi so‗zlarning ba‘zilari 
konkret ma‘no funksiyasidan tashqari uning leksik-semantik ma‘nosi qadimgi 
ma‘nosiga nisbatan keyinchalik ancha kengayganligi bilan ham xarakterlidir. 
7) Uy-ro‗zg‗or buyumlarini ifodalovchi so‗zlarning ba‘zilari, jumladan, bolta, 
tesha, o‗roq kabilar turkiy tillarning ko‗pchiligida erkak shaxs ismi bo‗lib ham 
37
И.Исмоилов, К.Мелиев ва М.Сапаров. Фрта Осиё ва Қозоғистон туркий тиллари лексикасидан тадқиқот. – 
Тошкент: Фан нашриёти. 1990. 


36 
keladi. Shuningdek, ba‘zilari esa mahalliy topoimikaga aylangandir: 
qoshiq - 
qoshiqchi mahallasi, sandiq – sandiqchi mahallasi
kabi. 
8) Uy-ro‗zg‗or buyumlarini ifodalovchi so‗zlar har xil so‗z yasovchi 
affikslarni olib, boshqa so‗z turkumlari bilan qo‗shma so‗z holida kelib yangi 
ma‘noli yoki shunga yaqin ma‘noni anglatuvchi so‗zlarning yasalishida ishtirok 
etadi. 
9) Uy-ro‗zg‗or buyumlarini ifodalovchi so‗zlarning ko‗pchiliging geografik 
tarqalish doirasi ancha keng bo‗lib, Mo‗g‗uliston, Oltoy, Yevropa, Kavkaz 
turkiy xalqlarida va ularning u yoki bu shevalarida uchrashi qayd qilinadi. 
10) Turkiy tillardagi uy-ro‗zg‗or buyumlari leksikasining leksik-semantik, 
funksional va morfologik xususiyatlari qisman shulardan iboratdir. 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish