O`ZBEK TILI SINTAKSIS
SHUXRAT SOTVOLDIYEV 33 210 87 88
Avvalo, bu ishingiz bilan boshqalarga ziyon yetkazmasligingiz kerak.
Kiri
tmalar tuzlishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Sodda kiritmalar
–
so‘z va so‘z
-gaplar.
Qani, kiring, ichkarida gaplashamiz. (so‘z)
Ha, bu masalani keng muhokama qilamiz. (so‘z
-gap)
2. Murakkab kiritmalar
–
so‘z birikmalari, kengaygan birikmalar va gapla
r.
Dunyoda hech bir xalq to‘g‘ri kelolmas, mening bilishimcha, senng elingga.
KIRITMA GAPLAR
Nutq jarayonida so`zlovchi muayyan tushuncha yoki fikrga bog`liq qo`shimcha
ma‘lumot berishi mumkin.
Gapning asosiy mazmuniga qo`shimcha axborot qo`shuvchi
va alohida ohang bilan ajralib turuvchi qismga kiritma gaplar (kiritmalar) deyiladi.
Kiritma gap maqomini olish uchun o‘sha kiritma gapda kesim bo‘lishi kerak.
M: Musobaqada Rahimberdi (siz uni taniysiz) peshqadamlik qilmoqda.
Agar kiritma gaplar gapdan tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy ma‘nosiga
ziyon yetmaydi.
Kiritma gaplar o‘zi qo‘llanayotgan gap bilan mazmunan bog‘liq bo‘lishi shart.
“O‘tkan kunlar”(siz bu romanni o‘qigansiz) o‘zbek romanchiligi tarixida alohida
o‘rniga ega.
Kiritmalar asosan, kitobiy uslubga xos. Kiritmalar fikrga qo`shimcha
ma‘lumot berganligi uchun,
asosan, gap o`rtasida keladi va yozuvda doimo gapning
boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi.
M: Uni tanishsa kerak (Farg`onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola
kosada yaxna choy olib chiqdi.
Kiritmalar eng ko‘p qo‘llaniladigan soha bu dramatik tur. Dramatik turda
qahramonning nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda beriladi. Remarka
–
personaj nomi bilan uning nutqi orasidagi qavs.
M: Xon(Turib yuradur).Bir dushmanimning qoni qurimayin yana bittasi chiqib qoladur.
Domla (odamlarga qarab). O'qumak va mullo bo'lmak uchun pul kerak.
Kiritma gaplar qo‘shma gaplar o‘rtasida kelsa, qo‘shma gapning birinchi
qismidan so‘ng keladi va vergul yoki boshqa tinish belgilari bo‘lsa kiritma gapdan
keyin yoziladi.
M: Uni tanishsa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi.
Uni tanishsa kerak (Farg`onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada
yaxna choy olib chiqdi.
Kiritma gaplar o‘z ichida vergul bilan qo‘llanilishi mumkin, ba‘zan his
-
hayajon bilan ifodalansa undov belgisi qo‘la
nilishi mumkin.
M: Shokir sartarosh (tumanda uni hamma taniydi, siz ham tanisangiz kerak) o‘g‘lini
uylantirmoqchi bo‘libdi.
Sarpardaning chap tomonida, baland qilib to`shalgan oq kigizlar ustida... boshiga qora
telpak, egniga uzun qora jun chakmon kiygan bir odam... (Yo rab!
—
bu odam Sulton
Mahmud G`aznaviy edi!) uzala tushib yotardi!
Do'stlaringiz bilan baham: |