O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi matn tilshunosligi



Download 327,66 Kb.
bet11/95
Sana06.07.2021
Hajmi327,66 Kb.
#110727
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
Bog'liq
Matn tilshunosligi. Lingvistika

5-MAVZU : MATN VA KOMMUNIKATSIYA

Tayanch tushunchalar: kommunikatsiya. kommunikativ akt. muallif, retsipiyent. kommunikatsiya vositalari. keng qamrovli kommunikatsiya. inson-mashina kommunikativ sistemasi. Kommunikant. Muallifning nutqiy faoliyati, jamoaviy retsipiyentlar, muallifning nutqiy fikrlash faoliyati (mNFF), retsipiyentning nutqiy fikrlash faoliyati (rNFF), fikrlash faoliyati, fikriy lisoniy(til) faoliyati, tashqi nutq, persepsiya.

Bugungi kunda informatsiyaning turli ko‘rinishlari ko‘payib bormoqda. Shu bilan birga ularni yetkazishning ham bir qancha yo‘llari va texnik vositalari mavjud. Ma`lumot yetkazishning eng keng tarqalgan yo‘li verbal shakl hisoblanadi, o‘z o‘rnida uning og‘zaki hamda yozma shakllari farqlanadi. Texnik vositalar ma`lumotning verbal shakllari tarqalish zonasi kengayishiga va uzayishiga xizmat qiladi. Ma`lumotni yetkazish jarayonlari kommunikatsiya nomini olgan. Kommunikatsiya (lot.communicatio, communicodan –“umum bilan qilaman, bog‘layman, muloqot qilaman”) –muloqot, fikr almashish. Kommunikatsiya kommunikativ aktlardan hosil bo‘ladi.Uning tashkil etuvchilari kommunikantlar, kommunikatsiyani vujudga keltiruvchi muallif,ma`lumotni qabul qiluvchi esa retsipiyentdir. Mazkur vazifani amalga oshirishda xizmat qiluvchi vositalar kommunikatsiya vositalari (sistemasi) deb nomlanadi. Kommunikatsiya vujudga kelishi, o‘ziga xosligi va rivojlanib borish shartlariga ko‘ra ijtimoiy xarakter ega. Kommunikatsiyaning maqsadi ijtimoiydir va jamiyatning munosabatlariga asoslanadi. Kommunikativ xulq-atvor ijtimoiy xulq-atvordir. Bu orqali inson kommunikatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtiriladi.

Zamonaviy komunikatsiya sistemasini 2 guruhga bo‘lish mumkin: birinchi guruh sistemalari –keng qamrovli kommunikatsiya –bu guruhga keng qamrovli informatsiya vositalari:televideniye, radio, turli bosmaxonalar va boshqa jamiyatga informatsiya yetkazib beruvchilar kiradi. Shu bilan birga bu guruhga jamiyatdan axborot to‘plovchilar ham mansubdirlar. Bu turdagi sistemalarga misol qilib temir yo‘l tizimidagi chiptalarga oldindan buyurtma olish xizmatini, jamiyat a`zolari bilan so‘rovlar o‘tkazuvchi tashkilotlar faoliyatini, saylovlar va referendumlarni keltirish mumkin. Bu sistemalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki ularda 2 shaxs o‘zaro ma`lumot almashmaydi.

Ikkinchi guruh sistemalari –shaxslararo kommunikatsiya –alohida individlarga ma`lum bir muhitda o‘zaro ma`lumot almashish uchun sharoit yaratadi.Bunday sistemalarga telefon, telegraf, internet orqali yozishmalar hamda pochta tizimining boshqa turlari, shu bilan birga suhbatlar, og‘zaki imtihonlar va shu turdagi boshqa muloqot shakllarini kiritish mumkin.

So‘nggi yigirma yil ichida kompyuter texnologiyalarining jadal suratlarda rivojlanishi va jamiyatning keng qatlami tomonidan foydalanilishi yangi kommunikativ yo‘nalish –inson-mashina kommunikativ sistemasining vujudga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma`lumotni verbal shaklda yetkazish matnlar orqali amalga oshadi. Matn ma`lumot yetkazishning universal vositasi sanaladi, chunki u keng qamrovli kommunikatsiyada ham ( gazeta matni yoki radio orqali eshittiriluvchi matn va boshq.) shaxslararo kommunikatsiyada ham (inson-mashina kommunikativ sistemasilar orasida o‘zaro almashinuvchi matn)qo‘llanishi mumkin.

Inson faoliyatining ijtimoiy xarakteriga ko‘ra ba`zi kommunikativ jarayonlarda jamoa ma`lumot uzatuvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoaviy asarlar hech qanday o‘ziga xos xususiyat kasb etmaydi va buning natijasida retsipiyent bu ma`lumotni bir muallifning individual qarashlari sifatida qabul qiladi.

Aksariyat hollarda indeviduallik va jamoaviylik tushunchalari retsipiyentga nisbatan qo‘llaniladi. Noindevidul retsipiyent bilan amalga oshuvchi kommunikatsiya jarayoni bir qancha o‘ziga xosliklarga ega. Bu esa o‘z o‘rnida shu maqsadga yo‘naltirilgan matnlarga ma`lum bir talablar qo‘yilishini taqozo etadi. Quyida shunday kommunikativ jarayonlarning va bu jarayon matnlarining ba`zi xususiyatlariga to‘xtalib o‘tamiz.

Indevidual retsipiyentlarning ikki turini ajratish mumkin: guruhlashgan va jamoaviy retsipiyentlar. Agar kommunikatsiya jarayonida zarurat tug‘ilishi bilan muallif matn yo‘naltirilgan retsipiyentlar guruhining istalgan a`zosi bilan yakkama-yakka muloqotga kirisha olsa (masalan, savol-javob qilish) bunday inson-mashina kommunikativ sistemasilar turi guruhlashgandir. Bu turdagi retsipiyentlarning eng sodda va keng tarqalgan turi sifatida o‘qituvchi matn muallifi bo‘lib qatnashuvchi o‘quv guruhini keltirishimiz mumkin.


Download 327,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish