Jamoaviy retsipiyentlar guruhi hajm jihatidan guruhlashgan retsipiyentlardan anchayin katta bo‘ladi. Bu turdagi retsipiyentlar matnni indevidual tarzda qabul qilishsa-da, matn muallifi va ulardan biri o‘rtasida o‘zaro muloqot yuzaga kelishiga sharoit bo‘lmaydi. Jamoaviy retsipiyentlar guruhiga misol qilib katta majlislardagi tinglovchilarni yoki yirik o‘quv auditoriyalari (katta kutubxonalardagi o‘quv zallarida shug‘ullanuvchi shaxslar)ni keltirish mumkin.
Verbal kommunikatsiya sistemalarining barchasi o‘ziga xos va turlicha bo‘lsa-da ular uchun umumiy bo‘lgan elemantar kommunikativ zanjirni ajratish mumkin. Bu zanjirning zaruriy komponentlari sifatida muallif –matn –retsipiyent ishtirok etishadi. Mazkur komponentlarning birontasi ishtirok etmasa ham kommunikativ akt vujudga kelmaydi. Elementar kommunikativ zanjir kommunikatsiyadagi matnlarning vazifaviy jihatlarini o‘rganishdagi minimal tizimdir. Shu tariqa muallif –matn –retsipiyent zanjiri kommunikatsiya kvanti sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur kvantni tashkil etuvchilarga bo‘lish sifatning pasayishi va bu orqali kuzatuv ob`yektining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
O‘z o‘rnida bir necha tushunchalarni izohlashimiz joiz. Elementar kommunikativ zanjir doirasida nutqiy fikrlash faoliyati(NFF)ning ikki turi farqlanadi :
- muallifning nutqiy fikrlash faoliyati (mNFF)
- retsipiyentning nutqiy fikrlash faoliyati (rNFF)
Muallif nutqiy fikrlash faoliyatining yasalishi “fikr-matn” bo‘lsa, retsipiyent nutqiy fikrlash faoliyatining shakllanishi “matn-fikr”dir. Bu ikki fikrlash jarayonlari o‘z ichiga bir-biriga yaqin mental va harakatdagi aktlarni qamrab olsa ham ular orasida ma`lum bir farqlanishlar bor. Mazkur farqlanishlar ularning ma`lumotni qayta ishlash xususiyatida namoyon bo‘ladi.
mNFF mahsuloti yozma yoki og‘zaki matndir va uning yakunlovchi bosqichi sub`yekt tomonidan qabul qilinishi kerak. Ba`zi hollarda NFF ichki nutq bilan cheklanishi mumkin. Buning mahsuli sifatida ichki matn yuzaga keladi. Lekin bunday matn kommunikativ jarayon komponenti bo‘lolmaydi va bu o‘rinda muallifni NFF sub`yekti deb baholash maqsadga muvofiq emas.
Ikki NFF turlarini torroq doirada tahlil qilish maqsadida undanda quyinroq bosqichni–nutqiy faoliyatni (NF) o‘rganish lozim. Nutqiy faoliyat ham muallifga(mNF) ham retsipiyentga (rNF) tegishlidir. Nutqiy faoliyatning asosiy farqlovchi belgisi sifatida verbal operatsiyalar qatnashuvining majburiyligi ko‘rsatiladi. Bu matn yaratishda yoki uni qabul qilishda ishtirok etuvchi til vositalari hamda ularga bog‘liq mental va harakatdagi (shu jumladan artikulyatsion) aktlarning namoyon bo‘lishida ko‘rinadi.
Muallifning nutqiy faoliyatini fikrni til vositalari bilan ob`yektlashtirish, umumiyroq qilib aytganda fikrni verballashtirish deb baholash mumkin. Ratsipiyentning nutqiy faoliyati matn belgilarini tashqi retseptorlar orqali qabul qilishida ko‘rinadi. Keyingi jarayon mazkur ma`lumotlarni qayta ishlash bo‘lib, u retsipiyentning nutqiy fikrlash faoliyatiga kirib boradi va undan so‘ng to‘liq fikrlash jarayoniga o‘tiladi. Alohida ta`kidlash kerakki, agar muallifning nutqiy faoliyati mNFF ning yakunlovchi bosqichida bo‘lsa, bu retsipiyent nutqiy faoliyati rNFF ning boshlang‘ich bosqichida turganini anglatadi. NF ning ko‘rinishlari (gapirish, xat)da mNFFning yakunlovchi bosqichi sifatida nutq, aniqrog‘i tashqi nutq namoyon bo‘ladi.Ularning natijasida til tashuvchisi tomonidan yangi mNFF mahsuli –matn vujudga keladi. NF ning retseptiv ko‘rinishlari NFning boshlang‘ich bosqichida yozma yoki og‘zaki matnni belgili qabul qilishda ko‘rinadi. Mazkur jarayon audiovizual retseptorlarning belgilardan kelib chiquvchi persepsiyasi bilan izohlanadi. (jadval )
mNF ning birinchi bosqichi fikriy- nutq faoliyatini tashkil etadi. Buni mental operatsiyalarning til vositalari bilan qorishuvida ko‘rish mumkin.U yoki bu til vositalarini operatsiyalash jarayoni fikrlash faoliyati bosqichida turishi mumkin. Biroq bu bosqich uchun uning zarurati kamroq va u til tashuvchisining individualligi hamda firklashidan kelib chiqqan holda istalgan bosqichda turishi mumkin. Fikriy- nutq faoliyati bosqichida til vositalari operatsiyasi amalga oshirilishi shart. Bunday ko‘rinishdagi jarayonning asosiy momentlari matnning shakllanish bosqichida til vositalarining tanlanishi va aniq grammatik,leksik tizimlar sifatida transformatsiyalanishida ko‘rinadi. Bu o‘z o‘rnida keyingi (nutq)fonatsiya yoki yozishmalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Retsipiyentning nutqiy faoliyati jarayonida uning fikriy-nutq faoliyatida matn belgilarining audiovizual shakllarini leksik-semantik kodga aylantirish jarayoni kechadi. Mazkur jarayonda matnning eng muhim, eng asosiy mazmuni saqlanib qoladi.
Nutqiy fikrlash faoliyati jadvali yuqorida ko‘rib o‘tildi. Matnga kommunikativ yondashuvda til faoliyati bilan bir qatorda fikrlash faoliyatining nutqiy fikrlash faoliyati jarayonida vujudga keluvchi kategoriyalarini ham o‘rganish lozim. Bu kategoriyalar matnning kommunikantlar aro almashinuvida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu hodisani matnning yaratilishi va qabul qilinishi doirasida o‘rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |