O’zbek fillogiyasi kafedrasi Mirzoyeva Yulduz Axtamovna Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini



Download 437 Kb.
bet1/9
Sana04.03.2022
Hajmi437 Kb.
#483096
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini.


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Buxoro Davlat universiteti


O’zbek fillogiyasi kafedrasi


Mirzoyeva Yulduz Axtamovna


Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini.


A220100 – Adabiyotshunoslik (o’zbek) mutaxassisligi bo’yicha magistrlik akademik darajasini olish uchun yozilgan


DISSERTATSIYA


Ilmiy rahbar H.P.Eshonqulov
filologiya fanlari nomzodi,
dotsent


Buxoro - 2012
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini.
Kirish.
I. Bob. “Lison ut-tayr” – ma’rifiy-badiiy asar
I.1. Tasavvuf g’oyalari va “Lison ut-tayr“ dostoni
I.2. “Lison ut-tayr” ma`rifiy-badiiy asar sifatida
I.3. Dostonda Muhammad alayhis-salom va buyuk xalifalar siymosining badiiy talqini.
II. Bob. Ulug’ shayxlar haqidagi hikoyatlar ibrat namunasi
II.1. Ishq - ma’naviy kamolot asosi
II.2. Irfon ahlining ma’naviy-ruhiy kamolotga aloqador tarbiya usullari talqini

Xulosa



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish


Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati. “Lison ut-tayr “ – ulug’ shoir Alisher Navoiy hayotining so’nggi yillarida ijod etilgan nihoyatda qimmatli dostondir. Unda buyuk mutafakkir ijodkorning falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta’limiy, haq, borliq va inson munosabatlariga doir ilg`or qarashlari o`z ifodasini topgan. Bu asarning yana bir muhim xususiyati shundaki, unda inson ma’naviy kamoloti haqidagi ulug’ shoirning muhim qarashlari ramziy-majoziy yo’sinda badiiy ifoda etilgan. Barkamol shaxsni tarbiyalash davlatimizning ustuivor vazifasi ekan, Alisher Navoiyning katta-yu kichik asarlari bu borada bizga nihoyatda asq qotadi. Yurt boshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida buyuk bobokalonimiz adabiy merosiga ana shu nuqtai nazardan yondashib, ularning qiymatini belgilab bergan edi: “ Inson qalbining Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz” [6; 47-48]1
Ushbu aytilgan purma’no fikrlar, shubhasiz, “ Lison ut-tayr” dostoniga ham tegishli. Negaki unda ulug’ shoirning inson ma’naviy kamolotining nihoyatda katta dushmani bo’lgan nafsga qarshi kurash g’oyalari, shuningdek, irfon ahlining bu yo’ldagi ibrat bo’lguvchi hayoti va amallari yoritilganki, bu kelajak avlod tarbiyasida muhim o’rin tutadi. Ibrohim Haqqulning “Tasavvuf saboqlari “ nomli kitobida nafs haqida quyidagicha ma’lumot beriladi: “ Nafs so’zining lug’aviy ma’nosi biror-bir narsaning mavjudligi, haqiqati, zoti va o’zligi demakdir. Oddiy xalq orasida nafs so’zi turli ma’nolarda qo’llanilgan bo’lib, goho ular bir-biriga zid mazmunni aks ettirgan. Masalan, bir toifa nafsni ruh deb tushungan yana bir boshqa guruh muruvvat, samimiylik deb, yana bir jamoa vujud, qon ma`nosida anglashgan. So’fiylarning qarashlari bularning birortasiga ham o’xshamaydi, ularning umumiy nuqtayi nazariga ko’ra: “Nafs barcha yomonliklarning tamali, gunohlarning manbai erur”. [43; 43]
Tasavvufda nafsga qarshi kurashish barcha ibodatning boshi va jamiyki ibodatlarning kamoli sanaladi. Nafsga qarshi murosasiz kurashish uni mag’lub etishga olib keladi. Ko’rinadiki, nafsga qarshi kurashish tasavvufning bosh masalasi sanaladi. Nafsni esa inson o’zidagi ilm, e’tiqod va iymon butunligiga erishgandagina yenga olishi mumkin. Alisher Navoiyning irfoniy qarashlari o’z ifodasini topgan “Lison ut-tayr dostonini shu nuqtayi nazardan o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi deb o’ylaymiz.

Download 437 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish