O’zbek fillogiyasi kafedrasi Mirzoyeva Yulduz Axtamovna Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini


I. 2. “Lison ut-tayr” – ma’rifiy-badiiy asar sifatida



Download 437 Kb.
bet4/9
Sana04.03.2022
Hajmi437 Kb.
#483096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini.

I. 2. “Lison ut-tayr” – ma’rifiy-badiiy asar sifatida

Mumtoz adabiyotimiz na’munalari IX asrdan XX asrning boshlarigacha islom mafkurasiga tayangan va mohiyatan mafkuraviy yo’nalish nuqtayi nazaridan islomiy adabiyotning bir qismidir. Bu masala hozirgi kunda sir emas va uning mohiyati, Alibek Rustamov, Abdurashid Abdug’afurov, Najmiddin Komilov, Rahim Vohidov, Ibrohim Haqqul, Suyuma G’aniyeva kabi o’nlab adabiyotshunoslarimiz tadqiqotlarida o’zining ilmiy ifodasini topdi.


Ma’rifiy asar deganda islom dini va olamning yaratilishi hamda rivojlanishi haqidagi fanga tayangan holda borliqning, uning gultoji bo’lgan insonning, Haqqi mutlaqning borliqqa munosabatini talqin etuvchi asarlar tushuniladi. Sharq mumtoz adabiyoti na’munalarini ularda ma’rifiy qarashlarning aks etishi jihatidan quyidagicha tasnif etilganligi kuzatiladi:
1. Ilmiy-ma’rifiy asarlar;
2. Ma’rifiy-badiiy asarlar;
3. Badiiy-ma’rifiy asarlar;
4. Ma’rifiy-targ’ibiy asarlar;
5. Taqlidiy-ma’rifiy asarlar [22; 34]
Biz bugun so’z yuritayotganimiz adabiy-falsafiy doston “Lison ut-tayr” mana shu tasnifning ikkinchisida nazarda tutilgan ma’rifiy-badiiy asarlar sirasiga kiritilgan. Kitob mualliflarining fikricha, bunday asarlar ilod etishdan muallif mohiyatan o’z maqsadi bilan ma’rifat g’oyalarini tarannum etishini, ommalashtirishni maqsad qiladi. Biroq bunday badiiy yaratmalarda ma’rifiy-falsafiy g’oya va fikrlar badiiy ramzlar, timsol hamda obrazlar vositasida beriladi. Darhaqiqat, badiiy asar tarkibida marifiy g`oya, axloqiy-falsafiy qarashlar tarannumi, targ`ibi yotadi. Ilm va ma`rifat bilan sug`orilmagan badiiy asar hech qachon adabiyot maydonida o`z o`rnini topa olmaydi. Turkiy adabiyot tarixida bunday asarlar ko`plab topiladi. Ulug` mutafakkir Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Lison ut-tayr”, Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” kabi masnaviy dostonlari shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyo xalqlari badiiy adabiyotida bu yo`nalish X asrdayoq shakllandi va uning asoschilari sifatida fors-tojik adaboyotining yirik namoyondalari Bobo Ko`hiy (933-1050) va Sanoiylarni (1079-1170) ko`rsatish joiz. Ma`rifiy adabiyot tadqiqotchilarining tan olishlaricha, Bobo Ko`hiyning (to`liq ismlari Abu Abdulloh Ali ibn Muhammad Sheroziy) bizgacha yetib kelgan devonlaridagi g`azallarda, shuningdek, “Axbor ul-orifin” (“Oriflar haqida xabarlar”), “Axbor ul-g`ofilin” (“G`ofillar haqida xabarlar”) kabi risolalarida ma`rifatning asosiy ramziy-badiiy tizimi ishlab chiqilgan va muvafaqqiyat bilan ilmiy-badiiy aks ettirilgan.
Ma`rifiy-badiiy asarlar sirasiga Mavlono Jaloliddin Rumiyning Qur`oni karim bilangina tenglashtirish mumkin bo`lgan “Masnaviy Ma`naviy”, Farididdin Attorning “Ilohiynoma”, “Mantiq ut-tayr”, “Ushturnoma”, Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”, Abdurahmon Jomiyning “Lujjat ul-asror”, “Jilo ur-ruh”, “Tuhfat ul-ahror”, “Subhat ul-abror” kabi o`nlab asarlarini kiritish mumkin. Biroq bu qatorga turkiy tildagi kiritishimiz zarur bo`lgan bir doston bor. Chunki ma`rifiy mohiyat nuqtayi nazaridan birinchilik da`vosi ham aslida o`sha masnaviy dostonga tegishlidir. Bu doston ham hali ma`rifiy-irfoniy jihatdan to`liq o`rganilmagan, Yusuf Xos Hojibning ilk badiiy dostoni “Qutadg`u bilig”dir. Juda murakkab ramziy-ma`rifiy tizimda yaratilgan bu asar ma`rifiy nuqtayi nazardan hali to`liq o`rganilmagan deganimizning sababi, mazkur dostondagi timsollar ma`rifatning asosiy g`oyalari ramzidir.
XI asr o`rtalarida yaratilgan bu masnaviy fors-tojik va arab tillaridagi ma`rifiy-badiiy asarlardan farqli o`laroq turkiy ma`rifatni asoslashga qaratilgan va ilohiy-irfoniy g`oyalari arab hamda fors-tojik adabiyoti an`analaridan farqli ravishda sodda va turkona izohlangan.
Yuqorida so`z yuritganimiz “So`z bag`ridagi ma`rifat” kitobi mualliflari ulug` shoir Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” va “Lison ut-tayr” dostonlarini tasniflash jarayonida ularni “ma`rifiy-badiiy” asarlar sirasiga kiritgan edilar. Biz ham bu fikrni qo`llaymiz, chunki “Lison ut-tayr” ilm-u ma`rifatga boy, inson tarbiyasi, axloq-odob, yurish-turishdan tortib, yeb-ichish odobi-yu kiyinish, insonlar o`rtasida o`zini tutish, eng muhimi, ilm o`rganishda, ma`rifat hosil qilishda hech qachon erinmaslik, dangasalik qilmaslik kabi bir qator insoniy fazilatlarni tarannum etiladiki, bu ham aslida ma`rifat.
“Ma`rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma`rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. Chunki tasavvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo`shib, “zohiriy ilmlar” deb ataganlar… Ma`rifat muxtasar ilmlarni tafsilotlar suratida tanimoqdir, ilohiy ma`rifat, Ilohiy zot va sifatlarni ahvol va hodisalar tafsili va nuzul bo`lgan amrlar suratida tanish demak” [26; 36-37] Fikrimizning dalili sifatida keltirilgan iqtibosdan ayonlashadiki, tasavvuf tabiatida umumlashgan deyarli barcha oliyjanob fazilatlar ma`rifatga erishish orqali tasavvufning ma`rifat bosqichida yaxlit tajassumini topgandir. Shuning uchun bo`lsa kerak, mumtoz mualliflar ma`rifatga murojaat qilishni ma`qul deb bilishgan.
Moddiy borliq Haqqi mutlaqning tajalliysi, Haqning ayri-ayri sifatlarining aksi bo`lsa, unda tasavvuf borliqning tarkibiy qismi bo`lgan insonga, odamga qanday qaraydi? Insonnning Haq bilan munosabati qanday kechadi? Ma`rifat tizimini Sharq mumtoz adabiyotida so`zlarning ramziy ma`nolarini tushunishda bu juda muhim masaladir. Insonning borliqqa va Haqqa munosabati buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida yaxshi ochib berilgan. Asarning boshida kelgan hamd qismida ulug` shoir Haqning qudrati va sha`niga maqtov keltirilib, uning sun`ini, ya`ni san`atini, yaratish qudratini juda go`zal ta`riflaydi va to`rt unsur – mavjudotning to`rt tarkibiy qismlari – tuproq, suv, havo va o`t to`g`risida gapirib, mulki borliqdagi oliy xil`at – inson ta`rifiga urg`u beradi:
Sun`idin ko`rgilki mundoq to`rt zid,
Bo`lib inson xilqatiga muttahid.
Ofarinishindin qilib inson g`araz,
Oni aylab xalq ichinda bezavaz.
Ko`nglin oni maxzani irfon qilib,
Ul tilsim ichra o`zni pinhon qilib.
Ro`zi maxfiy ganj o`lub bu turfa jism,
Sun`idin ul ganj hifzig`a tilsim.
Ham tilism ul maxzan uzra, ham amin,
Ofarin sun`ingg`a, ey jon, ofarin. [13; 8-9]
Keltirilgan iqtibosdan ko`rinib turibdiki, Haq butun mavjudotlardan insonni alohida ajratadi. Bu ajratish esa bir necha asosni qamrab olgan:
Birinchidan, borliqdagi narsalarning har biri u yoki bu unsurdan, ya`ni tuproq, olov, suv, havodan yaratilgan bo`lsa, insonda turli, bir-biriga qarama-qarshi unsurlar birlashadi va ayni mana shu jihat inson tabiatining murakkabligini belgilaydi. Inson tanasi va tabiatining to`rt unsurdan iborat ekanligi – tananing mana shunday tarkibiy qismlardan iboratliligi Sharq mumtoz adabiyotida ham, qadimgi Yunon-u Hind falsafasida ham keng tarqalgan timsoldir. Shuning uchun insonga ham moddiy, ham ichki va tabiati jihatidan ziddiyatlar birligi sifatida qaraladi. Ana o`shalarga ko`ra inson borliqdagi boshqa mavjudotlardan o`zining ziddiyatliligi bilan ajralib turadi.
Ikkinchidan, iInsonni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi yana bir noyob fazilati Haqning unga ilm-u irfonni taqdir qilganidir. Haq inson qalbi va ongini ilm-u fan va irfon xazinasi qilib, shu irfonda o`zini yashirgan. Ma`rifat nuqtayi nazaridan Haq faqat ilmli, irfonli, ya`ni bilimli qalbdangina makon topishi mumkin. Johil va ilmsiz kimsa qalbidan Haqni axtarish gumrohlik va xatodir.
“Lison ut-tayr” dostonida ulug` shoir insonning o`z taqdiriga mas`ulligi, uni o`zi hal qilishi, o`z taqdirini belgilashda to`g`ri yo`ldan borishi, yaxshilarga, pirlarga ergashishi haqida gapiradi. Ulug` so`z san`atkori bu asarida insonning tavsifini berar ekan, unga aytib o`tganimizdek, o`ta yuksak munosabatda bo`ladi. Buyuk shoir talqinicha, inson “borliqning gultoji”, “Haqning xalifasi”, “mavjudotni yaratishdan, borliqdan Haqning maqsadi” deb ulug`laydi va insonning barcha maxluqotdan ustunligi nishonasi sifatida Haqning insonga nasib etgan quyidagi buyuk in`omini dostonda badiiy ifodalaydi:

Boshiga qo`yub hidoyat tojini,


Qismati aylab sharaf me`rojini.
Olam ichra andoq aylab muqtado,
Kim bo`lib xayli malakka peshvo.
Chun malak xaylig`a ul masjud o`lub,
Kimki sarkashlik qilib mardud o`lub.
Ya`ni ul jin-u maloik sarvari,
Taxti farmonida olam kishvari. [13; 9]

Keltirilgan iqtibosda qo`llanigan hidoyat so`zi arabcha xada (xo, dol, yoy) fe`lidan yasalgan ot bo`lib, uning lug`aviy ma`nosi “boshlamoq, rahbarlik qilmoq, to`g`ri yo`l tanlamoq” deganidir. Shu sababli shariat asoslariga ko`ra musulmon kishining xatti-harakatlarini belgilovchi islomiy axloq me`yorlari “Hidoyat” nomi bilan mashhurdir. Ulug` shoirning yuqorida keltirilgan parchadagi birinchi bayti mazmuni quyidagicha, Haq insonga to`g`ri yo`l tanlash imkonini berdi. Shundan kelib chiqib, inson hidoyatga, to`g`ri yo`l tanlashga amal qilsa, unga sharaf me`roji – yuksalish sharafi qismat, taqdir qilingandir. Demak, Alisher Navoiy nuqtayi nazaridan kelib chiqadigan bo`lsak, inson o`z taqdirini o`zi belgilaydi. Unga ko`rsatilgan yo`llardan manzurini tanlasa, bu dunyoda ham, u dunyoda ham yaxshilik oladi, yomonni tanlasa, albatta, yomonlik uning istiqbolida turadi. Demak, taqdir ham nisbiy, ham mutlaq tushunchadir. Taqdirning mutlaqligi shundaki, Haq yaxshilikka-yaxshilik mukofotini va yomonlikka-yomonlik jazosini mutloq ravishda belgilab qo`ygan. Biroq inson bunday ikki imkoniyatdan qay birini tanlaydi, bu uning o`z ixtiyoridadir. Haqqa qovushmoqni istagan inson yaxshilik yo`lini, undan uzoqlashishni ongli va ongsiz ravishda maqsad qilib qo`ygan shaxs esa yomonlik yo`lini tanlaydi, shu yo`ldan borib, yaxshilik yoki yomonlik sohasida yuksaladi. Zero, yuksalish inson uchun qismatdir. Qay bir yo`nalishda u yuksaladi, bu uning ixtiyorida va hayotda qiladigan sa`y-harakatiga bog`liqdir. Mana shuning uchun ma`rifiy asarlarda Qur`oni karimning “Taborak” surasida keltirilgan, “Insonni dunyoga sinov uchun yaratdi” degan oyati karimasi turli badiiy shakllarda va o`qishlarda tez-tez ko`zga tashlanib turadi. Ilohiy kitobga ko`ra, dunyo inson uchun sinov maydoni. Unda inson nimani tanlaydi – yaxshiliknimi yoki yomonliknimi? Shunga yarasha u dunyoda va bu dunyoda, albatta, mukofot yoki jazo oladi. Ulug` shoirning dostonida ham ayni shu va shunga o`xshagan g`oyalar ilgari surilgan. Alisher Navoiy ushbu dostonida ma`rifat hosil qilishni inson ong-u shuuriga badiiy shaklda to`yintirib singdiradi. So`z san`atkori nafaqat ilm-u ma`rifat hosil qilish, balki o`quvchiga ushbu dostoni orqali ustozlari madhi va asarlari nomini keltirib, ulardan ham voqif bo`lish, o`qib-o`rganishga da`vat bordek tuyuladi. Alisher Navoiy dostonning asosiy qismi boshlanishdan oldin ustozi Farididdin Attor madhiyasiga maxsus bob ajratadi va uning ijodiy faoliyatiga shunday baho beradi:


Har ne gardun bahr ila konida bor,


Oncha yuz Attor do`konida bor. [13; 27]
Keltirilgan misralar ma`nosidan oydinlashadiki, buyuk adib ustozi ijodiga yuksak baho berib, butun dunyo va dengiz ostida har nimaki bor, buning barchasini Attor asarlari mohiyatidan topish mumkinligiga ishora qiladi. Dunyo bilimlaridan va tasavvuf sirlaridan boxabar bo`lmoqchi inson uning asarlaridan bahramand bo`lishlarini aytib va nomini keltirib, bu asarlar Attor ijodidagi eng yuksak, g`oyaviy jihatdan yetuk ekanligini ta`kidlaydi:

Xalq uchun maxlut etib gul birla qand,


Tab`g`a gulqand yanglig` sudmand.
Chun “Musibatnoma”sin aylab bayon,
Yuz musibat nafsqa aylab ayon.
Har musibatdin ko`ngilga sur o`lib,
Kim ko`ngil ul surdin masrur o`lib.
Chun raqam aylab “Ilohiynoma”ni,
Vahyiga aylab muharrir xomani.
Sharhi asrori ilohi aylabon,
Xalq aro sharhin kamohi aylabon.
Chunki “Ushturnoma” aylab oshkor,
Nuktasi baxtlarin tortib qator. [13; 29]
Keltirilgan iqtibosdan ko`rinib turibdiki, ulug` shoir ustozi Farididdin Attorning har bir asariga ta`rif berib, uning ayni xalqqa, ya`ni insoniyatga keltiradigan foydasi va qaysi jihatdan ma`rifat ulashishi borasida qisqa-qisqa to`xtalib o`tadi. U insonlar uchun manzur asarlar yaratdiki, gul bilan qandga o`xshab insonlarga yoqdi. Ulardan biri “Musibatnoma” bo`lib, unda insoniyatning azaliy dushmani bo`lgan nafsga qarshi ayovsiz kurash tarannum etilganki, uni o`qigan inson o`zidagi nafs boshiga musibatlar yog`diradi va bundan ko`ngli shodlig-u sururga to`ladi. Keyingi asarini “Ilohiynoma” deya tanishtirar ekan, so`z san`atkori uni ilohiy sirlarning sharhini xalq ichida yoyishga xizmat qiladi deb aytib o`tadi. Yana “Ushturnoma”ni yozib, unga har xil nozik ma`nolarni go`yo nor tuyalardek tizib chiqdi. Undagi ma`no-mantiqni dur-u gavharga qiyos etib, bir necha ming tuya ham undagi dur-u javohirlarni ko`tarishga ojizlik qiladi deya ta`riflarkan, keyingi asarlarga ham e`tiborimizni tortadi. Keling, ularga ham bir quloq tutaylik:
Nasr ila chun “Tazkira” mavjud etib,
Avliyo arvohini xushnud etib.
Har birining ruhidin yuz tiyra zot,
Jon topib ichkon kabi obi hayot.
Bir taraf borig`a ayin-u sharaf,
“Mantiq ut-tayr’ig`a ayn bir taraf.
Onda kim darj etti qushlardin maqol,
O`zga tildir, o`zga so`zdir, o`zga hol. [13; 30]
Keltirlgan baytlar mohiyatidan anglash mumkinki, nasrda avliyolar ruhini xushnud etuvchi “Tazkirat ul-avliyo” asarini yozib, uning har bir so`zidan yuzlab noma`lum insonlar xuddi tiriklik suvi ichgandek jon topadilar. Yuqorida so`z yuritganimiz asarlarning hammasi qanchalik sharaf va maqtovga sazovvor bo`lsa, uning yolg`iz “Mantiq ut-tayr” asari shunchalik sharaf va maqtovga loyiqdir. Unda qushlar haqida o`zgacha til, o`zgacha so`z va yo`sinda fikr yuritiladi. Xuddi mana shunday fikrlarni Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni haqida ham bildirish mumkin. Bunda ulug` shoir tasavvufiy ilmlarni o`quvchiga badiiy yo`sinda yetkaza olgan. Buyuk mutafakkir dostonda o`ziga xos tarzda inson va uning ulug`vorligini tasdiqlovchi insonparvarlik g`oyalari va qarashlarini nazariy-falsafiy jihatdan asoslab beradi. Dostonning butun kompazitsion qurilishi, g`oyaviy mazmuni va obrazlar tarkibi ham ana shu maqsad, ya`ni tasavvufiy bilim va ma`rifat g`oyalarini singdirishga qaratilgan. Shu sababli doston garchi tashqi jihatdan qushlar va ularning sarguzashtlaridan bahs yurituvchi asar bo`lib ko`rinsa ham, aslida inson va uning kamoloti haqidagi asardir.
Ma`rifat g`oyalari adabiyot, xususan, badiiy-ma`rifiy asarlar orqali ommalashtirilgan. Shuning uchun orif va adiblarimiz ma`rifat g`oyalari bilan yo`g`rilgan asarlarni juda yuksak baholashgan, ularni behad qadrlashgan. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Mir Alisher Navoiy va boshqa oriflarimiz so`zga “So`z arshdin (Haqdin) arzga (yer) indi va insonni arzdan ko`kka (Haqqa) ko`tardi”, - degan g`oyani targ`ib qilib, go`zal she`rlar yozdilar. Shu o`rinda oriflarning ba`zan ma`rifiy so`zni Qur`oni karim oyatlari bilan qiyoslashlari va hatto ba`zan undanda ustun qo`yishlarini alohida uqtirib o`tish lozim. Chunonchi, Mir Alisher Navoiy “Lison ut-tayr”da shunday tamsilni beradilar:

Xoja Abdulla Ansoriy dedi,


Ulki bu yo`l ahlig`a hodiy edi:
“Kimki kishi soz aylabon ohangi rud,
Tuzsa ul ohang aro lahni surud.
Lek bu rud-u surudidin murod.
Bo`lsa tengri yodi, ey pok e`tiqod.
Yaxshiroqkim g`aflat ohangin tuzub,
O`qug`oy Mushaf tilovat ko`rguzub.
Bo`lsa lahn-u nag`mada ogohlig`,
Behki toat vaqtida gumrohlig`. [13; 273-274]
Keltirilgan baytlar mazmunidan anglash mumkinki, ishq yo`liga kirgan kishilarga yetakchilik qilayotgan Xoja Abdulla Ansoriy shunday degan ekan: “Kishi sozini rud ohangiga moslab, bu ohang ichra bir yoqimli qo`shiq aytsa, biroq bu kuyi va qo`shig`idan maqsad tangrini yodga olish bo`lsa, ey pok e`tiqodli, bilgilki, uning bu ishi g`aflat ohangi bilan Qur`on tilovat qilishdan yaxshiroqdir. Agar qo`shiq va nag`ma, ya`ni raqsda ogohlik mavjud bo`lsa, u toat vaqtidagi gumrohlikdan yaxshiroq sananladi”.
Ulug` Navoiy bu o`rinda e`tiborni yana bir karra ma`rifatli bo`lishga va ilm-ma`rifatni chinakkam muhabbat bilan astoyidil o`rganishga da`vat etadilarki, zero, ilm-ma`rifat ham ishq va u shunday ishqki, haqiqiy ilm egalarini Yaratganga yaqinlashtiradi, o`zligini anglashga yordam beradi. O`zini tanitadi.
Mumtoz ijodkorlar adabiyot va ma`rifat o`rtasidagi mantiqiy aloqalarning ikki tomonlamaligini uqtiradilar. So`z san`ati sanalmish badiiy adabiyot ma`rifat bilan yo`g`rilgan bo`lishi va insonda ma`rifiy tuyg`uni tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Ma`rifiy tafakkur bilan yo`g`rilgan so`zgina insonlarga chinakkam ilohiy-irfoniy g`oyalarini singdira oladi. Tasavvufda mana shunday ikki xil ilm, ikki xil holat keskin farqlanadi. Ulardan biri ilmi qol – so`z vositasida sharhlanishi, jiddiy mehnat, izlanishlar bilan egallanishi mumkin bo`lgan ilm va holatdir. Darhaqiqat, ma`rifiy so`z insonga ilmi qolni o`rgatish yetkazishi mumkin. Ilmi qol tarkibiga odatda tariqat ahlining, solikning (darvishning) egallashi zarur bo`lgan bilimlar, yetuklik maqomlari, shart-sharoitlari, shu soha vakillarining har bir muayyan sharoitda o`zini tutishi haqida so`z va adabiyot orqali tarbiyalanadigan xislatlar, hosil qilinadigan bilim va ko`nikmalar kiradi.
Ilmi hol holati, hol esa so`z bilan bog`liq emas. Uni so`z bilan tasvirlab yoxud shakllantirib bo`lmaydi. Bunday murakkab jarayon, solikning behudligidan, g`aybdan axbor olishda, ilmi ladunniyga aloqadorligida namoyon bo`ladi. Biz buni oddiy til bilan “ko`ngilga tushmoq” iborasi bilan ataymiz. Ko`ngilga tushmoq iborasidan kuchliroq holat, g`aybning aralashuvini bo`rtiribroq ko`rsatish shaklini ogoh bo`lmoq iborasi bilan ifodalash mumkin.
Tasavvuf o`ziga xos murakkab bir ijodiy jarayondir. Ijod olamida esa hech qanday qoliplarga sig`maydigan, kutilmagan hodisalar bisyordir. Shuni aytish mumkinki, ma`rifat va so`z (adabiyot) mumtoz ijodkorlar uchun bir butunlikni tashkil etadi va shu ikki tarkibiy qism, bir varaqning ikki beti, yuzi deyish mumkin. So`z, ya`ni adabiyot ma`rifat bilan sug`orilgan bo`lishi, ma`rifatning o`zi so`z (adabiyot) va otashin ishq bilan tarbiyalanishi, singdirilishi lozim. Ma`rifat bilan yo`g`rilgan so`z tasavvufda maxsus atama hashf (ortiqcha, so`z mavzusidan chiqib aytilgan so`z) deb ataladi. Hashf irfonda esa keraksiz, nodarkor narsa sifatida baholanadi. Shuning uchun Qur`oni karimda va shu asosda islom dunyoqarashida ma`rifatsiz shoirlarga juda past nazar bilan qaraladi. Jumladan, Qur`oni karimda shunday oyati karimani o`qishimiz mumkin: “Shoirlar o`zlariga adashganlarni ergashtiradilar”. (“Shuaro” surasi) Tabiiyki, bu oyatda ma`rifatsiz, ilmdan xoli asarlar yozadigan shoirlar nazarda tutiladi.
Ayni shunday fikrlar ulug` shoir Alisher Navoiyning so`z yuritayotganimiz “Lison ut-tayr” dostonida ham Hudhudning Qumri uzriga javobida tarannum etilgan. Unda Qumri umr bo`yi chamandan chiqmagan, dasht-u vodiyda sayr qilishdan charchaganligini va shu kungacha na mashaqqat, na qattiqlik topmaganligini so`zlab, bunday yo`l azoblariga chiday olmasligini aytib uzr so`raydi. Hudhud esa bunday g`aflatda yurish bir kun uni halokatga olib kelishi mumkinligini uqtiradi va ko`nglini dard bilan yaralamoq zarurligini tushuntiradi. Shuningdek, yor vaslini izlab, yo`lga tushishi lozimligini aytadi. Agarda bu yo`lda jism-u jonini g`amga payvand etib, dard-u mashaqqat ila o`lib ketsa, hech ham afsus chekmasligi kerakligini bildiradi, chunki shu vaqtgacha or qilishga sazovor ofatli ahvolidan bu o`lim yuz qatla ortiq ekanligini aytib bir uquvsiz bog`bon haqida hikoyat keltiradi. Biz ham shu hikoyatga bir nazar tashlasak:

Bog`bone bor edi bas behunar,


Bog`bonliq san`atidin bexabar.
Ne shajar payvand qilmoq shevasi,
Kim halovat hosil etkay mevasi.
Ne yog`och parkovi birla parvarish –
Aylay olibkim, shajar qilg`ay ravish.
Vaqt ila ne dona sochmog`in bilib,
Kim farah qilg`ay guli hosil qilib.
Bog` aro anbarkashlik birla xush,
Bog`bon yo`qkim, degil anbarkash. [13; 65]
Ko`chirilgan parcha mazmunidan oydinlashadiki, bir uquvsiz bog`bon bor edi. U bog`bonlik hunaridan mutlaqo bexabar edi. U daraxt payvand qilishni ham, undan huzur-halovat beruvchi meva olishni ham, daraxtlarni parvarishlab o`stirishni ham, hatto o`z vaqtida guli hosilga kira oladigan don sepishni ham bilmasdi. Bog` ichida xas-xashak terish bilan mashg`ul va xursand edi. Aslida uni bog`bon emas, xashakchi desa to`g`ri bo`lardi. U shu tarzda zahmat chekib umrini o`tkazar ekan, yaqin o`rtoq va do`stlari unga bu xil samarasiz ishni tashlab, biror foydali ish bilan shug`ullan deb pand-nasihat bersalar ham, u nodon quloq osmadi va bir kun:

Toki bir jo`ya aro kesmakta tok,


Ayladi yilon ani sanchib halok. [13; 65]
Misralar mazmunidan oydinlashadiki, har qanday pand-nasihatlarga quloq osmagan johil bog`bon bu mashaqqatli ishi bilan shug`ullanishni tark etmadi va mana shu ilmsizligi hamda johilligi tufayli toklar orasida uni bir ilon chaqib halok qildi. Johil inson har qanday vaziyatda ham o`z ishini to`g`ri deb biladi va mana shu xususiyati uning eng katta kamchiligidir. Hikoyat mazmunidan anglashilib turganidek, ilmsizlik takabburlikni keltirib chiqaradi va bu ayni o`rinda jaholatga yo`l ochadi. Johil inson esa oxir-oqibat o`z qilmishlari va harakatlarining qurboniga aylanadi. Insonni halokatga olib boruvchi illatlardan xalos etishda esa o`zidagi ilm, e`tiqod va ma`rifat katta rol o`ynaydi. Inson ma`naviyatini oshirishda esa mana shunday pand-nasihat beruvchi tasavvufiy-falsafiy va ma`rifiy-badiiy asarlar muhim o`rin tutadi.



Download 437 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish