O’zbek fillogiyasi kafedrasi Mirzoyeva Yulduz Axtamovna Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini


II. BOB ULUG` SHAYXLAR HAQIDAGI HIKOYATLAR IBRAT NAMUNASI



Download 437 Kb.
bet6/9
Sana04.03.2022
Hajmi437 Kb.
#483096
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr“ dostonidagi irfon ahliga doir hikoyatlar talqini.

II. BOB
ULUG` SHAYXLAR HAQIDAGI HIKOYATLAR IBRAT NAMUNASI


II. 1. Ishq ma`naviy kamolot asosi.

Aqliy zakovat va ruhiy-ma`naviy salohiyat ma`rifatli insonning ikki qanotidir. [4; 103]


Yurtboshimiz fikrlaridan ko`rinib turibdiki, yuksak aqliy zakovat sohibi bo’lishgina insonning mukammalligiga asos bo’la olmaydi. Uning ruhiy-ma’naviy kamoloti ham bu borada muhim jihat sifatida ko’z oldimizda shakllanadi.
Ko`rinib turibdiki, davlatimiz rahbari ma`naviyatli va ma`rifatli shaxs tarbiyasiga alohida urg`u berar ekan, u bevosita mumtoz adabiyot, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini alohida tilga oladi. Zero, Alisher Navoiy adabiy-ilmiy merosi inson shaxsini tarbiyalashda, uni yuksaklarga ko`tarishda muhim manbadir. Inson ma`rifiy-ma`naviy kamolotga esa o`zidagi ilm va ishtiyoq orqali erisha oladi. Ma’lum bir sohada bo`ladimi yoki ta`limdami inson qalbida, avvalo, o`z tanlagan kasbi yoki yo`liga nisbatan muhabbat, ishq otashi bo`lmog`i lozim. Inson bu foniy dunyoga do`stlik va muhabbat uchun tug`iladi. U do`stlik va muhabbatning tub mohiyatini anglamasa, hech bir narsaning haqiqatini to`g`ri tushuna olmaydi. Tasavvufiy olimlarning aytishicha, ishq bo`lmasa, insondagi barcha fazilatlar yashirin qolib oshkor bo`lmadi. Ishq olam va odam sirlarining shaffof ko`zgusidir. [43; 58] Ishq orqali inson o`zini qiziqtirgan narsa, voqea-hodisalar, hatto kishilar va ilmni ham o`rganadi.
Tasavvufiy maslakda ishq – sevgining eng oxirgi darajasi va mukammal ko`rinishidur. Ishq maqomiga ko`tarilgunga qadar oshiq yana yetti darajada qalbi va ruhini kamolga erishtirmog`i kerak. Bular: do`stlik, savdo – ko`zyosh to`kmak, sevgidan sarmastlik, muhabbat – yomon fe`llardan poklanib, yaxshi va go`zal xullq ila mashuqaga yaqinlashmoq, shigof – qalbni pora-pora etib otashlarda yondirgan sevgi, Junun – mashuqaning quliga aylanmoq, sevgi sharobidan mast bo`lib o`zidan kechmoq. [43; 58]
Demak, do`stlik asosida talab qilingan barcha qiyinchiliklarni bosib o`tish va shu asnoda o`zidagi yomon jihatlardan poklanish lozim. Ana shunda u ma’shuqaga yaqinlashishi mumkin.
Tasavvuf ilmida qalbdagi oh-u nolaning kuchayib borishi ishqning komillashayotganidan darak beradi. Ishqda komillikka erishgan inson esa o`zini har qanday yomon fe`llardan forig` etgan bo`ladi, shuning uchun ham tasavvufning markaziy masalasi ishqdir. Bunda deyarli barcha muammo va vaziyatlarga ishq ko`zi bilan qaraladi va ayni mana shu ishqning kuch-quvvati bilan muammo-yu qiyinchiliklar hal qilinadi.
Tasavvuf ta`limoti bevosita islomning mag`zida yuzaga kelib, rivoj topgan bo`lsa-da, uni din bilan aynan bir narsa tarzida tushunmaslik kerak. Din “Qur`oni karim”ning zohiriy, ya`ni ko`pchilikka tushunarli ma`nosi bo`lsa, Tasavvuf “Qur`on”ning botiniy, ya`ni faqat xos – alohida kishilargagina tushunish nasib etadigan ichki nozik ma`nolari bilan ish ko`radi. Kishi aql-idrok, mantiqiy tafakkuri bilan ilmni o`rganishi mumkin. Biroq botiniy ilm uchun mantiqiy tafakkurning o`zigina yetarli amas. Shuning uchun zohiriy ilm egasi – olim, botiniy ilm egasi esa orif deyilgan. Tabiiy savol tug`iladi: olim kim? Orif kim? Bu savollarga shunday javob berish mumkin: “Tasavvuf haqidagi suhbat ana shu yerdan boshlanadi. Biz bilim manba`i aql deb hisoblaymiz, so`fiy esa bilim manba`ini ishq deb biladi. Chunki ishq intilish tug`diradi. Aql faqat nazariy mushohadaga tayansa, mantiqiy bilimlar majmuidan kelib chiqsa, ishq insonning butun tabiatini, shuurini ishga soladi, unda ko`zning va quloqning tajribasiga emas, insonning butun ruhiyati va moddiyati bir nuqtaga jamlanadi. Biz bilgangina emas, hali bilmagan, aniq tasavvur etmagan omillar ham ishga tushadi”.
Maqola muallifi yana tasavvufni “ilohiy ilhom”ga tayanganligini aytib o`tadi. Darhaqiqat, kishi qalbida ishq olovi yonmas ekan, u hech narsaga intilmaydi va qiziqmaydi. Ilohiy ishq insonning butun vujudini harakatga keltiradi. Ma`lum bir voqeylikka intilishini oshiradi, qilayotgan ishiga nisbatan rag`bat hissini uyg`otadi. Ishq bilan qilingan har bir ish barakali va go`zal bo`ladi. Ayni shu ishq insonni hamma narsadan go`zallik izlashga o`rgatadi, Alisher Navoiy asarlarida ham ishq tushunchasi alohida ajralib turadi. Masalan, ulug` shoirning “Layli va Majnun” dostonidagi Majnun ishqini olaylik, bunda u butun vujudi bilan Ollohni sevadi:

Ul bo`lib otin bilurdin yot,


Mundin dog`ikim, ne nimadur ot.
O`z oti-yu qavm-u xayli oti,
Yo`q yodida g`ayri Layli oti.
“Layli, Layli” debon chekib un,
El deb: “Majnundur, ushbu Majnun.
Bu surat bila har saboh-u har shom,
Layli hotami sari urib gom.
Har gomini ko`ksiga urib tosh,
Avval qadam o`rniga qo`yub bosh. [10; 110]
Keltirilgan misralar mazmunidan oydinlashadiki, Majnun, xalq o`rtasida uni shunday atashadi. Chunki Qays, ya`ni Mahnun ishqdan shu darajada beqarorki, hatto u o`zining ismi, qavm-qarindoshining otini ham yodidan chiqargan. Uning yodida faqat Layli oti bor, xolos. U qayerda yurmasin “Layli, Layli” deb oh chekib yurardi. Shuning uchun el uni Majnun deb atadi. Erta-yu kech mana shunday holatda Layli uyi tomon yo`l olardi. Har qadamda ko`ksiga toshlar urib borardi. Sevgilisining izi qolgan yo`llarga boshini qo`yardi. Agarda biz ushbu misralardagi “avvalqadam” so`ziga e`tibor beradigan bo`lsak, u ustoz ma`nosida ham keladiki, bundan shunday ma`no oydinlashadi, tasavvufda ishqni ustozsiz tushunish qiyin, hatto tushunish mumkin emas. Majnunga ham bu yo`lda to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi ustoz kerak edi. Bizning fikrimizcha, ulug` shoir bu yerda shunga ham ishora qilib o`tgan. Dostondagi bu obraz har tomonlama mukammal darajada ishlangan. Shuningdek, buyuk shoir o`zining “Lison ut-tayr” dostonida ham Majnun haqida ikkita hikoyat keltirib, ularda Sharq xalqlari og`zaki ijodida mavjud Majnun to`g`risidagi afsonalarni qayta ishlaydi. Bu hikoyatlarga asos bo`lgan voqealar shoirning “Layli va Majnun” dostonida o`z aksini topmagan. Mazkur hikoyatlar dostondagi ikki o`rinda, ya`ni “Qushlarning fano navmidlig`ida Hudhudning irshodidin quvvat hosil bo`lg`oni” hamda “Ishq tayriqi adosida munojot” kabi boblarda keltirilgan.
Majnun haqidagi birinchi hikoyatda quyidagicha voqea keltiriladi. Bunda qushlar fano vodiysi so`ngida tushkunlikka tushib qolishadi va ularning hammasi chuqur qayg`uga botishadi. Armonda qoldik deb xafa bo`lishganda Hudhud ularga:

Oshiqekim, ishqida bo`lg`ay kamol,


Tengdurur ollida hijron-u visol.
Chun rizosi yorning matlub erur,
Har neki ul istar – ul mag`rub erur. [13; 265-266]
Misol keltirganimiz she`riy parchadan shu narsa oydinlashadiki, agar oshiq o`z ishqida haqiqiy kamolotga erishgan bo`lsa, uning uchun visol bilan hijron teng hisoblanadi. Chunki yorning xohishi oshiq uchun orzu etilga narsa bo`lib, u nimani istasa, o`sha ma`qul sanaladi. Ishq yo`liga kirgan oshiq bu yo`ldagi barcha azo-u qubatlarga bardosh berishi lozim. Hudhud mana shu so`zlarini dalillash uchun Majnun haqidagi hikoyatni keltiradi. Majnun haqidagi bu hikoyatda quyidagi voqea naql qilinadi: Layli nomini doimo tilida takrorlab yuruvchi Majnunni dashtda bir kishi uchratib qoladi va unga shunday savol beradi:

So`rdi: – “Kim birla surarsen bu maqol?”


Dedi: – “Layli bila, ey farxunda fol”.
Dedi: – “Ondin to sangadur xayli yo`l?”
Dedi: – “Ey g`ofil, erur jonimda ul.
Ulki oning zikridur jonimda qut,
Yo`l yiroq bo`lg`onidan o`lg`aymi unut! [13; 266]
Keltirilgan baytlar mazmunidan oydinlashadiki, yo`lovchi Majnundan sen kim bilan so`zlashmoqdasan, deb so`rasa, u Layli bilan deb javob qaytaradi. U sendan juda uzoqda-ku desa, u mening jonimdan o`rin olgan, uni yodga olish menga kuch bag`ishlaydi, yo`l yiroq bo`lganligi uchun unutmoq kerakmi, deydi. Mana shu dalil orqali Hudhud ishqdan kelgan har qanday qiyinchilik va dardni xursandchilik bilan qabul qilish lozimligini ta`kidlaydi. Zero, dil o`rtovchi bu kabi ranj-u ozorlar oshiqni toblaydi, bardoshini sinaydi. Haqiqiy oshiq esa bundan huzur-halovat tuyadi va xursand bo`ladi.
Majnun haqidagi ikkinchi hikoyat mazmuni ham shunga yaqin. Qaysni ishq o`ti mag`lub etgach, u hatto es-hushini taniy olmadi. U Layli ishqida shunchalik mag`lub ediki, go`yo istovchi u-yu, bu esa istalgandek edi. Ishqa shu darajada qorishib ketgan ediki, ishq bobida Layli bilan bir butunlik hosil qilgan edi. Bir kuni bir kishi undan so`radi:

Kim birov bir kun dedi: – “Oting nedur?”


Dedi: “Layli!” Dedi: – “Isboting nedur?”
Dedi: “Ulkim – Layli o`ldi zot anga,
Hojat ermas aylamak isbot anga”. [13; 285]
Keltirilgan baytlar mazmuniga e`tibor qilsak, yo`lovchi: Isming nima? – deb so`rasa, u: “Layli”, – deb javob beradi. Buni qanday isbotlaysan degan savoliga, kimning zoti Layli bo`lsa, uni isbotlab o`tirish shart emasligini aytadi. Muallifning bu so`zlari, albatta, Ilohiy ishqqa ishora edi. Yaratganga bo`lgan ishq hech kim bilan bo`linmaydi va u isbot ham etilmaydi, bunga hojat ham yo`q. Bu kimlargadir shak, ya`ni yolg`on bo`lib tuyulsa-da, Majnunga o`xshagan kamolga yetgan oshiqlar uchun haqiqatdir. Dostondagi “Istig`no yo`li adosida munojot” qismida Xalilulloh haqida tamsil keltiradi. Unda Namrud Xalilni o`tda kuydirmoqchi bo`lib, palaxmonni hozirlaydi. Katta uyum qilib taxtlangan o`tinga olov yoqishlarini buyuradi va Xalilullohni palaxmonga solib o`tga otishadi. Shu fursatda yuqoridan hukm bo`lib, uning oldiga Jabroil yetib keladi va shunday deydi:

Hukm bo`ldikim, yetishdi Jabroil,


O`tqa yetkon chog`da dedi: – “Ey Xalil!
Oytqilkim ehtiyojing negadur?
Lutf-u eh’sondin mijozin nedur?
Neki sen dersen muhayyo ayloli,
Ulcha komin oshkoro ayloli?”
Dedi ulikm: – “O`t manga ro`zi qilur,
Ehtiyojim ne ekonni ul bilur.
Yo`q sanga xud ehtiyojim bu nafas,
Toki zohir aylagaymen multamas”. [13; 287-288]
Ko`rib turibmizki, o`sha onda yetib kelgan Jabroil Xalilullohdan ayni damda nimaga ehtiyoji borligini va nimaniki so`rasa, shuni muhayyo qilishini, amalgam oshirishini aytadi. Ammo Xalilulloh unga o`tni qismat qilib bitganning o`zi shu damda ehtiyoji nimada ekanligini ham yaxshi bilishini aytadi. Shuning uchun hozir undan iltimos qiladigan ehtiyoji yo`qligini bildiradi. Darhaqiqat, ishq yo`liga kirgan insonning ma’shuqdan boshqa ehtiyoji bo`lmaydi. Uning vasliga erishish yo`lidagi har qanday qiyinchilik va sinovlar kuchaygan sari visol umidi yaqinroq bo`laveradi. Shuning uchun Xalilulloh ilohiy ishqning bilimdoni bo`lgan komil oshiq, Jabroil taklifini qabul qilmaydi. Chunki naqd joyda, naqdni nasiyaga almashishi nodonlik bo`lar edi. Ishq insonni ma`naviy va jismoniy poklash qudratiga ega. Bunda inson o`zidagi qusur-u kamchiliklarni tuzatib botiniy go`zallikka erishadi. O`zida eng yaxshi sifatlarni mujassam etadi. Deyish mumkinki, inson o`z-o`zini qayta tarbiyalaydi va poklik sari qadam qo`yadi. Dostonning “Parvonalar va haqiqiy sham sharhida” qismida parvonalarning ishq yo`lida haqiqat sirini anglamoq bo`lib, qilgan harakatlari bunga yorqin misol bo`la oladi:
Dedilar parni qilib otashfisho,
– “Istoli matlub nuridin nishon.
Har ne topsoq – oni izhor aylali,
Sharh etib aslin paridor aylali! [13; 256]
Keltirilgan iqtibosdan oydinlashadiki, parvonalar sham haqiqatini aniqlashga bel bog`lashadi va nimani aniqlasak, shuni bir-birimizga aytaylik, uning asli nimadan iborat ekanligini bilib olaylik deyishadi. Shundan so`ng parvonalardan biri sham haqiqatini bilish uchun boradi va sham olovi bilan yuzlashgach, Bu haqda butun parvonalarga jon kuydirib tushuntiradi. Ammo parvonalar uni eshitmas edi. Shuning uchun har bir parvona oldingisining izidan borib, ishq olovida qalbini yoqar va bu haqda o`zi ham yonib so`zlar edi. Lekin, afsusuki, ishq otashining o`tidan tatimagan parvonalar buni eshitmas va tushunmas edi. Chunki ishq o`tini til bilan sharhlashning imkoni yo`q. Shuning uchun ham parvonalarning har biri sham oloviga o`zini urib maqsadiga erishardi:

Har biri kuygancha topdi ondin kom,


Sharhi dushvor edi-yu naqli harom.
Shu`la sharhin til bila qilmas kishi,
Kuymaguncha xirqatin bilmas kishi.
Ul bu ish tahqiqidin topti xabar,
Kim bo`lib kul qolmadi ondin asar.
Shu`laga urg`och o`zin bevahm-u pok,
Shu`la bo`ldi o`t tushib a`zosi pok.
Chun tilar maqsud anga bo`ldi ayon,
O`zga zohir bo`lmadi ondin bayon. [13; 257]
Misol keltirganimiz misralar mazminidan anglashiladiki, har bir parvona o`tga o`zini urib, uning nimaligini boshidan o`tkazadi, lekin uni tilda sharhlash qiyin edi-yu, naql qilish harom hisoblanar edi. Chunki kuymay turib shu`la sharhini keltirish qiyin. Har bir parvona o`zini o`tga urar ekan, ishq o`tidan butun tanasi yonib kulga aylanadi va o`zi ham butun shu`laga, ya`ni nurga aylanib poklanardi. Mana shunday holat bilan har bir parvona ishq yo`lida o`z maqsadiga erishardi va ishq siridan ogoh bo`lib, kamol topardi. Ko`rib turibmizki, ishq inson tani va ruhini poklovchi, uni oliy darajaga ko`taruvchidir.
Ishqning yana bir xususiyati shundaki, u kishini kamtar va xokisor qilib qo`yadi. Fikrimizning dalili sifatida “Talab vodiysining sifati” qismidan so`ng keltirilgan hikoyatga e`tiboringizni tortmoqchimiz. Unda hikoya qilinishicha, qudratli bir podsho bo`lib, uning xazina va boyliklari askarlari kabi son-sanoqsiz edi. Ammo bu podshoning eng aziz boyligi, uning o`g`li bo`lib, zeboligi oldida hatto Yusuf ham qul kabi edi. Sharq quyoshi botish kerakligi uchun botmasdi, balki uning husni oldida uyatda qolgani uchun oyog`lari ostiga bosh qo`yardi. Butun olam unga oshiq-u shaydo edi. Bir kuni u sayr qilib kelish uchun yo`lga tushadi va sahroda turgan elga nazar solar ekan, ko`zi xalq orasida ishq zanjiriga mubtalo bo`lgan ikki oshiqqa tushadi va shunday buyruq beradi:

Hukm chovushlarg`a qildikim yurung,


Ul ikki devonavashni kelturung. [13; 217]
Misralar mazmunidan oydinlashadiki, shahzoda o`z mulozimlariga buyruq qilib, ikki devonasifat oshiqni o`z oldiga olib kelishlarini buyuradi va mulozimlar bu ikki ishq mubtalosini uning oldiga olib kelganlaridan so`ng, shahzoda ularning birini zindonga tashlaydi, ikkinchisini esa it boqarlik xizmatiga tayinlaydi. Ular mana shu mashaqqat-u ozorlar ichida ancha vaqt qolib ketadilar va bir kun bir dardmand kishi ulardan so`raydi:

Dardmande ayladi bir kun savol,


Kim–“Nedur sizga bu mehnat ichra hol?” [13; 218]
Bayt mazmunidan oydinlashadiki, bir dardmand kishi ularning bu azob-uqubatlar ichra ahvolari qandayligini so`raydi. Shunda boyagi xizmatkor oshiq quyidagicha javob qiladi:

Bu dedi: ”Mehnat degan qaysi bo`lur,


Komi rohatdur mashaqqat ne bo`lur.
Menki ishqi ko`nglum ichra to`lg`ali,
Rozi erdim ko`yida it bo`lg`ali.
Garchi itlarga mulozim bo`lmisham,
Lek ul xayl uzra hokim bo`lmisham. [13; 218]
Keltirganimiz misralar mazmunidan oydinlashadiki, Oshiq yigit o`z taqdiridan rozi nega? Chunki u yigit ishq yo`lida uning ko`chasidagi it bo`lishga ham tayyor edi. “Men uning itlariga xizmatkor esam-da, ammo ayni damda itlariga boshliqman”, – deydi. Bu esa oshiq uchun azob emas, rohat bo`lib tuyuladi. Sababi hech bo`lmasa uning, ya`ni ma’shuqning xizmatkori darajasiga loyiq ko`rildi-ku! Bu esa oshiq e`tibordan chetda emasligini ko`rsatadi. Zindonband etilgan yigitdan ham savol so`raganida, u shunday javob qiladi:

Ul dedikim: – “Ishq etib ko`nglimga zo`r,


Rozi erdimkim maqomim bo`lsa go`r.
Garchi holo band aromen ustuvor,
Vaslidin ko`nglum erur umidvor. [13; 218]
Keltirilgan iqtibosdan oydinlashadiki, ikkinchi oshiq, agar ishqi kuchlilik qilib, ko`nglini halok qilsa, uning o`rni go`r bo`lganda ham rozi edi. Ammo hozir zindonda kishanlangan bo`lsa-da, vaslidan ko`ngli hali ham umidvorligini aytadi. Shoh bir pana joydan ularning so`zini eshitib turgan bo`ladi. Ularning ishqda sodiq ekanligini tushungandan so`ng, ikkalasini ham o`ziga eng yaqin mahram, do`st qilib oladi. Mana shunday pok iymon, muqaddas ishonch, haqiqiy ishq ularni og`ir sinovlardan olib o`tib, yuksaklarga ko`tardi. Ishq otashi oshiq va ma’shuqni birlikka olib boradi. Ulardagi “menlik” va “senlik” yo`qolib, bu holatdan asar ham qolmaydi. Quyida keltiradigan hikoyatimiz fikrimiz isboti bo`la oladi: Bir kecha shoh va chinakam oshiq Mahmud Ayozning nima bilam mashg`ulligini bilmoqchi bo`lib, uning yoniga boradi. Ayoz bu paytda uyg`oq bo`lsa-da, ko`zlarini yumib, o`zini uxlaganga solib yotar edi. Ayni damda ishqning shavqi-zavqida yongan shoh uni uyquda deb o`ylaydi va mahvash oyoqlariga o`zini tashlab, Ayozning tovoniga ko`zlarini surta boshlaydi, Ayoz esa uzrxohlik bilan oyog`ini tortib olmaydi. Shunda shoh nozaninning uyg`oqligini bildi va unga dedi:

Bildi shohkim nozanin uyg`oq erur,


Dedi: – “Eykim jonda sendin dog` erur.
Mendin onglab muncha izhor niyoz,
Nevchun erdi muncha be andoza noz?
Kim ayog` tortib qo`pib o`lturmading,
Zohir aylab mehr bir so`z so`rmading?” [13; 291]
Keltirilgan misralar mazmunidan oydinlashadiki, Ayozning uyg`oqligini bilgan shoh: “Ey Ayoz, sendan jonimda dog` hosil bo`lmoqda! Mendagi senga bo`lgan shunday ehtiyojni bila turib, nega buncha noz qilding? Nega mening hurmatimni joyiga qo`yib, o`rningdan turib oyog`ingni yig`ib o`tirmading?” – deb so`ragach, Ayoz shunday javob qiladi:

Dedi gulchehr: – “Ey shohi sohib nazar,


Bormu erdi menda menlikdin asar?
Bir kishi uzr aytqoy kimbo`lg`oy ul,
Menda ul dam yo`q erdi menlikka yo`l”. [13; 291]
Keltirilgan bayt mazmunidan ayonlashadiki, Ayoz ham chin oshiq, uning ham ixtiyori o`zida emas. Shuning uchun “Menlikdan asar qolmagan u paytda men senga qanday uzr ayta olaman”, – deb javob berarkan ishq yo`lida oshiq-mashuq bir butun ekanligini uqtiradi. Menligi ustun bo`lgan inson chinakam oshiq bo`la olmaydi.
Tasavvufda ishq deganda faqat mehr, sevgi kabi tuyg`ulargina emas, ulardan tashqari yana iroda, sabot, ilm, ibodat, oqillik, xokisorlik, sabr, g`ayrat, kamtarinlik, adolat, saxiylik, mardlik, hayo, pokizalik, shirin so`zlik, umuman inson qalbini, ruhini poklashga xizmat qiladigan, uni Ollohga yaqinlashtiradigan barcha ezguliklar, pokliklar yig`indisi tushuniladi. Ishqning o`rni ko`ngilda, ko`ngil ishq tufayli poklanadi. Ko`ngil poklansa, ishq yanada o`tli, nurli bo`ladi, ilohiy mohiyat kasb etadi. Tasavvuf ta`limotiga ko`ra, ko`ngilni poklash ham bir ilmdir. Ilm esa ustozlardan o`rganiladi. Shuning uchun ham ishq yo`liga kirgan solik qayta tu`g`iladi. U endi dunyoga qalb ko`zi bilan nazar tashlaydi. Bunday solikka sekin-astalik bilan ma’shuqaga olib boruvchi hamma narsaning botiniy tazohiri namoyon bo`la boshlaydi. Nega shunday? Chunki ishq bu ilm, ma`rifat va tajribadir. Mana shunday ilm egasi bo`lgandan so`nggina inson haqni nohaqdan, yaxshini yomondan, to`g`rini xatodan farqlay oladi. Shuning uchun ham bu yo`lni to`g`ri tushungan insonni hech bir mashaqqat maqsadidan qaytara olmaydi. Ishq inson tiynatini poklovchi va uni yuksaklikka olib boruvchi vositadir.
Ishq – bu kishi qalbida shakllanib borayotgan komil inson bo`lish ishtiyoqidir. Ishqning mohiyati o`zlikdan kechish, o`zingdagi xudbinlikni bosish va tiyish, shaxsiy manfaatlaringni sendan chiqarishdir.
“Lison ut-tayr” dostonida ham qalbni chirkinliklardan tozalash masalasiga diqqat qaratilgani bois ishq uni shaffoflashtiruvchi vosita sifatida qalamga olinadi. Undagi hikoyatlarda ishq tufayli oshiqda qat’iyatning kuchayishi, buning natijasida u maqsadi tomon og’ishmay harakat qilishi, mashaqqat-u riyozatlarda toblanishi o’zining badiiy ifodasini topadi.

Download 437 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish