XU1-X1X asr (1-yarmi ) o`zbek adabiyoti
Reja:
1.
Davr adabiyotini o`rganilish tarixi.
2.
Davr adabiyotining manbalari.
3.
Adabiy manbalarni o`rganishdagi amal qilinadigan tamoyillar.
5
4.
Tarixiy sharoit va adabiy-ma`naviy muhit xususiyatlari
Sharq mumtoz adabiyotida an`anaviy adabiyotshunoslik «Il-mi adab» va
uning tarkibiga kirgan «Ilmi bade`», «Ilmi aruz», «Ilmi qofiya» singari ilmiy
risolalar hamda tazkira va manoqib kitoblarida davr adabiyotidagi poetik hodisalar,
ayrim ulug` adiblarning ijodi va ularning uslubiy xususiyatlari aks etmagan bo`lsa
ham, uch yuz yildan mo`lroq davom etgan bu adabiy davr manbalarini o`z ichiga
olgan «adabiyot tarixi» XX asr boshlariga qadar yaratilmagan edi. Asrimizning 20-
yillarida, dastlab, «adabiy manbalar» sifatida jamlangan va nashr etilgan
majmualarni ham bu yo`ldagi dadil qadamlar deb aytish mumkin. Bu jihatdan 20-
yillarda adabiyot tariximizga oid ko`plab manbalar to`plandi, tartibga solindi,
ayrimlari nashr qilindi va, nihoyat, «adabiyot tarixi» yaratish uchun muayyan
zamin hozirlandi.
1918-20 yillarda faoliyat ko`rsatgan «Chig`atoy gurungi» tashkiloti bu
jihatdan ilmiy faoliyat boshlagan birinchi ilmiy jamiyat bo`ldi. Keyinroq 1919 yili
Turkiston Muxtor jumhuriyati hukumati va Turkiston o`lka mumulmon byurosi
mahalliy xalqlar adjabiy merosini to`plab, nashr qilish haqida qaror qabul qildi.
Ko`lamli bu ishlarni amalga oshirish uchun Nazir To`raqulov (rais), Fitrat (rais
mulvini) va Laziz Azizzoda (kotib)dan iborat boshqaruv hay`ati belgiladi. Bu
vaziflarning amalga oshirish uchun Abdurahmon Sa`diy, G`ozi Yunus, G`ulom
Zafariy, Cho`lpon, Shokirjon Rahimiy singari olim va adiblar hamda e.Polivanov,
A.Semyonov, A.Divaev kabi rus mustashriqlari ham jalb qilingan. Bu vaqtga qadar
esa, o`rganilayotgan adabiy davr manbalaridan Armeniy Vamberining «Chig`atoy
adabiyoti xrestomatiyasi» (1867), A.Samoylovichning «O`rta Osiyo turkiy
adabiyotidan materiallar» (1917) nashr qilingan edi. 1928 yilda Fitrat tomonidan
«O`zbek adabiyoti namunalari»ning P jildi nashrga tayyorlana boshlandi. Biroq 1
jild atrofidagi bahs-munozaralar va 20-yillarning oxiridagi o`zgargan adabiy muhit
bu majmuani nashr qilish imkonini bermadi. Shunda Fitrat tomonidan qator
maqolalar «XU1 asrdan so`ngra o`zbek adabiyotiga umumiy bir qarash»,
«Muhammad Solih», «O`zbek shoiri Turdi», «Mashrab» kabilar e`lon qilindi. Ayni
mana shu maqolalarni davr adabiyoti yuzasidan olib borilgan jiddiy ilmiy
tadqiqotlar sifatida qabul qilish mumkin. Shuningdek, Abdulhamid Majidiyning
Turdi
haqidagi,
Lutfilla
Olimiyning
«Nodira»,
To`xtamurod
A`lamov
(To`g`rul)ning «Eski shoirlarimizdan Muqimiy» kabi maqolalar ham chg`nashr
etildi.
30-yilladagi adabiy harakatlar garchi 20-yillardagi kabi keng ko`lamda
bo`lmasa ham ko`proq sotsialistik mafkuraga mos keladigan adiblarni tanlab olib
o`rganishga harakat bo`ldi. Bu jihatdan A.Sa`diyning «O`zbek burjua adabiyoti»
kitobini eslash mumkin. 1945 yilda esa, O.Sharafiddinov «O`zbek adabiyoti tarixi
xrestomatiyasi»ni nashr qildi. 50-60yillarda XU1 asrdan keyingi o`zbek
adabiyotini o`rganish borasida jiddiy siljishlar yuz berdi. Bu jihatdan, Vohid
Zohidov, Subutoy Dolimov kabi olimlarning maqola va tadqiqotlari arzirli hissa
bo`ldi. Vohid Abdullaev o`zining doktorlik dissertatsiyasida Xorazm adabiy
maktabi shoirlari ijodining keng o`rgandi. «O`zbek adabiyoti tarixi» darsligining 2
kitobi uzoq yillar mobaynida bu davr adabiyotini o`rganishda tayanch manba
6
sifatida qaraldi. Shuningdek, akademik A.Qayumovning «Qo`qon adabiy muhiti»
kitobi, Homil Yoqubovning Turdi haqidagi maqolasi, To`xtasin Jalolovning
«O`zbek shoiralari» nomli kitobi kitobxonlar qo`liga tegdi. 70-yillarda Mahbuba
Qodirovaning Amiriy, Muhsin Zokirovning Magshrab, Fathiddin Ishoqovning
Gulxaniy kabi tadqiqotlari vujudga keldi. 90-yillarda davr adabiyotini yangi
aspektda o`rganish, Istiklol tufayli ma`naviy merosga yangicha munosabatlar
shakllanishi bilan bog`liq ravishda Hasanxo`ja Muhammadxo`jaev va Inoyatulla
Suvonqulovning So`fi Ollohyor, Nusrat Jumaxo`janing Munis, Ogahiy va boshqa
ijodkorlar haqidagi tadqiqotlari yuzaga chiqdi. Biroq davr adabiyotining umumiy
va xususiy jihatlarini o`zida aks ettirgan, alohida ulug` siymolar ijodini izchil tahlil
etuvchi, Istiqlol mafkurasi saboqlarini o`ziga singdirgan darslik yoki
qo`llanmaning yaratilmagani bu davr adabiyotini o`rganishda jiddiy qiyoinchiliklar
tug`ilmoqda. Shuning uchun ham ayrim talaba va tadqiqotchilar B.Qosimov va
N.Jumaxo`ja tomonidan yaratilgan o`rta maktablarning 10-sinflari uchun
mo`ljallangan darslik va majmuadan vaqtincha foydalanib turish bilan
cheklanmoqdalar.
O`rganilayotgan davr adabiy manbalari nihoyatda xilma-xil va qariyob 350 yil
davom etgan muddatda yaratilgani uchun biri ikkinchisini inkor etadigan darajada
munozaralidir. Shularga qaramay, mavjud adabiy hayotda aks etayotgan an`analar,
zamonaning notekis rivojlanishida xalq badiiy tafakkurining eng go`zal
ne`mat`larini tanlab olib, ularning yo`nalishlarini aniqlab, izchil ilmiy tizimga
solish zarurati tug`ilganda bu davr adabiy manbalarini quyidagi yo`nalishlarda
taraqqiy etganini aniqlash mumkin:
1. Xalq og`zaki ijodi namunalari va xalq kitoblari. Yozma adabiyotning
shakllanishi va taraqqiy etishiga ta`sir ko`rsatgan ushbu omillar sifatida
«Alpomish» dostoni, «Go`ro`g`li» turkum dostonlarini, «Tohir va Zuhra», «Oshiq
G`arib va Shohsanam» kabi epik asarlar keng tarqalganini eslash bilan birga «xalq
kitoblari» umumiy nomi ostida «Yusufbek va Ahmadbek», «Sanobar»,
«Bo`zo`g`lon», «Shoh Mashrab» singari manqaba va tasavvufiy asarlar
yaratilganini ham eslash joiz.
2.
Adabiy an`anaga ko`ra «Devon» tarzida tartib berilgan alohida
shoirlarning she`riy majmualari bu davr adabiyotida nazm namunalarining asosiy
tarqalish usuliga aylangan. Bu jihatdan Munis va Ogahiy, Amiriy va Nodira
devonlarini keltirish mumkin.
3. Devon shaklida jamlanmagan, amoo she`rlari turli xil manoqib-holotlar,
tazkiralar, majmualar, bayozlar vositasida bizgacha etib kelgan ijodkorlarning
asarlari ham mana shu davr adabiy qiyofasini belgilashda arzirli manba bo`la oladi.
Bunga misol tariqasida Turdi she`rlarining majmua va bayozlarda uchrashi,
Mashrab she`rlarining turli xil manqaba va xalq kitoblari vositasida bizgacha etib
kelishi kabi hollarni keltirish mumkin.
4. Sharq nasri an`analarini o`zida aks ettirgan qissa va badiiy talqindagi
hikoyatlar to`plamlari ham mana shu davrda yaratilgan adabiy mahsullardan edi.
Bunga Xojaning «Gulzor», Gulxaniyning «Zarbulmasal» tipidagi asarlarini
keltirish mumkin.
7
5. Tasavvufiy ruhdagi g`azallar va hikmatlar yoki umumiy tarzda olganda
ayrim mutasavvif shoirlarning ijodlarini bunga misol qilib keltirish mumkin: Qul
Ubaydiy, So`fi Ollohyor kabilar.
6. Tarixiy manbalar - sultonlar va xonlar xonadoni va sulolasining
yilnomalari, ayrim davrlar tarixnavislarining asarlari, e`tiborli voqealar bayoni va
boshqa tarix asarlari ham bu davrda ko`plab yaratilganki, ularning aksariyatida
adabiy manbalarga murojjat qilingan. Masalan, Abulg`ozi Bahodurxonning
«Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», Muhammad Amin Buxoriyning
«Ubaydullonoma», Hakimxon to`raning «Muntahob ut-tavorix», Munisning
«Firdavsul iqbol» asarlari shular jumlasidanjir.
7. Tarjima adabiyoti namunalari. Bu davrda, asosan, arab va fors tillaridan
Xorazm adabiy muhitida amalga oshirilgan Hiromiy tarjimasidagi «Chor darvesh»
asarini, Ogahiy tomonidan o`zbekchaga o`girilgan Sa`diyning «Guliston»,
Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarini bunga misol qilib keltirish mumkin.
8. Adabiyotshunosldikka oid risola va tazkiralar, jumladan, izohli lug`atlar
tarkibidagi adabiy-nazariy lavhalar ham bunga misol bo`la oladi. Bu jihatdan
Muhammad Bade` Samarqandiyning «Muzakkiru-l-ashob», Hasanxoja nisoriyning
«Muzakkiri ahbob» tazkiralari, Muhammad Hoksorning «Muntahobu-l-lug`ot»i
tarkibida adabiyotshunoslikka doir istilohlarning sharh qilinishi kabilarni eslash
mumkin.
9. Zullisonaynlik an`anasi Buxoro va Qo`qon adabiy muhitlarida
muvaffaqiyat bilan davom etgan bo`lib, bu davrning eng old shoirlari o`zbek va
fors tillarini mukammal suratda egallagan edilar. Qul Ubaydiy, Amiriy, Nodiraning
forsiy devonlari, Hindistonda boburiylar tomonidan yaratilgan adabiy asarlarning
asosan, fors tilida tarqalishi kabi holatlarni eslash mumkin.
Bu kabi yo`nalishlarga tushgan yoki tur va janrlar jihatidan aniq tasnif
qilinmagan minglab asarlar ushbu davrda yaratilgan ediki. Ular XX asr boshlariga
qadar adabiyotshunoslik tomonidan o`rganilmagan, hatto xronologik jihatdan ham
tartibga solinmagan edi.
XU1-X1X asr (1 yarmi) lar adabiyotini o`rganishda amal qilinadigan
tamoyillardan asosiysi tarixiy metod bo`lib, bu jihatdan barcha yuqorida tasnif
qilingan yo`nalishdagi asarlarni izchil xronologik tartibda o`rganib chiqish zarurati
tug`iladi. Buning natijasida esa, adabiyotdagi mavjud an`anaviylik va vorislik
talablariga qat`iy suratda amal qilinadi. Chunki, ayniqsa, ushbu davr adabiyotida
an`anaviylik va vorislikni izchil suratda kuzatish mumkinki, davr adabiyotiga
avvaplgi davrlarda yashagan yoki yaqin bir davrda boshqa o`lkalarda yashab, ijod
etishga majbur bo`lgan turk tilli shoirlarining ijodi bu davr o`zbek adabiyotiga
jiddiy ta`sir ko`rsatgan. Bu jihatdan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur
va Muhammad Fuzuliy ta`sirini deyarli har bir adabiy manbada uchratish mumkin
bo`ladi.
Davr adabiyoti ijtimloiy-tarixiy voqealar ta`siri bilan bu davrda bo`linib
ketgan uch xonlik hududida taraqqiy etgani uchun ham uni o`rganishda areal
adabiyotshunoslik, ya`ni adabiy o`lkashunoslik nuqtayi nazaridan yondoshib, har
bir xonlik markazida vujudga kelgan adabiy muhitni o`z ichki qonun-qoidalaridan
kelib chiqib o`rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan, Buxoro va Qo`qon adabiy
8
muhitlarida zullisonaynlik an`anasi kuchli bo`lsa, Xorazm adabiy muhitida esa,
turkchilikka e`tiborni kuchaytirish bilan birga tarjima adabiyotiga alohida e`tibor
berilganini ham kuzatish mumkin. Har bir xonlik adabiy muhitida vujudga kelgan
an`ana va boshqa poetik xususiyatlar ham barqarorlashgan ediki, davr adabiyotini
o`rganishda bulardan ko`z yumib bo`lmaydi.
Bu davr adabiyotida uch xonlik markazida saroyda vujudga kelgan adabiy
muhit bilan birga saroy tashqarisida xalq hayoti yoki sufiylar qarashlari bilan
bog`liq holda alohida adabiy jarayon ham taraqqiy etgan ediki, saroydan
tashqaridagi adabiyot ayni davrda o`zining etuk namunalarini ham bergan. Shuning
uchun ham xalq adabiyoti, ayniqsa, xalq kitoblari bilan barobar ravishda bu
asarlarning prototiplari bo`lgan ijodkorlar hayoti va ijodini o`rganish ehtiyoji ham
tug`iladi. masalan, Mashrabning hayoti va ijodini «Qissayi Mashrab» yoki «Shoh
Mashrab» nomi bilan mashhur bo`lgan manqabasiz o`rganib bo`lmaydi.
Shuningdek, So`fi Ollohyor, Huvaydo singari ayrim ijodkorlar asarlarini
o`rganishda saroydan tashqarida ham taraqqiy etgan adabiy muhit xususiyatlarini
ham inobatga olish lozim.
Bu davr adabiyotining tamoyillarini belgilashda adabiy manbalar tiliga
e`tibor berish alohida muhim hodisadir. Chunki bu davr adabiyotining tili
saroyning dabdabali tilidan birmuncha umumxalq tiliga yaqinlashganining ham
guvohi bo`lamiz. Ayrim manbalar tilida esa, forsiy tantanavorlikning ta`siri yoki
g`arb turkchasining, xususan, Fuzuliy asarlari tilining keskin ta`sirini ilg`ash
mumkin. Bu ta`sirni Mashrab, Umarxon asarlari tilida kuzatganimizdan tashqari
Xoniy taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Alixonning bizgacha saqlangan
devonining tili g`arb turkchasiga yaqinligini qayt etmaslik mumkin emas.
XU1-X1X asrlar adabiyotida dastlab temuriylardan keyin Buxoroda hukm
surgan O`zbekxonlar sulolasi, uning asoschilaridan biri Shayboniyxon
tasarufidagi davlat muayyan o`rin tutgan va bu davlatning parchalanishi bilan
vujudga kelgan Xiva xonligi hamda Qo`qon xonliklari, tabiiyki, adabiy jarayonga
kuchli ta`sir ko`rsatgan. Shuning uchun ham yuqoridagi tamoyillarda ko`rsatilgan
xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir xonlikda vujudga kelgan ijtimoiy-
tarixiy sharoit bilan bog`liq holda o`sha xonlik markazida taraqqiy etgan saroy
adabiyoti va uning hududidagi adabiy manbalarni o`rganish orqasida bunga
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |