«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni


Mashrab va qalandariylik tariqati



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети

Mashrab va qalandariylik tariqati 
R e j a : 
1. 
Markaziy Osiyodagi tasavvufiy tariqatlarning bu davr adabiyotidagi 
ko`rinishi. 
2. 
Qalandariylik tariqati: mohiyati, tariq usuli, ta`siri va badiiy 
asarlardagi aksi. 
3. 
Mashrab shen`rlarida qalandariylikning aks etishi. 
4. 
Mashrabga nisbat berilgan tasavvufiy asarlar («Mabdayi nur», 
«Kimiyo») 
 
O`rta Osiyoda XVI asrning boshlarida yangi sklola - Shayboniyxon 
hukumatining hukumronligi boshlanishi bilan temuriylar davrida gullab-yashnagan 
iqtiodiy va sotsial hamda madaniy hayot ham bir muncha o`zgarishlarga duchor 
bo`ldi. Natijada «bir ko`b shoirlar, san`atkorlar. Olimlar Hindistonda Bobir Mirzo 
tomonidan qurulgan mo`g`ul hukumatining poytaxtiga hijrat -ila boshladilar. O`rta 
Osiyoda qolgan shoirlar esa, saroydan himoya ko`ra olmagach, omma orasidan 
o`quvchilar ta`min etuvga kirishdilar. Shuning uchun saroyning muhtasham, 
takallufli, bezakli uslubini tashlab, omma uslubiga yaqinlashuvga tirishdilar». So`fi 
Olloyor, Mashrab, Huvaydo kabi usluban bir-biriga yaqin shoirlar mana shu 
davrning, mana shunday xalq ichida kamol topgan she`riyatining vakillari edilar. 
Shunday qilib, Fitrat 20-yillarning oxirlarida Mashrab mavzusiga qo`l urarkan, bu 
adabiy davrining barcha siyosiy ham madaniy xususiyatlarini puxta o`rgangandan 
keyingina bu mas`uliyatni vazifaga o`zini bag`ishladi. 
Fitrat maqolasida Mashrabning qalandarligi munosabati bilan tasavvuf 
ta`limotining qalandarlik tariqati haqida ilmda birinchilardan bo`lib izchil 
ma`lumot berishga erishgan. Olimning yozishicha, «juda oz material bilan 
qalandarlik masalasining sinfiy mohiyatini ochmoq va shu yo`l bilan Mashrabning 
sinfiy tusini ko`ra olmoq mumikn bo`lmaydir. Shunday bo`lsa ham bundan 
so`ngragi tekshirishlarga balki yordami bo`lur umidi bilan qalandarlik haqida 
bilganim narsalarni qayd etib o`tmakni munosib ko`raman». 
Ma`lumki, qalandarlik haqida ozmi-ko`pmi ma`lumotlar «Haft qulzum», 
«Bahori ajam» kabi lug`at va tasavvuf kitoblarida uchraydi. Bundan tashqari 
Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul - uns» asarida ham bu haqda qisman xabarlar 
berilgan. Mana shu manbalarga asoslangan olim O`rta Osiyoda qalandarlik 


14 
«qadimdan mavjud ekani»ni qayd etgan. Turk olimi Fuod Ko`pruli esa, qalandarlik 
tarixini XIII-XIV asrlarda Onado`lidagi mashhur tasavvuf oqimlari bobiylik, 
abdollik, bektoshiylik, xurufiylik, qizilboshlilik, haydariylik qatorida qalandariylik 
ham mavjud bo`lib, bu oqimlardan nisbatan keng tarqalgan bektoshiylik ta`limoti 
o`zining asosini qalandariylikdan olgani, ayrim shorilarda xurufiylik bilan 
qalandariylik qorishiq holda mavjud bo`lganini qayd etgan.
1
Shu bilan birga Kichik 
Osiyoda mashhur mutasavvuf, abdollik ta`limotining asoschisi Pir Abdol, asosan, 
Qalandar Abdol ismi bilan mashhur bo`lganini ham e`tiborga olsak, bu tariqat 
Onado`lida Yunus Emroga qadar mavjud bo`lgan degan xulosaga kelishga yordam 
beradi. O`rta Osiyoda esa qalandariylik ayrim hollarda yassaviylik tariqatidan 
oziqlanganini va undan so`ngra mavjud bo`lganini tasdiqlovchi asoslar bor. 
«Boqirg`on kitobi»da esa yassaviy shoirlarining asarlari keltirilgani holda unda 
Mashrabning ham she`rlari uchrashi bu ikki tariqat o`rtasida bir-birini 
tutashturuvchi vositalar bo`lgani ko`rsatadi. Fitrat «Yassaviy maktabi shoirlari 
to`g`risida tekshirishlar» maqolasida mana shu muhim nuqtani qayd etib o`tgan, 
«Shoh Mashrab» qissasida esa:
«Kechib dunyoi foniydin talabda bir qalandarman», yoki
«Solib har erda bir gulxan talabda bir qalandarman» degan Mashrab Xo`tan 
shahriga kelgach, u erning fozillari bilan bo`lgan suhbatda «Mushkoti sharifdan 
ikki masala oraga solgach, bu qalandar ilmi holdan xabardor ekan» deb unga 
tavozi` qiladilar. Bu holat, ya`ni qalandariylikning ilmi hol (tasavvuf bilan) 
munosabatini ko`rsatuvchi muhim nuqtalaridan biri. Demak, O`rta Osiyoda Fitrat 
keltirgan ma`lumotlarga ko`ra, qalandariylik Onado`lidagiga nisbatan ham 
qadimiyroq bo`lib chiqadi. Shunday ekan, uning vujudga kelish tarixini yassaviyya 
tariqatidan so`ng, taxminan X11-X111 asrlar deb belgilash mumkin. Yuqorida tilga 
olingan manba «Haft quluzum»da qalandariylik sifatlaridan so`z ochilgan: 
«qalandar butun rasmiy takliflardan, butun qaydlardan ozod bo`lgan, har turli diniy 
amal va odatlardan ayrilgan, butun moddiy, hayotiy aloqalarni tark qilgan, ibodat 
va odatlarning hammasini buzg`uvchi kishining ismidir». 
Jomiyning «Nafahot ul-uns» asarida esa, «Qalandarlar diniy ibodatlarning 
farz bo`lgan qismlarinigina ado qiladilar» degan izoh bilan uning ma`lomatiylikdan 
farqli tomonlari ko`rsatilgan: «Malomatiylar diniy ibodatlarni ijro qiladilar, biroq 
ijro qilganlarini xalqdan yashiradilar. Qalandarlar esa, to`g`ridan-to`g`ri diniy 
ibodatlarni va odatlarni buzadilar. Jomiyning bu ma`lumotida qalandarlik sifatining 
ayrim jihatlari ko`rsatilgan bo`lsa-da
2
, ular «Shoh Mashrab» manqabasidagi 
qalandar Rahimboboning ayrim xususiyatlarini sharhlashda yordam berishi 
mumkin. «Bahori ajam» asarida qalandarlik yo`lining ayrim odoblari bayon 
qilingach, mashhur tasavvuf shoiri Urfiy Sheroziyning ushbu bayti keltirilgan: 
Sanamorai qalandar sardor ba man namon, 
Ki basi daroz didam rahu rasmi porson 
1
Ôóîä Êûïðóëó. Òóðê Åäåáèéàòèíäà èëê ìóòàñàââèôëàð. Àí=àðà. 1991, 7-
áîñ=è÷, 72-áåò, (òóðê òèëèäà). 
2
Íóðèääèí Àáäóðàùìîí Æîìèé. Íàôàõîò óë - óíñ ìèí õàçàðîò êóäñ. Òåõðîí, 
1370 (õ),ñàõ. 11 (ôîðñ òèëèäà) 


15 
(Tarjimasi: Taqvo yo`li juda ham uzoq ekan, menga qalandarlik yo`lini ko`rsating) 
Mana bu bayt yuqoridagi ma`lumotlar bilan birgalikda qalandarlar zuhdu taqvo 
yo`lidan boshqacharoq yo`l tanlaganini ko`rsatadi. Bu boshqa yo`lning asosiy 
yo`nalishlarini esa, Fitrat Hoji Abdurahim Buxoriyning 1672 yilda yozilgan 
«Risolayi odobi tariq» kitobi vositasida tushuntirgan. Bu kitobda qalandarlik 
ismigagina emas, uning har bir ashyosiga, narsasiga ham tasavvufiy ma`no 
yuklatilib, ularning quyidagicha sharhi berilgan: «qalandar kulohi to`rt turli 
bo`lgan: kulohi amr, kulohi raviyat, kulohi subhoniy, kulohi ato. Bu to`rt turli 
kulohdan har birining to`rt burchagi bo`ladir. Kulohning burchagiga forsi(y)cha 
«tark» derlar. Qalandarlar so`z o`yini qilib, bu forsi(y)cha «tark»ni arabcha 
«tashlamoq, qoldirmoq, qo`ymoq» ma`nolaridagi «tark» so`ziga aylantiradilar va 
kulohlarning «tark» (burchak) laridan har biriga arabcha «tark» so`zidan 
foydalanib, bir turli tasavvufiy ma`nolar beradirlar». Shu kabi kulohiy amrning 
to`rt tarkibi: tarki muharamot (haromni tark etish), tarki donish, tarki sufoti 
bashariy (ayrim insoniy sifatlarning tarki), tarki ashyovu satoti mulki (butun 
narsalar va mulkni tark qilmoq). Shuningdek, kulohi raviyatning to`rt tarki: tarki 
xalq, tarki tamoq, tarki dolq, tarki xirqa. Kulohi subhoniyning tarklari esa: baxillik, 
minnat, ikkiyuzlamachilik va takabburlikni tark etishdan iborat. Kulohi atoning 
tarklari: tarki dunyo, tarki nafs, tarki jannat va tarki vujudga ishoradan iboratdir. 
Bulardan tashqari risola muallifi qalandarlarning kamarlari etti band bo`lib, har 
biri tasavvufdagi bir martaga ishorat ekanini, ularning kiyim liboslari dolq atalib
ular o`z navbatida uch turli: xirqa, kafani va jandadan iborat bo`lganini qayd etadi. 
Bular bilan birgalikda qalandarlarning kachkul, kadu, matbah va asolari haqida 
ham turli tasavvufiy ishoratlarni ma`lum qilgan. «Yana qalandarlarga maxsus 
shartlardan biri soch kuydirish. Ayniqsa, birinchi davrlarda soch kuyishni juda 
lozim deb biladilar. O`z oralarida so`ylashga maxsus sun`iy bir tillari ham bor. 
Unga «abdal tili» deylar». Mana shu kabi katta-kichik tafsilotlarni «risolayi odobi 
toriqdan keltirgandan so`ng Fitrat bularni umumlashtirib, shu kabi bizga muhim 
ma`lumotni etkazgan: qalandarlik musulmon tasavvufining sho``basidir. Bu 
maslak bizning o`lkamizda so`ng kunlargacha davom qildi. O`zbekiston 
shaharlaridan har birining tashqarisida «qalandarxona» ismli go`zal bog`cha holiga 
keltirilgan bir joy bor edi. Qalandarlar shunda turar edilar. Bular qisman mahalliy, 
qisman musofir, ersiz, xususiy mulklari bo`lmagan kishilardan iborat bo`lib, asosiy 
kasblari tilanchilik edi. Haftada ikki daf`a tilanchilikka chiqib, shahar va bozorlarni 
aylanar edilar. O`zlariga maxsus qalandariy kuylari bor edi. Oralarda eng yaxshi 
tovushlisi shu kuylarda Yassaviy, Mashrab kabi shoirlarning she`rlarini o`qur va 
boshqalari uning naqoratini qaytarib turar edilar. Oralarida bir boshliqlari bo`lub, 
munga «bobo» derlar. Tilanchilik chog`ida to`plangan pulni shu bobolari terar va 
shundan ularni ta`min qilib turar edi». Bu kabi hayotiy kuzatishlarni yuqoridagi 
risolada bayon qilingan mulohazalar bilan bog`lash natijasida Mashrabning qator 
she`rlarini mana shu qalandariylik tariqatidan kelib chiqib sharhlagan. 
Mashrabxonlik xususidagi xabarlar o`z-o`zidan qalandarlik bilan bog`langanini 
ayni shu o`rinda qayd etmoq kerak. «Xalq bir choyxonada yo birining 
mehmonxonasida yig`ilishar, eng yaxshi va baland tovushli bir hofiz (mashrabxon) 
Mashrabning g`azallarini «Savt», «talqin», «Munojot» kabi kuylarda o`qur edi. 


16 
Uning atrofida o`tirgan kishilar qimirlamay, nafas chiqarmay, buyuk bir diniy 
hayajon bilan tinglar edilar... Mundaqa mashrabxonlik majlislari erkaklar orasida 
bo`lgani kabi xotunlar orasida ham bor edi. Xitoy Turkistonida klassik 
musiqamizning mashhur «Shashmaqom»dan boshqa «Mashrab» ismli etti kuydan 
iborat yana bir maqom paydo bo`lganini musiqamizning tekshiruvchi G`ulom 
Zafariy xabar beradi. Bu esa Xitoy Turkistonidagi haligi mashrabxonlik 
majlislarining judayam teranlashganini bizga ochiq bildirarlik dalildir». Demak, 
xalq buyuk bir diniy hayajon bilan tinglagan, o`z uylarida, mehmonxona va 
choyxonalarda uyushtirilgan mashrabxonlik anjumanlarining boisi Mashrab 
she`rlarining xalqchil, tasavvufiy va san`atkorlik nuqtaiy nazaridan yuksakligidan 
kelib chiqqan holatdir. Uyg`urlar orasida «Mashrab» ismli «ikkinchi 
shashmaqom»ning yaratilishi bevosita Mashrab she`riyatining klassik musiqamiz 
va madaniyatimizning boshqa jabhalariga ta`siri masalasi bilan bog`liq. 
«Mashrabning dilbar va maftunkor she`riyatini o`rganar ekanmiz, Mashrab 
ayrim «olim»lar ko`rsatganiday, «nasha chekib, ko`k nor ichish bilan mashg`ul 
bo`lgan, jinnimijoz kishi» emas, balki, o`tkur tasavvuf shoiri bo`lganini 
anglatuvchi shunday misralar bor: 
Ming ma`nini bir nuqta ila muxtasar etdim, 
Ko`toh nazari bo`lmasa deb xasta bu Mashrab. 
Mashrabning bunday poetik xulosaga kelishida Xojam podshoh (Ofoq xo`ja) bilan 
kechgan bir suhbatni «Shoh Mashrab» manqabasi muallifi asos sifatida keltirgan. 
Mashrab Ofoq xoja bilan uchrashuvdan mutassir bo`lib: 
Ilohi mag`firat daryosidan Mashrabni shodob et, 
Hamisha «Shay`anilloh» deb qalandarvor yig`larman,- 
maqta`si bilan tugallanadigan va
Kecha kunduz bu Mashrabni xayoli ostonbusi, 
Visoling davlatini topmoqg`a itlarni salohimdur,- 
maqta`si bilan yakunlangan hamda 
Kel ey Mashrabi umid etgil Xudoying loyazol etmish, 
Muhammad Mustafo haqqi mani vaslingga etkurgil, 
bayti bilan tajassum etilgan g`azallarini o`qigandan so`ng (manqabada ular 
munojot deb berilgan) Ofoq Xo`ja aytgani ekanki, «Ey Mashrab, sani iching torlik 
qildi, ma`nini oshkor qilding» deb og`izlariga tuflagan ekanlar. Shundan Mashrab 
she`riyatida yangi bir tasavvufiy chuqurlik, ya`ni zohiriy ma`nini ochmoq emas, 
balki ma`nining botiniy dunyosiga rag`bat kuchaygan. Natijada «ming ma`nini bir 
nuqta ila muxtasar etgan» san`atkorlik yo`lida izlanishlar kechganini uning 
she`rlarining ichki poetikasidan anglash mumkin. Fitrat Mashrab she`riyatining 
tasavvufiy botiniy jihatlarini va she`rda zuhur bo`lgan poetik xususiyatlarini 
o`rganar ekan, uning she`riyatidagi eng e`tiborli jihatlarni kuzatgan: «Mashrab 
o`zidan burung`i va muosir bo`lgan bir ko`b mutasavvif shoirlarimiz kabi 
hayajonsiz shoirlardan emas. Uning she`rlarida har vaqt bir kuchli hayajonni 
ko`rish mumkin. U ko`brak Jaloliddin Rumiydagi so`fiyona hayajonni o`z 
she`rlarida aks ettirishga tirishardir» izohi bilan eng ehtirosli so`fiyona baytlarini 
ajralib turadi: 
Gulshani bog`i dahr aro bulbuli nag`magar o`zim, 


17 
Bir buti xush hirom uchun oshiqi darbadar o`zim, 
yoki 
Naqsh davlat muhrini nafsimga bosdi chun ajal, 
Shams Tabriziy manam, gohi Jaloliddin manam,- 
talqinlaridagi «Jaloliddin Rumiy kabi shoirlardagi so`fiyona hayajonni o`z 
she`rlarida» anglatish bilan cheklanmay, nafaqat fors tilli she`riyatning, balki o`z 
ona tilidagi turk she`riyatining o`ziga qadar o`tgan daho san`atkorlaridan ham 
oziqlanganini uning mustazodlari orqali ko`rish mumkin: 
Mashrab bu sifat toza suhan aylasa izhor, 
Sen qilma taajjub, 
G`oyibdin ani ko`ngluga ilhomi xudodur, 
Bo`lgil anga munqod. 
Mashrab tasavvufiy talqinida ko`zga tashlanib turadigan jihatlardan biri 
yig`idir. Bu faqatgina ayriliq yoki dunyoning boshqa bir ko`rnamakliklari tufayli 
yuzaga chiqqan zohiriy ruhiy holat emas, balki shoir o`z qalandarlik tariqati va 
ehtimol, shaxsiy hayotida zuhur bo`lgan ishqi ilohiyning surati sifatida o`zini 
yig`lashga haqli ko`rsatadi: 
Matlabim bor - noravo, men yig`lamay kim yig`lasin, 
Dard beribdir bedavo men yig`lamay kim yig`lasin. 
Bunday «yig`i»ga giriftor bo`lgan birgina shoir emas, uning nazarida 
«bazmning sham`i parvonasi», «may shishalari» hamma-hammasi yig`laydi. O`z 
bolasini yo`qotgan ota Ya`qub zor bo`libgina yig`lamaydi, balki bolaning ham 
otasi uchun, uning shu ahvolga tushishiga sababkor bo`lgan osiy otaning gunohi 
uchun Yusuf yig`lashini, bu holga Ibn Kan`on va boshqalar ham yig`lashi lozim 
foje` deb qaraydi: 
Sog`inib Yusufni yolg`iz yig`lamas Ya`qub zor, 
To musofir bo`ldi Yusuf Ibn Kan`on yig`ladi. 
«Yig`i» ramzi bilan bog`liq Mashrabda o`ndan ortiq g`azal va muxammaslar 
uchraydi. Albatta, ularning hammasaini ham Allohning ishqi deb, ko`kragini chok 
qilgan qalandar yig`isi deb qabul qilib bo`lmaydi. Ayniqsa, bevosita shoirning 
shaxsiy hayoti, fojeasi bilan bog`liq manzaralarda uning oddiy kishilar singari 
samimiy ko`z yoshi to`kib yig`lashga majbur qilgan holatdir. Shuningdek, 
Mashrab onasining o`limi ham juda qattiq ta`sir ko`rsatgan: 
«Ey safo baxsh-bahoru bo`stonim qaydasan... 
Volidam, Makkam Madinam, mehribonim qaydasan».  
Mashrabning forsiy she`rlariga Rumiyning ta`siri borligini ham kuzatib mukin. 
Yana manqaba tarkibida Turdi, Ranjiy, Ahmad Qori, Mahfash, Ziyrak, Mansur 
kabi bizga aniq ma`luum bo`lmagan shoirlarning she`rlari ham bo`lishi mumkin. 
Mashrabga nisbat berilgan asarlar «Mabdai nur», 
«Kimiyo» asarlarini ham matn jihatidan va tasavvufiy talqinda o`rganib chiqib 
shunday xulosaga kelish mumkin. «Kimiyo» asari «Mabdai nur» bilan bir muqova 
ostida e`lon qilingani uchungina uni Mashrabga nisbat berishgani va bu asar Imom 
G`azzoliy asari ekani bugungi kunda ma`lum bo`lgan haqiqatdir. Faqatgina 


18 
«Mabdai nur» asarining matnini o`rganib shunday xulosaga kelish mumkinki, bu 
Jaloliddin Rumiyning mashhur «Masnaviyi ma`naviyya» asariga she`riy sharh 
sifatida yaratilgan asar bo`lib, uning har bandida Mashrab va «Mabdai nur» 
so`zlari uchraydi. Uslub jihatidan bu asar Mashrabning Rumiyga o`xshatma tarzida 
yozgan forsiy asarlaridagi uslubga yaqin. Shuningdek, «Mabdai nur» Mashrabniki 
ekanini tasdiqlovchi bir qator manbalar ham hozirgi kunda ma`lum bo`ldi. 
Bulardan biri, Ziyovuddin Ishoq Bog`istoniyning «Tazkirayi qalandaron» va 
Majzub Namangoniyning «Tazkirat ul-avliyo» tazkiralaridir. Bu har ikki manba 
ham, ayniqsa, Mashrabning shogirdlaridan biri Ishoq Bog`istoniyning dalolat 
berishicha, unga Pirmat Setoriy ikki asar bergan. Ulardan biri bizga ma`lum 
«Qissayi Mashrab» asari bo`lsa, ikkinchisi «Mabdayi nur» asaridir. Shu bilan birga 
Fitrat yuqorida ko`rsatilgan maqolada bu asarning Mashrabga tegishli ekanligini 
ham isbotlab ko`rsatgan. Shuning uchun ham bu tasavvufiy asar Mashrabniki 
ekanini inkor qiluvchi keskin bir isbotga uchramaganimiz uchun Mashrab asari 
ekanini qabul qilishga majburmiz. O`z vaqtida aytilgan G`afur G`ulomning «Ikki 
Mashrab» haqidagi qarashlari hozirgi kunda Milliy Istiqlol sharoitida o`z ta`sirini 
yo`qotgan. Demak, yuqoridagi asoslar bo`yicha bu asarni ham Mashrab qalamiga 
mansub deb aytishga mone`lik yo`q. 

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish