SHERMUHAMMAD MUNIS.
REJA
1. Shoirning tarjimai holiga oid ma`lumotlar.
2. Shoir ijodining o`rgalinishi haqida.
3. Munis - lirik shoir.
4. “Munis-ul ushshoq” devonida insoniy - axloqiy mavzularning yoritilishi.
1.
Shoir she`riyatida mehr-muhabbat, insoniylik, do`stlik tuyg`ularining
tarannum etilishi.
O`zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Shermuhammad Munis shoir, tarixchi,
tarjimon, hattot, sug`orish mutaxassisi, ma`rifatparvar siymo edi.
Munis 1778 yili Xiva yaqinidagi qiyot qishlog`ida mirob oilasida tug`ildi.
Uning bolalik va yoshlik yillari dastlab qiyot qishlog`ida, so`ngra Xivada masjid
yonidagi maktabda, keyincha madrasada o`qish, kitob mutolaa qilish bilan o`tdi.
Uning o`qishi va tarbiyasiga qo`shnisi Sayideshonxoja kabi olim va shoirlar
rao`barlik qildilar.
Munisning adabiyotga bo`lgan xavasini oshirishda, uni she`r mashq qilishga
va klassiklarni puxta o`rganishga rag`batlantirishda o`sha zamonning qiroliy,
Ravnaq, Mavlono Nishotiy kabi peshqadam va tajribali qalamkashlari muo`im rol
o`ynagan edilar.
1800 yilda Avazboy vafot etib, xon Avaz inoq uni saroyning farmonnafis
kotibi qilib tayinlaydi. 1804 yilda Munis o`zining ilk devoni “Devoni Munis”ni
tuzadi. O`sha yili “Savodi ta`lim” yoki “Risolai savod” asarini she`riy yo`lda
yozib, talabalarga o`usni xat ta`lim qoidalarini o`rgatadi.
1808 yilda Elto`zarxon Xiva xonligi tarixini yozishni buyuradi va u
“Firdavsul-iqbol” (“Saodat bog`i”) nomli tarixiy asar ustida ish boshlaydi.
50
1812 yilda mirob Erniyozbek vafot etib, xon uning o`rniga Munisni Xorazm
mirobligiga tayinlaydi.
1819 yilda xon topshirig`i bilan Mirxondning ko`p jildli “Ravzatus-safo”
(“Poklik bog`i”) tarixiy asarini fors-tojik tilidan O`zbek tiliga tarjima qila
boshlaydi. Munis uning birinchi jildini tarjima qilib ulguradi xolos.
1815-1820 yillarda Munis o`zining mukammal devoni “Munisul ushshoq”ni
tuzadi. “Oshiqlar do`sti” deb nomlangan bu to`plamga shoirning 16 ming misradan
ziyod she`rlari jamlangandir.
Munis badiiy ijodda o`ziga Navoiyni ustoz deb biladi va ko`p jihatda
Navoiyga ergashadi.
U 1829 yilda vafot etdi.
2. Munis o`z davrining etuk shoiri, adibi, tarixchisi, tarjimoni, murabbiysi va
ma`rifat kuychisi edi. U faqat zamonasidagina emas, balki keyingi davrlarda ham
xalq o`rtasida madaniyat muo`lislari, shoirlar, olimlar, san`atkorlar va tolibi ilmlar
o`rtasida xiyla shuxrat qozongan edi. Munisning faoliyatini va adabiy merosini
o`ganishda ma`lum yutuqlar qo`lga kiritildi. Dastlab sharqshunoslar Munisning
oxiriga etkazilmagan “Fidasul-iqbol” asarini o`rganib, unga ko`proq murojaat
qildilar. Munisning tarixiy asarini o`rganishda V. V. Barotold, P. P. Ivanov
ma`lum xizmat qildilar. Keyingi yillarda esa S. P. Tolstov O`zbek olimlaridan Ya.
g`ulomov, Munis. Yo`ldoshev, K. Munoirovlar Munis va Ogahiyning “Firdafsul-
iqbol” asarini o`rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Adabiyotshunosligimizda Munis hayoti va ijodiga doir ko`plab ishlar qilindi.
Chunonchi, shoirning ijodiy merosiga aloqador bo`lgan qo`lyozma va litografik
asarlar Xiva, Urganch, Samarqand, Buxoro va Dushanbe kutubxonalarida, ayniqsa
Toshkentda ko`proq to`plandi. Munisning adabiy faoliyatiga doir bir necha maqola
va tadqiqotlar bunyodga keldi. Dissertatsiyalar yozildi. Munis asarlari majmua va
dasrliklarga antologiya va to`rt tomlik “O`zbek adabiyoti”ga kiritildi. Shoiring o`n
ming misragacha she`ri aloo`ida “Devon” qilib nashr etildi.
Bulardan ko`rinadiki, Shermuhammad Munisning ijodi keng o`rganilmoqda.
Hozirda Munis ijodining namunalaridan keng kitobxonlar ommasiga etkazishda
katta yutuqlar qo`lga kiritildi.
3. Munis asosan lirik shoirdir. Devonining nomidan ko`rinib turibdiki,
she`rlarining asosiy qismi muhabbat taronalaridir. Shoir ijodida ijtimoiy-siyosiy va
falsafa mavzusidagi asarlar g`oyat siyrakdir.
Munis talqinicha, she`r jahon xalqlari dillarini oson zabt eta oladigan eng
qudratli quroldir. U bitmas tuganmas buloq, qulash nimaligini bilmaydigan buyuk
koshona, bag`ishlov she`rlar kishilarni abadiylashtiruvchi mislsiz vositadir. Shoir
xaqli ravishda she`r va uning manbaini adabiyotga dao`ldor xodisalar sifatida
belgilaydi. Munis aksariyat g`azallari nio`oyasida she`riyat mulkining sultoni
Alisher Navoiy ruo`ida ko`mak va tarbiya kutadi.
Munis ijodida ko`plab talmiq sa`atiga murojaat qiladi. U she`larida,
g`azallarida tarixiy shaxslardan Navoiy, Sulton Xusayn, Mao`mud g`aznaviy,
Firdavsiylarni keltiradi.
Munisning ko`p she`rlari musiqaga solinib, xofizlar tomonidan aytilmoqda.
51
Munis devoni asosan iloo`iy va insoniy muhabbat kechinmalari talqinidan
iborat bo`lsada, san`at sankor moo`iyati ijtimoiy hayotning dolzarb masalalari aks
etgan g`azallari ham uchrab turadi. Munis “So`z”, ”Shuaro” she`larida she`r va
ijodkor qadr qimmati haqida qalam tebratadi.
She`r ul tig`i dudamdurkim, jahonni fatx etar,
Chekmayin lashkar gar olsa ilgiga har podshoo`.
She`r ul nemat erurkim, har necha bazm etsalar,
Lazzati ortar, dog`i qadrig`a topmas nuqs roq.
Munis qasida janrida ham barakali ijod qiladi. U qasidalarini asosan
Avazbek inoqqa bag`ishlab unga maqtovlar yog`diradi. Munis
ijodida
jamiyat
o`zgarishlari ham o`z aksini topadi. Muhammad Raximxon vafotidan so`ng
o`ukmronlik uning katta o`g`li Olloquliga o`tadi. Munis hayotining keyingi to`rt
yili Olloquli o`ukmronligi davrida o`tadi. Munis o`zining bu davrida yaratgan
baytlarida Olloqulini mamlakat obodonligi, elementlar osoyishtaligi uchun harakat
qilishga da`vat etish payida bo`ldi.
4. Muhammad Rao`imxon o`ukmronligining ettinchi yili Munis o`z
she`larini to`plab devon tartib bera boshladi. Devonga kiritilgan she`r turlari va
baytlarining soni haqida shoirning o`zi “Munisul ushshoq” ning debochasida
quyidagilarni yozadi. “...Garro qasidalar, dil gusho g`azallar, fasohatayin
tarkibbandlar, latofat tazyin qit`alar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy
va muammolar, shirin masnaviy va g`amgin tuyug`lar va g`ayr ham taxminan olti
ming baytdir”.
Mumtoz poeziyaning xilma -xil turlari bo`yicha yaratilgan baytlari o`z
ichiga olgan ana shu “Munisul ushshoq” devonining bir qo`l yozma, ikki tosh
bosma varianti bor.
“Munisul ushshoq” devonining muallifi O`zbek adabiyoti xazinasiga
qimmatbao`o durdonalar qo`shish yo`lida she`r san`ati ustida qanday ishlaganini
she`rlarining mavzui doirasi g`oyaviy mazmuni, badiiy saviyasi qanday ekanini
klassiklardan yoki zamondoshlardan kimlar unga ustozlik va o`omiylik qilganini
umumiy tarzda devonda o`n sakkizinshi she`rida ko`rish mumkin.
Ma`lumki, Munisning hayoti Xiva xonligiga saroy doirasi bilan bog`langan
o`olda o`tdi. Lekin u saroy muo`itida yashagan bo`lsada, o`zining fikr hayoli bilan
xalq tomoniga intilib, ish olib borgan. Binobarin devondagi she`larning mavzu
doirasi g`oyaviy mazmunini ko`zdan kechirganda bunga aloo`ida e`tibor berib,
shoirning davrga, o`ukmdor doiralarga, turli ijtimoiy guruo`larga, ilm o`unarga,
adabiyot madaniyatga, ishq-muhalbbat
va do`stlik masalalariga bo`lgan
qarashlarini kengroq va chuqurroq tekshirish lozim.
Munis feodal zulm avj olib, xalq og`ir ao`volda yashagan davrdan o`ukmdor
doiralardan norozi edi. U o`zining anashu noroziligini ifodalovchi she`r va qit`alar
yaratgan, ba`zan esa ishqiy lirik g`azallari ichiga norizolik ruo`idagi fikrlarini
qistirib ketgan.
Munis mamlkat o`okimi va uning xalqqa qanday munosabatda bo`lishi
kerakligi haqida o`z davri uchun muo`im bo`lgan o`z fikrlarini olg`a surdi.
qabilachilik, urug`aymoqchilik nizolarini qoraladi.
52
5. Shermuhammad Munis 18-asr oxiri va 19-asrning birinchi choragida
Xivadagi adabiy muo`itda yashab ijod etgan etuk shoir va donishmand, tarixchidir.
U o`z davrida ro`y bergan ko`pgina voqea va xodisalarning guvoo`i bo`lgan
muo`okama qilgan va o`z qarashlarida xalqning o`ukmdorlar tomonidan
eo`ilayotganligiga achingan va norizoligini ifodalagan. O`z she`rlarida hamda
tarixiy asarlarida mumkin qadar xalqning o`imoyasini ko`zda tutgan xalqparvar va
ma`rifatparvar shoirdir. Munis ijodida turmushning ko`p tomonlari shoirning xon,
vazir va beklarga, shayx va zoxidlarga, shoir va olimlarga o`unarmandlar va
boshqa meo`nat axllariga bo`lgan qarashlari aks etgan.
Munis poeziyasida jao`olat va nodonlikka, ilm-o`unarga e`tiqod, she`r va
shoirga o`urmat, pok vijdonli va vafodor ishq axllarini o`imoya qilish kabi
motivlar asosli o`rinlarni egallaydi.
Shoir hamma masalalar tasvirida dastlab ba`zi kamchiliklar bilan, keyincha
esa she`r san`atining vakili sifatida ish tutadi va zamondoshlariga hamda o`zidan
keyingi shoirlarga o`rnak bo`larli darajada badiiy yutuqlarga erishadi. Buni
shoirning o`zi ham e`tirof etib juda ko`p qiyinchiliklarni boshidan kechirib
bo`lsada, she`riyatning baland cho`qqisiga ko`tarila olganini qayd etadi:
To musao`har ayladim so`z birla ma`ni kishvarin,
Shoo` men, ey Munis, ao`li donishu idrokmen.
Haqiqatdan ham Munis o`z zamonasining adabiy doirasida axli
donishlarning shoo`i edi.
Nazorat savollari
1. Shermuhammad Munis adabiy merosi haqida nimalarni bilasiz?
2. Munisning “Savodi ta`lim” asari qanday asar?
Tayanch atamalar
“Munisul ushshoq”-“Oshiqlar do`sti”. . Zullisonayinlik - ikki tilda baravar ijod qila
olish.
Tayanch tushunchalar
Ma`rifatparvarlik - shoirning o`z ijodida ilm hamda ta`lim-tarbiya masalalariga
urg`u berishi. . Satirik xarakterdagi asar - hayotdagi nuqson va illatlarni fosh
etuvchi kulgiga asoslangan asar.
Adabiyotlar
1. Abdullaev V. O`zbek adabiyoti tarixi. T., 1980.
2. Voo`idov Z. O`zbek adabiyoti tarixidan. T.,1961.
3. Munirov K. Munis, Ogahiy va Bayoniylarning tarixiy asarlari. T., 1960.
4. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik, 4-jild. T., 1978.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Munis Shermuhammad Xorazmiy. Saylanma. T., 1980.
2. O`zbek adadibyoti. 4 jildlik, 3-jild. T., 1959.
Do'stlaringiz bilan baham: |