«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети

JAHONOTIN UVAYSIY 
REJA: 
1. Shoira hayoti haqida ma`lumot. 
2. Uvaysiyning adabiy merosi. 
3. Uvaysiyning lirik mao`orati. 
4. O`zbek mumtoz she`riyati tarixida shoiraning tutgan o`rni. 


36 
Jahon otin Uvaysiy 18-asrning oxiri va 19-asrning birinchi yarmida yashab 
ijod etgan iste`dodli shoiradir. Shoiraning chevarasi bo`lgan Xoljon otinning 
aytishicha, Jahon otin Xojixon degan kishiga turmushga chiqib, Muhammad ismli 
o`g`il va quyoshxon ismli qiz ko`rgan. 
Jahon otinning o`g`li Majnun, qizi esa Xokiy taxallusi bilan she`rlar 
yozganlar. Ammo ular o`z davrlarida murakkab hayot yo`lini bosib o`tganlar, 
turmush qiyinchiliklarini boshdan kechirganlar. 
Jahon otin she`riyatini ko`ngillarga oshno etgan xususiyatlardan biri shuki, u 
“meo`nat, alam, g`am-g`ussalarga giriftor”larning kuychisi sifatida maydonga 
chiqqan. 
Meo`natu alamlarga mubtalo Uvaysiyman, 
qayda dard eli bo`lsa, oshno Uvaysiyman... 
Kechalar fig`onimdin tinmadi kavokiblar, 
Arz tosamo uzra mojaro Uvaysiyman 
singari o`tli nolalari xanuzgacha ko`ngillarni hayajonga solishi bejiz emas. 
Shoira tuxmatchi va g`arazgo`y raqiblardan ozor chekib, nola qildi. 
Samimiy ishq va pokizalikka asoslangan oilaviy hayt yo`liga to`g`anoq 
bo`luvchilarga nafratini bayon etdi. Riyokor shayx va zoxidlarni hajv ostiga oldi. 
Bularning barchasi shoira lirikasining etakchi pafosini tashkil etdi. 
Shoira mao`oratining yana bir belgisi u jonli xalq tiliga yaqin ijod qildi. 
Maqollar, xikmatli so`zlar, topishmoqlarni o`z she`riyatiga olib kirdi. 
Buki derlar bordurur devor keynida quloq, 
Ul makon davrida ko`z etguncha devor o`lmag`ay. 
So`z o`yinlari, muammo janri ham shoira ijodida yangicha ko`rinishlarga 
ega bo`ldi. Masalan, quyidagi baytdan “Jahon” so`zi kelib chiqadi. 
Jimu, xoyu, alifkim, men kimu dardim yuki birla 
Dilida nuqtasi bag`rimda dog`im loyixi xun men. 
Uvaysiy devonida 209 g`azal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba` va 
“ Dostoni Hasan va O`usayn”, “Voqeoti Muhammad Alixon” nomli asarlar o`rin 
olgan. 
Shoira Uvaysiy “Shaxzoda Hasan”, “Shaxzoda O`usayn” manzumalarida 
sharq adabiyotida masho`ur bo`lgan syujetlarga murojat qiladi. Har ikki doston 
birgalikda “Karbolonoma”, “Kitobiy Uvaysiy” nomlari bilan yuritilgan. Bu 
dostonlarda Muhammad Alayo`issalomning qizi Fotimaning o`g`illari Hasan va 
O`usayn voqealari bayon etiladi.
Muo`imi shundaki, Uvaysiy ana shu voqealar zamirida o`z zamonasining 
ijtimoiy voqealariga ishoralarni joylaydi, o`z zamondoshlariga ibrat bo`ladigan 
fikr-mulohazalarni bayon etadi. 
Shoiraning mazkur dostonlari o`sha davr dostonchiligi nuqtai nazaridan 
muo`im siljish bo`lsa-da, lekin ular shoira “Devo”idagi lirik she`rlarga nisbatan 
badiiy jihatdan ancha bo`shdir. 
“Voqeoti Muhammad Alixon” asari Muhammad Alining tug`ilishi, uning 
taxtga o`tirigsh, qashqarga xarbiy yurish qilishi voqealari tasviriga bag`ishlangan. 
Asar asosan, masnaviy shaklida yozilib, o`rni-o`rni bilan g`azallar ham o`rin olgan. 


37 
Bu manzuma tugallanmay qolgan. Dostonda rivoyat va afsonalarga keng o`rin 
berilsa-da, ayrim voqealar, shaxslar tasvir va talqinida realistik tamoyillar ham 
sezilib turadi. Ayniqsa, bu asar Nodira haqidagi ma`lumotlari bilan qimmatlidir. 
Shoira uslubi va she`riyattining o`ziga xos jihati shundaki, uning ijodida 
ayollik latofati va nazokati barq urib turadi. Samimiy tuyg`ularini nafis ifodalay 
oladi. quyidagi namunada shoiraning o`zi ham buni e`tiroq etadi: 
Dilrabo, yuzung uzra kokulung parishon qil, 
O`usnunga niqob o`lsun, maqsadimni pinxon qil. 
Uvaysiy ijodida munis va mushfiq ona obrazi ham yaqqol ko`zga tashlanib 
turadi. O`g`li Muhammadning firoqida 
Bukun, ey do`stlar, farzandi jonimni sog`indim, 
Gado bo`lsam na ayb, ul shoo`i davronimni sog`indim. 
Deya o`tli satrlar bitsa, bevaqt xazon bo`lgan qizi quyoshxon g`amida
Seningdek shaxga mendek bir g`aribi bevatan yig`lar, 
Sabab uldur ko`rib ao`volimni baytulxazan yig`lar
deya fig`on chekadi. 
Uvaysiy o`ziga xos ijodiy maktab yarata olgan mumtoz san`atkordir.
Nazorat savollari
1.
Shoira haqida ma`lumot bering. 
2.
qanday asarlar yaratgan? 
3.
She`riyatidagi etakchi lirik obrazlarni sanang. 
4.
Shoira ijodining o`ziga xosligi nimada? 
5.
Uvaysiy qanday masnaviy –dostonlarni yaratgan? 
6.
“Voqeoti Muhammad Alixonning qanday g`oyalar olg`a
surilgan? 
7.
”Dostoni shao`zoda Hasan”da qanday g`oyalar qanday
olg`a surilgan? 
8.
Epik tasvir usuli deganda nimani tushunasiz? 
9.
Shoira ijodi kimlar tomonidan o`rganilgan? 
10.
Uvaysiy adabiy merosining ahamiyatini asoslang. 

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish