«O`zbek adabiyoti tarixi» (XV11-X1X asrning birinchi yarmi ) fanidan ma`ruzalar matni


Boborahim Mashrab hayoti va ijodi



Download 456,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/22
Sana06.02.2022
Hajmi456,09 Kb.
#434200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
XVII-XIX аср адабиети

 
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi 
R e j a : 
1. 
Mashrab hayoti haqida ma`lumot beruvchi manbalar. 
2. 
«Qissayi Mashrab»da shoir hayotiga doir voqealarning aks etganligi. 
3. 
Mashrabga oid ma`lumotlar aks etgan tazkiralar (Muxammad Bade` 
Maleho Samarqandiy «Muzakkiral-asxob», Abdulmutallib Xojai Fahmiy 
«Majmuai Fahmiy»,Ishoq Bog`istoniy «Tazkirayi qalandaron» va 
boshqalar) 
4. 
Mashrab tarjimayi holini tiklashga bo`lgan urinishlar va bu yo`lda 
erishilgan natijalar. 
5. 
Mashrab she`riyati: timsollar olami, janrlar xilma-xilligi, san`atkorligi. 
 
Shoir Boborahim Mashrab hayotiga doir shunchalar ko`p va bir-biriga zid 
ma`lumotlar ko`pligidan ularning aslini soxta ma`lumotlardan ajratish qiyin. 
Buning boisi xalq o`zi sevgan shoir haqida turli xil rivoyat va afsonalar to`qigani, 
turli xil manqaba va xalq kitoblaridagi ma`lumotlarni tarixiy deb qabul 
qilinganligidandir. 
Shoir Mashrab hayoti va ijodini o`rganish va uning tarjimayi holini to`la tiklash 
uchun dastlab o`z davrida yaratilgan manqaba va tazkiralarni o`rganib chiqish 
lozim bo`ladi. Dastlab «Devonayi Mashrab» (ayrim manbalarda «Shoh Mashrab») 
nomi bilan mashhar bo`lgan manqabani o`rganish lozim bo`ladi. Bu manbaning 
muallifi garchi aniq bo`lmasa-da, unda bayon qilingan voqealar asosan, 
Mashrabning yaqin zamondoshlari va muhiblari tomonidan bayon qilingani va 
tasdiqlangani uchun shoir tarjimayi holini tiklashda bu birlamchi manba bo`lishi 
shubhasizdir. Bundan tashqari bevosita shoirning hayotligida yaratilgan tazkiralar 
borki, bulardan birinchisi Muhammad Bade` maleho Samarqandiyning «Muzakkir 
al-ashob» asaridir. Asar muallifi Mashrab bilan ikki marta uchrashganini va 
dastlabki uchrashuv shoirning «navras»lik davrida ekanini yozadi. Ushbu 
tazkiradagi voqealarni «Qissayi Mashrab» voqealari bilan solishtirilsa, shoir 
hayotining noma`lum qirralari ochilishi mumkin. Yana bir e`tiborli manbalardan 


10 
biri Abdumutallib Xojayi Fahmiyning «Majmuayi Fahmiy» tazkirasi bo`lib, bu 
e`tiborli manba bo`lgani uchun ham Fitrat shoir tarjimayi holi voqealarini tiklashda 
unga bir necha bor murojaat qilgan. Tazkiralar orasida Mashrabning bevosita 
shogirdlaridan biri Ishoq Ziyovuddin Bog`istoniyning «Tazkirayi qalandaron» 
asari bo`lib, bunda manqaba yo`li bilan shoir mashrabga xos bir necha sifatlar 
ko`rsatilgan yana shu manbadan ma`lum bo`lishicha, «Qissayi Mashrab»ning 
bizgacha etib kelishida ham ushbu muallifning hissasi bor. Shu ishoradan kelib 
chiqib «Qissayi mashrab»ni ayrim olimlar Ishoq Bog`istoniyga, ayrimlari esa 
Pirmat Setoriyga nisbat berishadi. Keyinroq yaratilgan yana bir muhim manba 
Majzub Namangoniyning «Tazkiratu-l-avliyo» asari bo`lib, bunda Mashrabning 
keyingi davrlarda yashagan shogirdlarining shohidlariga tayangan holda muallif 
yangi ma`lumotlar beradi. Bundan tashqari ayrim olimlar Mashrab haqidagi tarixiy 
manba sifatida Abdushukur Ziyoning «Musavvadayi Abdushukur» asarini ham 
ko`rsatadilar. 
Mashrabning bevosita hayot voqealari aks etmagan bo`lsa ham u yashagan 
davr voqealari mana shu davr tarixchilari Sayyid Hakimxon to`raning 
«Muntahabu-t-tavorix», Mirza Olim munshiyning «Ansobu-s-salotin» nomli 
asarlarida ham aks etgandir. Bu tarixiy manbalarni ham «Qissayi Mashrab» bilan 
solishtirish natijasida ko`p zarur ilmiy haqiqatlarni anglash mumkin. 
Shoirning tavallud vaqti haqida turli xil fikrlar mavjud: Ko`plab sho`ro 
davrida tarqalgan manbalarda, jumladan, G`afur G`ulom, A.Hayitmetov va 
A.Abdug`afurov 1640 yilda tug`ilgan deb yozganlar. Bir necha olimlar Fitrat, 
V.Abdullaev, M.Zokirov 1657 yilda tug`ilganini manbalar asosida isbot qiladilar. 
Tadqiqotchi Jaloliddin Yusupov esa, 1653 yilda tug`ilgan degan xulosani beradi. 
Mashrabning tavallud o`rni haqida ham shunday bahsli fikrlar mavjud bo`lsa-da, 
prof. Fitrat birlamchi manbalar asosida Andijonda tug`ilganini va 14-15 yoshlarida 
Namanganga tahsil uchun ketganini yozadi. Fitrat boshlagan birlamchi manbalar 
asosida shoir hayoti va ijodini o`rganish davom etmoqda. Holbuki, Malehonning 
«Muzakkira-l-ashob», Majzubning «Tazkira qalandaron» asarlari ham shu fikrni 
tasdiqlaydi. Namanganli olim I.Abdullaev so`nggi maqolalarida Mashrab 
Namanganda tug`ilgan, degan da`voni takrorlab turibdi. 
Hozirga qadar Mashrab hayotiga oid shunday ma`lumotlar bor: Boborahim 
Mulla Vali o`g`li Andijonda qashshoq bir oilada 1657 yilda tug`ilgan, 15 
yasharlikda Namanganga o`tib, Mulla Bozor Oxundning tarbiyasiga kirdi. 20-25 
yoshlarida Samarqandga keldi, so`ngra yana Namanganga qaytdi. Namangandan 
Mulla Bozor Oxund dalolati bilan Qashg`arga borgan. Ofoq Xo`jaga murid 
bo`lgan. Umuman, Xitoy Turkistonida 8-10 yil o`lkalarni aylanib, 1691 yilda 
Samarqandga jo`nagan va yana Buxoroga qaytib, so`ngra Hindiston safariga 
chiqqan. Hindistondan yana O`rta Osiyoga qaytgan va Qarshi shahrida to`rt yil 
turgan. Qarshidan yana safarga chiqqan, bu safarning 3-4 yillarida Balxda 
Mahmudbiy Qatag`on tomonidan 1711 yilda o`ldirilgan (Qarang: Fitrat. Mashrab. 
«Ilmiy fikr» majmuasi, 1930. 1-son, 40-57 betlar. Qayta nashri: «Yosh leninchi» 
gazetasi, 1991, 29 iyun, 2-3 iyul) 


11 
Mashrabning asarlari ham asosan bizgacha manqabaga ko`ra bizga kelgan. 
Bundan tashqari «Boqirg`on kitobi» kitobi nomli majmuada shoir she`rlaridan 
namunalar keltirilgan. 
Shu bilan birga quyidagi tazkira va bayozlarda ham shoir she`rlaridan 
namunalar bor: Ziyovuddin Ishoq Bog`istoniy «Tazkirayi qalandaron» (Pirmat 
Setoriy iltimosi bilan yozilgan), «Kitobi Sadoiy», «majmuayi Xojam Poshsho» va 
boshqalar. 
Yuqorida tilga olingan manbalarda mualliflik masalasi degan muammo ham 
bor. Chunki «Qissayi Mashrab», tabiiyki, Mashrab tomonidan yozilmagan. 
Shunday ekan, muallif o`z nomidan ayrim baytlar aytib asarni to`ldirgani bo`lishi 
ehtimoli ayrim manbalarda tilga olinadi. Shuningdek, manqabaning turli 
nusxalaridagi she`rlar turlicha ko`chirilgani ham bu fikrni isbyuotlab turibdi. Hatto 
manqabada Mashrabdan boshqa taxalluslar ham uchraydi, ba`zi o`rinlarda esa, 
boshqa shoirlarning, jumladan, Turdining quyidagi she`rlari: 
Jism qolibdin nafas tori uzulmasdan burun, 
Boshingga davri qazo bazmi qurilmasdan burun, 
Xasta joning (Turdida «javon xon»ning) tark  
rahmatidin so`kilmasdan burun, 
Ey ko`ngul, kasi asosi tan buzulmasdan burun, 
Oqi abaru kursiyu dindin to`kulmasdan burun 
deb boshlagan 5 bandli musammas to`la holda Turdi majmusida 9 band holida bor. 
«Qissayi Mashrab» tarkibida Ranjiy, Ahmad Qori, Mahvash, Zayrak, Mansur kabi 
shoirlarning asarlari ham borligi ma`lum bo`lmoqda.  
Nechun aylay ayo do`stlarim janonimdin ayrildim  
Tiriklik boyasi ul munisi jonimdin ayrildim  
Mahvash bibining she`rlari ekani haqidagi ma`lumot Majzubning «Tazkiratush-
avliyo»sida ma`lumot bor. Tabiiyki, Mashrab taxallusli she`rlarning hammasi hali 
uniki emas, ayrim misralari ham shubhali. Ayniqsa, vazn buzilganlari Mashrabniki 
emas. «Qissa»dagi eng ishonchli she`rlarnigina o`rganganimizda Mashrabning 
chindan-da o`ta nozik iste`dod sohibi bo`lganini anglaymiz: 
To kiydi qizil o`zini zebo qiloyin deb 
O`t yoqdi jahon mulkina yag`mo qiloyin deb  
deb boshlanadigan g`azali yoki quyidagi mustazodi shoirning shunday yuksak 
iste`dod bilan yozilgan asarlaridan: 
Bul hasta vujudimni mani o`rtadi bir yo`l  

Download 456,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish