Abu Mansur al-Moturudiy
Al-Moturidiy 870 yilda tavallud topgan. Uning to’liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. U Samarqand shahrida podshoh Nasr saroyida ilohiy bilimlar bilan shug’ullanib, to’rt unsur haqida to’rtta ilohiy risola yozgan. Samarqandning Ismoyil Somoniy tomonidan bosib olinishi allomaning ijodiga xalaqit beradi, u saroydan ketib, Moturid qishlog’ida yashaydi. Ismoyil Somoniy al-Moturidiyni saroyga taklif qiladi, lekin alloma bu taklifni rad etadi. U Samarqanddagi katta Jome’ masjidida imom-xatib bo’ladi, o’z bog’ida ishlaydi. Moturidiy juda ko’p shogirdlar yetishtirgan, bir qancha asarlar yaratgan. U 964 yilda (hijriy 335 yilda) vafot etgan. Uning qabri Samarqanddagi Chokardiza qabristonidadir. Alloma tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi.
Asarlari: “Kitob al-usul” (Diniy ta’limot usuli kitobi), “Kitob tavhid”, “Shariat asoslari sarasi”, “Dialektika haqida kitob”, “Risola jonvor doriy” (Jonvorlarga oid risola) va boshqalar.
Sarlavha: Re: Abituriyentlarga yordam: adabiyotdan tayyorlov kurslari
Jo'natildi: Robiya dan 01 Aprel 2008, 15:58:24
Do'stlaringiz bilan baham: |