O’rxun – Enasoy yodgorliklari
Tunyuquq bitigtoshi. Bu bitigtosh 2 ta ustunga yozilgan bo’lib, ulardan biri 170? Ikkinchisi 160 smdan iborat.Bu yodgorlikni 1897 yilda Yelizaveta va Dmitriy Klementslar tomonidan Shimoliy Mo’g’ulistondan topilgan. Bitigtosh Ulan – Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida bo’lgan va hozir ham shu yerda saqlanadi. Ushbu asar 712-716 yillarda toshga o’yib yozilgan.
Tunyuquq shaxs nomi. U ikkinchi turk xoqonligiga asos slogan Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi bo’lgan. Tunyuquq Ashida urug’idan bo’lib, farovonligi, yurt osoyishtaligi va chegaralar daxlsizligi uchun tinimsiz kurash olib brogan. Uning ana shu kurashlari maxus toshlarga o’yib yozilgan. Bu bitiktoshda voqealar Tunyuquqning tilidan hikoya qilingan. Tunyuquq “Turk Bilga xoqon davlatida bu bitigin yozdirdim” deydi. Bilga xoqon Eltarish xoqonning o’g’li edi. Mustamlaka azobi, o’zga xalq tahqiri yodgorlikda qisqa va lo’nda, ammo nihoyatda ta’sirchan tarzda ifodalanadi: “ … Tabg’achga taslim bo’lganligi uchun tangri, o’l degan shekilli, turk xalqi o’ldi, yo’q bo’ldi, tugadi. Turk Sir xalqi yerida birorta urug’ qolmadi. Yodgorlikda Tunyuquq xalq yetakchisi, dono maslahatchi, kuchli va botir sarkarda sifatida namoyon bo’ladi. U 700 kishini birlashtirib, “shad” degan unvon oladi. Tunyuquq shaxsiyatida tavakkalchilik, dovyuraklik, jasorat, jur’at, ba’zan nihoyatda keskinlik, cho’rtkesarlik, ayni vaqtda bosiqlik, vazminlik xislatlari aniq ko’rinib turadi. U vatanparvar shaxs timsolidir. Tunyuquqning o’z vatani, xoqoni, qo’shini,xalqi bilan faxrlanishi, ularning borligidan o’zini baxtiyor sezishi yodgorlik matniga puxta singdirilgan. Hatto dushmanning “Xoqoni bahodir emas ekan, maslahatchisi alloma ekan” degan bahosida ham shu ruh mavjud. Tunyuquqning xotirjamligi esa “Xalqning tomog’I to’q edi” jumlasi orqali ifodalangan. Dushmanning turkiylar ustiga hujum uyushtirish haqidagi yovuz niyatini eshitgan Tunyuquqning “O’sha gapni eshitib, tun uxlagim kelmadi, kunduz o’tirgim kelmadi”, deyishi uning taqdirini xalq va yurt taqdiri bilan naqadar yaxlit holda tasavvur qilishini ko’rsatib turibdi. Tunyuquq iftixoridagi eng asosiy nuqta shunday ifodalanadi: “Bu turk xalqiga qurolli dushmanni keltirmadim, yalovli otni yugurtirmadim”. Bu obida vatan haqidagi madhiyadir. Unda murojaat, undov, chaqiriq yetakchilik qilib, o’ziga xos boshlanma, voqealar rivoji, xotima mavjud. Asarda oltinga “sariq”, kumushga “oq”, tuyaga “egri” singari epitetlar – sifatlashlar qo’llangan. Undagi eng ko’p qo’llangan badiiy tasvir vositasi alliteratsiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |