O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘zbek adabiyoti fanidan 1-kurs talabalari uchun



Download 0,93 Mb.
bet10/55
Sana01.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#523683
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
1 курс Узбек адабиёти 2020 21yil uchun МАЖМУА tayyori (2)

To‘nyuquq bititoshi
Bititosh Turk xoqonligining mashhur sarkardasi, Ikkinchi Turk xoqonligini barpo qilgan Eltarishning, Qapag‘an va To‘nyuquqning maslahatchisi To‘nyuquqqa atab o‘rnatilgan. Bititoshning muallifi - To‘nyuquqning o‘zidir. Bu bititosh ham, Bilga xoqon bitigtoshi kabi, memuar janriga mansubdir. Bititosh yaratilgan paytda To‘nyuquq hayot va ancha yoshga borib qolgan edi.
Bitigtoshning boshlanishi To‘nyuquqning tarixi bilan boshlanadi: “Dono To‘nyuquq – men o‘zim Tabg‘ach davlatida tarbiyalandim, turk xalqi Tabg‘ach davlatiga bo‘ysunar edi”. To‘nyuquq hikoya qilayotgan bu voqea Ikkinchi Turk xoqonligi barpo bo‘lmasdan oldingi davrga aloqador. Bu paytda To‘nyuquq Xitoy imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan, xitoycha tarbiyalangan edi.
To‘nyuquq Birinchi Turk xoqonligining barbod bo‘lishi va turkiy qavmlarning parokanda bo‘lishi voqealarini bayon qiladi. Voqealar siqiq tarzda, oz so‘z bilan butun davrning manzarasi yoki ma’lum bir voqealar sahnasi o‘quvchi ko‘z o‘ngida gavdalantiriladi. Masalan, To‘nyuquq Kultigin va Bilga xoqon bititoshlarida Turk xoqonligining Xitoyga qaram bo‘lib qolishi va Birinchi Turk xoqonligining tugashi haqida hikoya qilar ekan, dard-alam bilan: “Tangri shunday degan shekilli: Xon berdim. Xoningni qo‘yib taslim bo‘lding. Tabg‘achga taslim bo‘lgani uchun tangri, o‘l, degan shekilli. Turk xalqi o‘ldi, yo‘q bo‘ldi, tugadi. Turk xalqi erida bironta ham urug‘ qolmadi” (To‘n., 2-4). Turk xoqonligining fojiasi – To‘nyuquqning shaxsiy fojiasiday taassurot qoldiradi. Xalqning taqdirini o‘zining taqdiri deb, xalqning muvaffaqiyatlarini o‘zining muvaffaqiyatlari deb bilgan To‘nyuquq doimo harakatda, doim xalqning, yurtning tashvishida. Dushmanlar xoqonlikka hujum qilishni rejalashtirayotganini To‘nyuquq eshitib, Eltarish bilan birga jangga otlanar ekan: “SHunday turar yashaguvchi erk ahli”deya o‘ziga hurliknii shior qilib olganini e’lon qiladi. To‘nyuquq xoqonning lashkarboshisi va maslahatchisi sifatida mamlakatning mustaqilligini saqlash uchun jonbozlik ko‘rsatib kurashadi. Xoqonlikning fojiasini yuqoridagiday ta’sirchan qilib tasvirlash faqat To‘nyuquq bitigtoshiga xos bo‘lib, bu tasvirdan maqsad xalqni ogohlantirish, doimo hushyorlikka chorlash edi.
Bitigtoshning boshlanishidanoq To‘nyuquq ko‘pni ko‘rgan, tajribali, haqiqiy maslahatchiga xos aqlli ekani ko‘zga tashlanadi. U ayni paytda iste’dodli lashkarboshi hamdir. Ikkinchi Turk xoqonligini qaytadan barpo qilishda To‘nyuquq Eltarish bilan birga o‘zining ishtirokini hikoya qilganda, voqealar bayonida bir usulni qo‘llaydi – xoqonlik boshidan o‘tkazayotgan voqealarni dushman tomonning tilidan hikoya qiladi: “O‘shanda o‘g‘uzdan kuzatuvchi keldi. Kuzatuvchining gaplari shunday: to‘quz o‘g‘uz xalqi ustiga bir xoqon hukmron bo‘ldi, deydi. Tabg‘achga Kuni sangunni yuboribdi, Xitoyga To‘ngra Semni yuboribdi. Ularga shunday gap yuboribdi: ozgina turk xalqi yurgan emish. Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan. O‘sha ikki kishi bor bo‘lsa, seni – tabg‘achni o‘ldirajak deyman” (To‘n., 8-10). Bu voqealar Eltarish xoqoning Ikkinchi turk xoqonligini barpo qilish uchun kurash olib borayotgan davr voqealarini o‘zida aks ettiradi. Dushman tomonning Eltarish xoqon va uning maslahatchisi To‘nyuquqqa bergan bahosi har ikkalasiga berilgan real baho edi. Bu usul shuni ko‘rsatadiki, To‘nyuquq yuz berayotgan voqea-hodisalarning aniqligini dallilaydi, dushman tomonni yaxshi, sinchiklab kuzatganiga ishora qiladi.
To‘nyuquq bitigtoshidagi yoki boshqa bititoshlardagi voqealar ularga badiiy asar sifatida yondashishni talab qiladimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Buning uchun badiiy asarning muhim elementlaridan syujet va motivning To‘nyuquq bitigtoshida kelib chiqishini tahlil qilamiz.
Syujetning uch elementi – voqea, vaziyat va kolliziyaning mavjudligi To‘nyuquq bitigtoshini badiiy asar sifatida o‘rganishga imkon beradi. Voqea – Turk xoqonligini markazlashgan davlatga aylantirish uchun olib borilgan sa’y-harakatlar, vaziyat – xoqonlik ichidagi va xoqonlikning tashqarisidagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar, kolliziya – xoqonlikning dushman qabilalar va sulolalar bilan to‘qnashuvi, Turk xoqonligining Tan sulolasi va boshqa qabilalar bilan olib borgan jangu jadallaridir. To‘nyuquq voqealar markazida turadi, barcha voqealar, vaziyat To‘nyuquqqa bog‘liq ravishda yuz beradi. Kolliziya esa to‘quz o‘g‘uz xalqi bilan o‘g‘uz, tabg‘ach, xitoy xalqlari o‘rtasidagi dushmanlashuv va kurashdir. Syujetning har uchala elementi To‘nyuquq bitigtoshida ham, boshqa bititoshlarda ham takrorlanadi. Zotan, bititoshlarning asosiy mavzui ham vatanni himoya qilish, jang lavhalari, qahramonlarni sharaflashdan iborat.
Albatta, To‘nyuquq bitigtoshining badiiy asarga xos yana bir xususiyati – xalq maqollari va matallarining keltirilganidir. To‘nyuquq biron voqea yoki vaziyatni baholaydi, unga munosabatini bildiradi. Masalan, Turk xoqonligi tang vaziyatda qolganda, To‘nyuquq Eltarish xoqonga shunday maslahat beradi: “Tabg‘ach, o‘g‘uz, Xitoy – bu uchovi qamal qilsa, qamalda qolajakmiz. Unda vujudning ichi-toshini – molu jonini topshirganday bo‘lamiz. YUpqa yig‘in tor-mor qilishga oson emish, ingichka yig‘in uzishga oson emish. YUpqa qalin bo‘lsa, tor-mor qiladigan bahodir emish. Ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzadigan bahodir emish” (To‘n., 12-13). Vaziyatni baholashda To‘nyuquq mazkur hikmatlardan unumli foydalanish orqali bevosita Turk xoqonligining imkoniyatini ko‘rsatadi va bu imkoniyatdan o‘z vaqtida foydalanishga xoqonni da’vat qiladi.
To‘nyuquq - mashhur lashkarboshi bo‘lish bilan birga, xoqonlikning mavqeini mustahkamlashda fidoyi inson ekanligini ham ko‘rsatadi. To‘nyuquq - xoqonning ishonchli lashkarboshisi, u mohirligi tufayli oz sonli lashkari bilan Xitoy, o‘g‘uz va tabg‘achning ko‘p sonli lashkarini mag‘lub qiladi. Xonini tashlab, Xitoyga qo‘shilib ketgan o‘g‘uzlar yana xoqonlikka qaytib keldilar.
To‘nyuquq bitigtoshi, birinchi navbatda, To‘nyuquqning ijodi, bir asar sifatida uqilishi lozim. Bitigtoshning maqsadi To‘nyuquq olib borgan janglarni yoki uning xoqonlikdagi xizmatlarini xronologik tarzda bayon qilishdan iborat emas, balki uning hayoti va faoliyatidagi eng muhim voqealarni bayon qilishdan iborat edi. To‘nyuquq vaziyatni nihoyatda to‘g‘ri fahmlaydigan, zukko, dushman tomonning rejalaridan yaxshi xabardor, tajribali ko‘rug (razvedkachi). U xoqonlik hayotidagi mayda tafsilotlarga berilmaydi. Jumladan, yuqoridagi uch xalqning mag‘lubiyati haqidagi voqealardan keyin To‘nyuquq Turk xoqonligiga yana dushmanlashgan tabg‘ach, o‘n o‘q, qirg‘iz xoqonliklari haqida so‘z yuritib, ularning rejalaridan o‘quvchini xabardor qiladi: “Tabg‘ach xoqoni dushmanimiz edi, o‘n o‘q xoqoni ham dushmanimiz edi. Undan boshqa qirg‘izning qudratli xoqoni dushmanimiz bo‘ldi. O‘sha uch xoqon maslahatlashib, Oltin yish ustiga talon solaylik, depti, shunday maslahat qilishibdi. SHarqqa – Turk xoqoniga lashkar tortaylik, depti, unga qarshi lashkar tortmasa, qachon g‘azablansa, u bizni yo‘q qiladi, depti. Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi alloma ekan, qachon g‘azablansa, o‘ldiradigan ko‘rinadi. Uchovimiz yopirilib hujum qilaylik, uni yo‘qotaylik, depti. Turgash xoqoni shunday depti: mening xalqim u erda bo‘ladi, turk xalqi yana hayajonda depti, o‘g‘uz xalqi yana parokanda depti. O‘sha gapni eshitib. Tunlari uyqum kelmas edi, kunduzlari o‘tirgim kelmas edi. SHunday o‘yladim: tabg‘ach, o‘n o‘q, qirg‘iz xoqoniga Ko‘gman tog‘idan oshib o‘tib hujum qilamiz. SHuning uchun avval biz lashkar tortaylik, dedim” (To‘n., 19-23). To‘nyuquqning fidoyiligi (tunlari uyqum kelmas edi, kunduzlari o‘tirgim kelmas edi), dushmanga kutilmagan tomondan zarba berish rejasi (Ko‘gman tog‘idan oshib o‘tib hujum qilish haqidagi rejasi) real voqealar oqimining bir ko‘rinishidir.
To‘nyuquq bititoshidagi ma’lum bir voqealar munosabati bilan detallar tafsilotiga alohida urg‘u berish holatlari, tabiat manzarasi tasviri uchraydi. Muallif To‘nyuquq voqealarning aniqligini etkazish va tarixiylik tamoyilini saqlash uchun ham bunday tafsilotlarga ko‘p o‘rin bergan. Quyidagi parchaga e’tibor beraylik: “Ko‘gman yo‘li bitta ekan. Bu yo‘l bilan yursa yaramaydi, dedim. Erchi (er biladigan kishi – N.R.) surishtirdim. CHo‘llik az qabilasidan bir yigitni topdim. Az erini u yaxshi bilar ekan, bir manzili bor ekan. Ani daryosi bilan borilar ekan, o‘sha erda yotib, bir otlig‘ yo‘l yurib boriladi, dedi. O‘sha yo‘l bilan yursa imkoni bor, deb o‘yladim. Xoqonimga buni aytib, qo‘shinni yo‘lga soldim. “Otlantir!” deb buyruq berdim. Oq tarmal (hozirgi Xua Kem – N.R.) daryosini kechib o‘tdik, dam oldik. Keyin qo‘shinga otlanishga buyruq berdim. Qorni yorib, yuqoriga otni etaklab, o‘zimiz yayov yurib, daraxtlarga tayanib qo‘shinni chiqardim...” (To‘n., 23-25). Bundan keyingi voqealar lashkarni To‘nyuquq qaerlardan qanday qilib olib o‘tgani, erchi (ya’ni yo‘l boshlovchi) yanglishib, o‘ldirilgani to‘g‘risidagi voqealarni hikoya qiladi.
Bitigtoshda To‘nyuquqning harbiy mahoratiga ko‘proq o‘rin berilgan. Janglarda To‘nyuquqning zafar qozonishiga sabab “tun uxlamay, kunduz o‘tirmay” Eltarish xoqonga, Bo‘gu (Qapag‘an?) xoqonga va Bilga xoqonga xizmat qilgani bo‘ldi.
To‘nyuquq bititoshida diqqatga sazovor jihatlardan biri – qadimgi turk mifologiyasiga oid an’anaviy timsollardan istifoda etilganidir. Bular – Tinsi o‘g‘li yotadigan Bangligak tog‘i, Tangri, Umay, muqaddas er- suv va h. Bu mifologik obrazlar boshqa bititoshlardagi kabi ma’noga ega.
To‘nyuquq xoqonlik oldidagi o‘zining xizmatlarini bayon qilar ekan, davlatning va xalqning erkin nafas olishiga, dushman ustidan zafarlarga erishuviga Eltarish xoqon bilan birga, o‘zining xizmatlari muhim omil bo‘lganini alohida ta’kidlaydi.
Bitigtosh yozilgan paytda To‘nyuquq ancha keksayib qolgan ko‘rinadi, zotan, bititosh so‘ngida To‘nyuquq buni alohida ta’kidlaydi va Bilga xoqon hukmronligi davom etayotganini ham eslatadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, mazkur bitigtosh yozilgan paytda Turk xoqonligi ancha kuchaygan, atrofdagi dushmanlarni mag‘lub qilgan, edi. To‘nyuquq va Eltarishning ikkala o‘g‘li Mo‘g‘uliyon (bo‘lg‘usi Bilga xoqon) va Kul tigin Turgash xoqonligining CHabish chur boshchiligidagi qolgan-qutgan lashkarini ta’qib qilib, Sirdaryoning ortiga o‘tdilar. To‘nyuquq bu paytda g‘arbiy Truk xoqonligiga yordam berish uchun kelgan edi. Bu paytga kelib Turgash xoqonligini Qapag‘an mag‘lub qilgan va xoqonlik sifatida tanazzulga yuz tutib bo‘lgan edi. To‘nyuquq va Eltarishning ikkala o‘g‘li SHarqiy Turk xoqonligi So‘g‘dga paydo bo‘lib qoldilar va So‘g‘d shohi Gurak tomonida turib, arablarga qarshi jang qildilar. To‘nyuquq bititoshida bu voqea eslanadi: “Inal xoqonga arab va tuxor (arablarning ittifoqdoshi) hujum qildi. O‘shanda ajraladigan choki bor dubulg‘a kiygan so‘g‘doq xalqi hammasi keldi” (To‘n., 45). Bu voqea 712-713 yillardan keyin bo‘lib o‘tgan. Ammo Qutayba ibn Muslim tomonidan engilganlaridan so‘ng, 714 yili chekindilar va Oltoydagi isyon ko‘targan qabilalarni bostirib, O‘tukanga qaytib keldilar. Bu voqealardan ayon bo‘ladiki, To‘nyuquq bitigtoshi, ayrim olimlar ko‘rsatganlariday, 712 yoki 716 yili emas, balki 725 yili yozilgan bo‘lib chiqadi. YUqoridagi tarixiy voqealarda To‘nyuquqning ishtiroki shundan dalolat beradi.
Bitigtosh so‘ngida To‘nyuquq Ikkinchi Turk xoqonligi tashkil topgandan boshlab keyingi barcha xoqonlarning xizmatlarini ta’kidlab o‘tadi. Bititoshning so‘nggi misrasi xuddi ertaklarning tugallanmasini eslatadi – go‘yo podshoh mamlakatni obod qildi yoki yovuz dushman daf bo‘ldi, qahramonning o‘zi “murod-maqsadi”ga etdi: “Men bilga To‘nyuquq va Eltarish xoqon muvaffaqiyat qozonmasa edi, u bo‘lmasa edi, men o‘zim dono To‘nyuquq muvaffaqiyat qozonmasam edi, men bo‘lmasam edi, Qapag‘an xoqon boshliq turk sir xalqi erida urug‘ ham, xalq ham, kishi ham, turk xalqi eriga xo‘jayin ham bo‘lmas edi” (To‘n., 59-61).
Umuman, To‘nyuquq bitigtoshni qadimgi turkiy adabiyotda alohida, o‘ziga xos memuar janri namunasidir.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish