O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘zbek adabiyoti fanidan 1-kurs talabalari uchun



Download 0,93 Mb.
bet9/55
Sana01.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#523683
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
1 курс Узбек адабиёти 2020 21yil uchun МАЖМУА tayyori (2)

Bilga xoqon bitigtoshi
Bilga xoqon bitigtoshi mazmunan Kul tigin bitigtoshida yaqin. Bilga xoqon kichik bitigining birinchi-ettinchi satrlari Kul tigin kichik bitigining birinchi va ikkinchi satrlarining aynan takrori. Bilga xoqon ulug‘ bitigining uchinchi- yigirma uchinchi satrlari Kul tigin ulug‘ bitigining birinchi-o‘ttizinchi satrlarining aynan takroridir. Bilga xoqon bititoshning muallifi ham Yo‘lig‘ tigin. CHamasi, Kul tigin bitigtoshining hikoyachisi Bilga xoqon va voqealarning asosiy qahramoni ham uning o‘zi bo‘lgani sababli ham matn aynan takrorlangan. Zotan. Kul tigin bitgtoshida o‘ttizinchi satrgacha asosiy voqealar oqimida Bilga xoqon obrazi bor. Kul tigin obrazi o‘ttizinchi misradan davom etadi.
Bilga xoqon bitigtoshi asrlar davomida qulab. ko‘p zararlangani uchun voqealar izchil emas. Bititoshda, asosan, Bilga xoqonning taxtga o‘tirishi, dushman qabilalarga lashkar tortib, ularni itoat ettirgani hikoya qilinadi. Jumladan, basmil, idiqut xalqi turkiy qavmlardan bo‘lib. avval Turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan, ammo Turk xoqonligiga “karvon yubormagani” uchun, Bilga xoqon bu qabilalarga hujum qilib, ularni yana itoat ettirgan.
Voqealarni aniqlik bilan bayon qilish Bilga xoqon bititoshining diqqatga sazovor tomonidir. Voqealar ishtirokchisi ham, hikoyachi ham Bilga xoqon. SHu bois bu bitigtosh Kul tigin bitigtoshidan farqli ravishda tarixiy-qahramonlik dostoniga emas, balki memuar janriga mansub, deb qarash lozim.
Bilga xoqon necha yoshida qaysi xalqni bo‘ysundirish uchun hujum qilganini birma-bir bayon etadi:
Yigirma ikki yoshida Tabg‘achga hujum qildi, CHacha sangunning sakkiz tumanlik (sakson ming) lashkarini mag‘lub qildi;
Yigirma olti yoshida qirg‘iz xalqiga hujum qilib, ularni tor-mor qildi, shu yili az xalqini ham taslim qildi;
Yigirma etti yoshida yana Qirg‘iz xoqoniga lashkar tortdi, Ko‘gman (Sayan) yishni oshib o‘tib, qirg‘iz xalqiga kechasi ular uxlab yotganda bostirib bordi, qirg‘iz xoqonini o‘ldirib, davlatini Turk xoqonligiga qo‘shib oldi.
O‘sha yili - yigirma etti yoshida turgash xalqiga hujum qilib, Bo‘luchu degan joyda jang qildi va xoqonini, shadini o‘ldirdi va davlatini oldi.
O‘ttiz yoshida Beshbaliqqa hujum qilib, ko‘p lashkarini o‘ldirdi, Beshbaliqni qo‘lga kiritish qiyin kechdi – olti marta hujum qildi. Beshbaliqning zodagonlari Bilga xoqon huzuriga keldilar. Bilga xoqon Beshbaliq shahri aholisining gunohida o‘tib, shaharni omon qoldirdi.
O‘ttiz bir yoshida qarluq xalqiga hujum qildi, chunki qarluqlar Turk xoqonligiga itoat etmay, uzoqlashib ketgan edi. Tamg‘iduq bash degan joyda jang qilib, qarluqlarni mag‘lub qildi.
O‘ttiz to‘rt yoshida o‘g‘uz qochib borib, tabg‘ach xoqonligiga qo‘shildi va u lashkar tortib, mag‘lub qildi.
U o‘n to‘qqiz yil shad bo‘lib turdi, o‘n to‘qqiz yil xoqon bo‘ldi.
Bilga xoqon bititoshida u haqdagi xronologiya shundan iborat. Bu sanalar Bilga xoqonning hayotidagi eng muhimlaridir. Uning mamlakat boshqaruvidagi xizmati asosiy o‘rin tutadi. Tabiiyki, qahramonning xizmat faoliyatida folklor qahramonlariga xos ta’rif-tavsiflarni ko‘rmaymiz va bu bitigtoshning badiiy asar sifatidagi qonuniyatidir. Bitigtoshda faqat ayrim parchalar borki, xalq og‘zaki ijodiga xos mubolag‘a, voqealarni dalillash va ularga badiiy ruh berish uchun keltirilgan parchalar borki, bu - bitigtosh muallifi Yo‘llig‘ tiginning mahoratidan yana bir bor darak beradi. Yo‘llig‘ tigin Bilga xoqonning jasoratini dalillash, qahramonligini ko‘rsatish maqsadida jang manzarasini bir necha so‘zda ifoda etadi va Bilga xoqonning qahramonona xatti-harakati kitobxon ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi. Sahnani to‘liq tasavvur qilish uchun qadimgi turkiydagi parchaga va o‘zbekcha tabdiliga e’tibor beraylik: (Anta) so‘ngushtim, susin sanchdim, ichikigma ichikdi, bo‘dun bo‘lti, o‘lugma o‘lti. Salanga qo‘di yo‘ripan, qarag‘in qisdilata abin barqin anta buzdim (Bx 37) – (O‘sha erda) jang qildim, lashkarini tor-mor qildim, taslim bo‘ladigani bo‘ysundi, (mening) xalq(im) bo‘ldi, o‘ladigani o‘ldi. Selenga (daryosi) bo‘ylab yurib, ularni qattiq qisuvga olib, uyini, bor narsasini o‘sha erda vayron qilib tashladim.
Bilga xoqon o‘zining xoqon sifatidagi faoliyatiga bitigtoshda baho beradi. Bu baho tarixiy asarlarda Bilga xoqon bilan bog‘liq voqealarga mos keladi. Avval Bilga xoqon bitigtoshidagi tasvirga e’tibor beraylik: Tangri yorlaqagani uchun, men muvaffaqiyat qozonganim uchun Turk xalqi g‘alaba qozondi. Men tomondan davlat bunday boshqarilmasa, Turk xalqi o‘lajak edi, yo‘q bo‘lajak edi.
Endi Bilga xoqonga oid Xitoy yilnomalaridagi voqealarga to‘xtalamiz. Qapag‘an xoqon vafotidan oldin, o‘g‘li Kuchuk xonni noqonuniy ravishda taxt vorisi qilib e’lon qilgan edi. Aslida qadimgi turkiylar qonuniga ko‘ra, Qapag‘andan so‘ng akasi Eltarishning o‘g‘li Mo‘g‘uliyon taxtda o‘tirishi kerak edi. Qapag‘an xoqon davrida Bilga xoqon tardush xali ustidan shad, ya’ni bek edi.
Noqonuniy xatti-harakatga qarshi Kul tigin vaziyatni qo‘lga oldi va Qapag‘anning safdoshlarini qilichdan o‘tkazib, akasi Mo‘g‘uliyonni Turk xoqonligi taxtiga o‘tqazdi. Mo‘g‘uliyon Bilga (dono) xoqon unvoni bilan taxtga o‘tirdi. Qapag‘an xoqonning safdoshlaridan faqat To‘nyuquq qoldi, xolos. Bilga xoqon tashqi siyosatda ham, mamlakat ichkarisida ham vaziyatni tamomila o‘zgartirdi. Xitoy bilan tinchlik shartnomasi tuzishni taklif qildi, ammo Xitoyning Tan sulolasi nafaqat shartnomaga rozi bo‘ldi, aksincha harbiy harakatlarni yanada kuchaytirdi. Kul tigin boshchiligidagi Xoqonlikning Xitoy imperiyasi bilan chegaradosh hududida turkiy qabilalar yovvoyi hayvonlarni ovlashni Xitoy imperatori ta’qiqlab qo‘ydi. Bundan g‘azablangan xalq isyon ko‘tarib, Imperatorning chegaradosh hududdagi noibi CHjan CHji-yunni asirga oldilar. Uni arang qutqarib oldilar. Mana shu voqea ham Turk xoqonligining takliflarini o‘ylab ko‘rishga turtki bo‘ldi.
Bilga xoqon boshchiligidagi davlat boshidanoq xalqning manfaatlarini himoya qildi. Qapag‘an xoqon siyosati ayrim qabilalarga, jumladan, to‘lis xalqiga nihoyatda qattiq zulm o‘tkazgan edi. Oqibatda bu xalq Qapag‘an bilan bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘ldi va to‘lis xalqining ko‘pchiligi Xitoy imperiyasidan panoh izlab, o‘sha yoqqa qochdi. Ular Turk xoqonligida to‘ntarish va yangilanish bo‘lganini eshitgach, yana o‘zlarining yurtiga qaytib keldi. Bu voqea xitoy yilnomalarida To‘nyuquqning ta’siri deb baholanadi. Ammo Bilga xoqonning siyosati ham to‘lis xalqinyurtiga ing o‘z qaytib kelishiga sabablardan biri bo‘lgan edi. To‘lis xalqining qaytib kelishi xoqonlikning harbiy qudratini mustahkamladi. Xitoy imperiyasi o‘chayotgan urush alangasini yana alanglatmoqchi bo‘ldi. Ammo bunga muvaffaq bo‘la olmadi. Xitoy imperiyasiga qarshi Tibet boshlagan urush imperiyani holdan toydirdi. Bilga xoqon vaqtni qo‘ldan boy bermay, Tabg‘ach xoqoni “yo‘ldan ozdirgan va er­-suvini tashlab, tabg‘achga qaram bo‘lgan” to‘quz o‘g‘uzlarga amakisi Qapag‘anning o‘chini olmaslikka (Qapag‘anni to‘quz o‘g‘uzlar o‘ldirgan edilar) va’da berib, ularni Turk xoqonligiga yana qaytardi. Bu xalq ham katta kuch edi.
Xullas, Bilga xoqon insonparvar, uzoqni ko‘ra biladigan, shuningdek, mohir siyosatchi sifatida xoqonlikni buhrondan olib chiqdi, iqtisodiy va harbiy jihatdan mustahkamladi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish