Nazorat uchun testlar
1.Ma’lumki, mumtoz adabiyotda yetti qat osmon tushunchasi bor. Unga ko`ra qaysi sayyora to`rtinchi falakda joylashgan?
A)Oy B)Zuhra
C)Mirrix D)Quyosh
2.Ulamolar tomonidan ,,Farhangnoma“ deb ham atalgan kitobni aniqlang.
A),,Avesto“ B)Bundaxin
C),,Shohnoma“ D)Dinkard
3.,,Zarina va Striangiya“ eposining mazmuni qaysi manba orqali yetib kelgan?
A)Diodor ,,Kutubxona“ B)Xores Mitilenskiy kitob orqali
C)Narshaxiy ,,Buxoro tarixi“ D)Polien ,,Harbiy hiylalar“
4.,,Avesto“ning qaysi qismi 22 qo`shiq va gimnlar to`plami hisoblanadi?
A),,Videvdot“ B),,Yasht“
C),,Vispret“ D),,Yasna“
5.Mog`iyon kim?
A)Kultegin B)Bilga xoqon
C)Ungin D)Bumin
6.Mag`oki Attoriy masjidi nechanchi asrga oid va u qayerda joylashgan?
A)IX-X asr Buxoro B)X-XII asr Marv
C)X-XII asr Buxoro D)XIII-XIV asr Samarqand
7.,,Qutadg`u bilig“da tasvirlanishicha, Yer markazda, boshqalar uning atrofida aylanib turadi. Ulardan biri Yashiq. Yashiq qaysi sayyora?
A)Mars B)Oy
C)Zuhra D)Quyosh
8.Yassaviy hikmatlaridan birida payg`ambarlar va ularning sifatlari bayon etiladi. ,,Tun-kun tinmay Ka’ba borsam“ deya kimga o`xshashlik aytilgan?
A)Boyaziddek B)Zikriyodek
C)Shiblidek D)Musodek
9.Zamondoshlari ,,arabchasi fasih, turkchasi saheh va forschasi maleh“ deb tasvirlagan shaxs kim?
A)Muhammad as-Samarqandiy B)Purbahoi Jomiy
C)Ziyo Naxshabiy D)Husomiddin Osimiy
10.1959-yil Qozonda ,,Qisasi Rabg`uziy“ ning to`la matnini kim chop ettiradi?
A)N.Ilminskiy B)S.Malov
C)A.Kanonov D)Rahmati Arat
11.,,Pahlavon Mahmud haqida mulohazalar“ nomli maqola muallifi kim?
A)T.Jalolov B)Yo.Is’hoqov
C)M.Abdulhakim D)E.Ochilov
12.Tojik shoirlarini aniqlang.
A)Xatoiy, Jomiy B)Xotifiy, Hiloliy
C)Lohuriy, Xatoiy D)Haqiriy, Hiloliy
13. Latofat mulkida sultonsen, ey jon,
Qamuq boshdin – oyoqqa jonsen, ey jon.
Qotig` kulsang magar og`zing bilurgay,
Pari ko`rsa seni mendek tilurgay.
Bu parcha ,,Muhabbatnoma“ning qaysi nomasidan?
A)5-nomadan B)Avvalgi nomadan
C)2-nomadan D)10-nomadan
14.Qaysi shoir yoriga qarata ,,ko`rkingga mag`rur bo`lib, ko`ngillarni ranjitma, husn davri o`tadi, vafo qil, ko`p yil yasha“ deydi?
A)Sayfi Saroyi B)Durbek
C)Atoyi D)Sakkokiy
15.Tulki, uning ini, xalq, dengiz qirg`og`ida uy solish bilan bo`gliq ibratli hikoyat ,,Qissai Rabg`uziy“da qaysi payg`ambar bilan bo`gliq yoki qaysi payg`ambar haqida?
A)Iso payg`ambar haqida B)Muhammad payg`ambar haqida
C)Luqmon haqida D)Ya’qub payg`ambar haqida
16.N.Komilovning ,,Tasavvuf“ (Yassaviy haqidagi ,,Yassaviy ijodida ishq tavsifi“ maqolasi ) kitobida Podshohning katta boyligini ,,Zohir gado, botin ichra man shahanshoh“ deb rad etgan zot kim?
A)Mansur Xalloj B)Boyazid Bistomiy
C)Zunnun Misriy D)Shayx Suxravardiy
17.,,Qutag`u bilig“dan olingan ushbu baytda gap nima haqda:
Qara bo`rchi bo`ldi, nangi bo`ldi el,
Begi bo`rchi bo`lsa, qachan turg`a el.
A)Shamol qattiq bo`lsa hamma narsani uchirganidek, bek g`azab qilsa xalqqa qiyin bo`lishi –
zulm haqida
B)Havo sovuq bo`lsa, xalqning haqiga bek achinadi –
bek adolati haqida
C)Oddiy xalq mayga ruju qo`ysa, begi ularning tazirini beradi –
to`g`ri hukm
D)Avom mayxo`r bo`lsa moli ham
to’zg`iydi, begi ham shu xilda bo`lsa, eliga qiyin bo`ladi –
mayning oqibati
18.Al Qutrubbuliy ismini olgan zot kim?
A)Muso al-Xorazmiy B)Ahmad Farg`oniy
C)Forobiy D)Beruniy
19.Forobiyning qalamiga mansub asarni aniqlang.
A),,Kitob az-zuhd“ B),,Al-jome’ “
C),,Kitob surat – ul- arz“ D),,As-siyrat al-fozila“
20.Ahmad Yassaviy hikoyatlarida o`zining umr sanalari, necha yoshda qaysi sifatga ega bo`lgani aytiladi. Necha yoshida Haq Mustafo xurmo berganini aytadi?
A)4 yoshida B)10 yoshida C)12 yoshida D)15 yoshida
21.
Ul maqomni bildurgani rahbar kerak,
Tariqatning beshasida safdar kerak…
Yassaviyning ushbu hikmatidagi ,,besha“ va ,,safdar“ so`zlarining ma’nosini aniqlang.
A)boshlanish; safda turish B)osmon ; boshchi
C)o`rmon, changalzor; bahodir D)sahro, tog`lik; yo`lboshchi, sardor
22. Yupqa qalin bo`lsa, uni
to`plagan alp emish,
Ingichka yo`g`on bo`lsa, uni uzgan alp emish.
Bu fikrlar kimga tegishli va unda nima haqida gap borayapti?
A)O`rxun-Enasoyda, Tunyuquqga, xalqni birdamlik va birlashishga chaqirish;
B),,Avesto“da, Zardushtga, mardlik va pahlavonlik;
C),,Ta’birnoma“da, Xalqqa, o`git-nasihat
D),,Devon-u lug`otit turk“da, Afrosiyobga, kuchsizni himoya qilgan alp;
23.Ma’lumki, Mirkarim Osim ,,To`maris“ hikoyasini yozadi. Unda ba’zi majoziy ishoralar bor. Unga ko`ra Kayxusrav (Kir) va To`marisning o`g`li nimaga o`xshatiladi?
A)Ilonga –burgutga B)Tulkiga - yumronqoziqqa
C)Quyonga – bo`riga D)Ilonga – yumronqoziqqa
24.,,Devonu lug`otit turk“da tilga olingan
,,sandrush“ nima?
A)Qush nomi B)janr bo`lib, topishmoq degani
C)Qaldirg`och shunday atalgan D)She`r turi bo`lib, munozara shunday atalgan
25.,,Avesto“ bo`yicha olov ilohi kim?
A)Vohu Manoq B)Asha Vahishta
C)Ap D)Vrtragna
26.Siyovush miloddan oldingi XIII asrda Xorazm davlatiga asos solgan degan ma’lumotni kim aytib o`tgan?
A)C.Tolstov B)Beruniy
C)M.Masson D)V.Shishkin
27.Saolibiyning ,,Yatimat ad-dahr“ asarida tilga olingan, arab tilida 13 va fors – tojik tilida 14 bayt she`ri yetib kelgan shoir kim?
A)Abul Hasan al-Muammal B)Al-Musabiy
C)Ash-Shajariy D)Al-Murodiy
28.Yusuf Xos Hojib lashkarboshi sifatlarini turli hayvonlar va qushlar sifatlariga qiyoslaydi. ,,Nor tuya“, ,,zag`izg`on“, ,,quzg`un“ning qaysi belgilarini o`xshatgan?
A)Hamlakor, shovqinli, panjalari o`tkir
B)Qasoskor, hushyor, uzoqni ko`ra oladigan
C)Kuchli, xabarchi, hiylakor
D)Yurakli, irodali, viqorli
29.Pahlavon Mahmud tazkiralarda qayd etilishicha, qaysi janrlarda ijod qilgan?
A)faqat ruboiy B)g`azal, ruboiy, masnaviy
C)qasida va ruboiy D)Barcha janrlarda
30.O`rxun – Enasoy bitiklarining qaysida dushman tomondan til tutib kelingani, undan Yaris dashtida o`n tuman lashkar yig`ilganini eshitib, beklar qaytish taraddudiga tushadilar.
A)Kultegin B)To`nyuquq
C)Bilgaxoqon D)Ungin
Topshiriqlar variantlari
1- variant.
1.O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi fani, uning predmeti,vazifalari
nimalardan iborat.
2.X-XII asrlarda ilm –fan.
3. “Devoni lug’otit turk” dan 20-24 misra yoddan yozing va tah-
lil qiling.
4. Shayx Ahmad Taroziy va uning “Funun ul-balog`a” asari
2- variant.
1.O’zbek mumtoz adabiyotini davrlashtirish masalasi,uning
davrlari.
2.X-XII asrlarda ijtimoiy hayot.
3.Mumtoz adabiyotshunoslikda qofiya ilmi .
4.Pahlavon Mahmud ijodidan 4 ta ruboiy yozing va tahlil qi-
ling.
3- variant.
1.Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
2.X-XII asrlarda madaniy hayot.
3. Mumtoz adabiyotshunoslikda adabiy tur va janrlar haqidagi fikrlar taraqqiyoti.
4.Yassaviydan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil qiling.
4- variant.
1.Qadimgi madaniyat.
2.X-XII asrlarda yozma adabiyot.
3. Tasavvuf g`oyalari va insonparvar adiblar ijodidagi o`zaro mutanosiblik
4. “Hibatul- haqoyiq” dan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil
qiling.
5- variant.
1.Qadimgi og’zaki adabiy yodgorliklar.
2.X-XII asrlarda turkiy adabiyot.
3.Kaykovusning “Qobusnoma” asari
4.Firdavsiydan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil qiling.
6- variant.
1.Mif va afsonalar.
2.X-XII asrlarda fors –tojik adabiyoti.
3. Sa’diyning “Guliston”asari.
4.Yassaviy ijodidan yoddan yozing va tahlil qiling.
7- variant.
1.Qahramonlik eposi.
2.X-XII asrlar turkiy adabiyot.
3. Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari
4. “Qutadg`u bilik”dan yoddan yozing va tahlil qiling.
8- variant.
1.Qadimgi qo’shiq va lirik she’rlar.
2.Temuriylar davri o’zbek adabiyoti.
3. “Devoni Hikmat” mavzulari.
4. Rumiy ijodidan yoddan yozing va tahlil qiling.
9- variant.
1. “Avesto”
2. “Qutadg’u bilig” dagi masalalar.
3. “Guliston” va “To`tinoma” tipidagi asarlar.
4. “Hibat ul-haqoyiq” asaridan yoddan yozing va tahlil qiling.
10- variant.
1.O’rxun –Enasoy yodgorliklari.
2.XIII-XIV asr boshlaridagi ijtimoiy hayot.
3.Ibn Sino, Beruniy merosi.
4. “Qutadg’u bilig” dan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil
11- variant .
1.Mumtoz adabiyotningning diniy-tasavvufiy manbalari.
2. “Qutadg’u bilik”ning tuzilishi va undagi masalalar.
3. “Abushqa” lug`ati va unda mumtoz adabiyotda haqidagi ma’lumotlarning muhimligi.
12- variant.
1.Mumtoz adabiyot istilohi, uning ma’no ko`lami.
2. “Qutadg’u bilik” da ijtimoiy guruhlar haqida.
3. “Devoni hikmat” mavzulari.
4.Rudakiydan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil qiling.
13- variant.
1.X-XII asrlarda ilm-fan.
2.Irq bitiklari.
3. « Xibatul – haqoyiq »da til odobi
4.Yassaviydan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil qiling.
14- variant.
1. Markaziy Osiyoda yaratilgan filologik asarlar
2. « Devonu lug’otit-turk » dagi lirik she’r va qo’shiqlar.
3. « Kalila va Dimna » asari.
4. « Qutadg’u bilik » dan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil
qiling.
15- variant.
1.X-XII asrlarda fors-tojik adabiyoti.
2. «Qutadg’u bilik» dagi obrazlar.
3. «Qissasi Rabg’uziy» dagi hikoyatlar va ularning mavzulari.
4. «Hibat ul-haqoyiq»dan 20-24misra yoddan yozing.
16- variant.
1.Mif va afsonalar.
2.X-XII asrlarda adabiy janrlar.
3.Mahmud Qoshg`ariy va uning “Devonu lug`otit-t-turk” asari.
4. “Hibat ul-haqoyiq” dan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil
qiling.
17- variant.
1. Kichik lirik janrlar badiiyati.
2. “Avesto”da Zardusht obrazi.
3. “Xibat ul-haqoyiq” da til xususida.
18- variant.
1.O`rxun-Enasoy obidalari adabiy manba sifatida.
2.Siyosiy-axloqiy mavzudagi asarlar tahlili.
3.Firdavsiy, Rudakiy ijodi.
4. “Qutadg’u bilik”dan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil qiling
19- variant.
1.XIII-XIV asrlarda xalq og’zaki ijodi.
2.Qadimgi madaniyat.
3. “Yusuf va Zulayho”dagi obrazlar.
4. “Hibat ul-haqoyiq”dan 20-24 misra yoddan yozing va tahlil
qiling.
20- variant.
1.X-XII asrlarda ilm – fan.
2.O’rxun-Enasoy yodgorliklari.
3.Tarkibband va tarjiband janrlarining umumiy va farqli jihatlari