O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘zbek adabiyoti fanidan 1-kurs talabalari uchun



Download 0,93 Mb.
bet2/55
Sana01.04.2022
Hajmi0,93 Mb.
#523683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
1 курс Узбек адабиёти 2020 21yil uchun МАЖМУА tayyori (2)

FANIDAN
1-KURS TALABALARI UCHUN
O`QUV - USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi: 100000-Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000- Pedagogika
Ta’lim yo`nalishi: 5111200- O`zbek tili va adabiyoti


Mundarija
O`quv materiallari:

  1. Ma’ruzalar.......................................................................... -betlar

  2. Seminar mashg`ulotlari…… ………………………………… -betlar

  3. Amaliy mashg`ulotlar................................................................ - betlar

  4. Xorijiy va mahalliy adabiyotlar ro`yxati……………………..-betlar

  5. Mustaqil ta’lim topshiriqlari mavzulari……………………….-betlar

  6. Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar..-betlar

  7. Glossariy…………………………………………………………-betlar

  8. Ilovalar:

Fan dasturi
Ishchi fan dasturi
Tarqatma materiallar
Testlar
Baholash mezonlari
O`UM ning elektron varianti

O`quv materiallari:


Ma’ruzalar:
1-mavzu: Kirish. O`zbek adabiyoti fanining maqsad va vazifalari.
1 modul. Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
R E J A:
Kirish
1. O`zbek adabiyoti fanining maqsad va vazifalari.
2. O`zbek adabiyotini davrlshtirish masalasi.
3. Eng qadimgi og`zaki va yozma adabiy yodgorliklar.
4. Og’zaki adabiyot yodgorliklari: Mif va afsonalar. Qahramonlik eposi.
Og’zaki qo’shiq va she'rlar.
5.Yozma yodgorliklar:
“Avesto”

Xulosa
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:



  1. Mirziyoyev SH. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi” to`g`risidagi Farmoni (Xalq so`zi,2017,8-fevral)

  2. O`zbek mumtoz adabiyoti namunalari.Majmua.(1-2-jildlar)T.:Fan,2005,2007.

  3. Rahmonov N. O`zbek adabiyoti tarixi.O`quv qo`llanma.T.,2018.

  4. Rahmonov N. O`zbek adabiyotini davrlashtirish masalalari.T.,2016.

  5. Vohidov R.,Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O`quv qo`llanma. T.,2006.

  6. Abdurahmonov A. Turkiy adabiyotning qadimgi davri. T.,2005.

  7. Qadimiy hikmatlar.T.,1987.

  8. Avesto. T.,2001.,2015.

  9. Homidov H. “Avesto” fayzlari.T.,2001.

  10. N.Rahmon. Turk xoqonligi.T.,1993.

11.
Axborot manbalari:
1.http://natlib.uz –Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti
2.http://qr.natlib.uz – QR-kodli darslik,o`quv qo`llanma va badiiy adabiyotlar
3.http://media.natlib.uz –audio va video materiallar
43.http:/diss.natlib.uz –dissertatsiyalar va avtoreferatlar
4.http://nodir.natlib.uz –qo`lyozma va nodir nashrlar
5.http://ensiklopediya.uz – O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi sayti
6. http://ziyouz.uz – O‘zbek va jahon adabiyoti portal
7.http://ziyonet.uz –O‘zbekiston milliy ta’lim portali
8.http://kitob.uz/ - Respublika bolalar kutubxonasi
9.http://www.kamolot.uz – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy sayti
10.http://www.infolib.uz – Respublika Axborot kutubxona markazi
11.http://referatlar.uz –Referatlar, testlar, kitoblar va media ta`lim sayti
12.http://book.uz – Elektron adabiyotlar kutubxonasi
13.http://translate.google.co.uz – Google –tarjimon sayti
14.http://arxiv.uz – Referatlar arxivi
15.http://txt.uz – Elektron kutubxona
Tayanch so`z va iboralar: Adabiyot,og`zaki yodgorliklar, mif,afsona,qahramonlik eposi,,“Avesto”,Gerodot, Polien, lirik she’rlar.

O’zbek xalqi boy adabiy yodgorliklarga ega. O’tmishda yaratilgan mo’tabar og’zaki va yozma adabiyotimiz namunalarini chuqur o’rganish va bilish har bir o’quvchining, shu yurtda yashayotgan kishilarning ulug’ burchidir. Bugungi kunda, yurtimiz ozodlikka, xalqimiz istiqlolga erishgandan so’ng, o’tmish merosimizga e'tibor yanada kuchaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o’zlarining qator suhbatlari, nutq va kitoblarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni o’rganishning ahamiyatini qayta-qayta ta'kidlamoqdalar. Zero, xalqimiz mustaqillikka erishgandan so’nggina bizga noma'lum ko’pgina ulug’ shoirlarimiz, olimlarimiz, muhaddislarimiz haqida ma'lumotga ega bo’ldik. Asarlarini o’rgana boshladik.


O’zbek adabiyoti qadimiy tarixga ega. Adabiyot jamiyat hayotining o’ziga xos ifodasi. U jamiyat tarixidagi jiddiy o’zgarishlarni xilma-xil obrazlar vositasida turli badiiy shakllarda aks ettirdi. Adabiyot, avvalo, so’z va ruhiyat san'atidir. U inson ruhiyatidagi nihoyatda nozik tovlanish va ohanglarni ilg’ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o’xshamaganlariday, ularning qalb kechinmalari ham takrorlanmasdir. Badiiy adabiyot bilan adabiyot tarixi shug’ullanadi. O’zbek adabiyoti tarixi nozik ruhiy holatlarni mahorat bilan aks ettiradigan durdonalarga boydir. Ular hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg’ota oladi, ularning ma'naviy boyishlariga tegishli hissa qo’sha oladi. Ular ma'naviy kamolotga xizmat qiladi.
Adabiyot tarixi fani badiiy adabiyotning tarixiy taraqqiyot jarayonini o’rganadi va o’rgatadi. Har bir xalqning o’z tarixi, madaniyati, san'ati va adabiyoti bor. Shunga ko’ra, adabiyot tarixi ma'lum bir xalqning-shu adabiyotni yaratgan xalqning nomi bilan ataladi.
O’zbek xalqi ma'naviy madaniyatining katta va ajralmas bir qismi o’zbek adabiyotidir.
O’zbek adabiyoti tarixi o’zbek xalqining qadim zamonlaridan boshlab hozirgi kunga qadar yaratgan badiiy adabiyotini o’z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda o’zbek adabiyoti tarixi ikki nom asosida tilga olinadi:
O’zbek mumtoz adabiyoti.
Hozirgi zamon o’zbek adabiyoti yoki XX-XXI asrlar o’zbek adabiyoti.
O’zbek mumtoz adabiyoti deganda eng qadimgi davrlardan boshlab, XX asr boshlarigacha bo’lgan davr nazarga olinadi.
O’zbek adabiyoti tarixi xilma-xil tur va janrdagi badiiy asarlarni o’z ichiga oladi. Lirika va epos o’tmish o’zbek adabiyotining asosiy turlaridir. Fazal, muxammas, musaddas, noma, ruboiy, doston, hikoyat va boshqalar keng tarqalgan adabiy janrlardir. O’zbek adabiyoti tarixi xilma-xil adabiy tur va janrlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamdir.
O’tmish o’zbek adabiyoti bir qator memuar va tarixiy asarlarni ham o’z ichiga oladi. «Boburnoma», «Shajarai turk», «Shajarai tarokima», «Firdavs ul-iqbol» va boshqalar shular jumlasidandir.
O’zbek adabiyoti tarixi «Tohir va Zuhra», «Bo’z o’g’lon», «Yusuf Ahmad» kabi xalq kitoblarini ham o’z ichiga oladi. Bular folkloristikaning ham, adabiyot tarixining ham predmetidir. Tarjima adabiyot ham o’zbek adabiyoti tarixining muhim bir qismini tashkil etadi. O’zbek xalqi asrlar davomida ko’pgina xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lib keldi. Shu aloqalarning mevasi sifatida tarjima adabiyot vujudga keldi. O’zbek tiliga tojik, ozarbayjon, eron, hind, arab, rus va boshqa xalqlarning ko’p badiiy asarlari va tarix kitoblari tarjima qilindi. Nizomiyning «Xisrav va Shirin», «Haft paykar», Sa'diyning «Bo’ston», «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», «Yusuf va Zulayho», Hiloliyning «Shoh va gado», shuningdek, «Kalila va Dimna», «Ming bir kecha», «Ravzatus safo», «Badoyi-ul-vaqoe» va boshqalar shular jumlasidandir.
Sobiq Sho’rolar davrida ko’p sohalarda bo’lgani kabi, o’zbek adabiyotiga munosabat masalasida ham bir yoqlamalikka yo’l qo’yildi. Adabiyot vakillari «saroy adabiyoti vakillari», «diniy-mistik adabiyot vakillari», «progressiv adabiyot vakillari» kabi ajratishlar asosida baholandi. Saroy adabiyoti, diniy-mistik adabiyot vakillari deb nom olgan qator shoirlar merosi yetarlicha nashr etilmadi. Yoki ular ijodi kamsitildi. Ko’pgina badiiy ijod namunalarini xalqqa yetkazishga to’sqinlik qilindi. Izoh: bu holat misollar bilan asoslanadi. O’zbekiston mustaqilikka erishgandan so’ng, o’tmish adabiyotimizga e'tibor kuchaygani bois Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Imom G`azzoliy, Bahouddin Naqshband, So’fi Olloyor, Haziniy, Husayniy, Amiriy, Feruz kabilarning nomlari xalqqa keng ma'lum qilindi. Asarlari chop etildi. Buyuk hurmat va ehtirom ko’rsatildi.
Adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Adabiyotni davrlashtirish asosida o’rganish maqsadga muvofiq ko’riladi. Adabiyotshunosligimizda adabiyotni davrlashtirish muammolidir. Adabiyotni davrlashtirishga nima asos qilib olinadi? Mana bu savolga aniq javob berish qiyin. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davri bilan, boshqalari esa yirik tarixiy voqealar bilan bog’lashadi. Ba'zi olimlarimiz prof. N.Mallayev o’zbek adabiyoti tarixini, bir tomondan, jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlari, o’zbek xalqining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi taraqqiyoti, ikkinchi tomondan, adabiyot tarixi taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini: badiiy adabiyotning ijtimoiy mohiyati, vazifasining o’sib borishi, adabiy tur va janrlarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda so’z san'atining boshqa jihatlari takomiliga xos xususiyatlarni ko’zda tutib bosqichlarga ajratish kerakligini ko’rsatib o’tishgan. Prof. B.To’xliyev adabiyot tarixini quyidagicha davrlashtirishni tavsiya etadi:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar «Avesto», «Alpomish» va b.
Ilk o’rta asrlar adabiyoti «Kultegin» bitiklari va b.
O’rta asrlar adabiyoti IX-XVI asrlar:
A.Temuriylar davri adabiyoti.
V.Navoiy va uning davri adabiyoti.
XVII-XIX asrlar adabiyoti.
XX asr adabiyoti. B.To’xliyev. O’zbek adabiyoti. Darslik. 9-sinf. T., 2000 y. 13-bet.
Professor N.Mallayevning oliy o’quv yurti talabalari uchun chiqargan darsligida quyidagi bosqichlar berilgan:
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar.
X-XII asrlar adabiyoti.
XIII asrdagi va XIV asr boshlaridagi adabiyot.
XIV asr o’rtalaridan XVII asrgacha bo’lgan adabiyot.
XVII asrdan XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan adabiyot.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot.
Biz o’zbek adabiyoti tarixi (mumtoz adabiyot) dan yangi darsliklar nashr etilguncha N.Mallayev tavsiya etgan bosqichlar asosida o’zbek adabiyotini o’zbek mumtoz adabiyotini o’rganishni ma'qul topdik.
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashagan o’zbek, tojik, turkman va boshqa xalqlarning adabiy yodgorliklaridir. Keyingi taraqqiyot bosqichlaridagi adabiyot esa bevosita o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan adabiyotdir.
Biz o’zbek adabiyoti, og’zaki va yozma yodgorliklar, shoirlar, ularning hayoti va ijodi, asarlari va boshqalar bilan tanishib boramiz.
O’zbek xalqi boy adabiy merosga ega. Bu madaniy yodgorliklarni yaratgan ota-bobolarimiz, ularning yashagan joylari, urf-odatlari, tili va boshqalar har birimizni qiziqtiradi. Qadimgi madaniyat rang-barang shaklda bizgacha yetib kelgan. Og’zaki va yozma adabiyot, tasviriy san'at, me'morchilik, ilm-fan va boshqalarda namoyon bo’ladi bu yodgorliklar. Qadimgi Turonning tarixi va madaniyati haqida grek, xitoy, hind, arman va boshqa tarixchilarning kitoblarida Avesto, Bexustun, Bundaxishn, O’rxun-Enasoy yodgorliklari kabi turli manbalarda, Beruniy, Narshaxiy va boshqa olimlar hamda tarixchilarning asarlarida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Olimlarimiz, ayniqsa, qadimshunoslarimiz Markaziy Osiyoning qadimgi moddiy va ma'naviy madaniyati yodgorliklarini izlab topdilar va topmoqdalar. S.Tolstov rahbarligidagi Xorazm, Ya.G`ulomov va V.Shishkin rahbarligidagi Varaxsha, M.Masson rahbarligidagi Termiz va Janubiy Turkmaniston va boshqa ekspeditsiyalar bu jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi beshiklaridan biridir. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o’rtalaridagi Markaziy Osiyoning hududi Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya, Amudaryoning quyi oqimi, Zarafshon vohalari, Parkana Farg’ona va boshqa joylarni o’z ichiga olgan. Bu joylarda massagetlar, Xorazmiylar, sug’dlar, parfiyanlar va boshqalar yashar edilar. Mana shu qabilalar hozirgi Markaziy Osiyo xalqlarining ota-bobolaridir.
Qadimgi Markaziy Osiyoda turli kult va dinlar mavjud edi. Tabiat hodisalariga nisbatan dualistik qarash, ularni yaxshi va yomon, do’st va dushman kuchlariga ajratish zaminida Mitra quyosh xudosi, Anaxitaer- suv ma'budasi` va boshqa kultlar paydo bo’ldi. Bu kultlar eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan zardushtiylik diniga qo’shilib ketadi. Qadimgi Markaziy Osiyoda qisman bo’lsa-da, Ellin Xudolari-Zevs, Afina, Poseydon, Appolon va boshqalar kulti, budda dini, moniy dini, yahudiy dini, nasroniylik va boshqalar tarqalgan edi. Arab xalifalari istilosidan keyin islom dini asosiy din bo’lib qoldi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Markaziy Osiyo aholisining ko’pchiligi Eron tillari guruhiga kiruvchi shevalarda gaplashgan. Keyinroq turkiy tillar guruhi ham kengroq tarqala boshlaydi. Markaziy Osiyo xalqlari yozuvining tarixi qadim zamonlardan boshlanadi. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va boshqa o’lkalarda oromiy yozuvi keng tarqala boshlaydi. Aleksandr Makedonskiy istilosidan keyin esa Markaziy Osiyoga grek yozuvi kerib keladi. Oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, so’g’d, kushan, run Urxun-Enasoy, uyg’ur va boshqa yozuvlar vujudga kela boshlaydi. Asosan xorazm va so’g’d yozuvlari qo’llanilgan. Urxun-Enasoy yoki «Turkiy run» deb nomlangan yozuv eramizning birinchi asrlarida vujudga keldi. U bilan oldinma-keyin uyg’ur yozuvi ham paydo bo’ldi.
Markaziy Osiyoda qadimdan ilm-fan ham taraqqiy etgan. So’g’d kalendari, Beruniy asarlaridagi ma'lumotlar va boshqa manbalar qadimgi Markaziy Osiyoda ilm-fanning ayrim sohalari, ayniqsa, astronomiya taraqqiy etganini ko’rsatadi. Shohlar saroyidagi astronomlar sayyoralar dunyosini tekshirganlar, fizika, matematika, falsafa, tibbiyot bilan shug’ullanganlar.
Qadimgi davrda Markaziy Osiyoda me'morchilik Tuproqqal'a, Dalvarzin, Varaxsha, Oqtepa va b. qo’rg’onlar, san'at va boshqa sohalar ham rivojlangan.
Markaziy Osiyo xalqlari boy og’zaki ijod namunalariga ega. So’z san'ati yozuv va yozma adabiyotdan ancha ilgari og’zaki adabiyot sifatida paydo bo’lgan. Og’zaki yodgorliklar bizga qadar tarix kitoblari, ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar va boshqa manbalar orqali yetib kelgan. Antik tarixchilardan Gerodot, Kteziy, Polien, Xares Mitilenskiy va boshqalarning kitoblarida xalq og’zaki ijodi ayrim asarlarining mazmuni hikoya qilib qoldirilgan. O’rta asr tarixchilaridan Hamza Isfahoniy, Tabariy, Mas'udiy, Beruniy, Saolibiy asarlarida ham og’zaki ijod namunalari mavjud.
«Devonu lug’otit turk»da qadimiy qo’shiq, lirik she'r va maqollardan namunalar mavjud. Qadimgi og’zaki adabiyot yodgorliklari miflar, afsonalar, qahramonlik eposi, qo’shiqlar, lirik she'rlar va boshqa turdagi adabiy asarlardan iborat.
Xalq tafakkuri va ijodining mahsuli bo’lgan afsona va miflar sharoit va voqealardan kelib chiqadi. Markaziy Osiyo va Eron xalqlari orasida qadimiy davrlardan keng yoyilgan afsonalardan biri «Kayumars»dir. Kayumars haqidagi asosiy manba «Avesto». Uning mufassal bayoni, turli nusxalari haqidagi ma'lumotlar «Tarixi Tabariy»da berilgan.»Shohnoma», Navoiyning «Tarixi mulki Ajam» asarlarida bu afsona uchraydi.
Kayumars-Gaya Martan. U Axura Mazda tomonidan yaratilgan va ho’kiz-odam qismlaridan iborat. Beruniy Kayumars haqidagi afsonani bayon qilgan. Izoh: afsona bayon qilinib, tahlil etiladi.
Jamshid to’g’risidagi afsona. Jamshid «Avesto»da Yima. U adolatli, yer yuzini kengaytirgan, chorvani, turli qushlarni ko’paytirgan, kishilarni balolardan saqlagan, uy-joylar qurib, ariqlar chiqargan hukmdor sifatida tilga olinadi. Firdavsiy, Beruniy, Navoiylar Jamshid to’g’risida qiziqarli ma'lumotlar beradilar. Prof. N.Mallayev «Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti» kitobida (T., 1974) Jamshid haqida mulohazalar yuritadi.
Xalqimizning sevimli bayrami Navro’z ham Jamshid nomi bilan bog’lanadi. N.Mallayevning fikricha, yetti yuz yil hukmronlik qilgan Jamshid zamonasida kishilar Ahrimanning zulmidan qutiladilar, muhtojlik, kasallik va o’lim yo’qolib ketadi. Jamshid yer yuzini uch barobar kengaytiradi, chorva mollari va turli qushlarni ko’paytiradi.
Siyovush afsonasi. Eron shahzodasi Siyovush va Turon podshohi Afrosiyob o’rtasidagi munosabatlar ushbu afsonada o’z ifodasini topgan. Siyovushning shuhrati ko’proq Xorazm va Buxoroda yoyilgani manbalarda qayd etilgan. Uning ildizlari «Avesto»da uchraydi. S.Tolstov xabaricha, Siyovush miloddan oldingi XIII asrda Xorazm davlatiga asos solgan. U Beruniy ma'lumotiga suyangan. Izoh: Siyovush afsonasi bayon qilinadi. Otasi Kaykovus, onasi Turon chegarasidan topilgan, o’g’li Kayxusrav Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik, mardlik tuyg’ulari o’nlab qissa va eposlarda o’z ifodasini topgan. Amorg va Sparetra, To’maris, Shiroq, Zariadr va Odatida, Striangey va Zarineya, Iskandar haqidagi qissa va afsonalar shular jumlasidandir.
O’zbek adabiyotida ijodkorlar tomonidan asarlariga olib kirilgan mifik obraz tizimini quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin: eng qadimgi turkiy xalqlar tarixi, e’tiqodi bilan bog’liq mifologik obrazlar, islom dini bilan bog’liq mifologik obrazlar va ijodkorning o’zi yashagan davrda paydo bo’lgan miflar bilan bog’liq obrazlar tizimi. SHunday qilib, o’zbek adabiyotida mifik obrazlar tarix, diniy e’tiqod va zamonaviy voqelik bilan bog’liq tarzda paydo bo’lgan va ular ijodkorlar asarlarida turlicha ma’nolarda talqin qilingan. CHunonchi, ba’zi mifik obrazlarning ilk manbalarida xarakterining bir nechta jihatlari namoyon bo’lsa, keyingi davrlarga kelib o’sha obraz xarakteri bilan bog’liq epizodlarda ijodkorning xohish-istagiga mos keladigan jihatlarigagina e’tibor qaratilgan. YOinki, ilk manbalarda uchramaydigan qirralari qayd qilingan hollar ham mavjud.
Xullas, o’zbek adabiyotidagi mifik obrazlarning ildizlari antik davrlarga borib taqalgan. Ular tarixiy, diniy va zamonaviy tushunchalar bilan bog’liq tarzda shakllanadi va yozma adabiyotga kirib keladi. O’z navbatida vaqt o’tishi bilan o’sha obrazga xos xususiyatlarning ba’zisi bir ijodkor tomonidan yorqinroq tarzda tasvirlangan bo’lsa, boshqasida esa unga qaraganda zaifroq ko’rinishda namoyon bo’ladi. SHuningdek, zamon o’tishi bilan muayyan bir obrazning davr va muhit talablari, qalamkash istaklari, badiiy tafakkuri, asarining kompozitsiyasidan kelib chiqib, xarakterining yangi qirralari kashf qilinadi. Bu esa mifik obrazlarning evolyutsion xarakterga egaligi, qotib qolmaganligi, har bir ijodkor o’z istagiga ko’ra unga yangicha qarashlar bilan yondasha olishi mumkinligi, yangicha ma’no va mazmun yuklay olishi mumkinligini ko’rsatadi. Bular bilan bir qatorda biror bir mifik obrazning bir ijodkor tomonidan kashf qilingan qirrasi ba’zan to’laligicha, ba’zan qisman boshqa bir ijodkor asarida ham namoyon bo’lishi mumkin. 
Amorg va Sparetrada Kirga qarshi kurashgan Amorg va uning rafiqasi Sparetraning jasorati, ayolning mardligi tasvirlansa, To’marisda Kirga qarshi jang qilgan mard va vatanparvar To’marisning jasorati, Shiroqda oddiy cho’ponning vatanparvarligi va mardligi, Zariadr va Odatida qissasida Midiya shohi Gistaspning ukasi Zariadr va Amorg (Omarg)ning qizi Odatida sevgisi tasvirlanadi. (Bular tahlil etiladi).
Qadimgi qo’shiq va lirik she'rlar «Avesto», «Devonu lug’otit turk» kabi manbalar orqali yetib kelgan. «Devonu lug’otit turk»da ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, mardlik bilan bog’liq parchalar yetib kelgan.
Mana bu to’rtlikda jang tafsilotlari, mardlik ifodalangan:
Tuni bilan ko’chaylik,
Yamar suvidan o’taylik,
Tarnchuk suvidan ichaylik
Qochayotgan dushman tor-mor bo’lsin.
Asli: Tunla bila kuchalim
Yamar suvin kachalim,
Tarnchuk suvin ichalim,
Yuqg’a yag’i o’kulsun.
«Devonu lug’otit turk»da marosim qo’shiqlari, marsiyadan parchalar ham keltirilgan. Alp Ertunga Afrosiyob haqidagi marsiyadan xabardorsiz. Asarda fasllar, tabiat, sevgi-muhabbat va boshqa mavzulardagi parchalar ham o’rin olgan.
Umuman, og’zaki ijod namunalari o’zining boyligi, xilma-xilligi, keng qamrovligi bilan ajralib turadi. Og’zaki ijod yozma adabiyotning shakllanishida muhim zamin bo’ldi.
Urxun bitigtoshlarida SHarqdagi ko‘p xalqlarda tarqalgan To‘fon haqidagi mif singari motivlarga ham duch kelamiz. “To‘fon haqidagi mif”ning motivi insoniyatni to‘fon orqali qirib tashlash haqida xudolarning qaroridir. Xudolarning bu qarorga sabab – insoniyatning gunohkorligidir. SHumerlarda, bobil xalqida To‘fon haqidagi mif deyarli bir. Musoning “Ibtido” kitobida To‘fon voqeasi ma’lum. Insoniyatni er yuzidan qirib tashlash uchun vosita faqat suv emas, boshqa vositalar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, “Avesto”da qahraton qish SHarq mifologiyasidagi to‘fon singari vazifani bajaradi – Xo‘rmuzd yaqinlashib kelayotgan qattiq sovuq er yuzida jamiki tirik jonzotni qirib tashlashi haqida Yimani ogohlantiradi. Haqiqatan, Yima bir uy qurib saqlab qolgan nabotot va hayvonot namunalaridan boshqa jamiki jnzotlarni va o‘simliklarni sovuq qirib tashlaydi. “Avesto”da bu qirg‘inning sababi nima? Zardusht aytadiki, Yimaning gunohkorligi tufayli insoniyat abadiy yashash huquqidan mahrum bo‘ldi.
Xuddi shu singari mifning motivini Kul tigin bititoshida ko‘rish mumkin. Bilga xoqon turkiy qavmlarga nasihat qilar ekan, davlatning yo‘q bo‘lib ketishiga ularning o‘zlarini sababchi qilib ko‘rsatadi, shu bilan birga, Tangri (xudo va osmon) ularning qilgan gunohlari – boshboshdoqlik, xoqonlarning yo‘l-yo‘riqlariga itoat qilmaganlari va o‘zboshimchaliklari uchun jazolaganiga ham ishora qiladi: Turk o‘g‘uz baglari boduni asiding! Uza tangri basmasar, asra yir talinmasar, turk bo‘dun, ilingin, to‘rungin kim artati? (Ktu 22) – Ey turk o‘g‘uz beklari, xalqi, eshiting! YUqorida osmon bosmagan bo‘lsa, pastda er yorilmagan bo‘lsa, ey turki xalqi, davlatingni, qonun-qoidalaringni kim yo‘q qildi?
Mazkur mif ham, turkiy qavmlar qilgan gunohlari evaziga xudolar (Tangri, er) tomonidan jazolangan degan, xulosaga olib keladi. SHarq xalqlaridagi umumiy motiv – insoniyatning gunohlari uchun xudolar tomonidan jazolanishi voqeasi o‘zaro ta’sir orqali yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Irq bitigida kosmogonik mifning bu turdagi ko‘rinishi yaxshi saqlangan: “YUqoriga tuman tushdi, pastda chang ko‘tarildi. Qush bolasi yurib yo‘lidan adashdi, kiyik bolasi yugurib yo‘lidan adashdi. Odam bolasi yurib yo‘lidan adashdi. YAna Tangri sharofati bilan uchinchi yilda butunlay eson-omon ko‘rishdilar, juda xursand bo‘lar, sevinar der. SHunday bilinglar6 yaxshidir bu”(Ib.15). Qush bolasining yo‘ldan adashuviga, kiyik bolasining yo‘ldan adashuviga va insonning yo‘lidan adashuviga sabab gunohkorligidir. Bu mif bo‘lgani uchun tafsilotlar bayon qilinmagan. Albatta, Tangri tomonidan jazolanishi aniq. Gunohdan qaytganlari uchun Tangri ularga marhamat qilgan.
Tangri (xudo) – turkiy mifologiyada keng tarqalgan timsol. U himoyachi, insoniyatni dushmandan, yovuz kuchlardan saqlovchi timsol. Ko‘proq ruhiy ma’noga ega bo‘lib, yuqori olamni tashkil qiladi. Quyidagi parcha shu ma’no va vazifani aniq tavsiflaydi: “Tabg‘ach qag‘anqa yag‘i bo‘lmis, yag‘i bo‘lip, itinu yaratinu umaduq, yana ichikmis. Buncha isig kuchig birtukgaru saqinmati. “Turk bo‘dun o‘lurayin, urug‘siratayin”, tip armis, yo‘qadu barir armis. Uza turk tangrisi, turk iduq subi yiri ancha timis: “turk bo‘dun yo‘q bo‘lmazun”, tiyin, “bo‘dun bo‘lchun, tiyin”, qangim Iltaris qag‘anig‘, o‘gim Ilbilga qatunig‘ Tangri to‘pasinta tutup yo‘garu ko‘turmis arinch. Qangim qag‘an yiti yigirmi arin tashiqmis, tashra yo‘riyur, tiyin, ku asidip baliqdaqi tag‘iqmis, tag‘daqi inmis, tirilip yatmis ar bo‘lmis. Tangri kuch bartuk uchun qangim qag‘an susi bo‘ri tag armis, yag‘isi qo‘ny tag armis, ilgaru, qurig‘aru sulap tirmish...” (Ktu 9-12) – Tabg‘ach xoqoniga dushman bo‘ldi, dushman bo‘lib, quvilib, o‘zini tiklashga umid qilib, yana taslim bo‘libdi. SHuncha mehnatini, kuchini sarf etganini andisha qilmay, Tabg‘ach xoqoni “turk xalqini o‘ldirayin, urug‘ini qoldirmayin”, der ekan, uni yo‘qotib borayotgan ekan. YUqorida turk tangrisi, turkning muqaddas suvi eri shunday degan ekan: “Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin”, deb “xalq bo‘lsin”, deb otam Eltarish xoqonni, onam Ilbilga xotunni Tangri tepada tutib, yuqori ko‘targan ekan. Otam xoqon o‘n etti yigiti bilan toqqa chiqib ketgan, tashqarida yuribdi, degan xabarni eshitib, shahardagi toqqa chiqibdi, tog‘dagilar pastga tushibdi, yig‘ilib, etmish jangchi bo‘libdi. Tangri kuch bergani uchun, otam xoqonning qo‘shini bo‘riday ekan, dushmani qo‘yday ekan, sharqqa, g‘arbga qo‘shin tortgan ekan...
Mazkur parchadagi Tangri so‘zi “xudo” ma’nosida qo‘llangani bois, turk xalqining asirlikdan qutulishi, muvaffaqiyatlari, dushman ustidan g‘olib kelgani Tangriga, ya’ni xudoga bog‘liq qilib qo‘yilgan. Turk xalqini Tangri, shuningdek, er-suv o‘limdan – er ostidan qutqarib, yuqoriga – uchinchi qavat olamga ko‘tardi, Eltarish xoqon o‘n etti yigitni butun boshli lashkarga aylantirgan ekan, bu ham Tangrining himoyasi ostida bo‘ldi. Eltarishning qo‘shinini bo‘riday va dushmanning lashkarini qo‘yday qilgan ham Tangridir. “xudo” ma’nosida qo‘llangan Tangri bilan “osmon” ma’nosida qo‘llangan tangrini mualliflar juda yaxshi farqlaganlar – ko‘k so‘zi faqat osmon ma’nosidagi tangri so‘ziga nisabatan qo‘llangan; “xudo” ma’nosidagi Tangri so‘zi oldidan “ko‘k” so‘zi ishlatilmaydi. “Osmon” ma’nosidagi tangrigina qadimgi turkiy mifologiyada ota deb tasavvur qilingan. Muallif Yo‘llig‘ tigin ham. Qolaversa, jamiki turkiy qavmlar “xudo“ va ”osmon” ma’nosidagi tangrilarni yaxshi farqlaganlar, balki Tangrining xudoga aylangani haqida mif bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Zotan, bu bitigtoshlarda “xudo” ma’nosidagi Tangri ruhiy ma’no ifodalab, u haqdagi mifologik tasavvur saqlangan, xolos. Tangri haqida mifga ishora qiladigan bir dalil bor. Bu – Irq bitigining birinchi hikoyasidagi Tinsi timsolidir. Tinsi – xitoy podshohining unvonidir. Qadimgi turkiy qavmlarning tasavvuriga ko‘ra, odam tushida Tinsini ko‘rsa, hayotda muvaffaqiyatga erishar ekan.
.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish