«protogorod» (shahar) madaniyatminig ilk belgilari deb hisoblaydilar. Bu belgilarning aksariyat ko’pchiligi Geoksyur I yodgorligida keng ko’lamda o’rganilganligi tufayli eneolit asrining so’nggi bosqichi Geoksyur nomi bilan yuritiladi. Nomozgoh III bosqichiga kelib sopol ishlab chiqarishda va sopol idish-larga naqsh solishda Қoratepa va Nomozgohtepada yana No-mozgoh I davri an`analari tiklanadi. Ammo Gebksyur voxa-sida esa polixrom, ya`ni rang barang tasvirlar tushirilgan sopol idishlar yasash davom etadi. Xamma joyda sodda qilib ishlangan geometrik shakllar o’rniga murakkab jim- jima-Dor nafis gullar paydo bo’ladi. «Gilam guli naqshi» deb ataladigan bezaklar vujudga keladi. Sopol idishlarning sirtlariga hayvon va parrandalarning suratlarini tushi-rish odatlari yanada keng tus oladi. Mutaxassislarni fik-Richa, sopollarda hayvon va qush suratlarini paydo bo’lishi bu ibtidoiy uruғdoshlik jamoasi diniy va idealogik tassu-Rotlarning «totem» lar ko’rinishida namoyon bo’lishida gu voxlik beradi. Ma`lumki eneolit davrida xo’jaligining asosini suғorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan. Nomozgoh II bosqichidan boshlab, sun`iy suv omborla-ri vujudga kelgan. Mo’lalitepa yaqinidan xajmi 3500 m3 bo’lgan xovuz qoldiqlari topilgan. Geoksyur I qishloғi yaqi-nida esa daryo o’zani bo’ylab, uzunligi 1,5 km keladigan ka-nal yordamida ekinzorlarni suғorib, hosil olish uchun suv olib borilganligi Olimlarimiz janubiy Turkmanistonda eneolit davrida ko’proq arpa ekkanliklarini aniqlaydilar. Poleozoolog olimlarimiz, janubiy Turkmanistondagi ene-olit suyak qoldiqlarini o’rganib, bu erlarda uy hayvoni sifatida yirik shoxli qora mol xamda qo’y va echkilarni boqish bilan shuғullanganliklarini aniqladilar.
Mutaxasis olimlarimizni xulosalariga ko’ra, eneolit asri ijtimoiy munosabatlariga kelganda, xali bu davrda ona uruғi jamoada xukmron edi. Bunga misol qilib, xona va mozorlardan topilgan ayollarning xaykalchalarini ko’rsatish mumkin. Ayniqsa Nomozgoh I bosqichida ayollarning mavqei kuchli ekanligi yaxshi namoyon bo’ladi. Nomozgoh II bosqichi-dan boshlab esa, asta sekin erkaklarning jamoada, oilada o’rni va roli sezila boshlaydi. Avvalgi uruғdoshlik jamoa-lari o’rnida asta sekin ishlab chiqarish jamoalari rasmiy-lashib borayotganini ko’ramiz. Ammo ayollar xali jamoada, oilada o’z o’rinlarini erkaklarga bo’shatib berganlaricha yo’q edi. Nomozgoh III bosqichiga kelib, ko’p xonali xo’jalik komplekslarining rasmiylashuvi bilan ishlab chiqarish ja-moalari jamiyatning asosiy yacheykasiga aylanib bordi. Bu esa o’z navbatida jamoada, oilada erkaklar rolining oshib borishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. YUqoridagi eneolit yodgorliklaridan tashqari Zarafshon voxasining yuqori qis-mida O’zbekiston bilan Tojikistonning chegara xududida joylashgan eneolitga mansub ajoyib bir yodgorlik Sarazm qishloғidan 1970 yillarda topildi. Arxeologiya faniga Sa-razm nomi bilan kirgan bu yogorlik Tojikistonlik arxeolog olim Isoqov Abdulla tomonidan o’rganilib, uni maydoni 90 ga dan iborat ekanligi va bu Sarazm qishloғida Zarafshon vodiysining bobokalonlari eneolitdan to so’nggi bronza davrigacha yashaganliklari aniqlangan. Uning Sarazmni tepa-liklarini 4 ta joyida arxeologik qazishma ishlarini olib borgani natijasida, eneolit va bronza davriga oid moddiy ashyolar olingani va shu materiallar asosida Sarazm yodgor-ligini bosib o’tgan yo’lini 4 ta bosqichga bo’lish mumkinli-gini ko’rsatgan. Ana shu 4 ta bosqichni eng qadimgisi Sarazm 1 bosqichi bo’lib, uning madaniy qatlamida polixrom naqshli sopollar uchraydi Ular Nomozgoh III davri sopollariga o’xshaydi. Sarazm II bosqichiga oid qatlamlarda ko’p xonali uy- joy qoldiqlari xam topilgan. Sarazm II bosqichiga oid xonalarni ba`zilarida doira shaklidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |