«Tilam guli « naqshini solish davom etadi. Tiniq rangli gulsiz sopollar soni Nomozgoh IV davrini oxirla-rida ko’payadi. Shuni xam aytish kerakki, mutaxassis olim-larimizni xulosalariga ko’ra Nomozgoh IV davri xamma joyda xam bir xil bo’lgan emas. Bu davrni xarakterli hu-susiyatlaridan yana biri shuki ayrim odamlarni qo’lida or-tiqcha maxsulotlar to’planib qola boshlaydi. Natijada mul-kka egalik qilishda tengsizlik alomatlari yuzaga kela bosh-laydi. Bunday xodisalar Nomozgoh IV ni oxirlariga to’ғri keladi. Xuddi shu davrga oid madaniy qatlamlardan tosh va loy lardan yasalgan muxrlarni topilishi xam tengsizlik belgilarini paydo bo’la boshlaganida dalolat beradi. Shuni aloxida ta`kidlash joizki, Nomozgoh IV qatlamida «Zikkurat»- poғonali minora ko’rinishidagi ibodatxona qurilishining qoldiqlari topilgan edi. Arxeologlarimizni aniqlashlaricha bu ibodatxona qurilishi Nomozgoh V davriga kelib (2300- 1850 yy) qayta quriladi. Uni balandligi 12 m agcha uzaytiriladi. Ostki qismi esa 55 m gacha cho’ziladi. Bu xashamatli minora ko’rinishidagi ibodatxona fasadi ortida katta uzun yo’lakli qurilish inshoati bo’lib, bunda bir bir-laridan o’tishga qulay bo’lgan qatorasiga solingan xonalar bo’lgan. Ana shu xonalardan biri siғinish joyi bo’lib, unda muqaddas o’choq va diniy urf- odatlar bilan boғliq bo’lgan idishlar topilgan. Ana shu xonaning devori yonidan unchpa katta bo’lmagan yoғochda.n yasalgan altar’ joylashgan. Bu erdan juda ko’plab bezaklar: kumushdan yasalgan qadama bezaklar, oltin marjonlar, shuningdek qimmatbaho toshlardan yasalgan turli bezaklar, oltindan yasalgan buqa va qo’yni kallalari kabilar topilgan. Arxeologlarni xulosalariga ko’ra bu xilda ibodatxona Shumer va Akkad ibodatxonalariga xosdir ( Shumer va Akkad janubiy Mesopatamiya, xozirgi Iroqni janubiy qismida, joylashgan bo’lib, taxminan eradan av-valgi 3000 yilda u erda sinfiy jamiyat va davlat vujudga kelgan jahon tsivilizatsiyasini ilk o’choqlaridan bo’lgan). Nomozgoh V manzilgohi o’zining xajmi jixatidan ancha yirik bo’lib, Қadimgi Sharq shahar markazlarini xajmiga yaqin bo’lgan. Kulolchilarni ishlagan va yashagan maxallalari xam ochilgan. Bular haida manzilgoxdan topilgan kulolchilikka oid chiqindilar va asboblarni topilishi guvoxlik beradi. Ikki qavatli sopol pishiruvchi o’txonalarni topilishi juda yuqori darajadagi issiqlikni xosil qila olganliklaridan dalolat beradi. 35 ta buqani xaykalchasi, 14 odamlarni va 8 ta ғildiraklarni loydan yasalib, yuqoridagi kabi o’txonalarda pishirish uchun tayyorlab qo’yilgan loy xaykalchalari xam topilgan. Topilmalar ichida bronzadan yasalgan xanjar va sopli tova (skovarodka) lar hisoblanadi. Chunki bu turdagi topilmalar Moxintorodan topilgan tovalar bilan juda o’xshashdir. Shuning uchun xam arxeologlarimiz Nomozgoh V madaniyatiga xos bo’lgan xududlarni Қadimgi Sharq davlatlarining chekkalari deyishadi.
Ana shu Қadimgi Sharq davlatlarining chekkalari deb tan olingan Nomozgoh V davri yodgorliklari janubiy Turkmanistonning, ғarbda Қizil Arvatdan, sharqda to Tejen daryosigacha bo’lgan xududlarda uchraydi. Bular Nomozgoh IV bosqichi qishloqlariga nisbatan xudud jixatidan biroz kichik. Kopetdoғ toғoldi tumanlarida ular asosan qadimgi yirik aholi yashagan joylar Nomozgoh tepa, Oltintepa, Uluғtepa, Xovuztepa negizi asosida rivojlangan. Nomozgoh V davrini yirik poytaxt darajasiga ko’tarilgan yodgorliklari Oltintepa va Nomozgohtepa bo’lib, Nomozgohtepani maydoni 70 gani tashkil qiladi. Nomozgohtepa olib borilgan qazish ishalri natijasida ko’p xonali xo’jalik komplekslari xar xil turdagi qabrlar ochib o’rganilgan. Nomozgoh V bosqichiga tegishli qatlamlar ayniqsa Oltintepada mukammal ravishda o’rganilgan. Oltintepada mudofaa devorlari yuqorida ko’rsatib o’tganmizdek, monumental ibodatxona qoldiqlar, xunarmandchilik, uy joy komplekslari va boshqalar ancha keng ko’lamda, o’rganilgan. Oltintepani 3 m qalinlikdagi yuqori qatlami Nomozgoh V madaniyatiga tegishli bo’lib, bu davr aholisi kulolchilik soxasida yuqori malakali kasb egalari bo’lganlar. Sopol idishlarga naqsh solish mutlaqo Nomozgoh V da yo’qoladi. Ammo ko’rinishi nihoyatda bejirim, chiroyli va nafis xamda jarangdor idishlar asosiy maxsulot darajasiga ko’tariladi. Mehnat qurollari asosan bronzalardan yasala boshlaydi. Lekin tosh qurollar xo’jaliklarda o’z xukmronligini xali yo’qotmaydi. Ma`lumki Nomozgox IV ilk bronza. V esa rivojlangan davrini aks ettiradi. Ana shu davrlarda ishlab chiqarish jamoalarin boshqarish kimlarni qo’lida? Otalarni ko’lidami? yoki yuqori paleolitdan boshlab xukmronlik qilib kelgan onalar qo’lida davom etib kelyaptimi? Ana shu masalada ikki xil fikr mavjud. Janubiy Turkmanistonda ko’p yillar davomida arxeologik qazish ishlarini olib borgan V.M. Masson ilk brnoza davrida, ya`ni Nomozgoh IV bosqichida otalar jamoada o’z ustunliklarini tikladilar. Ishlab chiqarish jamoalarini boshqarish ayollar qo’lidan erkaklar qo’liga o’tdi degan fikrni berdi. O’zbekistonni janubida ko’p yillar davomida bronza davri yodgorliklari asosida arxeologik qazish ishlarini olib borgan A. Asqarov esa yuqoridagi fikrni tarixiy haqiqatga yaqin deb tan olish bilan birga Nomozgoh IV va V qatlamlarida xamda shu davr ayollar mozorlarida ona mabudalarini ko’plab uchrashini hisobga olib ishlab chiqarish boyligini yaratish erkaklarning asosiy vazifasiga aylangan bo’lsada jamoani boshqarishda xali onalarning roli katta ekanligidan, ularni an`anaviy obro’yi saqlanib qolganligidan dalolat beradi degan fikrni aytadi. Bu fikrda xam tarixiy haqiqat mavjud Chunki bufikr xam daliliy ashyolarga suyanilgan xolda aytilgan. Shuning uchun xam yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib, Nomozgoh IV va ayniqsa Nomozgoh V davrini jamoani boshqarishda xali onalarni roli butunlay yo’qolmagan, ammo xukmronlik otalar qo’liga o’ta boshlagan davr desak to’ғri bo’ladi deb o’ylaymiz.
Oltintepaning Nomozgoh V davriga doir yuqori qatlamini keng o’rganilishi natijasida juda muxim xulosalarga kelingan. Shulardan eng muximi Oltintepada Nomozgoh V davrida eng qadimgi ilk shahar madaniyati shakllanganligi haqidagi xulosadir. Nomozgoh V davri mudofaa devori ikkita qurilish bosqichidan iborat bo’lib, ularni birinchisi Nomozgoh V bosqichining ilk fazasida bunyod etilgan. Ikkinchisi esa Oltintepada ilk shahar madaniyati shakllanib bo’lgan o’rta fazada bunyod etilgan. Demak Oltintepa qishloғi so’nggi eneolit va ilk bronza davridan boshlab mudofaa devori bilan o’rala boshlangan. Oltintepadan topilgan eng muxim topilmalardan yana biri bu Nomozgoh V davriga mansub oltin boshli xo’kiz xaykali bo’lib, uni ko’z nurlari razurit toshidan ishlangan. Peshonasiga esa yarimoy shaklida feruza tosh qadalgan. Bu topilmaga asoslanib, arxeolog oilmlarmiz Nomozgoh V davrida Markaziyts Osiyoning ibtidoiy jamoalari Mesopatamiya va Xrappa aholisi bilan aloqada bo’lgan degan xulosaga keladilar. Bu aloqalar na-. tijasida Қadimgi Sharq yozuvining ayniqsa protoelam yozu-vining bevosita ta`sirida janubiy Turkmanistonda xam piktografik (juda qadimiy yozuv suratlar- piktogrammalar) yozuvining paydo bo’lishiga olib kelgan bo’lishi mumkin de-gan muloxazaga keladilar. YUqoridagi satrlarda Oltintepa yodgorligi va undan topilgan topilmalarni xarakterli hu-susiyatlari va xokazolari haqida imkon qalar so’z yuritdik. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, bu yodgorlik Nomozgoh V davrida o’zining ichki mazmuni va tashqi shakliga ko’ra ilk shahar edi. Chunki bu yodgorlikda shaharga xos belgilarni deyarli barchasi mavjud edi: mudofaa devorlarini mavjud-ligi, asilzoda (aristokrat) lar kvartalini ochilishi, «Koxinlar qabridan» oltin uzuklarni va kumush muxrlarni topilishi, boshqa bir qabrdan 96 ta munchoq topilib, undan 35 tasini oltindan ekanligi, bularning barchasi, Oltinte-pani ilk shaharligidan dalolat beradi.
Arxeologlar shahar madaniyatini ikki bosqichga bo’ladi-lar. 1- dehqonchilik qishloғining rivojlanishi asosida tashkil etgan ibodatxona- shahar; 2- si shahar davlat. Bunga ko’ra Otintepani ibodatxona- shahar yoki ilk shahar deb atasa bo’ladi. Ilk shahar o’zining bundan keyingi hayotida shahar- davlat darajasiga ko’tarilib, u siyosiy- adminstra-tiv markaz sifatida podsho xokimiyatining qarorgoxiga ay-lanadi va bu boqichda shohona saroylar, boymozorlar paydo bo’ladi. Ana shunday shahar- davlatlarning ichki tuzilishini Shumerda Uruk va eredu misolida ko’rish mumkin.- Shunday qilib Oltintpepani bronza davri jamiyatida shahar- davlat bo’sakasida to’rgan ilk shahar, ibodatxona- shahar sifatida tasavvur etish mumkin. Ammo ana shunday yuksak madaniyatga ega bo’lgan Oltintepa manzilgohi va boshqa yodgorliklarda noma`lum sabablarga ko’ra eradan avvalgi II ming yillikni o’rtalariga kelib hayot so’nadi. Oltintepa aholisi ko’chib ke-tib, uni, bir qismdagina hat davom etadi xolos. Bunday xo-disalar Markaziy Osiyodagi bronza asrini so’nggi bosqichla-riga kelib, bu davrga Nomozgoh VI yodgorliklari xarakter-lidir. Nomozgoh VI yodgorliklari xronologik jixatdan era-dan avvalgi 1850- 1100 yillrani o’z ichiga oladi. Maydoni 70 ga lik Nomozgohtepada xuddi Oltintepadagi kabi o’zga-rishlar yuz berib, faqat uni shimoliy xududidagina «Cho’qqi» deb atalgan kichik bir qismidagina hayot davom etadi. Uning beqiyos maydoni, maxallalari, markaziy maydoni bo’shab qoladi va Nomozgoh VI davri qabristoniga aylanib qoladi. 26ga maydonga ega bo’lgan Oltintepada esa Nomozgox 5 oxirlaridayoq uni butun sharqiy qismi - monumental-yniy idealogiya markazi aslzodalar kvartali bo’lib qoladi. hayot uni ғarbiy qismidagina biroz davom etadi. Bunday inqirozga yuz tutish xolatlari, ya`ni eski yirik markazla-pini bo’shab qolishi faqat janubiy Turkmaniston uchungina xos bo’lib qolmay, bu manzara butun Қadimgi Sharqda kuza-tiladi. Nomozgoh VI davriga kelib, qadimgi yirik dehqon-chilik markazlari o’rnida yangi o’zlashtirilgan erlar xisobi-ga yangidan yangi qishloq xo’jalik voxalari paydo bo’ladi.
Nomozgoh VI davriga kelib, sopol idishlarning turlari ko’payadi. Avvallari juda kam uchraydigan jo’mrakli choynak-lar, ko’za va ko’zachalar Nomozgoh VI davrining asosiy idish turlari bo’lib qoladi. Suғorma dehqonchilik va chorvachilik xo’jaligi jadal rivojlanishda davom etadi. Chorvachilik xo’jaligida mayda shoxli hayvonlarning jamoa iqtisodidagi salmoғi ko’tariladi. Ovchilik yordamchi xo’jalik sifatida davom etadi. Mayda shoxli uy hayvonlarining aksariyati ech-ki edi. Xulosa qilib aytganda bronza davrining Nomozgoh VI madaniyati Қadimgi Sharq tsivilizatsiyasining ajralmas qismi bo’lib, bu davrda protogorod (shahardan oldingi) turidagi ilk shahar madaniyati rivojlanishda davom etm^kda edi. Ishlab chiqarish jamoalari doirasida ijtimoiy tabaq-alanish nisbatan sekin bo’lsada davom etadi. Ammo Nomozgoh VI davrida xarbiy zo’ravonlik asosida chqur mulkiy tengsizlik asosidagi dastlabki shahar davlat uyushmasi xali tash-kil topmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |