altar’lar xam to-pilgan. Sopol parchalari orasida polixrom naqshli idish-lar bilan birga qora va kulrang sopollar xam bo’lib, ular xar ikki tomonlama angob bilan pardozlaangan. (angob de-ganda idishlarni sirlash tushuniladi) Xozirgi zamondagi sopol idishlar xam sirlanishi natijasida silliqlanadi) Sarazm II qatlamidan to’qimachilik dastgohini toshdan yasal-gan buyumlari, misdan ishlangan bigizlar, to’ғnoғich va bi-gizlar xam topilgan. Bularni barchasi A. Isoqov eneolit-ning eng so’nggi bosqichi yoki ilk bronza davri bo’lsa kerak deb taxmin qiladi. Sarazm III bosqichida ko’p xonali uy-joy qurish an`analari davom etib, maxalalarda tor ko’chalar va keng xovlilar paydo bladi. Sarazm II dan farq qilib Sarazm III da qurilishlarda asosan xom ғisht ishlatiladi. Avvalgi doira shaklidagi xonalarni o’rtasidagi altar’lar o’rnini, endi kvadrat o’shaklidagi muqaddas olovxona alta-r’lari egallaydi. eng muximi, Sarazm III davrida ilgarigi oilviy altar’lardan tashqari maxsus bosh jamoa ibodatxo-nalari yuzaga keladi. Kulolchilikda xam keskin o’zgarishlar bo’lib, endi maxsus kulolchilik charxlarida idish tovoqlar yasash keng tus oladi. Avvlgi qora kulrang sopl ishlab chiqa-rish keskin kamayib ularni o’rniga, tiniq rangli va qizil angob bilan pardozlangan sopol idishlar paydo bo’ladi. Sa-razm IV davri Nomozgoh V madaniyatining so’nggi bosqichi bilan tengdoshdir va uni xronologiyasi eradan avvalgi 1800-1900 yillar bilan belgilanmoqda. eneolit va bronza dav-rining mutaxasis, arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulovlar Sarazm yodgorligi haqida o’z fikrlarini bil-dirib, Sarazmdan topilgan arxeologik materiallar analizi birinchi navbatda madaniy qqatlamlardan olingan sopol va bronza buyumlari Sarazm qishloғini' eradan avvalgi 111-11 ming yillikka oid Zarafshon vodiysining eng dastlabki dehqon jamoalari makoni sifatida qarashga imkon beradi. Yaqin vaqtlarga qadar Zarafshon vodysida qad ko’targan yuq-ori tsivilizatsiyalari lik shaharlar haqida gap ketganda, ularni maxalliy ildizi, ularni keltirib chiqargan bronza davri tub sotsial iqtisodiy bazasi masalasida biror fikr yuritish qiyin edi. Chunki ungacha Zarafshon voxasida o’rga-nilgan bronza davriga oid yodgorliklar Mo’minobod va Chakka qabristonlari, quyi Zarafshonda o’rganilgan Zamonbobo ma-daniyati va Andronova madaniyatiga tegishli makon va qab-ristonlar cho’l zonasi qabilalarining madaniy izlari bo’lib, ular eradan avvalgi I ming yillikning o’rtalarida So’ғdiyonada tarkib topgan urbanistik jarayonlarning yuksa-lishi uchun asos bo’la olmas edi. Shuning uchun. xam Samarq-anddan 40- 45 km lar chamasi sharqda Sarazm qishloғi xudu-dida 1976 yili topilgan bu bronza davri dehqon jamoala-rining makoni aloxida ahamiyyatga ega deydilar.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyoda eneolit davri asosan janubiy Turkmaniston dehqon jamoa-larini Nomozgoh I, II, III davri yodgorliklari va Sarazm yodgorligining Sarazm I va II bosqichlari misolida o’rganil-gan.
Eneolitdan so’nggi davr bronza asri bo’lib, garchi bu davr xronlogik jixatdan uncha katta davrni o’z ichiga olma-sada ajdodlarimiz hayotida sodir bo’lgan juda ko’p yangilik-larni o’z ichiga oladi. Bronza asrida ob- havo xam nisbatan ilib, cho’l va dashtliklar kengayib, chorvachilikni keyingi taraqqiyoti uchun qulayliklar vujudga keladi. Bronz asri metallurgiya taraqqiyotini 4 bosqichiga to’ғri kelib, mis va qalay qorishmasidan bronza xosil qilish texnikasi vujudga keladi. Misni eritish uchun ancha yuqori darajadagi sun`iy issiqlikni vujudga keltirish lozim edi. Bu issiqlik loy-dan yasalgan trubalar va bosqonlar yordamida xosil qilingan (bunday usul xozirgi zamonda xam temir asboblariga ishlov berishda, temir ustalari tomonidan qo’llanilmoqda). Bronza asrida mis bilan qalayni eritib, ulardan qorishma xosil qilish usulini bilib olingandan so’ng, bu qorishmalarni loydan yasalgan qoliplarga quyib o’zlariga ma`qul bo’lgan shakllardagi mexnat va jangovor qurollarni yasay boshladi-lar. Masalan; bolta qilish uchu xajmlari bir xil bo’lgan yarimtaki qolipni loydan yasaganlar va ularni quritib, xar ikkalasini bir biriga yopishtirib, ip bilan boғlaganlar. Bolta 'qolipini to’mtoq tomonida maxsus qoldirilgan te-shikchadan eritilgan qorishmani quyganlar. Қorishma sovub qotgandan so’ng quyma bolta o’z shakliga ega bo’lgan. Shundan so’ng quyma boltani pardozlash va silliqlash ishlari oson-lik bilan bajarilgan. Boshqa turdagi mehnat va jangovor qurolar xam shu kabi usullar bilan qilingan. Ammo eneolit davridagi kabi bronza asrida xam mis kamyob bo’lgani uchun ulardan juda zarur bo’lgan qurollarni va bezaklarnigina yasaganlar. Shuni aytish lozimki bronza asriga kelib, qabilalar o’rtasida iqtisodiy tengsizlik alomatlari ko’zga shlana boshladi. Ba`zi qabilalar mis konlari serob xududlarda yashasa, boshqalari qalayga boy bo’lgan xududlarda va yana boshqalari esa unisi xam bunisi xam yo’q joylarda yashashlariga to’ғri keldi. Bunday xolatlar tomondan qabilalar taraqqiyotidagi tengsizlikni vu-judga keltirsa, ikkinchi tomondan ularni orasida alma-shuvni paydo bo’lishiga va o’zaro aloqalarni kuchayishiga olib keldi. umuman olganda jahondag ko’pchilik mamlakat-larda bronza asri chorvachilik xo’jaligini taraqqiy etgan pavriga to’ғri keladi. Dehqonchilik, garchi bronza asrida muxim mavqega ega bo’lgan chorvachilik tomonidan biroz bo’lsada uni taraqqiyotiga to’siq bo’lgan bo’lsada, yo’qolmadi, aksincha xo’jalikni muxim xatto etakchi tarmoғi bo’lib qola-verdi. Bizning Markaziy Osiyoda esa janubiy Turkmaniston eng qadimgi o’troq dehqonchilik va xonaki chorvachilik bo’lib qolaverdi. B. A. Kuftinni xronologiyasiga muvofiq Nomoz-goh IV, V, VI bosqichlari janubiy Turkmanistonda bronza asri hisoblanadi. Nomozgoh madaniyati Қadimgi Sharq tsivi-lizatsiyasining ajralmas qismi bo’lib, bu davrda qabilala-raro aloqalar doirasi kengayib Nomozgoh dehqonlari ja-nubda shimoliy- sharqiy eron qabilalari bilan, shimolda Kaltamnor madaniyati qabilalari bilan yaqin aloqada bo’la-dilar. Nomozgoh IV davrining so’nggi bosqichida kulolchiik charx paydo bo’ladi. Nomozgoh IV davri eramizgacha bo’lgan 2750- 2300 yilliklarni o’z ichiga olib, aslida eneolitni an`analari asosida taraqqiy etgan shaklini aks ettiradi. Nomozgoh IV bosqichi ғarbda Қizil Arvatdan sharqda Tejen daryosiga qadar bo’lgan xududlardagi Nomozgoh tepa, Oltin tepa, Xovuz tepa, Oq tepa kabi ko’p qatlamli yodgorliklarda o’rganilgan. Bular rasida Oltin tepa yodgorligi o’zini mod-diy ashyolarga boyligi va Nomozgoh IV bosqichini xar tomon-lama yoritishi bilan yaqqol ajralib turadi. Bu yodgorlikdagi ko’p xonali uylrani barchasi xom ғishtlardan qurilgan bo’lib, ularni yonlarida xo’jalik xonal-ari xam bo’lgan. Bu qurilish xonalarini xovlilari bo’lib, xovlilarga uy- joy xonalarining eshiklaridan kirilgan. Manzilgoh maydonidan metallurgiya va kulolchiikka oid qoldiqlar topilgan.
Shuni aytish kerakki kulolchilikda ishlatiladigan tuproq jahonnint xamma erida xam borligi deyarli barcha xa-lqlarda kulolchilikni keng tarqalishiga imkon bergan. Da-stlab kulolchilik bilan ayollar shuғullanganlar degan fikrlar xam mavjud. Ilk bor eradan avvalgi IV ming yillikni oxirlarida va III ming yillikni boshlarida esa Misrda ku-lolchilik charxlari ixtiro qilingach, kulolchilik bilan er-kaklar shuғullana boshlaydilar. Kulolchilik charxi katta va kichik ikki yoғoch ғildirakdan iborat bo’lib, yoғoch o’q bilan o’zaro birlashtirilgan. Kulol pastdagi katta ғildirakni oyoғi bilan aylantirib turishga moslashtirilgan. YUqoridagi ғildirakni ustiga loy qo’yiladi va undan idish tayyorlana-di. Tayyorlangan idishlar quritilib, qizdirilgan xumdon-larda pishiriladi. Idishlarni xajmiga turiga qarab, xum-donlar xam katta va kichik xajmlarda bo’lgan. Nomozgoh IV davri xali sinfiy jamiyatga xos bo’lgan shahristonni o’rta-siga joylashgan tepalik ko’rinishidagi «ark» bo’lmagan. Ammo uruғchilik tuzumini tugab borayotganidan dalolat be-ruvchi ibodatxonalarni qoldiqlari mavjud edi. Shuni ta`kidlash joizki xar qaysi davrda shaharni belgilari va xarakterlari xar xil. Қadimgi Sharq mamlakatlaridagi ta-riflangan shahar belgilarini arxeologlar asosiylari deb, shaharda aholini soni 5 mingdan kam bo’lmasligini, uni kvartallari bo’lib, unda xunarmandchilik ustaxonalari xam-da .jamoani umumiy ibodatxonasi bo’lishi kerakligini ayta-dilar.
Oltintepa yodgorligini o’rganish natijalari yuqoridagi belgilarni barchasini mavjudligini aniqladi. Shuning uchun xam Otintepa yodgorligini arxeologlar Қadimgi Sharq shaharlari xilidagi shahar deb atashadi. Oltintepa mada-niyati taraqqiyoti darajasini Mesopatamiyadagi Uruk davri-dagi shahar madaniyati taraqqiyotiga yaqin deyishadi. Oltin- ch tepa yodgorligini mozorlari 2 xil bo’lib, bir xillari bir kishiga mo’ljallangan yolғiz mozor bo’lsa, ikkinchilari max-sus kamera turidagi kollektiv mozorlardan iborat edi. Ochilgan mozorlarning xammasi turar joylar doirasida, xona satxining taglarida joylashgan.
Nomozgoh IV davriga xos hususiyatlardan biri bu dav-rda, Oltintepa kabi yirik qishloqlari bilan bir qatorda ancha kichik xajmdagi qishloqlari xam mavjud bo’lgan. Kichik xajmdagi qishloqlarining ayrimlarini maydonlari 1 ga ga bormagani xolda yiriklarini 10 ga dan kam bo’lmagan. Ularning madaniy qatlamlari xam ancha qalin bo’lgan. Ma-salan: Xovuztepani Nomozgoh IV davri madaniy qatlami 5 m gacha, Oqtepada esa 7 m gacha, Nomozgohtepaniki esa 34 m ga-cha boradi. Shundan 4 m ga yaqini Nomozgoh IV bosqichiga oiddir. Nomozgoh IV davrini mehnat qurollari xam misdan qilinib, ba`zisida bronzadan qilinganlari xam uchrab turadi. Dehqonchilikda ishlatiladigan mehnat qurollarini aksariyati toshdan qilinar edi. Xonaki xunarmandchilikning kulolchilik, zargarlk, to’qimachilik soxalari keng rivoj-langan. Bu davrni oxirlarida kulolchidlik charxlari paydo bo’ladi. Kulolchili.k charxini paydo bo’lishini xarakterli tomoni shundaki, endi kulolchilik ustalari asosiy e`tiborlarini idishlarning naqshiga emas, balki shakliga, sifatiga qaratadigan bo’ldilar. Bu davrda qadah va vaza-simon idishlar paydo bo’ladi. Idishlar sirtiga daraxtlar, echki va qushlarning suratini solish keng tus oladi. Idish-larga
Do'stlaringiz bilan baham: |