malaxitlar haqida xam shunday fikrni ayta olamiz. Shuning uchun xam birinchi bezaklar aynan shulardan yasalgan. Ajdodlarimizni gulxan atrofla-rida isinganlari xatto isinish jarayonida mehnat qurolla-rini yoki turli bezaklarni yasaganlari xam tabiiy bir xo-latdir. Shunday ekan ongli ravishda bo’lmasa xam tasodifan gulxan atrofiga keltirilgan mis parchasi gulxanga tushib qolib, erishi natijasida o’z qiyofasini o’zgartirishi xam tabiiy xolatlardan biridir. Bundan xulosa shuki inson agar mis parchasi olovga tushsa o’z shaklini o’zgartirish mum-kinligini bilib olganlar. Bunday tasodif inson hayotida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Metallurgiya tarixini o’rganuvchi tarixchilar shu o’rinda A. Pasterni «Tasodif tayyorlangan aqlga yordam beradi» degan firni keltiradi-lar. Haqiqatan xam qariyb 1 mln yil davomida tosh asrini boshidan kechirgan ajdodlarimiz eneolit davriga kelib ancha hayotiy tajribalarga ega bo’lib, xam aqliy, xam jismoniy tomondan ancha kamolotga etgan edilar. Shuning uchun xam metalldan foydalanishni ikkinchi bosqichida ajdodlarimiz misni eritib, undan oddiy bo’lsada loydan yasalgan qolip-larda quyma qurollarni yasay boshladilar. Uchinchi bosqichda rudalarni eritib. ulardan sof mislarni ajratib olina boshlandi va bu bilan haqiqiy metallurgiya ishlari boshla-nadi. Metallarni eritishni bilib olish xronologik jixat-dan eramizgacha bo’lgan V ming yillikka to’ғri keladi. To’rtinchi bosqichni bronza asri desak xam bo’ladi. Chunki bu bosqichda mis bilan qalay eritilib, ularni aralashmasidan bronza (jez) xosil qilinadi. Mis konlarini qadimgi kon-chilarimiz er ustiga zang xolatida ko’k rangda er satxida ko’rinishlariga qarab topganlar Oddiy mehnat qurollari yordamida mis rudalarini qazib olish ancha murakkab bo’lgan. Ammo misga bo’lgan ehtiyoj ularni mis konlarida ishlashga majbur etgan. Birinchi marotaba bronza eradan avvalgi III ming yillikda Old Osiyo va Xindistonda kashf etilgan. Markaziy Osiyoda esa eradan avvalgi II ming yillikni bosh-larida vujudga kelgan. Sharqiy Evropa va Kavkaz ortida xamda janubiy Sibirda xam bronza asri eramizagacha bo’lgan II ming yillikda paydo bo’ladi. Arxeolog olimlarimzni xu-losalariga ko’ra Markaziy Osiyoda bronza davriga kelib, bir necha ming yillar davomida qo’llanib kelayotgan ovchilik va termachilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda o’z mavqeini yo’qotadi. Ajdodlarimizni asosiy yashash manbai chorvachilik va dehqonchilik bo’lib qoladi. Bunday xolatni biz neolit davrida faqat Joyitun madaniyati yodgorliklaridagina ku-zatgan edik.
Arxeolog olimlarimiz A. Asqarov va M. Jo’raqulov-larni bayonlariga ko’ra Markaziy Osiyoda bronza davri ibti-doiy jamoa xo’jaligi ikki zona bo’ylab rivojlanishda da-vom etgan. Uning janubiy- sharqiy va markaziy rayonlari-da, jumladan janubiy Surxon va Zarafshon voxalarida era-dan avvlgi II ming yillikdayoq suғorma dehqonchilik ibitdo-iy bronza jamoasi iqtisodining asosini tashkil etar edi. Farғona vodiysining shimoliy-sharqiy tumanlarida, Tosh-kent voxasining daryo xavzalarida, Қarshi voxasida o’troq dehqonchilik xo’jaliklari bronza davrining so’nggi bosqich-larida mil. av. I ming yillikning boshlarida tashkil top-gan. Markaziy Osiyoning kamsuv cho’l va dasht tumanlari ko’proq chorvachilik uchun tabiiy geografik qulayliklarga ega bo’lgan. Shuning uchun xam u erlar qadimgi chorvador qa-bilalarning makoni bo’lgan. Dehqonchilik bo’lsa, bu xudud-larda faqat daryo etaklarida maxsus suғorishni talab et-maydigan pastqam, zaxkash, botqoq, ko’rfaz (liman) larda olib borilgan. Bronza davrini oxirlariga kelib Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo etaklarida xam kichik- kichik dehqonchilik vohalari tashkil topa boshlaydi. Chorvador qabilalarni esa o’troqlashuvi kuchayadi va ularda xam keyinroq suғorma dehqonchilik apydo bo’ladi.
Shuni aloxida ta`kidlash joizki, yaqin vaqtlargacha misni tabiat yumshoq qilib yaratgani uchun u tosh bilan bel-lasha olmagan, aniqroғi toshdan yasalgan mehnat qurollarini ajdodlarimiz xo’jaligidan siqib chiqara olmagan. Bu vazi-fani keyinchalik temir rudasida yasalgan mehnat qurollari bajargan degan nuqtai nazarlar mavjud edi. Ammo so’nggi yillarda arxeolog olimlarimizni olib borgan izlanishla-rining yakuni shuni ko’rsatdiki, mis o’zini yumshoqligi, si-fat jixatidan toshdan pastligi tufayli emas, balki o’zini noyobligi, ya`ni kamyobligi tufayli tosh qurollaridan o’z us-tunligini ko’rsata olmagan. chunki misdan yaadgan mehnat Қurollarini samaradorligi toshdan qilingan qurollarga nisbatan yuqork bo’lgan. Tosh qurollar ishlatilishi jarayo-nida uqalanib ishdan chiqqach, uni butunlay almashtirish za-RUriyati tuғilsa, misdan qilingan mehnat qurollarini bi-roz charxlab,. ulardan uzoq muddatda foydalanish imkoni bo’lgan. eng muximi arxeologlarimizni o’tkazgan tajribala-ri bir xil vazifani bajarishda misdan yasalgan mehnat qurollarini samaradorligi toshlarnikiga nisbatan yuqori bo’lgan.
Aytilganlardan xulosa shuki, misni kamyobligi tufay-li tosh qurollarni ajdodlarimiz xo’jaligidan siqib chiqa-rish imkoni bo’lmagan. Shuning uchun xam misdan kichik xaj-mdagi bezaklar, sanchuvchi, kesuvchi pichoqlar, bigizlar kabi eng zarur deb topilgan mehnat qurollarini yasaganlar xo-los.
Garchi misdan yasalgan mehnat qurollari yuqorida ta`kidlaganimizdek tosh qurollardan ustunliklarini (ka-myob bo’lganliklari tufayli) namoyish eta olmagan bo’lsa-larda, misga qalayni aralashtirib, bronzani xosil qilgan-laridan so’ng jamoalarni moddiy hayotlarida ijtimoiy tar-tiblarni o’zgarishga olbi keldi. YUqori paleolit davridan boshlab xukmronlik qilib kelayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: |