Alkogol ichimliksiz barlar ommaviy dam olish joylari hisoblanadi. Bunday
joylarga har xil kasbga ega yoshlar uchrashadilar va alkogolsiz ichimliklarni
ichishadi. Yaxshi jihozlangan, did bilan bezatilgan, musiqa xizmatining a’lo
darajada yo‘lga qo‘yilganligi tufayli bu barlar tezda ko‘zga tashlanadi va dam
oluvchilar uchun qulay joy bo‘lib xizmat qiladi.
Salat-barlar - maxsus peshtaxta bilan jihozlangan, ochiq sovutgich vitrinasiga ega. Maxsus idishlarda tayyorlangan har xil salatlar: ko‘k salat, bodring, rediska, pomidor, tuxum, kartoshka, sabzi, qizilcha, ukrop, piyoz, petrushka, karam, shuningdek, go‘sht, baliq, kolbasa, pishloq va boshqalar beriladi. Alohida
idishlarda: yog‘, sirka, gorchitsa, krem, qaymoq, mayonez, shakar, tuz, garimdori
taklif etiladi. O‘z didi va ishtahasiga qarab har bir mijoz tegishli mahsulotlardan
idishlariga solib oladi. Bu barlar «shved dasturxoni»ning bir ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |