6- mavzu. BANKET KONFERENSIYALARNI TASHKIL ETISH
Reja:
Banketlarning xilma-xilligi
Ofitsiantlarning to‘la xizmati bilan o‘tkaziladigan katta banketlar
Ofitsiantlarning qisman xizmati bilan o‘tkaziladigan kichik banketlar xizmati
Banketlarning xilma-xilligi
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik majmualar, mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari, qurilish uchun katta mablag‘lar ajratilmoqda.
Restoranlarda qabul marosimlari, yubiley, banketlar, to‘y va boshqa tantanalar o‘tkaziladi. Tashkil qilinadi-gan banketlar ofitsiantlarning to‘la yoki qisman ishti-roki bilan amalga oshiriladi. Banket furshet, banket kokteyl, choy banketlari bo‘ladi. Bular ko‘pincha xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladi.
Banket o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari buyurtma qabul qilish, tayyorgarlik ko‘rish va xizmatdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |