Buyurtmachining xuquq va majburiyati. Buyurtmachi hamma buyurilgan mahsulotlardan xizmat boshlanishiga 1 sutkadan kam bo‘lmagan mudat ichida voz kechishi mumkin. Agar tantana va banketdagilarning bir qismi kelmaydigan bo‘lsa, buyurtmachining yozma arizasi tantana boshlanishaga 4 soat qolganda berilsa kelmaganlar hisobiga tug‘ri keladigan mablag‘ qaytariladi. Tantanaga qatnashuvchilar soni kamayishi haqida buyurtmachi xizmat boshlanishi oldidan aytgan taqdirdabuyurtmadan bir qismining bahosigina qaytarilishi mumkin. Pul qaytarilishi buyurtmachining yozma arizasi va kasa orderi asosidaamalga oshirilishi mumkin. Bunday holatda taomni boshqalarga realizatsich qilish imkoniyati yo‘q bo‘lsa buyurtmachi mahsulot tannarxini qoplashi mumkin. Realizatsich qilib bo‘lmaydigan taomlarga 3 nusxa dalalatnioma tuziladi. Dalolatniomaga restoran rahbari moddiy ma’suliyatli shaxs qo‘l qo‘yadi. Va bir nusxasi buyurtmachiga beradi.
Dalolatnomaga ichimliklar shuningdek buyurtma schyotga kiritilgan ammo stolgattortilmagan issiq va shirin taolar qandolat mahsulotlari kiritilmaydi. Dalolatnomaga kiritilgan mahsulotlarni nima qilish kerakli buyurtmachining ixtiyorida Realizatsiya qilinmaydigan ammo dlolatnomaga kiritlgan mahsulotlar summasi buyurtmachi xizmat uchun to‘lagan summadan ayriladi. Buyurtmachirestoranga ichimliklar va boshqa mahsulotlar olib kelishi yoki taomlar tayyorlash uchun tashqaridan odam lar yollashi mumkin emas. Buyurtmachi tantana oxirigacha restoranda bo‘lishi kerak.
Buyurtmachi mehmonlar aybi bilan sindirilgan yoki ishdan chiqarilgan idish-anjomlar bahosini preyskurant bo‘yicha to‘lashi shart. Buning uchun chek yozib beriladi va pul belgilangan tartib bo‘yicha kassaga kirim qilinadi.
FURSHET-BANKET
Bunday banketlar rasmiy harakterga ega bo‘lgan, ish bo‘yicha muzokaralar, savdo shartnomalari imzolanishida o‘tkaziladi. Furshet-banketlar, shuningdek yubiley, oilaviy va boshqa bayram tantanalari munosabati bilan o‘tka-ziladi.
Furshet-banketlari o‘tkazilganda qatnashuvchilar stul-larda o‘tirmaydilar, tik turib tamaddi qiladilar va ichim-liklar ichadilar.
Bunday banketlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, taomnomada asosan sovuq ovqatlar, ichimlik-lar, issiq gazak, desert va issiq ichimliklar assorti-menti bo‘ladi.
Sovuq taom va ichimliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:
salatlar (sabzavotlar, baliq, go‘sht, mevalar bilan aralashtiriladi);
qiymalangan tuxumga boshqa mahsulotlar qo‘shiladi;
baliqli gazaklar (dudlangan baliqlar, seld, baliq pashteti, rulet va boshqalar);
go‘shtli gazaklar (sovuq go‘sht assortimenti, uy qush-lari, ov qushlari, kolbasa mahsulotlari);
pishloq qo‘shilgan gazak (pishloqning har xil nav-lari, pecheniy pishloq bilan, yumshoq pishloq);
har xil buterbrodlar.
Furshet-banketlarning o‘ziga xos tomoni shundan ibo-
ratki, taom va gazaklar har bir kishiga alohida oz-ozdan solinadi, iste’mol qilish ham oson bo‘ladi. Taom, gazak-lar yeyish uchun qulay bo‘lsin deb maydalab to‘g‘raladi va pichoq ishlatmasdan vilka bilan tamaddi qilinaveradi. Furshet-banketlarda xizmat qilish restoran zalida xiz-mat qilishga qaraganda 4—5 marta yengil ko‘chadi. Banket davomiyligi 1 soatdan oshmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |