Ota-ona-bola munosabatlari tizimida bola shahsida himoya mehanizmlarining rivojlanishini óziga hosligi
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………
I.BOB. OILAVIY TARBIYA USLUBI BOLANING O’ZIGA BO’LGAN MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY TAHLILI
1.1.Sharq va G'arb allomalarining oiladagi munosabatlar va ularning bola rivojlanishiga ta'siri………………………………………………………
1.2. Ota –ona – bola munosabatlari tizimi……...……………………………
III. BOB. OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING O’SMIRLARDAGI KOGNITIV SOHASIRIVOJLANISHIGA TA’SIRININGEMPIRIK TAHLILI.
2.1. O’smirlarda o’ziga bo’lgan munosabatni rivojlanish xususiyatlari………
2.2. Oiladagi ta’lim-tarbiya uslubi va o'ziga bo'lgan munosabatni bog’liqlik xususiyatlari…………………………………………………………………
XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Farzand tarbiyasi oilaning eng muhim va muqaddas vazifasidir. Farzand tarbiyasi murakkab jarayon hisoblanib, uning o’q ildizi oliadan oziqa oladi. Jamiyat taraqqiyotiga farzandlar kamoli orqaligina erishiladi. Demak, barkamol farzandlarni tarbiyalash har bir davrning dolzarb vazifalaridan biri bo’lib kelgan va bu masalaga ijodiy yondashuv dolzabligicha qolaveradi. Shu sababli mustaqillik yillarining dastlabki kunlaridan boshlab yoshlarga g’amxo’rlik qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustivor vazifalariga aylangan. 2000 – yilning “ Sog’lom avlod yili ”, 2001 – yilning “Ona va bola yili”, 2010 – yilning “ Barkamol avlod yili ”, 2014 – yilning “ Sog’lom bola yili ”, 2016 – yilning “ Sog’lom ona va bola yili ” deb e’lon qilinishihamda bu yilning ya’ni 2021- yilning “ Yoshlarni qo’llab – quvvatlash va aholi Salomatligini mustahkamlashyili” deb nomlangani ham fikrimizning dalilidir. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, O’zbekistonRespublikasi
Jumladan: “Bugunoldimizda turgan o'ta muhim, ulkanvazifalaridan yana biri – bizning o’rnimizga kelayotgan, o’z fikri, o’zdunyoqarashi, zamonaviy bilim va tafakkurga ega bo’lgan yangi avlod tarbiyasidir’’, kabi so’zlari bunga yaqqol misoldir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’z maruzalarida shunday fikrni ilgari suradi ya’ni “Bizni hamisha o’ylantirib keladigan yana bir muhim masala bu – yoshlarimizning odob – axloqi, yurish turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq mustaqil fikrlash jarayoni. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryabti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz va qanday zotlarning avlodimiz, degan davit ularning qalbida doimo aks sado – berib, o’zligiga sodiq turishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz ?Tarbiya, tarbia va faqattarbiyahisobidan.”1deganfikrlari ham yosh avlodning tarbiyasi ularning o’sib ulg’ayishiga hech bir insonning befarq bo’lmasligiga cholaydi. Bu kabi fikrlarning amaliy jihatdan ko’radigan bo’lsak ushbu konsepsiya yaqqol misoldir. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31– dekbrdagi “ Uzluksiz ma’naviy tarbiya kansepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi 1059 – son qarorida belgilangan. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishning ustuvoryo‘nalishlaridan biri aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning samarali usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish hisoblanadi. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko‘nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish asosida yuksak fazilatli, barkamolavlodni voyaga yetkazishdan iborat.Konsepsiya to‘rtta bosqichni qamrab oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |