Ota-ona-bola munosabatlari tizimida bola shahsida himoya mehanizmlarining rivojlanishini óziga hosligi mundarija


III. BOB. OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING O’SMIRLARDAGI KOGNITIV SOHASI RIVOJLANISHIGA TA’SIRINING EMPIRIK TAHLILI



Download 123,67 Kb.
bet4/7
Sana12.05.2023
Hajmi123,67 Kb.
#937523
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ota-ona-bola munosabatlari tizimida bola shahsida himoya mehanizmlarining rivojlanishini óziga hosligi

III. BOB. OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING O’SMIRLARDAGI KOGNITIV SOHASI RIVOJLANISHIGA TA’SIRINING EMPIRIK TAHLILI.
2.1. O’smirlarda o’ziga bo’lgan munosabatni rivojlanish xususiyatlari
Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar.Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlarijadal rivojlana boshlaydi. Maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘qish o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarningfanlarnimuvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. O‘qish faoliyati asosida o‘smirning o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi, boshqa odamlar, atrof olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi.Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq bo‘lgan holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bo‘lishibilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlariningto‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. O‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardek so‘zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Maktabdagi o‘quv jarayonlariningto‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatgakirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki - mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. yozma nutq ham rivojlangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smirlarning nutqi to‘la tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar. O‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nutqini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. O‘quvchi yozib bayon qilayotganida, ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. Mana shu hollarning hammasi bolani o‘z nutqinigrammatika va logika talablariga muvofik keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga ayniqsa katta ta’sir qiladi. O‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tanishadilar. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim bosqich bo‘ladi. O‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va ayniqsa o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallashda katta ahamiyatga ega. O‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’sir kiladi. O‘quvchi darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni yopib ko‘yib, o‘z-o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham beradi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni grammatika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda ayniqsa, tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi:. O‘qituvchi o‘quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangina kifoya kilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapi­rib berayotganiga ham e’tibor berishini o‘quvchi yaxshi tushunadi.
Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O‘smir o‘z diqqatini to‘la ravishda o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan faoliyatlarga qarata oladi. O‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. 11-12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. O‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. O‘smir tafakkurningnazariydarajaga qanchalik tez ko‘tarila olishi, o‘quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. O‘smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o‘taqiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o‘z layoqatlarini namoyish etish, Shuningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O‘smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan o‘sha masala doirasida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo‘yichamuqobil variantlarni taqqoslay oladilar. O‘smir tafakkuri ko‘pincha umumlashtirishga moyil bo‘ladi. O‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi qimmatli va obro‘li hisoblanadi. O‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Demak, o’smirlik davrida bilish jarayonlarida ham o’zgarishlar mavjud bo’ladi. Bu esa o’smirning psixologik holatiga ta’sir qiladi.


Download 123,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish