Ota-ona-bola munosabatlari tizimida bola shahsida himoya mehanizmlarining rivojlanishini óziga hosligi mundarija



Download 123,67 Kb.
bet2/7
Sana12.05.2023
Hajmi123,67 Kb.
#937523
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ota-ona-bola munosabatlari tizimida bola shahsida himoya mehanizmlarining rivojlanishini óziga hosligi

Birinchi bosqich: oilalarda homila davri, bola tug‘ilgandan 3 yoshgacha
Ikkinchi bosqich: maktabgacha ta’lim 3−6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr;
Uchinchi bosqich: umumiy o‘rta ta’lim (7 (6)-10 yoshgacha,11−17 (18) yosh);
To‘rtinchi bosqich: ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar va OTM tizimidagi yoshlardir.Ushbu tanlangan mavzuimiz “Oiladagi shaxslararo munosabatlar bolaning emotsional va kognitiv sohasiga ta’siri” mavzusi bugungi kun uchun dolzarbdir.
Kurs ishining maqsadi.Oilaviy tarbiya uslubi o'smirlarda o'ziga bo'lgan munosabatni shakllantirish omili ekanligini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari:
1.Sharq va G'arb allomalarining oiladagi munosabatlar va ularning bola rivojlanishiga ta'sirini o’rganish;
2.Ota –ona – bola munosabatlari tizimini tahlil qilish;
3. O’smirlarda o’ziga bo’lgan munosabatni rivojlanish xususiyatlarini ochi berish;
Oiladagi ta’lim-tarbiya uslubi va o'ziga bo'lgan munosabatni bog’liqlik xususiyatlarini ko’rib chiqish.
Kurs ishi predmeti:Oilaviy tarbiya uslubi orqali o'smirlarda o'ziga bo'lgan munosabatni shakllantirish jarayoni


Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi 2 ta bob, 4ta reja, xulosa va tavsiya, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I.BOB. OILAVIY TARBIYA USLUBI BOLANING O’ZIGA BO’LGAN MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY TAHLILI
1.1. Sharq va G'arb allomalarining oiladagi munosabatlar va ularning bola rivojlanishiga ta'siri


Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoqasrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalarda bo’lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, YusufXos Hojib, Muhammad Qoshg’ariy, Kaykovus, Hotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Furqat, Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Sharq mutafakkirlari shaxs tarbiyasi va komolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning ro’lini yuqori qo’yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota – ona va yaqin kishiarning yo’naltiruchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Quyida sharq mutafakkirlarining oilaviy munosabatlar, oilada ota – ona va farzand munosabatlariga nisbatan bildirgan fikrlari bilan tanishamiz.Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog’laydi. Inson tabiati ota-ona. Avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko’ra, bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunaga benihoya kattadir. Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o’rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, pokizalik va tartib mavjud emas ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo’lmaydi. Bu fikrini tanni toza tutish bilangina cheklab bo’lmaydi, balki ko’p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog’lomlik bilan ma’naviy kamolot o’rtasidagi o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy aytishicha, odam-odamni talamaydigan va xo’rlamaydigan yomonchilik bo’lmaydigan davrlarda odamlar tinch-totuv yashaganlar, ular o’rtasida o’zaro oqibat bo’lgan, birgalashib savob ish qilganlar. Binobarin, bunday ma’naviy muhit bolalarning tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Oliyjanoblik odamgarchilik jamiyatda qaror topsa, bu fazilatlar kishilar hayotiy faoliyatiga kirib borishi oson bo’ladi, degan fikrni olg’a surgan. Beruniyning yozishicha, kishilar hayotlarida turli holatda bo’ladilar va turlicha harakat qiladilar. Ularning ayrimlari bilan maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi bolalar ko’z o’ngida yuz beradi. Buni to’la his etgan ota-ona ehtiyot bo’lmoqlari zarur. Ota-onalar bilan birga harakat qilishlari, turli o’yinlar uyushtirishlari, ular bilan birga o’zaro suhbatlar o’tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Bu bilan Beruniy bolalarni tarbiyalashning muayyan uslubiyotini ham asoslab bergan. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni hohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.Abu Ali ibn Sino. Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”, “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir.Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”, - degan fikrni bildirgan. Ibn Sino “Tib qonunlari” nomli asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi. “Tadbir ul-manozil” asarida er va xotinning yaxshi sifatlari sanab o’tiladi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o’rnak bo’lib, uning kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida uqtiriladi. Ibn Sinoning yaxshilik va yomonlik tushunchalariga bo’lgan munosabati Farobiy va Beruniylar fikriga hamohang bo’lib, u ham irsiyat, muhit va tarbiyaning ta’siri bola tarbiyasi uchun birdek muhim deb hisoblaydi. U yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, muhit odatlani natijasida vujudga kelishini qayd qilib o’tadi. Uning fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota -ona “nafaqat so’z bilan balki amalda ham bola ruhiga ta’sir o’tkazmog’i lozim”2 deb aytib o’tadi. “Bizning fikrimizcha, oila va ayol xususida Ibn Sino ba’zan bir tomonlamalikka yo’l qo’ygandek tuyiladi, chunki bunda asosiy e’tibor va urg’u faqat ayol shaxsiga qaratiladi, lekin bu fikrlarning asosida ayollarning psixologik jihatdan oila muhitini ifodalaydigan kishilar sifatida qarash hozirgi davr uchun ham ahamiyatlidir”3
Alisher Navoiy. Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta’lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g’oya ekanligini o’rtaga surdi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir, shunga ko’ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi. Alisher Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug’laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo’lishi bola tarbiyasida muhim rol o’ynashini ko’rsatib o’tadi. Masalan, uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yaxshi xotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va baxti. Uning oroyishi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo’lsa – ko’ngil ozig’i, xushmuomala bo’lsa jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib intizom bo’ladi ... U beandisha, shallaqi bo’lsa, ko’ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo’lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo’r bo’lsa, uy obodligi yo’qoladi, aqlsiz bo’lsa, oila rasvo bo’ladi” deydi. Alisher Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzulishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Shuningdek, yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, u bora-bora illatga aylanadi.Abdurauf Fitrat. XX asr o’zbek milliy tafakkuri taraqqiyotida alohida mavqyeiga ega bo’lgan mutafakkir, ma’rifatchi olim va jurnalist. Abdurauf Fitrat “Sayha” she’lar to’plami, “Munozara”, “Hind sayyohi qissasi” kabi asarlar muallifidir. Abdurauf Fitrat “oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari pedagogika sohasida katta nufuzga ega bo’lgan asarlardan biri hisoblanadi. U mazkur asarida oila qurish zaruratidan tortib, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, ota-ona, farzandlarning huquq va burchlari, hatto go’daklarni tarbiyalash va unda yosh onalarning o’zini qanday tutish kerakligi haqidagi masalalargacha chuqur yoritib bergan. Ijtimoiy omil sifatida oilaning jamiyatdagi o’rni bolalarning ijtimoiy, axloqiy va mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga sog’lom ma’rifatli oila va u voyaga tekazadigan har tomonlama yetuk avlodning shu millat va mamlakat iqtisodiy - siyosiyrivojining, shu yurt shonu-shuhrati, qudratining poydevori, abadul-abad mavjudligining muhim shartlaridan ekanligini ta’kidlagan.AbduraufFitratning fikricha, farzandini to’laqonli kamol toptirib, o’stirish uchun unga jismoniy, aqliy va ma’naviy tarbiyadan iborat ko’p tartibli tarbiya berish muhimdir. Fitrat bolaning ruhiyati, ota-ona va farzand ruhiyatlarining nisbatan va o’zaro bog’lanish masalasiga katta e’tibor berar ekan, u bizning hozirgi tushunchamizdan iste’dodli ruhshunos-pedagog sifatida ham ko’rinadi. “odamning fe’l va harakatini bir yaxshi shakl va mazmunga keltirish uchun ruhni tarbiyalash lozim”, - deb yozadi u. “Bolalarni o’ziga ishongan, kuchli, topqir, chaqqon va aqlli qilib tarbiyalash uchun o’z qadr qimmati, sha’nini hurmat qilish rayin tarbiya qilmolikni, sizning bilan birga yon atrofdagi odamlar bilan hisoblashishni o’rgatmoq kerak… Bolalarni shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo’lgan intilishlari hech qachon xazon bo’lmasin… Ota-ona bolaga mamnunlik va xursandchilik qilishni man yetmasliklari, balki axloqqa zid bo’lmagan ishlar bilan mamnun va xursand bo’lishini qo’llab-quvvatlashi kerak”,- deydi.Bolani rivojlantirish bo'yicha maslahat berish amaliyotida ota-onalar bilan ishlashga murojaat qilish zarurati psixodinamik yondashuv doirasida birinchi marta e'lon qilindi. Psixoanalitik yo'nalishning muhim yutug'i shundaki, uning asoschilari ota-onalarning bolalar bilan o'zaro munosabatlari va bolalikdagi turli xil ruhiy jarohatlarga e'tibor berishgan ( Xoll, Z. Freyd, K. Xorni) T. Adorno asarlarida olingan ma'lumotlar, V. Shutts, J. Boulby, E. Erikson, M. Ainsvorz va boshqalar keng shuhrat qozondi va tan olindi. Ular bolalarga erta yoshdanoq g'amxo'rlik qilish va ularga insoniy munosabatda bo'lish muhimligini ta'kidladilar.Psixoanalitik yo'nalishning asosiy yo'nalishi sifatida V. Shutts (1958) tomonidan shaxslararo xatti-harakatlarning uch o'lchovli nazariyasi shuhrat qozondi. Uning fikriga ko'ra, har bir shaxs uchta shaxslararo ehtiyojlar bilan ajralib turadi: qo'shilish zarurati, nazorat qilish zarurati va sevgiga bo'lgan ehtiyoj. Ushbu ehtiyojlarni buzish ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bolalikda hukmronlik qiladigan xulq-atvor kattalar shaxsini boshqalarga nisbatan yo'naltirish usullarini to'liq belgilaydi.


Download 123,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish