rasm. Avtomobilda batareyadan o‘t oldirish sistemasini o‘rnatish
a-birinchi silindrdagi porshen vaziyatini aniqlash: b-uzgich kontaktlarining ajrala boshlash vaqtini aniqlash: v-yuqori kuchlanishli simlarni taqsimlash sxemasi: 1-ko‘rsatkich; 2-dvigatel maxovigi; 3-po‘lat sharik; 4-ko‘chma lampa; 5-saqlagichning yon qismasi; 6-induksion g‘altak; 7-taqsimlagich qopqog‘i; 8-silindr kallagi.
Taqsimlagichni o‘rnatishdan avval rotor qo‘yiladi. Rotor yo‘nalgan taqsimlagich qopqog‘ining yon chiqishini birinchi deb hisoblash lozim, boshqa yon chiqishlar yuqori kuchlanishli sim vositasida dvigatel silindrlarining ish tartibiga mos ravishda svechalarga ulanadi, ya’ni 1-5-3-6-2-4 (rasm, v). Hisob rotor harakati bo‘ylab olib boriladi, buning uchun taqsimlagich qopqog‘ida strelka bor.
ZIL-130 avtomobilidagi batareyadan o‘t oldirish tizimi ham xuddi shunga o‘xshab o‘rnatiladi. Birinchi silindrdagi siqish taktni aniqlash uchun tirsakli val shkivdagi teshik ko‘rsatkichlardagi o‘rta chiziqqa to‘g‘ri kelgunga qadar burash dastasi bilan asta aylantiriladi. Bunda birinchi silindrda porshen yu.ch.n. ga 9, ya’ni shu dvigatel uchun o‘t oldirishni ilgarilatishning doimiy burchagiga etmaydi. Uzgich kontaklarining ajrala boshlashi ko‘chma lampa yordamida oson aniqlanadi. YUqori kuchlanishli simlar silindrlar ish tartibiga asosan o‘t oldirish svechalariga ulanadi (1-5-4-2-6-3-7-8).
Batareyadan o‘t oldirish tizimning to‘g‘ri o‘rnatilganligi avtomobil harakatlanayotganda 34 nominal yuklamada tekshiriladi. Bunda dvigatelni 70-80 S gacha qizdirish kerak. 25-35 kmsoat tezlikdan to‘g‘ri yurishga o‘ta turib avtomobil tezlashtiradi va drossel zaslonkasi pedaliga keskin bosiladi. Agar bunda sust, qisqa-qisqa taqqilashlar eshitilsa, demak o‘t oldirish to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi. Agar taqillashlar kuchli va o‘qtin-o‘qtin eshitilsa, uzgich-taqsimlagich korpusini oktan-korrektor shkalasi chiziqlarining bittasiga “-‘’ ishora tomon burish kerak. Agar taqillash eshitilmasa, korpus bitta chiziqqa “” ishora tomon buriladi.
Batareyadan o‘t oldirish asboblari nuqsonlariga o‘t oldirish svechasi elektrodlaridan uchqun chiqmasligi yoki kam uchqun chiqishi, yoki bo‘lmasa vaqt-vaqti bilan uchqun chiqishi sabab bo‘lishi mumkin. Nuqsonlari joyni topish uchun dastlab past kuchlanishli tok zanjiri shikastlangan-shikastlanmaganligini aniqlash, so‘ngra yuqori kuchlanishli tok zanjirini tekshirish kerak. agar akkumulyator batareyasi yaroqli bo‘lsa, unda o‘t oldirishni ulab, tirsakli valni burash dastasi bilan asta aylantirib, ampermetr strelkasini kuzatish kerak. Agar strelka qimirlamasa, demak past kuchlanishli tok zanjiri uzilgan. Uzilishni faqat simlardan emas, balki o‘t oldirish g‘altagidan ham qidirish kerak. Agar ampermetr strelkasi-20 tomonga tez og‘ib, shu holatda to‘xtab qolsa, bu massada tutashish borligidan darak beradi. Zanjir uzilmagan bo‘lsa, ampermetr strelkasi zaryadsizlanish tomon sekin og‘adi va tirsakli val aylanganda qimirlab turadi.
YUqori kuchlanish zanjirida kondensator va o‘t oldirish svechalariga, shuningdek simlarning ishonchli ulanganligiga e’tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |