0‘t oldirish tizimlari kontaktl1



Download 405,6 Kb.
bet1/9
Sana22.07.2022
Hajmi405,6 Kb.
#838989
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Сарвар



0‘T OLDIRISH TIZIMLARI
KONTAKTL1 О`Т OLDIRISH T1Z1IVI1
0‘t oldirish tizimi dvigatel silindrlarida yonuvchan aralashmani kerakli paytda ishonchli tarzda alangalanishini ta’minlash va dvigatelni yuklanishiga hamda aylanishlar-chastotasiga bog'liq ravishda o‘t oldirish paytini (ilgarilatish burchagini) o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Karburatorli avtomobil dvigatellarida kontaktli, kontakt-tranzistorli va kontaktsiz o‘t oldirish tizimlari qoMlaniladi. Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash tartibi. U (12.1 -chizma, a, b) o‘t oldirish g'altagi (3) uzgich-taqsimlagich (5) uchqun svechalari (4) va o‘t oldirish uzgichidan (I) iborat. Q‘t oldirish tizimi akkumulator batareyasidan (2) yoki generatordan (tolc bilan) ta’minlanadi. O't oldirish g'altagi, uzgich-taqsimlagich va svechalar o'zaro yuqori kuch­lanish simian bilan ulangan

12 1-chiz/na Batareyali ot oldirish shakllari; a-umumiy; 6-prinsipial (qatiy). / o' I oldirish uzgichi; 2- akkumulyaior batanyasi; 3-ot oldirish g'altagi; 4-uchqunli o't oldirish svcchalari; 5-uzgich-taqsimlagich; 6-rotor; 7-kulachok (mushtcha); S-uzgich kontakllan; 9-kondensaior; (O-biriamchi oho'lg'am, //-ikkilamchi cho'lg'am; tZ-qo'shimcha rezistomi uzish kontaktlari Rc qo'shnncha rezistor (variator); fit-chiqib ketish (utcchka) qarshiligi; ВК-Б, BK-ot oldirish g'altagining qisqichlari.
O't oldirish uzgichi (1) ulanganda va uzgich kontaktlari (8) tu- tashganda, ot oldirish g'altagining birlamchi zanjiridan 1, tok ota boshlaydi. 04 oldirish g'altagi sezilarli induktivlikka ega, shuning uchun I, tok kuchi barqaror qiymatga birdaniga emas, balki malum vaqt o'tgan-dan so'ng yetib boradi. Chunki tokni tezlik bilan ortishiga g'altak o'zinduksiyasining EYK to'sqinlik qiladi (12.2-chizmadagi egri chiziqlar).
Uzgich kontaktlari ajralgan zahoti 1, tok tezda nolgacha pasayadi va U hosil qilgan magnit maydoni yo'qoladi. Shu paytda magnit maydonining ozgarishi (ka- mayishi) natijasida ot oldirish g'altagining birlamchi va ikki- lamchi cho'lg'amlarida EYKinduksiyalanadi.



Magnit oqimining yo'qo- lish tezligi yoki boshqacha aytganda, 1, tokning pasayish tezligi qanchalik katta bo'lsa, ikkilamchi choJgamdagi EYK shuncbalik yuqori bo'la- di. Riroq, birlamchi cho‘1- g'amdagi EYK uzgich kon- taktlari ajralgan paytda I,, tokni tutib turadi. Natijada kontaktlar oralig'ida ularni kuydiruvchi (kontaktlarning elektr yemirilishi deb ataluv- chi) uchqun hosil boladi. Bu hodisani bartaraf etish uchun uzgich kontaktlariga parallel qilib C, kondensator ulanadi. C, kondensator bo'lgan va bo‘lmagan holatlarda I, tok­ning uzgich kontaktlarini ochilish paytidagi o'zgarish tavsifi. tavsifmi, o‘t oldirish tizimlarini tekshiruvchi diagnostika stendlarining ossillografida ham ko'rish mumkin. Yorih o'tuvchi kuchlanish deb ataluvchi, svechadagi havo tirqishini yorib o'tishga yetarli bo'lgan kuchlanish ko‘p jihatdan dvigatelning ishlash rejimiga bog'liq bo‘ladi. To‘la yuklanish bilan yuqori chastotali ayianishlarda ishlayotgan dvigatelda yorib o'tuvchi kuchlanish minimal (4-5 ming V) bo'lsa, sovuq dvigatelni yurgazishda maksimal (9-12 ming V) bo‘ladi. Dvigatelni yurgazishda o‘t oldirish g'altagi akkumulator batareyasidan tok bilan ta'minlanadi, lekin batareyadagi kuchlanish startyor ko'p tok iste’mol qilganligi sababli pasaygan bo'ladi. Dvigatelni yurgazish paytida o‘t oldirish g'altagidagi kuchlanishning pasayishi, I, tok va U2 kuchla- nishning ham pasayishiga olib keladi. Dshbu hodisani bartaraf etish uchun ba’zi bir o‘t oldirish g'altaklarida birlamchi cho'lg'amga ketma- ket ulangan qo'shimcha R( rezistor qo'llaniladi (12.1 -chizma, b ga qarang). Bunday hollarda o‘t oldirish g'altagining birlamchi cho'lg'ami 7-8 V kuchlanishga hisoblanadi, ta’minlash manbayinyng qolgan kuchlanishi qo'shimcha rezistorda so'ndiriladi. Dvigatelni yurgazish chog'ida qo'shimcha R ( rezistor startyorni ulovchi rele yoki tortuvchi rele kontaktlari orqali uzib qo'yiladi. Natijada batareya kuchlanishining pasayishiga qaramasdan, o't oldirish g'altagining birlamchi cho'lg'ami o'zining me’yorda ishlashi uchun zarur bo'lgan kuchlanishni oladi. Dvigatelning aylanishlar chastotasi ortganda, birlamchi zanjirni vaqt birligi ichida uzib qo'yish soni o'sadi, uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti esa kamayadi. Bu o'z navbatida !: tokning pasayishiga olib keladi, chunki u, kontaktlar tutashib turgan vaqt davomida o'zining turg'un qiymatigacha ko'tarilishga ulgura olmaydi (12.2-chizmaga qarang). Chizmada rezistor qarshiligining o'zidan o'tayotgan tok va rezis- tor materialiga bog'liq ravishda o'zgarishi ko'rsatilgan. Rezistor o‘t oldirish g'altagining birlamchi cho‘lg‘ami bilan ketma-ket uianganligi bois, birlamchi zanjirining umumiy qarshiligi zanjirdagi tok kuchiga bog'liq holda o'zgaradi. Tirsakli valning kichik chastotali aylanishlarida qachonki tok kuchi o'zining barqaror qiymatiga erishishga ulgurayotgan paytda qo'shimcha rezistorning qarshiligi eng katta qiymatga ega bo'ladi. Katta chastotali aylanishlarda, 1, tok kuchi uncha katta bo'Imagan paytda qo'shimcha rezistorning qarshiligi kichik bo'ladi. Shunday qilib, nikeldan tayyor- langan qo'shimcha rezistor qo'llanilishi, ikkilamchi kuchlanishni dvigatelning kichik chastotali aylanishlarida kamaytirish va katta chastotali aylanishlarida ko'paytirish imkonini beradi. Agar qo'shimcha rezistor konstantadan (mis-nikel qotishmasi) tayyorlangan bo'lsa, bu hodisa kuzatilmaydi va dvigatelni yurgazish chog'ida ikkilamchi kuchlanish anchagina yuqori qiymatga erishadi. 12.5-chizmada
i


Download 405,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish