O‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. Induksion g‘altaklar


Uzgich-taqsimlagichlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning nuqsonlari



Download 1,45 Mb.
bet5/21
Sana18.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#820734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
O`T OLDIRISH TIZIMI

4. Uzgich-taqsimlagichlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning nuqsonlari

Uzgich-taqsimlagichga texnikaviy xizmat ko‘rsatish quyidagi operatsiyalarni bajarishni talab etadi.


Xar smenada texnikaviy xizmat ko‘rsatishda asbob chang va iflosdan tozalanadi, asbob va simlarning qanday mahkamlanganligi va ulanganligi tekshiriladi. qapqoqni olganda u sinmasligi uchun ikkala prujina lo‘kidoni bo‘shatiladi. qapqoqni o‘rnatilishida uni qiyshiq maxkamlab qo‘yish mumkin emas.
1-texnikaviy xizmat ko‘rsatishda yuritish valigi qalpoqli maydonning qopqog‘i yarim aylanishga buriladi, moyi tekshiriladi, agar zarur bo‘lsa, moydan UTM moyi bilan to‘ldiriladi.
2-texnikaviy xizmat ko‘rsatishda uzgich uyasidan olinib
ko‘zdan kechiriladi va tozalanadi. Kontaktlar cho‘tkachani benzin bilan xo‘llab tozalanadi, ko‘ygan va shaklini yo‘qotgan kontaktlar nadfil yoki abraziv plastinka bilan tozalanadi, so‘ngra ularning ish yuzalari benzin shimdirilgan shisha qog‘oz va zamsha bilan yaltiratiladi.
Kontaktlar orasidagi tirqish tekshiriladi va zarur
bo‘lsa, rostlanadi, kontaktlar to‘la ajralganda zazor 0,35-0,45 mm bo‘lishi kerak. Rostlashda uzgich plastinasining qisish vinti eng katta tirqish hosil bo‘lgo‘ncha otvyorka bilan bo‘shatiladi, so‘ngra rostlash vintini (ekssentrikni) bo‘rib zarur tirqish o‘rnatiladi; rostlash tugallangach qisish vinti burab mahkamlanadi.
Uzgich prujinasining tortish kuchi dinamometr yordamida tekshiriladi, u 0,4-0,65 kgk bo‘lishi lozim. Uzgich qopqog‘ining elektrodlari va rotorning tarqatish plastinasi benzin shimdirilgan toza latta bilan artib tozalanadi.
Uzgich disklarining sharikli podshipniklarini moylanadi. Buning uchun bir tomchi mashina moyi uzgichning yuqorigi diski teshigiga tomiziladi. Mushtchali shayba piltasini moylash uchun ikki-uch tomchi, markazdan qochirma rostlagich valigini moylash uchun to‘rt-besh tomchi mashina moyi etarli.
Uzgichga texnikaviy xizmat ko‘rsatishda eng asosiy operatsiya kontaktlarni tozalashdir. Asbob ishlagan vaqtda metall qo‘zg‘aluvchan kontaktdan qo‘zg‘almas kontaktga (kontaktlar eroziyasi) ko‘chadi. qo‘zg‘almas kontaktda do‘ngcha, qo‘zg‘aluvchan kontaktda chuqurcha (krater) hosil bo‘ladi. Kontaktlarni tozalashda do‘ngchani yo‘qotish va kraterni bir oz egovlash kerak. Biroq kraterni butunlay yo‘qotish tavsiya etilmaydi, chunki bu kontaktning ingichkalashishiga sabab bo‘ladi. Agar kontakt yuzalarida oksid plyonka paydo bo‘lgan bo‘lsa (avtomobil o‘zoq vaqt issiqda yoki zax xonada saqlaganda) ham ularni tozalash kerak. Bu plyonka kontaktlar orasida izolyatorga aylanib, induksion g‘altakda tok paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ish yuzalarini tozalashda ishlatiladigan nadfil yoki abraziv plastinkaning qalinligi 1 mm dan oshmasligi lozim. Asbobning qalinligi shuncha bo‘lganda kontaktlarni ko‘p surishga to‘g‘ri kelmaydi. Kontaktlarning paralleligi saqlanishi uchun tozalash vaqtida qo‘zg‘aluvchan kontaktning richagchasi barmoq bilan bosib turiladi. Avtomobilni saqlashga qo‘yishda kontaktlarga texnikaviy vazelin surkaladi. Ularning ish yuzalarini tanga bilan qirib tozalash tavsiya etilmaydi, chunki tanga ko‘proq oksidlanadi, bu kuyundi qatlami hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Avtomobil 16-20 ming km yurgach, uzgich-taqsimlagich rostlagichni dvigateldan olib, qismlarga ajratish, detallarni benzinga yuvish va ularning holatini tekshirish tavsiya etiladi. Markazdan qochirma va vakuum rostlagichining ishlash qobiliyati mahsus stend va ustaxonalarda tekshiriladi.
Uzgich-taqsimlagichlarning xarakterli nuqsonlari kontaktlarning oksidlanishi yoki ular orasidagi tirkishning o‘zgarishi, uzgich richagchasi prujinasining bo‘shashishi yoki sinishi; tekstolit kolodkaning tovoni, uzgich mushtchaning chiqaqlari, yuritish valigi vtulkasining eyilishidan iborat. Bu nuqsonlarning barchasi uchqunning uzilib-uzilib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ularni tezda bartaraf etish lozim.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish