Mavzu: Marshrut, strelka va svetoforlarni o‘zaro bog‘liqligi I. Ishdan maqsad: Strelkalarning holatini aniqlash tartiblarini o’rganish.
II. Qisqacha nazariy ma’lumotlar: Marshrut, strelka va svetoforlarni o‘zaro bog‘liqligi. Sxematik reja bo‘yicha marshrutlar, strelkalar va svetoforlar o‘zaro bog‘liqligini aniqlovchi quyidagi asosiy jadvallar tuzilishi kerak:
- asosiy poyezd marshrutlari;
- variantli poyezd marshrutlari;
- manevr marshrutlari;
- yo‘l qo‘yilmaydigan marshrutlar;
- marshrutda qatnashmaydigan, lekin nazorat qilinadigan gabaritsiz strelka uchastkalari va strelkalar;
- ajralishga sekinlashishga ega yoki birlamchi holatiga avtomatik tarzda qaytuvchi strelkalar;
- svetofor signal ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligi.
Bundan tashqari, strelkani mahalliy boshqaruvida strelkani ikki tomonlama boshqarish variantlari jadvali, stansiyada pereyezd bo‘lganda, pereyezd signalizatsiyasini ishlash sharoiti jadvali tuziladi. Zaruriy hollarda burchak ostidagi harakatlanishda strelka kesilishi oldini olish uchun strelkani qo‘shimcha berkitish jadvali ko‘zda tutiladi.
Poyezd va manevr marshrutida stansiyaning yo‘l yoyilmasi imkon beruvchi barcha asosiy va variant marshrutlari ko‘rastiladi. Manevr marshrutlar ro‘yxatida asosiy marshrutlar birinchi bo‘lib ko‘rsatiladi.
Asosiy marshrut deb, eng kam qarama-qarshi marshrutga ega va harakatlanishni ko‘proq tezligini ta’minlovchi stansiya bo‘yicha harakat tarkibi harakatlanishining eng qisqa yo‘liga aytiladi. Variant marshruti asosiy marshrut bilan mos keluvchi boshlanish va oxiriga ega bo‘lib, asosiy marshrutdan strelkalar holati bilan farqlanadi.
Markazlashgan boshqaruvdan chiqarilgan poyezd va manevr marshrutlari alohida ro‘yxatda keltiriladi.
Asosiy poyezd marshrutlarining jadvali (4.1-rasm) barcha stansiya uchun stansiyaning bir bo‘g‘izini “qabul qilish-jo‘natish”, so‘ngra boshqasi “jo‘natish-qabul qilish” tartibida tuziladi. Poyezd marshruti jadvalida harakatlanish yo‘nalishi, tartib bo‘yicha marshrut raqami, marshrut nomi va svetofor belgisi keltiriladi. Har bir marshrut o‘rnatilganda berkitilishi talab etilgan barcha harakatdagi (ходовой) va muhofaza (охранная) strelkalar holati ko‘rsatiladi. Qabul qilish-jo‘natish yo‘llariga tutashuvchi strelkalar qabul qilish va jo‘natish marshrutlarida nazorat qilinadi.
Variantli poyezd marshrutlari jadvalida (4.2-rasm) marshrut yo‘nalishini aniqlovchi strelkalar, shuningdek tegishli tushintirishlar bilan “Izoh” qatori kiritiladi.
4.2-rasm. Toq va juft bo‘g‘izlarning variantli poyezd marshrutlari
Manevr marshruti jadvalini stansiya bo‘g‘izi uchun tuzish maqsadga muvofiq (4.3-rasm). Bunda faqat marshrut yo‘nalishini aniqlovchi strelkalar ko‘rsatiladi. Depo va markazlashmagan hududga kirish uchun ruxsat olish kerakligi “Izoh” qatorida ko‘rsatiladi.
4.3-rasm. Juft bo‘g‘iz manevr marshrutlari
Gabaritsiz strelka seksiyalari bo‘shligi va muhofaza strelkalari holatin nazorat qilish masalalarini yechish uchun marshrutda qatnashmaydigan, lekin nazorat qilinadigan gabaritsiz himoyalash uchastkalari va strelkalari tuziladi.
To‘xtovsiz aylanish yuzasiga ega strelkalar, shuningdek qabul qilish marshrutida harakat yo‘nalishiga teskari ikkinchi va uchinchi strelkalar ajralishga 15-20s sekinlashishga ega bo‘lishi kerakligi alohida jadvalda ko‘rsatiladi (4.4-rasm). Shu jadvalda minus holatda foydalanilgan plyus holatiga avtoqaytuvchi strelkalar ham ko‘rsatiladi.
Strelkani qo‘sh va mahalliy boshqaruvida strelkadan oldingi uchastkaning ruxsat etilgan minimal uzunligi hisoblab aniqlanadi. Manevr ishlarida harakatlanish tezligi 16km/soat (4m/s) deb qabul qilingan.
Uzunligi 6m dan kam strelkalardan oldi uchastkalarda qo‘llashga ruxsat berilmaydi.
Burchak ostida harakatlanish amalga oshiriladigan manevr svetofori oldida joylashgan gabaritsiz uchastkasi strekalari keyingi qo‘shni uchastka berkituvchi relesi yordamida berkitiladi.
Poyezd svetoforlari signal ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri loyihalash uchun alohida svetoforlarning signal ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqlik jadvali juft va toq yo‘nalishlar uchun tuziladi.
4.4-rasm. Muhofaza strelkalari va nogabarit uchastkalar nazorati
4.5-rasm. Ochilishga sekinlashuvchi yoki avtoqaytguvchi strelkalar