O‘t oldirish tizimining ishlash prinsipi. Induksion g‘altaklar



Download 1,45 Mb.
bet15/21
Sana18.07.2022
Hajmi1,45 Mb.
#820734
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
O`T OLDIRISH TIZIMI

Kondensatorlar
Kondensator uzgich kontaktlarining kuyishini kamaytirish, transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanishni oshirish, shuningdek uchqundan o‘t oldirish elektrodlari orasidagi razryadni yaxshilashga xizmat qiladi. Kondensator quyidagicha ishlaydi.
Transformator birlamchi chulg‘amining zanjiri tutashgan vaqtda past kuchlanishli tok magnetoga kondensatordan o‘tmay uzgich kontaktlari orqali o‘tadi. (Ma’lumki, kondensator o‘zgarmas elektr tokini o‘tkazmaydi). Kontaktlar ajralgan vaqtda tokning oz qismi uzgichning ajraluvchi kontaktlari orasida kam uchqun chiqarib, havo oralig‘ini teshib o‘tadi, biroq kontaktlar orasidagi tirqish kattalashganda tokning ko‘p qismi faqat kondensatorga keladi. Kondensator tokni yutib zaryadlanadi, natijada kontaktlar orasidagi uchqun kamayadi. bunda kondensator qoplamlaridagi kuchlanish ko‘payadi. Bu kuchlanish ma’lum miqdorga etganda kondensator zaryadsizlana boshlaydi, bunda uning razryad tokining yo‘nalishi transformator birlamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan tok yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘ladi. SHuningdek, bu tok hosil qilgan magnit oqimining yo‘nalishi ham qarama-qarshi bo‘ladi, bu transformator o‘zagining tez magnitsizlanishiga sabab bo‘ladi. O‘zakning tez magnitlanishi va magnitsizlanishi ikkilamchi chulg‘amda e.yu.k. ning juda ham oshib ketishiga sabab bo‘ladi.
Kondensator ishlashi natijasida svecha elektrodlarida kamayuvchi tok impulsi hosil bo‘ladi, ya’ni elektrodda asosiy uchqundan tashqari ma’lum vaqt elektr yoyi namoyon bo‘lib turadi. Bunday jarayon kondensator butkul zaryadsizlangunga qadar sodir bo‘ladi, faqat bu ish aralashmasining ishonchli alangalanishinigina emas, balki uning to‘la yonishini ham ta’minlaydi. Kondensatorning tuzilishi bilan tanishib chiqamiz.
Katta o‘lchamli kondensator (34-rasm, a) korpus 1, ikkita qoplama 4 va ikkita dielektrik 5 dan tuzilgan. Qoplamalar alyuminiy folgadan, dielektriklar esa transformator moyi shimdirilgan kondensator qog‘ozidan tayyorlanadi. Qoplamalar va dielektrik bir-birining ustiga qo‘yiladi, so‘ng rulon qili b o‘ralib, korpusga qo‘yiladi. Qoplamalardan biri korpusga, ya’ni massaga ulangan, ikkinchisiga esa sim 3 kavsharlangan.
Keyingi vaqtda kondensator qog‘ozi ikkita polosasidan rulon qilib o‘ralgan ixcham kondensatorlardan foydalanilmoqda. Xar bir polosa yuzasiga yupqa qilib qalayi ,uning ustidan esa yupqa rux qatlami yurgizilgan. Rulon toretsiga yupqa qilib qalay purkalgan. SHu joyga o‘tkazgtchlar 9 va 11 kavsharlangan. YAxshi izolyasiyalash uchun rulon 10 kabel 8 bilan o‘ralgan. Bu tipdagi kondensator yuqori kuchlanishli tok bilan teshilganda ham o‘z-o‘zidan tiklanadi. Bu tiklanish teshilgan joy atrofida temperatura tasirida bug‘lana boshlagan metall qoplama natijasida sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, teshgandan so‘ng hosil bo‘lgan teshik izolyator xizmatini bajaruvchi transformator moyiga to‘ldiriladi. SHu tufayli qoplamining dielektrik orqali tutashish extimoli bartaraf etiladi va kondensator ishga yaroqliligicha qoladi. Magnetoga o‘rnatiladigan kondensatorning sig‘imi 0,17-0,23 mkf, avtomobillarning batareyadan o‘t oldirishida 0,17-0,35mkf.
Kondensatorning yaroqliligini uzgich kontaktlari orasidagi uchkun yoki nazorat lampa orqali aniqlash mumkin. Agar simni uzgich qismasiga ulagan yoki uni uzgan vaqtda kontaktlar orasida bir xil uchqun chiqsa, demak kondensator yaroqli ekan. YAroqli kondensator tok o‘tkazmaydi. Uni akkumlyator batareyasidan kelayotgan lampali zanjirga ulab tekshirish mumkin.



Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish