Uchqundan o‘t oldirish svechalari Uchqundan o‘t oldirish svechalari yuqori kuchlanish tokini uchqun chiqaradigan razryad tokiga aylantirib beradi. Uchqundan o‘t oldirish svechasiga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Dvigatel silindridan gaz chiqib ketmasligi uchun svecha juda germetik bo‘lishi lozim, aks holda bu quvvatning isrof bo‘lishi va izolyatorning qizib ketishiga olib keladi. U yuqori elektrik va mexanikaviy mustahkam bo‘lishi (gaz bosimi silindrda 4- kgksm ga chiqishi mumkin), shuningdek dvigatel ishlayotganda muqarrar keskin va qisman bo‘ladigan temperaturaviy tebranishga bardosh bera oladigan bo‘lishi lozim.
Bu talablar quyidagi sharoitlarda sinash jarayonida tekshiriladi: svecha elektrodlar atrofida havo bosimi 8-9 kgksm.kv bo‘lganda uzluksiz uchqunlanishi, havo bosimining farqi 10 kgksm.kv bo‘lganda germetik bo‘lishi, svecha izolyatori esa 20-22 kv elektrik mustahkamlikka ega bo‘lishi lozim.
Qismlarga ajratilmaydigan elektr svecha (27-rasm, a) uchlik 9, sterjen 10, bosh elektrod 12, sopol izolyator 7, korpus 4, yon elektrod 1, issiqlik uzatuvchi halka 3, zichlash halqasi 5 va korpus qistirmasi 2 dan tuzilgan. Sterjen legirlangan po‘latdan yasalgan bosh elektrodga payvandlangan. Bosh elektrodlar ancha pishiq (po‘lat X25T yoki X18M9T). Izolyator oq glazur bilan qoplangan bo‘lib, uning pastki qismi issiqlik konusi deb ataladi.
Korpusda svecha tushadigan olti yoqlik va svechani dvigatel blokiga burab kirgizish uchun rezba bor. YOn elektrod yassi bo‘lib, uning yuzasidagi kuyundi yo‘q bo‘lib ketadi. Germetiklikni ta’minlash uchun svechaning yuqorisiga talkdan yasalgan zichlama 6 qo‘yilgan. Korpus va izolyator orasiga zichlash halqasi 5 va issiqlik uzatuvchi halqa 3 qo‘yiladi.
Svecha normal ishlashi uchun issiqlik konusining temperaturasi 400-700S bo‘lishi lozim. Bu svechaning o‘z-o‘zidan tozalanish temperaturasi deb ataladi. 400S dan past temperaturada svecha elektrodlari dvigatelning porshenli mexanizmini moylaganda tushib, chala yongan kuyundi bilan qoplanadi. Temperatura 700S dan yuqori bo‘lsa, ish aralashmasi qattiq qizigan izolyatorga tegishi natijasida oldindan o‘z-o‘zidan alangalanishi mumkin (“qizdirib” o‘t oldirish). Issiqlik konusining temperaturasi olib keluvchi issiqlik miqdori keltiruvchi issiqlik miqdoriga teng bo‘lgan hollarda normal hisoblanadi. Kalta issiqlik konusiga ega bo‘lgan svechalar issiqlikni tezroq olib ketadi va ular sovuq svechalar deb ataladi (31-rasm, v). Uzun issiqlik konusiga ega bo‘lgan svechalar issiqlikni sekin olib ketadi, bular issiqlik svechalar deb ataladi (27-rasm, g). Agar sovuq svechani tirsakli valning aylanishi sekin bo‘lgan kam quvvatli dvigatelga o‘rnatilsa, unda uning elektrodlari kuyundi bilan tez qoplanadi, issiq svechani katta quvvatli dvigatelga o‘rnatish aralashmasining o‘z-o‘zidan alangalanishiga va teskari zarbga olib keladi. SHuning uchun har bir tipdagi dvigatelda uning issiqlik rejimiga to‘g‘ri keladigan uchqundan o‘t oldirish svechasidan foydalaniladi. Traktor va qishloq xo‘jalik mashinalarining ishga tushirish dvigatellarida sovuq svechalar ishlatiladi.
Uchqundan o‘t oldirish svechalarining issiqlik xarakteristikasi qizish soni bilan ifodalanadi. Bu son sinaluvchi svechada qizdirib o‘t oldirish hosil bo‘lgandan keyingi vaqtda (sekunda) mos kelishi kerak. Sinash maxsus dvigatelda va muayyan rejimda o‘tkaziladi. Issiq svechalar uchun qizish soni 100-260 birlikka, sovuq svechalar uchun 280-500 birlikka teng. Qizish sonlari orasidagi chegara 20 birlikka teng. SHunday qilib, qizish soni issiqlikni o‘t oldirish svechasining issiqlik konusidan qanchalik tez olib ketilishini ko‘rsatadi.
Svecha korpusining silindr qismiga markasi qo‘yi-ladigan. Masalan, A11U marka (PD-10 M ishga tushirish dvigatelining svechasi) quyidagilarni bildiradi: A-rezbasining qadami 1,25 mm bo‘lganda korpus rezbali qismining diametri 14 mm; 11-issiqlik konusining millimetrda ifodalangan uzunligi (sovuq svecha); U-uralit, sopol qotishma, bundan izolyatortayyorlanadi (75% alyuminiy oksidi). A15BS marka (ZIL-130 avtomobili dvigatelining svechasi) quyidagicha ta’birlanadi; 15-issiqlik konusining uzunligi (issiq svecha); B-borkorund (bariy oksidi qo‘shilgan 95% gacha alyuminiy oksidi); S-germetik shisha material. Bunday svechada bosh elektrod shisha massa (germetik tok o‘tkazuvchi) qatlami bilan birikkan ikki qismdan iborat. B harfi o‘rniga K harfi bo‘lishi mumkin. Bu izolyator kristall korunddan (98% gacha alyuminiy oksidi) tayyorlanganini bildiradi.
O‘t oldirish ekranlashtirilgan avtomobillarda qismlarga ajratilmaydigan germetik ekranlashtirilgan o‘t oldirish svechasi ishlatiladi. 32-rasmda SN307 svechasi ko‘rsatilgan. Sanab o‘tilgan qismlardan tashqari, u vtulka 12 va gayka 10 yordamida ekranlashtiruvchi to‘qima 11 bilan birikkan ekran 4 ga ega. Ekran ichiga joylashgan o‘tkazgich 7 prujina va bosib turuvchi rezistor orqali markaziy elektrod bilan birikkan. Sopol vtulkalar 6 va 8 ekranni o‘tkazgichdan izolyasiyalaydi.
Har smenada svechaning mahkamlan
ganligi va ularga ulangan simlar tekshi riladi, svecha kir va namdan tozalana di. Nam yoki kirning izolyatorga yig‘ilib qolishi tokning massaga sizishiga sabab bo‘lishi mumkin. 2-texnikaviy xizmat ko‘rsatishda svechani burab olib undagi kuyundi tozalanadi va elektrodlar orasidagi tirqish tekshiriladi. Kuyundi yaxshi ketishi uchun svechani pastki kismini kerosin bilan xo‘llash, elektrodlarni esa metall qirgichlar bilan tozalash kerak.
Elektrodlar orasidagi tirqishni zarur bo‘lsa, yon elektrodni bukib o‘zgartirish mumkin. Svechani faqat shu ishga mo‘ljallangan toretsli kalit bilan burab kirgizish va burab chiqarish lozim. Svecha burab kirgizilayotanda uning korpusi ostiga qistirma qo‘yish kerak, aks holda svecha kuyishi mumkin.
Qo‘l bilan etish qiyin bo‘lgan uyaga (avtomobil dvigatellarida) svechani burab kiritishda kalit teshigiga qo‘yilgan svechani xech bo‘lmaganda gugurt cho‘pi bilan mahkamlab qo‘yish kerak. So‘ngra uni tushib ketishidan cho‘chimay qo‘yish mumkin. Svechani 3,2-3,8 kgk bilan burab mahkamlash kerak. Uchqundan o‘t oldirish svechalarining xarakterli nuqsonlari: izolyatorning yorilishi, kuyundi hosil bo‘lishi, elektrodlar sirtining kuyishi. Bu nuqsonlar dvigatelning to‘xtab-to‘xtab ishlashi yoki butunlay to‘xtab qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Svechalarning yaroqliligi uchqun hosil bo‘lish-bo‘lmasligiga qarab tekshiriladi, buning uchun svecha ishlab magneto simiga ulanadi. 27-rasmda ko‘p silindrli dvigatellardagi svechaning yaroqliligini kuchlanish indikatorli (a) va otvyortka (b) yordamida tekshirish ko‘rsatilgan. Indikator uchi svecha uchligiga tegiziladi.
Asbob ko‘zchasidagi neonning xira shu’lalanishi elektrodda kuchlanish kamayganini bildiradi. Svecha uchligi otvyorka yordamida massaga ulab tekkiziladi. Agar svecha yaroqli bo‘lsa, unda tutashuv vaqtida dvigatelning to‘xtab-to‘xtab ishlashi ko‘payadi.
SHuningdek, izolyatorga ko‘p tekkizib tekshirish mumkin: ishlamayotgan svechaning izolyatori yaroqli svechanikiga nisbatan sovuqroq bo‘ladi.