O’simliklar fiziologiyasi


Urug‘larning tinim holati



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/59
Sana24.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#507820
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
6-mavzu. O’simliklar o’sish va rivojlanishi

Urug‘larning tinim holati. 
Urug‘larning suvsizlanishi ularning tinchlik yani anabioz holatiga 
o‘tishiga olib keladi. Bunda hayotiy jarayonlar shunchalik sekinlashgan bo‘ladiki, hatto xayotning 
ko‘rinarli holatini sezib ham bo‘lmaydi. Urug‘larning tinchlik holati o‘siliklarning evolyutsiya jarayonida 
bir qancha noqulay muhitlarga moslanishidan kelib chiqqan. 
Tinchlik holatiga o‘tgan o‘simlik urug‘lari juda past hattoki -230°C haroratga ham chidashi 
mumkin. Urug‘larning tinchlik holati har-xil yani bir necha haftadan bir qancha yillargacha bo‘lishi 
mumkin. Ammo pishgandan so‘ng birdan ko‘karish qobiliyatiga ega o‘simliklar urug‘lari ham bor.
Fiziologik mexanizmi jihatidan Urug‘larning tinchlik xolati ikki xil yani majburiy va fiziologik 
tinchlik holatlariga bo‘linadi. 
Urug‘larning majburiy tinimi.
Urug‘larning majburiy tinchligi ularga havo (kislorod) va 
namlikning yetishmasligi hamda past harorat tufayli bo‘lishi mumkin. Masalan, dukkaklilar urug‘lari 
suvni o‘tkazmaydi, shuning uchun ular uzoq vaqt suvda bo‘kmasdan turadi. Qovoq urug‘i qobig‘i O2 
o‘tkazmaydi. Shuning uchun uning qobig‘ini ozgina tirnalsa urug‘ga suv va kislorod kirishi yengilashadi 
va urug‘ tez nish uradi. Bu usul skarifikatsiya deyiladi. Tuproqda esa fizik omillar va 
mikroorganizmlarning faoliyati tufayli urug‘ qobig‘ning yorilishi ro‘y beradi va bu urug‘ning unishiga 
olib keladi. 
Urug‘larning majburiy tinchligi unchalik xavfli emas. Unishga qarshilik qilayotgan fizik omillar 
yo‘qotilsa urug‘ una boshlaydi. 
Urug‘larning fiziologik tinchligi.
Urug‘ning unishi uchun barcha qulay muhit sharoitlari 
bo‘lsada uning tinchlik holatida bo‘lishi chuqur fiziologik tinimi deyiladi. Bunga suli, bug‘doy va boshqa 
boshoqdoshlar donlarining daladan yig‘ib olinganidan so‘ngi pishibetilishishini misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. Buning asosiy sababi esa urug‘larda o‘sishga qarshi bo‘lgan fenol tabiatli birikmalar 
miqdorining nisbatan yuqori bo‘lishligidir. Masalan urug‘ qobig‘i va murtakda ABK gormonining 
miqdori ko‘p bo‘ladi. Agarda bug‘doy o‘rilganidan sung uzoq vaqt yog‘ingarchilik bo‘lishi va uning 
natijasida urug‘ qobig‘idagi fenol birikmalari yuvilib ketsa urug‘lar una boshlashi mumkin.
Ayrim o‘simliklar urug‘lari, masalan tamaki faqat yorug‘da o‘sadi. Sunday urug‘lar yorug‘likka 
sezgir o‘simliklardir. Ushbu o‘simliklar urug‘larini unuvchanligini tezlashtirish uchun 1-2 daqiqa 
davomida qisqa to‘lqinli qizil nurlar ta’sir ettiriladi. Bunda urug‘ bo‘kkan holda bo‘lishi va harorat 
urug‘ning unishi uchun qulay bo‘lish kerak. Qizil nurlar murtakdagi fitoxrom tomonidan qabul qilinadi. 
Buning natijasida fitoxrom faolligi oshadi va murtak to‘qimalarida urug‘ unishini tezlashtiruvchi 
fitogormonlar sintezi sezilarli darajada ortadi. 
Shuningdek qizil nurlar ta’sirida pomidor urug‘larining unuvchanligi ham oshadi. Bunda urug‘ 
tarkibida endogen zeatin gormonining miqdori ko‘payadi. Mo‘tadil iqlim va shimoliy kenglik 
o‘simliklarining, daraxtlarining urug‘lari fiziologik tinchlik holatidan chiqishi uchun uzoq vaqt past 
harorat zarur. Shunday urug‘larni tinchlik holatidan chiqarish usuli s
tratifikatsiya
deyiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘simliklar urug‘larini stratifikatsiyalash uchun urug‘ bo‘kkan holatda bir 
necha oy 0-5°C haroratida ushlab turiladi. Stratifikatsiya jarayonida ayrim o‘simliklar turlar urug‘lari 
murtagida gibberillinning miqdori ortib boradi. 
Urug‘larni chuqur fiziologik tinchlik holatidan yorug‘lik, harorat yoki boshqa bir ta’sirlar tufayli 
chiqarish, fitogormonlarning, xususan o‘sish ingibitorlari-ABK va etilen hamda o‘sishni tezlashtiruvchi-
sitokinin, gibberilin, auksinlar nisbatining buzilishiga olib keladi. Ammo barcha hollarda ham o‘sish 
ingibitorlari gormonlari miqdorining pasayishi yoki o‘sishini tezlashtiruvchi fitogormonlar miqdorining 
oshishi ro‘y beradi. 
Ko‘pchilik hollarda fiziologik tinchlik davri bilan Urug‘larning uzoq yillar unuvchanligini saqlab 
qolish xususiyati bir-biriga mos keladi. Urug‘larning uzoq yillar unuvchanligini saqlab qolish har-xil 
o‘simlik turlarida har-xil bo‘ladi. Masalan: tol urug‘larida bir necha kun bo‘lsa, ayrim yovvoyi o‘tlarniki 


O’simliklar fiziologiyasi
151 
50 yilgacha va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan lotos urug‘i esa mongoliya ko‘llari tagida 200 yil 
yotganda ham o‘z unuvchanligini yo‘qotmaganligi ma’lum. 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish