O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI
Botanika fanidan
(O’simliklar fiziologiyasi)
LABORATORIYA MASHG’ULOTI ISHLANMASI
Tuzuvchi:
|
|
|
|
|
|
R. Ro’zimatov.
|
–
|
QDPI, Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
|
Qo’qon- 2019
1-2-laboratoriya mashg’uloti:
Mavzu: Plazmoliz va deplazmoliz hodisasini kuzatish.
Kerakli asbob va reaktivlar: mikroskop , buyum oynasi, qoplag’ich oyna , qizil piyoz, ustara, fil’tr qog’oz, chizg’ich apparat, NaCl , KCl yoki saxarozaning 1 normal eritmasi.
Ishning borishi: Plazmoliz va deplazmoliz hodisalarini kuzatish uchun rang (antosian) li piyoz po’stidan yupqa kesik olinadi. So’ngra bu kesik buyum oynasiga qo’yilib ustiga suv tomiziladi va usti qoplag’ich oyna bilan yopiladi. SHu holda tayyorlangan preparat mikroskop stolchasida kichik (8X li) ob’ektiv bilan tekshiriladi. Preparatdagi hujayralar bir tekis bo’yalgan va tarang holda bo’ladi. Kuzatishni davom ettirib, qoplag’ich oynaning bir chekkasiga , NaCl, KCl yoki saxarozaning1 normal eritmasidan 1 tomchi tomiziladi. Tomchidagi suv qoplag’ich oynaning ikkinchi tomonidan fil’tr qog’ozga shimdirib olinadi. SHu vaqtda protoplazma hujayra po’stidan ajralib o’rtaga to’plana boshlaydi, lekin protoplazma rangsiz bo’lganligi sababli tekshirilayotgan preparatda antosian hujayra po’stidan ajrala boshlaganday bo’lib ko’rinadi. Bu hodisa tarkibida antosian bo’lgan hujayradagi vakuolning va protoplazmaning ketma ket qisqarishi natijasida yuz beradi. Protoplazma birdaniga hujayraning markaziga yoki bir chekkasiga o’tib ketmay, avvalo hujayra po’stining burchaklaridan ko’cha boshlaydi va so’ngra hujayra po’stidan tamoman ajraladi. Protoplazmaning hujayra po’stidan ajralish hodisasiga plazmoliz deyiladi. Protoplazmaning ba’zi bir qismlari protoplazmatik ipchalar yordamida hujayra po’stiga bog’langan bo’ladi. Bu ipchalar Gext ipchalari deb ataladi.
Oradan bir oz vaqt o’tgach, shu qoplag’ich oynaning bir chekkasiga bir tomchi suv tomizilib, ikkinchi tomonidan dastlab tomizilgan 1 normal NaCl , KCl yoki saxaroza eritmasi fil’tr qog’ozga shimdirib olinadi.
Hujayraga suv qayta shimishishi natijasida hujayralar dastlabki holatiga keladi. Bu hodisaga deplazmoliz deyiladi.
Plazmoliz botiq hamda qavariq tiplarga bo’linadi. Plazmolizning botiq yoki qavariq bo’lishi protoplazmaning qovushoqlik kuchiga bog’liq. YOsh hujayralarda protoplazmaning qovushoqligi kuchli bo’lganligidan, ulardagi plazmoliz avvalo botiq bo’lib, so’ngra qavariq shaklga aylanadi. Qarib qolgan hujayralarda esa birdaniga do’mboq plazmoliz hosil bo’ladi: bu hodisa hujayradagi plazmaning qovushoqligi kam ekanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |