O’simliklar fiziologiyasi laboratoriya mashg’uloti ishlanmasi



Download 3,26 Mb.
bet14/14
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#274939
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
BOTANIKA

Ishning borishi: Bu mashg’ulotni o’tkazish uchun loviya, g’o’za yoki boshqa o’simlikning urug’i olinadi. Ko’kargan o’simlikning ildizi 1 yoki 1,5 sm uzunlikda bo’lishi zarur. Ildiz sirtiga 1mm dan oraliq qoldirib tush’ yordamida belgilar chiziladi. Belgi chizish uchun ip yoki ingichka igna ishlatiladi.

Belgi qo’yilgan urug’larning barg pallalari orqali ingichka sim o’tkaziladi, simning bir tomoni probkaga osib qo’yiladi.

Urug’ning normal o’sishi uchun quyidagi tartibda nam kamera tayyorlanadi. Stakan yoki shisha silndr devorlarining ichki tomoniga namlantirilgan fil’tr qog’oz yopishtiriladi.Idishning uchdan bir qismigacha suv quyilib, probkaga osilgan urug’lar namli kameraga joylanadi. Mashg’ulot qorong’i joyda va optimal haroratli termostatda olib boriladi.

Odatda, mashg’ulot uchun 10 dona ungan urug’ olinadi.Oradan bir sutka o’tgach, ildizlardagi chiziq oralari millimetrli qog’oz yordamida o’lchanib, natijasi tubandagicha jadvalga yozib boriladi.



Ildizlar



O’sish zonalarining bir sutkada ortish tezligi mm hisobda

1

2

3

4

5

6

7

8

9

1

a1

























2

a2

























3

a3

























4

a4

























5

a5

























6

a6

























7

a7

























8

a8

























9

a9

























10

a10

























O’rtacha






























25-26-laboratoriya mashg’uloti:

Mavzu: O’simliklar to’qimasidagi amilaza-diastaza fermentining kraxmalga ta’sirini o’rganish.
Kerakli asbob va reaktivlar: G’o’za yoki arpa maysasi, kolba, filtr qog’oz, probirkali shtativ, 2%li kraxmal eritmasi, doka, voronka, termometr, soat, pipitka, 10% li NaOH va CuSO4 eritmalari.

Ishning borishi: Kraxmal (C6N10O5)n ni parchalashda diastaza yoki amilazaa fermenti ishtirok etadi. Bu ferment arpa yoki g’o’za maysasidan olinadi.

Buning uchun:

1. Quritilgan va maydalangan g’o’za yoki arpa maysasidan 5-10 g olib, 25 ml suv qo’shiladi va aralashma 30 minut chayqatiladi. So’ngra aralashma doka va keyinchalik burmali filtr orqali filtrlanadi. Filtrat loyqalangan bo’lsa, bu ish yana takrorlanadi.

2. Shtativga 15-20 ta probirka qo’yib,ysi probirkaga 10 ml dan distirlangan suv quyib, ustiga 5 tomchidan yod eritmasi qo’shiladi va yaxshlab aralashtiriladi.

3. 3% li kraxmal eritmasi tayyorlanib, toza quruq kolbaga 25 ml chamasi solinadi. SHu kolbaga yuqorida tayyorlangan filtratdan 10-12 tomchi qo’shib aralashtiriladi. So’ngra kolbaga termometr tushirib, u 60-650 gacha isitilgan suv hammomiga qo’yiladi. Bu temperatura amilaza fermentining aktivligini ta’minlaydi.

4. SHtativdagi birinchi probirkaga ferment o’shilmagan kraxmal kleystridan 0,5 ml chamasi quyib, undagi suyuqlik bilan aralashtiriladi. Bu probirkadagi kraxmal yodli suv ta’sirida o’ziga xos reaksiyaga kirishib,suyuqlikning rangi ko’karadi.

5. Suv hammomiga kraxmal kleysteri bilan quyidagi ishlar olib boriladi:

Oradan 5-10 minut o’tgach, kolbadagi ferment bilan aralashtirilgan kraxmal kleystridan 0,5 ml olib, shtativdagi 2-probirkaga solinadi va aralashtiriladi. Natijada probirkadagi aralashma ko’kish-binafsha rangga kiradi. Bu hodisa ferment ta’sirida kraxmal molekulasi prachalana boshlaganligini ko’rsatadi. YAna 5 minut o’tgandan so’ng kolbadagi eritmadan 0,5 ml olib,3-probirkaga quyiladi va aralashtiriladi. Natijad 3-probirkadagi aralashma butunlay boshqa tusga kiradi. Bu o’zgarishlar amilaza fermenti ishtirokida kraxmal molekulasi asta-sekin parchalanib borganligidan dalolat beradi.

SHtativda qolgan probirkalarga har 5 minutda kolbadagi eritmadan qo’shib aralashtirib turiladi. Aralashmalarning rangi ham xilma-xil bo’ladi, chunki ferment ta’sirida kraxmal parchalanishi natijasida molekulyar og’irligi har xil bo’lgan dekstrinlar hosil bo’ladi. Bu dekstrinlarning har qaysisi yod bilan reaksiyaga kirishib, o’ziga xos rang hosil qiladi.

Tajriba oxirida kraxmal maltozagacha to’la parchalansa, yod eritmasi tomizilgan suvning rangi o’zgarmay, o’z rangini saqlab qoladi. Bu hodisa aniqlangandan keyin Trommer reaksiyasi o’tkaziladi. Bu reaksiya yordamida kraxmal to’la parchalanganligi aniqlanadi. Buning uchun kolbadagi eritmadan 2 ml olib, unga 2ml 10 %li NaOH va 2 ml 10% li CuSO4 qo’shilib qizdiriladi. Reaksiya vaqtida hosil bo’lgan qizil cho’kma kraxmalning tamoman parchalanganligini ko’rsatadi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:


CuSO4+ NaOH=Na2SO4+Cu(OH)2
C6H12O6+2Cu(OH)2----CH2OH(CHOH)4COOH+2H2O+Cu2O

glyukan kislota qizil cho’kma



27-28-laboratoriya mashg’uloti:

Mavzu: Oqsillarning xossalari bilan tanishish. Barg tarkibidagi oqsillarni rangli reaksiyalar yordamida (Chaylaxyan usulida ) aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: 5% li CuSO4, spirtning 96% li eritmasi, 10% li natriy ishqori, 1:1 nisbatda suv bilan suyultirilgan nitrat kislota, 1:2 nisbatda suyultirilgan ammiak eritmasi, g’o’za, lavlagi, karam va boshqa o’simliklar bargi.

Ishning borishi: G’o’za yoki biror boshqa o’simlikning bargidan qaynab turgan suvga botiriladi va 1-2 daqiqadan keyin suvdan olib, 96 % li spirt quyilgan kolbaga solinadi. Kolba og’ziga sovitqich yrnatilvdi. Syngra kolbani suv hammomiga qo’yib , 30-60daqiqa isitiladi . Bunda barg tarkibidagi yashil va sariq pigmentlar, erkin aminokislotalar va suvda eriydigan oqsil (albumin) lar spirtda to’planadi.

Rangsizlangan barglarni kolbadan olib, distillangan suvga botirib olinadi va har qaysisi alohida yassi idishga yoyiladi. Yassi idishlarda quyidagi reaksiyalar o’tkaziladi.



1.Biruet reaksiyasi Petri idishidagi yoki boshqa bir likopchadagi barg ustiga mis kuparosi (CuSO4) ning 5 %li eritmasini quyib, bir soat saqlanadi. So’ngra bargni eritmadan olib distillangan suvda chayiladi va 10 % li natriy ishqqori (NaOH) solingan idishga botirib qo’yib, unda ham bir soat saqlanadi. Bunda barg to’qimasining binafsha rangga kirishi uning tarkibidagi oqsillar va peptid bog’lari bo’lgan pepton, polipeptidlar borligini ko’rsatadi.

2.Ksantoprotein reaksiyasi Bunda konsentrlangan nitrat kislota 1:1 nisbatda suv bilan aralashtriladi. Rangsizlantirilgan barg shu eritmaga 15-20 daqiqa solib qo’yilgandan so’ng sariq rangga kiradi. Agar uni ikkinchi idishga solib, ustiga 1:2 nisbatda suv bilan suyultirilgan ammiak quyilsa, barg zarg’aldoq rangga kiradi. Bu reaksiya ham barg tarkibida oqsil borligini ko’rsatadi. Lekin protaminlar guruhidagi oqsillarni ksantoprotein reaksiyasi yordamida aniqlab bo’lmaydi.

3. Millon reaksiyasi Rangsizlantirilgan barg Millon reaktivida 30-60 daqiqa saqlanganida qizg’ish rangga kiradi. Bu hodisa barg tarkibida oqsillar borligini ko’rsatadi.



Eslatma: rangning to’q va och bo’lishiga qarab, oqsil miqdorini 5 balli tizim bilan baholash mumkin. Masalan oqsil juda oz bo’lsa 1, oz bo’lsa 2, o’rtacha bo’lsa 3, ko’p bo’lsa 4 va juda ko’p bo’lsa 5 ball bilan baholanadi.
29-30-Laboratoriya mashg’uloti:

O’simlik to’qimasidagi organik moddalarni aniqlash. O’simliklarda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’ladigan oshlovchi modda - dubil’ni aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: Spirt lampasi, turli o’simlik barglari, fil’tr qog’oz, voronka,1 % li FeCl3 eritmasi.

Ishning borishi: O’simliklarning moddalar almashinuvi jarayoni vaqtida ularning o’ziga xos ba’zi bir birikmalar hosil bo’ladi. Bu birikma yoki moddalar xom terini ishlash uchun ishlatiladi. Bu birikmalar oshlovchi modda ( dubil) deb aytiladi. Dubil moddalar o’simliklarning barglari, mevasi, ildizi va boshqa qismlarida uchraydi. O’simlikda dubil moddaarning mavdudligini aniqlash uchun quyidagi ishlar o’tkaziladi:

  1. O’simlikning biror qismi olinib, 5-6 ml suvda qaynatiladi.Bu eritma sovitilib filtratdan o’tkazilgandan so’ng, unga 1-2 tomchi 1 % li temir (III) xlorid eritmasi qo’shiladi. Dubil moddaning miqdoriga qarab, bu aralashma to’q yoki och qora rangga kiradi. Bu tajribaning natijalari quyidagi jadvalga yozib boriladi:




O’simlik turi

Tekshirilayotgan material o’simlikning qaysi qismidan olinganligi

Qorayish darajasi

kuchli

o’rta

oz











































2.O’simlik organining shirasi siqib olinib, unga bir tomchi FeCl3 eritmasi qo’shiladi. Agar bu aralashma qora rangga kirsa, bu hodisa unda dubil modda borligini ko’rsatadi.

3.O’simlikning kesilgan qismiga bir tomchi FeCl3 eritmasi tomiziladi, bu joyning qorayib qolishi o’simlikda dubil modda mavdudligidan dalolat beradi
31--laboratoriya mashg’uloti:

Mavzu: O’simlklarni parvarish qilish usullari

Kerakli asbob va reaktivlar: o’tkir pichoq, turli o’simliklarning bargli qalamchalari, nam qum to’ldirilgan tuvakchalar, chirindli tuproq, kurak.

Ishning borishi:Bu usul nastarin , limon va boshqa o’simliklarni qalamchalaridan ko’paytirishda o’llaniladi. Qalamchalar ikkita barg yoki bitta barg va bitta kurtak qoldirib kesib olinadi. Demak bargli qalamchalani kalta qilib tayyorlasa ham bo’ladi. Qalamchadagi barglar orqali bo’ladigan transpirasiya jarayonini kamaytirish maqsadida, qalamchada qoldirilgan barg shapalog’ining bir qismi qirqib olinadi.

Bargli qalamcha ildiz olguncha parnikda yoki usti shisha qalpog’ bilan yopilgan tuvaklarda parvarish qilinadi. Buning uchun tuvakka qum to’ldirilib, etarli darajada namiqtiriladi, so’ngoa unga qalamcha o’tqazilib, usti shisha qalpoqcha bilan bekitiladi. Qalpoqcha devorlarida paydo bo’lgan suv tomchilari quritib turiladi, chunki suv tomchisi orqali o’tgan quyosh nurlari qalamcha barglarini kuydirib yuborishi mumkin.

Bargli qalamcha ildizlagandan so’ng u tashqi muhit sharoitiga o’rgatiladi. Buning uchun tuvak ustidagi shisha qalpoqcha vaqti-vaqti bilan olinib, qalamcha ochiq havoda tutiladi. Qalamchalar doimiy joyga o’tqazishdan oldin chirindili tuproq tayyorlanadi.


32- laboratoriya mashg’uloti:

Mavzu: O’simliklarni parvarish qilish usullari
Kerakli asbob va reaktivlar: sirlangan idishchalar, gul tuvaklari, elak, yog’och qopqoqlar, qipiq, quritilgan sfagnum yo’sini , shag’al, keramzit, “B” tabletkalari, indikator qog’oz, tiqinni teshish uchun parma, o’simlikni ko’tarib bog’lash uchun tirgagich, kanop, bodring yoki pomidor ko’chatlari.

Ishning borishi: Bu tajribani o’tkazishdan maqsad, o’simliklarni tuproqsiz muhitda o’stirish usullari bilan tanishtirish va turli xil sun’iy muhitlarni o’zaro solishtirib ko’rishdan iboratdir.

Keyingi yillarda mamlakatimizda , shu jumladan O’zbekistonda turli xil sabzavot ekinlarini issiqonalarda tuproqsiz sun’iy muhitda o’stirish ishlari keng ko’lamda oib borilmoqda. Bunda inert muhit oziqa eritmalari bilan birga qo’llanaladi va unga ko’chatlar ekiladi. Tajribalar quyidagi variantlar bo’yicha qo’yilishi mumkin:

1. suv kulturasi( kontrol);

2. inert muhitlar: shag’al, keramzit, chirindi;

3. gerik metodi.

Tajriba 2-3 qaytariqli qilib olib boriladi. Avval petri idishlarida bodring urug’lari undriladi, keyin 0,5 l li shisha bankalarning parafinlangan va teshikchalari bo’lgan dokasiga shu ungan urug’lar joylashtiriladi. Urug’lar joylashtirilgan bankalar juda ehtiyotlik bilan oldindan tayyorlanib qo’yilgan muhitga joylashtiriladi.

Oradan bir oz vaqt o’tgach, kontrol variant bilan tajriba variantlari o’rtasidagi keskin farq kuzatiladi. Odatda shag’alli muhitda yoki Gerik metodda o’stirilgan variantdagi o’simliklar sog’lom to’q yashil rangli bo’lib tez o’sadi va barvaqt gullab, erta hosilga kiradi. Bu borada olib borilgan tajriba natijalarini quyidagi jadvalda keltiramiz.Turli muhitda o’stirilgan bodring hosildorligi.




Tajriba variantlari

O’simlikning bo’yi, sm

Bir tup o’simlikdan olingan hosil


Absolyut miqdori, g

Kontrolga nisbatan, %

1.

2.

3.



4.

Suv kul’turasi

SHag’al kul’turasi

Sfagnum yo’sini

Gerik metodi



59

144


135

113


120

455


770

550


100

307,9


604,1

405,8


Jadval ma’lumotlariga qaraganda turli muhitda o’stirilgan o’simliklarning hosildorligi ham turlicha bo’ladi.


33-34-laboratoriya mashg’uloti:

Mavzu: Sitoplazmaning sovuqqa chidamliligini oshirishda shakarning rolini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativ, qizil karam yoki qizilcha, ustara, qor, kristall holidagi tuz, shisha idishlar, termometr, mikroskop, buyum oynalari, millimetrli qog’oz yoki lineyka.

Ishning borishi: Qizil karam yoki qizilcha parenximasidan oltita bo’lakcha tayyorlanadi. Bo’lakchalarning ko’ndalang kesigi 25 mm2, uzunligi 1-2 sm bo’lishi kerak. Bo’lakcha ustidagi rangli shira yuvib tashlanadi.Shtativdagi uchta probirkaning biriga 10 ml suv, ikkinchisiga 10 ml 0,5 n va uchinchisiga 10 ml 1 n shakar eritmasi quyiladi. Yuqorida tayyorlangan bo’lakchalardan har qaysi probirkaga ikkitadan solinadi. So’ngra probirkalar shtativdan olinib, qor va tuz aralashmasi solingan idishda 20 daqiqa saqlanadi. (3 qism qorga 1 qism tuz aralashtirilsa, uning harorati 240 gacha pasayadi).

Oradan 20 daqiqa o’tgach, probirkalar xona haroratidagi suvli idishga quyilib, muzi eritiladi., keyin ulardagi suyuqliklarning rangi solishtirib ko’riladi. So’ngoa har qaysi probirkadagi bo’lakchalardan yupqa kesik tayyorlanadi va mikroskopda tekshiriladi.Suvli probirkadagi bo’lakchalarning kesigini tekshirganda, hujayradagi antosian bo’yoq chiqib ketganligi sababli, hujayralar oqarib qolganligi ko’rinadi, chunki past harorat ta’sirida sitoplazma tkazuvchanlik xususiyatini yo’qotadi va hujayralar rangsizlanadi.

0,5 n (saxaroza) eritmadada bo’lakcha hujayralarining ba’zilari rangsizlansa, ba’zilarida sitoplazma to’la buzilmaganligi sababli, antosian bo’yoqni o’zida saqlab qolganligi ko’rinadi. 1 n eritmadagi bo’lakcha hujayralari past harorat ta’sirida nobud bo’lmay, tirik qolganligi aniqlanadi. Demak, hujayra tarkibida to’plangan uglevod (shakar) lar qish faslida o’simliklarni past harorat ta’siridan saqlashda katta ahamiyatga ega ekan.

Eslatma: past harorat hosil qilish uchun ishlatiladigan tuzlarning ro’yxati

quyidagi jadvalda berilgan.




Moddalarning kimyoviy formulasi

100 g qor yoki muzga qo’shiladigan miqdori


Haroratning pasayishi

NH4Cl

25 g

-15,5

NaCl

33 g

-21,2

NH4NO3*H2O

16

-14,0

NH4NO3*H2O

31

-26,0

CaCl2*6H2O

41

-9,0

CaCl2*6H2O

125

-40,3

CaCl2*6H2O

145

-55,0

Qattiq CO2 gazi

-

-78,8



35-36-37-laboratoriya mashg’uloti:

Mavzu: O’simliklarni issiqqa chidamliligini aniqlash .
Kerakli asbob va reaktivlar: bir necha xil o’simlik barglari bandi bilan, suv hammomi, 0,2 normal HCl , idishlar, termometr, sovuq suv.

Ishning borishi: Bu mashg’ulotni o’tkazish uchun 3-4 xil o’simlikning har qaysisidan oltita barg kesib olinadi. Bu barglar (350 li ) issiq suv quyilgan idishga solinadi. So’ngra bargli idish suv hammomiga joylanib, idishdagi suvning harorati 350 dan pasaymasligi va shu darajadan yuqori ko’tarilmasligini ta’minlash maqsadida suv hammomida yarim soat ushlab turiladi.Vaqt o’tgandan keyin idishdagi har xil o’simlik bargidan bittadan olib sovuq suvga solinadi.

So’ngra barglar solingan suvning harorati 400 gacha isitiladi, oradan 10 minut o’tgach, idishdan yana bittadan barg olinib ikkinchi idishdagi sovuq suvga solinadi.



Endi barglar solingan idish ichidagi suvning harorati har 10 minut o’tishi bilan 45,50,55, va 600 gacha oshiri b turiladi.Idishdagi suvning harorati har 50 gacha ko’tarilgan sari yuqoridagi ishlar takrorlanadi. Bu ishlar tugagach, sovuq suvli idishda qoldirilgan barglarni suvdan olib, yassi idishga qo’yilgan 0,2 N HCl eritmasiga solinadi.Oradan 20 minut o’tgach, tajriba natijasi quyidagi jadvalga yoziladi.


O’simliklar turi

Harorat(t0)

35

40

45

50

55

60

1.




















2.




















3.




















4.




















5.




















6.





















Eslatma: barglar qanday haroratda yashil tusini yo’qotib, qo’ng’ir rangga kirganligini niqlangandan so’ng, jadvalning shu haroratga to’g’ri keladigan grafasiga “rangi o’zgarmadi”. “och yoki to’q tusga kirdi” deb yozib boriladi.

Barg to’qimasi issiqlik ta’sirida shikastlangan bo’lsa, HCl eritmasiga solingan barg o’zining yashil tusini yo’qotib, qo’ng’ir tusga kiradi. Issiqlik ta’sirida shikastlanmagan barglarda hech qanday o’zgarishlar yuz bermaydi. Bu hodisa barg to’qimasining issiqqa chidamliligini ko’rsatadi.
Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish