Xavfli o'smalarni davolash.
Hozirgi vaqtda xavfli o'smalarni davolashda quyidagi usullar qo'llaniladi:
1.jarrohlik;
2. nur bilan davolash;
3. kimyoterapiya; ;
4. germonoterapiya
Ko'pincha davolashning bu usullari birga qo'shib olib boriladi yoki to'ldiriladi.
Davolashning jarrohlik usullari eng radikal hisoblanadi va aksariyat ichki a'zolar (qizilo'ngach, me'da, o'pka, bachadon va hokazolar) kasallanganda qo'llaniladi. Davolashning bu turida a'zoni batamom yoki uning bir qismini sog'lom to'qimalar chegarasidan regionar limfa tugunlari atrofidagi kletchatkalar bilan birga qo'shib olib tashlanadi (radikal operatsiya). Palliativ operatsiyalar bemor ahvolini faqat vaqtincha yengillatishni ko'zda tutadi va metastazlarni qoldirib, birlamchi o'smani olib tashlashdan yoki bemorni bezovta qilayotgan yetakchi belgilarni yo'qotishdan iborat. Masalan, me'da yoki ichak rakida chetlab o'tgan anastomoz yoki stroma qo'yish shular jumlasiga kiradi.
Nur bilan davolash mustaqil davo turi sifatida yoki jarrohlik, gormonal va kimyoterapevtik davo bilan birga qo'llaniladi.
lonlashuvchi nurlanish spektri xilma-xil bo'lgan hozirgi vaqtda nur bilan davolashning hamma usullarini nurni tatbiq etish usuliga ko'ra shartli ravishda uch guruhga bo'lish mumkin:
1) teri orqali tashqi tomondan nur berish usullari;
2) nurlanish manbai tabiiy bo'shliqlarga (og'iz, bachadon bo'shlig'i, qizilo'ngach, qovuq va hokazo) yoki sun'iy hosil qilingan bo'shliqlarga yuborishga mo'ljallangan bo'shliq ichini nurlantirish;
3) to'qima ichini (o'sma ichini) nurlantirish usullari.
So'nggi yillarda xavfli xujayralarga tanlab ta'sir qiladigan maxsus dorilar qo'llaniladigan kimyoterapiya keng rivoj topdi. Ko'proq TioTEF, emixin, DOFA, sarkolizin, lofenal, kolxamin va boshqalardan foydalaniladi.
Xavfli hujayralarni yo'qotish uchun kimyoviy dorilarni katta dozalarda yuborishga to'g'ri keladi, bu ularning toksik ta'sirini nazarda tutganda organizm uchun befarq emas, albatta.
Ayrim xavfli o'smalarda gormonoterapiya olib boriladi. Chunonchi, sut bezi rakida erkak jinsiy gormonlari - androgenlar, prostata bezi rakida — ayol jinsiy gormonlari (etrogenlar) qo'llaniladi. Boshqa usullar birga qo'shib olib borilganda gormonoterapiya yaxshi terapevtik natija beradi. Maqsadga muvofiq terapiya nechog'li erta qo'llanilsa, natijasi shunchalik yaxshi bo'ladi.
Xavfsiz o'smalarni davolash hech qanday qiyinchilik tug'dir-maydi. Xavfsiz o'sma xavfli o'smaga aylanib ketishi mumkinligini, shuning uchun uni olib tashlash, o'smaning xavfli o'smaga aylanishining oldini olish ekanligini unutmaslik zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |