O'SMALARNING PAYDO BO'LISHI, SABABLARI VA TURLARI
Hozirgi vaqtda o'smalar paydo bo'lishini tushuntiradigan asosiy nazariya polietiologik nazariya hisoblanadi. Bu nazariyaga binoan tirik organizmning bar bir hujayrasida o'sma qo'zg'ata oladigan maxsus virus bo'ladi, biroq bu virus faolsiz holatda turadi (anabioz). Uning faol holatiga o'tishi uchun qator tashqi omillar (konserogenlar)-ning qo'shimcha ta'siri bo'lishi zarur. Ular o'z navbatida kimyoviy (chiqindi gaz, kimyo korxonasida bo'ladigan benzpirenlar, aromatik aminlar va hokazo), fizikaviy (ultrabinafsha quyosh nurlari, rentgen va gammanurlar, atomnirig elementar zarrachalari va hokazolar ta'sirida ionlovchi radiaksiya) va biologik (turli parazitlar) omillarga bo'linadi. Virus aktivlanadi va hujayraning gen strukturasiga, xususan DNK va RNK ga ta'sir qilib, irsiyatni o'zgartiradi. Bu to'qimaning yangi turi, ya'ni o'sma hosil bo'lishiga olib keladi. Biroq bunda yuqorida sanab o'tilgan omillar mavjudligi ko'pincha o'sma rivojlanishi uchun kifoya qilmasligini unutmaslik zarur. Organizm immun biologik himoya kuchlarining pasayishi o'sma rivojlanishiga sabab bo'ladi.
Ko'pincha rak bilan 40 yoshdan oshgan kishilar kasallanadi. Hozirgi vaqtda xavfli o'smalar bilan yoshlar ham ko'p kasallanmoqda.
O'smalarning ayrim turlari
Popillomalar — epiteliy bilan qoplangan briktiruvchi to'qima asosidan iborat so'rg'ich qavatining xavfsiz o'smalaridir. Ular terida yoki shilliq pardalarda (aksariyat me'da, ichaklar va siydik ajralish a'zolarining shilliq pardalarida) kuzatilishi mumkin.
Papillomalar xavfli o'smalarga aylanib ketishi mumkin.
Adenomalar bez to'qimalarida hosil bo'ladi. Ba'zan bezsimon rakka aylanishi mumkin. Ular gavdaning bez to'qimalari bo'lgan hamma sohalarida (sut bezi, qalqonsimon bez, tuxumdonlar va hokazolar) uchraydi.
Dermoid kistalar xaltasimon tuzilmalar bo'lib, embrional rivojlanish davrida teri kichikroq bo'lakchalarining ichkariga kirishi natijasida vujudga keladi. Ularning zich pardasi bo'lib, bu parda teri yog'i bilan ko'chgan epiteliy tanachalari aralashmasi, tik (soch) dan iborat bo'tqasimon massani o'rab turadi. Ko'proq chanoq sohasida va oldingi ko'ks oralig'ida joylashadi.
Rak — epiteliy hujayralaridan rivojlanib, eng ko'p uchraydigan xavfli o'sma. Rak epiteliy hujayralari bor hamma a'zolarda uchraydi. Epiteliyning o'zgarib, atipik tuzilishi xususiyatlariga ega bo'lishi rak o'smasining belgisi hisoblanadi.
Rak o'smasining tez o'sishi va qon bilan uchrashi, keyin parchalanib, bo'shliqlar va yaralar hosil qilishiga olib keladi. Rak yarasi o'ziga xos belgilari bilan ajralib turadi: chetlari va tubi zich, yog'li parda bilan qoplangan. Rak o'smasi o'sayotganda qo'shni to'qimalarni ham yemirib, ularga o'sib kiradi. Rak o'smasi limfa va qon tomirlari bo'ylab metastazlar berishi mumkin. Rak holati ko'pincha kaxeksiya bilan o'tadi. Me'da raki bilan kasal-langanda kaxeksiya ayniqsa ko'p kuzatiladi.
Fibroma — briktiruvchi to'qimadan tuzilgan xavfsiz o'sma. Organizmning deyarli barcha to'qimalarida uchraydi. Ko'proq bachadon, teri osti kletchatkasida joylashgan. O'sib juda ham kattalashib ketishi mumkin.
Lipoma— yog' to'qimasidan hosil bo'ladigan xavfsiz o'sma. Bo'laksimon tuzilishiga ega, yupqa devorlari kapsula bilan o'ralgan, sekin o'sadi. Har qanday organda (yog' kletchatkasi bo'lgan) joylashadi.Yakka yoki ko'p sonli lipomalar bo'ladi. O'sma juda kattalashib ketishi mumkin.
Xondroma — tog'ay to'qimadan tuzilgan xafsiz o'sma. Sekin o'sish bilan ajralib turadi.
Osteoma — suyak to'qimasidan o'sadigan o'sma. Sekin o'sadi, ba'zan xavfli o'smaga o'tib ketishi ham mumkin.
Sarkoma — biriktiruvchi to'qimadan rivojlanadigan xavfli o'sma. Tog'ay to'qimadan paydo bo'ladigan sarkoma — xondrosarkoma, suyakdan hosil bo'ladigan asteosarkoma, fassiyalarniki fibrosarkoma, limfa tugunlariniki limfosarkoma, qon tomirlarniki angiosarkoma deyiladi. Kechishga ko'ra xavfli o'smalarning barcha alomatlariga ega (tez o'sish, atrofdagi to'qimalarga o'sib kirish, metastazlar berish, kaxeksiya, parchalanish).
Angioma — tomirlardan chiqadigan xavfsiz o'sma. Limfa tomirlaridan chiqqan o'smalar limfangiomalar, qon tomirlari-dan chiqqanlari esa gemangiomalar deyiladi. Gemangiomalar o'z navbatida quyidagicha bo'linadi: 1) oddiy va kapillyar gemangiomalar (xollar); 2) kavernoz yoki g'ovaksimon gemangiomalar; 3) shoxlanadigan gemangiomalar.
Katta gemangiomalarda o'sma sohasida ko'pincha tomir urushini eshitish mumkin.
Mioma — mushak to'qimasidan o'sadigan o'sma. Silliq mu-shak o'smasi leyomioma, ko'ndalang-targ'il mushak o'smasi rabdiomioma deyiladi. Sekin o'sadi.
Nevrinoma — asab stvolining Shvann pardalaridan hosil bo'lgan o'sma (shvannoma). Kam uchraydi. Ko'pincha quymich, o'rtalik vatirsak nervlaridajoylashadi. O'tkazuvchi tip bo'yicha ro'y-rost og'riqqa sabab bo'ladigan kichikroq o'smasimon tuzilmadan iborat.
Glioma — bosh miya bilan orqa miya o'smasi. Xavfsiz o'sma-larga taalluqli bo'lishiga qaramay, infiltratlanib tez o'sish, tevarak-atrofdagi to'qimalarga o'sib kirish bilan ta'riflandi. Glioma olib tashlangandan so'ng retsidiv (qaytalanish) yuz berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |