Rak oldi holati to'g'risida tushuncha.
Xavfli o'smadan oldin yuzaga keladigan va ko'pincha xavf-li o'smaga aylanadigan turli xil holatlarni rak oldi holati deb atash mumkin. Bunday holatlar jumlasiga rivojlanishdagi nuqsonlar, jumladan adashgan embrional pushtlar, surunkali yallig'lanish holatlari, to'qima regeneratsiyasining buzilishi, giperplastik buzilishlar kiradi.
Rak oldi kasalliklari bo'lgan bemorlar dispanser hisobida turishi va yiliga kamida 2 marta sinchiklab onkologik tekshiruvdan o'tkazilishi lozim.
ONKOLOGIK BEMORLARNI PARVARISH
QILISH XUSUSIYATLARI
Onkologik kasalliklari bor bemorlarni parvarish qilishning o'ziga xos tomonlari bor. Bemordan haqiqiy tashxisini yashirish, ya'ni bemor ruhiyatini avaylab tnuhofaza qilish zarur. "Rak", "sarkoma" terminlari o'rniga "yara", "torayish", "qattiqlanish" kabi so'zlar ishlatilishi lozim. "Kanser", "s-r", "blastoma", "neoplazma" singari lotincha terminlarni ham qo'llanmaslik kerak, chunki ko'pchilik bemorlar terminologiyani yaxshi tu-shunadilar. Bemor ahvoli yomonlashganida ham o'zining sog'ayib ketishiga ishonishi va buni vaqtinchalik tanglik deb anglash lozim. Ko'pchilik onkologik bemorlarning ruhiyati nozik bo'ladi, ular juda ta'sirchan bo'lib qoladilar, shuning uchun o'sma kasalligi og'irlashgan bemorlarni davolashning boshidayoq boshqa kasallardan ajratish zarur.
Bemorga tegishli xujjatlarni tasodifan uning qo'liga tushib qolishidan ehtayot bo'lish kerak. Haqiqiy tashxis haqida bemorning eng yaqin qarindoshlariga ma'lumot berish mumkin, biroq ularning bemorga haqiqiy tashxisini aytib qo'ymasliklarini tayinlash zarur. Yaqin qarindoshlariga, shuningdek, onkologik kasalliklarning yuqumli emasligini tushuntirib qo'yiladi.
Radikal operatsiyalardan keyin onkologik bemorlarni davolash boshqa xirurgik patologiyali bemorlarni davolashdan farq qilmaydi. Davolashning palliativ usullaridan keyingi va ope-ratsiya qilib bo'lmaydigan bemorlarni kasalxonadan jo'natilgan-dan so'ng uyida kuzatib turiladi. Buni qarindoshlari va patronaj hamshiralar amalga oshiradilar. Bemorga turli-tuman taomlarni o'z ichiga olgan yuqori kaloriyali ovqat berilishi kerak. Rak in-toksikatsiyasi hisobiga ularda ishtaha yo'qolishini nazarda tutib, ishtahani yaxshilash maqsadida ularga xlorid kislota bilan pepsin va musallas buyuriladi. Odatda, qabziyat kuzatiladi. Bunday hol-larda haftasiga 2—3 marta tozalovchi huqnalar qilinadi. O'sma parchalanganda qon ketishi ehtimoli bo'ladi (bunday hollarda bemorga gemostatik vositalar berilishi kerak). Sirtda joylashgan o'sma parchalanib, infeksiya hodisalari yuzaga kelganda dezodo- ratsiya qiladigan vositalar (5% li kaliy permanganat, skipidar va boshqalar) tavsiya qilinadi. Balg'amni og'zi burab bekitiladi-gan maxsus bankalarga yoki tufdonlarga yig'iladi, ularni bar kuni issiq suv va 10% li xlorli ohak eritmasi bilan yuviladi.
Sutkasiga 2—5 marta 1 osh qoshiqdan chaga nastoykasi, kuniga 3 marta 3.000—9.000 TB dan krutsin inyeksiyasi, ovqatdan oldin 5—10 mg dan neotsid yaxshi foyda qiladi. Qusishda aminazin, serukal beriladi.
Og'riqni qoldirish uchun darhol narkotik moddalarga o'tish yaramaydi, ular bemorni holdan toydiradi va o'rganib qolishini keltirib chiqaradi. Analgetiklardan boshlagan ma'qul. O'sma suyaklarga metastaz berganda 10 ml 1% li geksenal eritmasini inyeksiya qilish tavsiya etiladi. Perifokal yallig'lanish reaksiyasidan og'riq bo'lganda antibiotiklar va sulfanilamidlar qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |