O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva


Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari tasnifi va tavsifi



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari tasnifi va tavsifi.
Ilmiy-tadqiqot 
metodlari 3 turga bo‘linadi: emperik, emperik va nazariy va nazariy. 
Emperik tadqiqot metodlari. Emperik tadqiqot metodlariga kuzatish
qiyoslash, hisoblash, o‘lchash va eksperiment kiradi. 
Kuzatish deb – ma’lum bir obyektni muntazam ravishda bir maqsad yo‘lida 
o‘rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish metodiga aytiladi.
Ilmiy kuzatish quyidagi koponentlarni o‘z ichiga oladi: obyekt tanlash, 
maqsad qo‘yish, uni tavsiflash, xulosa chiqarish. 
Kuzatishda obyektni o‘rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi, bunda 
faqat obyektning xossasi, o‘zgarishlari kuzatiladi va qayd etiladi. Tadqiqot 
natijalari bizga real mavjud obyektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari 
xaqida ma’lumot beradi. Bu natijalar subyektning irodasi, sezgilari va istaklariga 
bog‘liq bo‘lmaydi.
Ilmiy kuzatish metodi quyidagi talablarga javob berishi kerak: oldindan 
ataylab maqsad qo‘yish; rejalashtirish; maqsad yo‘lida vazifani yo‘naltirish, ya’ni 
obyektning eng ahamiyatli tomonlarini o‘rganish; faollik, ya’ni ayni kerakli 
hodisalarni izlash; muntazamlilik, ya’ni kuzatishni ma’lum bir tizim bo‘yicha olib 
borish. 
Ijtimoiy fandagi kuzatish metodi o‘zining murakkabligi bilan ajralib turadi, 
chunki bu xolda uning natijasi ko‘p miqdorda kuzatuvchining shaxsiga va uning 
o‘rganilayotgan xodisalarga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. 
Kuzatish natijalari diagrammalar, sxemalar, jadvallar, bayonnomalar, kino 
va foto xujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi. 
Qiyoslash metodi bilishning keng tarqalgan metodiga kiradi va “hamma 
narsa qiyoslanganda bilinadi” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha 
obyektlar uchun umumiy bo‘lgan va faqat o‘ziga xos jixatlar aniqlanadi. Qiyoslash 
qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir. Qiyoslash unumli bo‘lishi uchun 
ikkita talabga rioya qilish zarur: 
1. Qiyoslash uchun ular o‘rtasida muayyan obyektiv umumiylik bo‘lgan 
obyektlargina tanlanishi kerak. 


124 
2. Taqqoslash jarayoni eng axamiyati belgilar va xossalar bo‘yicha amalga 
oshirilishi zarur.
Qiyoslash asosida olingan natijalar “kattaroq, kichikroq yoki teng” degan 
javoblar bilan xulosa qilinadi.
Xisoblash deb – tor texnik ma’noda berilgan majmua yoki to‘plamdagi bir 
tipli obyektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi. Hisoblashni amalga oshirish 
uchun farqni aniqlash, xar bir diskret obyektni ko‘ra bilish lozim. Hisoblashning 
natijalari bo‘lib sonlar xisoblanadi. Ular EHM da tahlil qilish uchun asosiy manba 
bo‘lib xizmat qiladi.
O‘lchash deb – ma’lum bir kattalikni o‘lchov birligidagi etalonga nisbatan 
raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo‘lgan fizik jarayonga aytiladi. 
O‘lchashda quyidagi komponentlarning bo‘lishi talab etiladi: o‘lchash obyekti; 
etalon; o‘lchov asbobi; o‘lchash metodi.
Qiyoslashdan farqli o‘laroq, o‘lchash bilishning ancha aniq vositasi 
xisoblanadi. Bunda atrof-borliqdagi obyektlar xaqida yuqori aniqlikdagi ma’lumot 
olinadi. O‘lchash metodi eksperiment va nazariya orasidagi bevosita bog‘lanishni 
va ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajadagi aniqligi va to‘g‘riligini ta’minlaydi. 
O‘lchash xaqidagi fan metrologiya deb ataladi. 
Hisoblash bilan o‘lchash miqdoriy ma’lumot olishning asosiy metodlaridir. 
Ularning natijalari sonlardir. Hisoblash nazariy jixatdan xatolarsiz bo‘ladi, ammo, 
o‘lchash bexato bo‘lmaydi. O‘lchashning aniqlik darajasi ilmiy tadqiqot darajasini 
belgilaydi. 
Eksperement deb – aniq belgilangan sharoitda ma’lum bir xodisani aniq 
maqsad yo‘lida o‘rganish uchun qo‘yilgan tajribaga aytiladi.
Bunda tadqiqotchiga bo‘layotgan o‘zgarishlarni qadam-baqadam kuzatish, 
xodisalarga turli vositalar bilan ta’sir ko‘rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash 
imkoniyati tug‘iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o‘lchash metodlaridan 
foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko‘rsatgan ta’siri 
o‘rganiladi. Eksperiment ilmiy jixatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi 
lozim. 


125 
Metodologik nuqtai nazardan eksperiment ilmiy-tadqiqotni sust faoliyatdan 
faol faoliyatga o‘tishini ta’minlaydi. Eksperimentda obyektni o‘rganish sharoitini 
o‘zgartirish, uni sof xolda bajarish, qaytarish, xamda soddalashtirilgan, 
kichiklashtirilgan modellarda o‘rganish mumkin. 
Emperik tadqiqot metodlari farazni dalillash uchun asos bo‘lib qolmay, 
balki yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarni ochish manbai xisoblanadi.
Emperik-nazariy tadqiqot metodlari. Ushbu metodlarga tahlil, sintez, 
induksiya, deduksiya, modellashtirish metodlari kiradi.
Tahlil metodida tadqiqot obyekti fikran yoki jisman tarkibiy qismlarga 
ajratib o‘rganiladi. Bunda obyektning ayrim tomonlarining moxiyati ularning 
bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri asosida o‘rganiladi.
Sintez esa – obyektni yaxlit, bir butun sifatida qismlarining birligi va o‘zaro 
bog‘liqligi asosida o‘rganadi. Sintez tahlil qilingandan keyin murakkab tuzimlarni 
o‘rganishda qo‘llaniladi. Tahlil va sintez bir-biriga bog‘liq metodlaridir, ular bir-
birini to‘ldiradi.
Tahlil va sintezning emperik, gumanitar-nazariy va tuzilmali-genetik 
metodlari mavjud. Emperik tahlil va sintez obyektlar bilan yuzaki tanishishga 
yordam beradi. Bunda obyektning ayrim qismlari ajratiladi, ularning xususiyatlari 
aniqlanadi, oddiy o‘lchashlar va umumiy yuzasidagi narsalar qayd qilinadi. Bu 
metod tadqiqot obyektini o‘rganishga imkon beradi, lekin, uning mohiyatini ochib 
berishga kamlik qiladi. Obyektning mohiyatini o‘rganish uchun gumanitar-nazariy 
tahlil va sintez ishlatiladi. Obyektning mohiyatiga chuqurroq kirib borishda esa 
tuzilmaviy-genetik tahlil va sintez qo‘l keladi. Bunda tadqiqot obyekti 
mohiyatining barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy va eng muxim metodlar 
ajratiladi.
Deduksiya va induksiya tadqiqot obyektini o‘rganishda va mantiqiy 
xulosalar chiqarishda o‘ziga xos tahlil va sintez xisoblanadi.
Deduksiya umumiydan xususiyga bo‘lgan mantiqiy xulosalarga asoslanadi. 
U matematika va mexanikaning qonunlarini yaratishda qo‘llaniladi. Induksiya
deduksiyaga qarama-qarshi bo‘lib, mantiqiy xulosalar xususiydan umumiyga 


126 
tomon amalga oshiriladi. Bu ikki metodlar ham bir-biri bilan bog‘liq va bir-birini 
to‘ldiradi. Induksiya taxminiy bilimlar beradi, deduksiya esa, yangi, aniq va to‘g‘ri 
bilimlarni egallashga zamin yaratadi.
Modellashtirish metodida tadqiqot obyektining asosiy xossalari sun’iy 
sistema, ya’ni modelda o‘rganiladi. Model obyekt bilan ko‘p jixatdan o‘xshash 
bo‘ladi, ular orasida deyarli farq bo‘lmaydi.
Modellashtirishning tuzilmasi quyidagichadir: masalaning qo‘yilishi: 
modellashtirishni yaratish va tanlash; modellashtirishni o‘rganish; model bo‘yicha 
olingan bilimlarni originalga ko‘chirish. 
Gepotetik metod – gipotezani ishlab chiqishga asoslanadi. U amaliy fanlar 
uchun asosiy metod xisoblanadi, ilmiy eksperimentda qo‘llaniladi.
Tarixiy metod – obyektning tug‘ilishini, shakllanishi va rivojlanishini 
xronologik ketma-ketlikda o‘rganishga asoslangan. Texnik soxalarda kam 
qo‘llaniladi. 
Ideallashtirish deb – amaliy jihatdan mavjud bo‘la olmaydigan obyektlarni 
fikran xayolda qurish jarayoniga aytiladi.Uning maqsadi real obyektlarni ularga 
tegishli bo‘lgan xossalardan xayolan maxrum qilish va gipotetik xossalar bilan 
to‘ldirishdar. Har qanday ideallashtirish faqat ma’lum bir chegarada amalga 
oshirilishi mumkin. 
Nazariy tadqiqot metodlar. Nazariy tadqiqot metodlariga umumlashtirish, 
aksiomatik va abstraksiyalash metodlari kiradi. 
Umumlashtirish deb umumiy holatni shakllanishi va obyektlar majmuasidagi 
eng ahamiyatli munosabatlarni aniqlash metodiga aytiladi. Umumlashtirish yangi 
ilmiy tushunchalarni hosil bo‘lishi va yangi qonun va nazariyalarni shakllanishi 
uchun vosita hisoblanadi. 
Aksiomatik metod – aksiomalarga, ya’ni isbotsiz qabul qilingan muqarrar 
holatlarga asoslanadi. Unda nazariya, deduksiyadan foydalanilgan holda mantiqiy 
isbotlar yordamida yaratiladi. Bu ilmiy bilimlarni tashkil etilishi va bir tizimga 
keltirilishidagi eng talabchan va aniq metoddir. U ko‘proq nazariy fanlarni 
rivojlanishda ishlatiladi.


127 
Abstraksiyalash metodi- obyektni ahamiyatsiz xossolardan uzoqlashtirib, 
tadqiqodchini qiziqtiruvchi ba’zi bir tomonlarini ajratib olishga asoslanadi. 
Abstraksiyalash metodi ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda e’tiborga 
olinmasa ham bo‘ladigan omillar aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda obyektni 
xossalarga uncha boy bo‘lmagan soddalashtirilgan model bilan almashtiriladi. 
Abstraktlashtirish sezishdan xayoliy obrazga o‘tishdagi bilish jarayonining 
muhim bosqichidir. 
Formatlashtirish – u obyektni biror -bir sun’iy tilning belgisi shaklida 
tasvirlash orqali o‘rgatishga imkon beradi. Ushbu metod muammoni umumiy 
holda echish imkonini beradi.Bunda obyektning e’tiborli tomonlari matematik 
termin va tenglamalar bilan ifodalanadi. Keyin ular bilan qoidalar yordamida 
amallar bajariladi. 
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib borish-da 
quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 
1. 
Pedagogik kuzatish metodi. 
2. 
Suhbat metodi. 
3. 
Anketa metodi. 
4. 
Intervyu metodi. 
5. 
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. 
6. 
Test metodi. 
7. 
Pedagogik tahlil metodi. 
8. 
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. 
9. 
Pedagogik tajriba metodi. 
10. 
Matematik-statistik metod. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish