Metodologik madaniyat
– bu metodologik bilimlarga asoslangan ilmiy
fikrlash madaniyatidir, uning o‘zagi esa metodologik refleksiyani tashkil etadi
(V.V. Kraevskiy). Pedagog-tadqiqotchining metodologik madaniyati –
tadqiqotchining qadriyatlarni anglash, tizimli metodologik bilimlar, ilmiy
izlanishning jarayoni va natijalarini loyihalashtirish, amalga oshirish va
baholashning metodologik ko‘nikmalari, ilmiy muammoning adekvat echimini
taqozo etadigan shaxsiy intellektual uslubni integratsiyalashni talab etuvchi kasbiy
madaniyat komponentidir. Pedagog-tadqiqotchi metodologik refleksiyaning
subyekti (tashabbuskori) bo‘lishi juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |