O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

Refleksiv yondashuv
samarali fikrlashning muhim mexanizmi sifatida yuz
berayotgan hodisani baholash, vazifalarni hal qilish usullari va operatsiyalarini 
izlab topish; ijodiy vazifalarni hal qilish jarayonida o‘zini-o‘zi tahlil qilish, o‘z 
holati hamda xatti-harakatlarini faol o‘ylab ko‘rishiga imkon beradi. SHu sababli 
refleksiv yondashuv o‘z-o‘zini baholash va tashqi tomondan berilgan bahoni 
anglashni talab etadi. 
Refleksiv yondashuv muammoli vaziyatlarni hal qilish chog‘ida etakchi 
faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Fikrlash jarayonida hamda xulq-atvorda 
bajaradigan funksiyalarining xilma-xilligi hamda xulq-atvorni va harakatlarni 
tartibga solishda o‘ynaydigan rolning ahamiyati refleksiyani ta’lim 
jarayonlarining juda kerakli unsuri deb hisoblashga asos bo‘ladi.
Refleksiv yondashuvning yana bir o‘ziga xos jihatlaridan biri ta’lim 
oluvchilarning tahliliy faoliyatini tashkil etish bo‘lib, jismoniy va (yoki) ruhiy 
rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar bilashga doir o‘z faoliyatini tahlil qilish
va obyektiv baholashga undash, tahliliy faoliyat jarayonidagi ijodiy
yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash, obyektiv 
xulosalarni rag‘batlantirish va rivojlantirish, amalga oshirilgan tahlillar asosida 
ijodiy tafakkurning yangilanib borishini nazarda tutadi.
So‘nggi yillarda kompetent yondashuvga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. 
Mazkur jarayon bilimlar (gnostik), ko‘nikma va malakalar (faoliyatga 
yo‘naltirilgan komponent), shaxs xususiyatlari (shaxs komponenti)ni o‘z ichiga 
qamrab oladi. Bilimlar – yangi echim ishlab chiqish uchun talab etiladigan
tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi
tizimlangan in’ikosini; ko‘nikmalar – shaxsning maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy 
faoliyatda aqliy jarayon bosqichlarini tez va to‘laqonli amalga oshirish darajasini 
belgilaydi. Malakalar esa shaxsning ijodiy faoliyat reproduktiv bosqichlarini 
qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini
anglagan holda amalga oshira olish darajasini anglatadi. 


118 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish