O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

Pedagogik tajriba
keng ma’noda ta’lim-tarbiya amaliyoti, tor ma’noda 
pedagoglarning innovatsion faoliyati. Ilg‘or pedagogik tajriba pedagogika 


147 
nazariyasiga doir ta’lim-tarbiya borasidagi samarali metodlar, vositalar 
texnologiyalarda ifodalanadi. Pedagogik jarayon ijodiy jarayon, malakali, 
tashabbuskor, o‘qituvchi, murabbiylar tajribalari, ta’lim-tarbiya tizimini 
rivojlantirish faoliyatidir. Ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish uzluksiz 
ta’lim pedagoglarining ijodkorligiga sharoit yaratadi. SHuningdek, mamlakat
miqyosida o‘tkazilayotgan olimpiada, yil o‘qituvchisi tanlovlari ommaviy 
ijodkorlikni rag‘batlantirishga imkon bermoqda.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilishi o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Ta’lim-tarbiya natijalarini pedagogik qonuniyatlar tamoyillar 
asosida, samaradorlik mezoni, innovatsiyani dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyatini 
tahlil qilish, baholash tadqiqotchidan yuksak metodologik bilim talab qiladi. 
Pedagogik tajriba maxsus tashkil etilgan eksperiment asosida ham bo‘lishi 
mumkin. Ijodkor pedagog erishgan natijalari tajribalari tahlilida metodologik 
tamoyil alohida o‘rin tutadi. Pedagogik tajribaning yangiligi, dolzarbligi, ilmiy 
amaliy ahamiyati asoslanadi, oldingi an’ana, tizimga qiyoslanadi. Ilg‘or pedagogik 
tajribaning asosiy ko‘rsatkichi innovatsion natijasidir. Masalan, o‘quvchilarning 
bilim darajasi, mustaqil o‘zlashtirishi, olingan bilimlarni erkin qo‘llay olishi, 
tarbiyalanganlik darajasi, bilish motivi, ezgu maqsadi shakllanganligi. 
Ilg‘or padagogik tajribani ilmiy tahlil etishda vaqt tejamkorligi, tajribaning 
iqtisodiy afzalligi alohida o‘rin tutadi. Ma’lumki, pedagogik mehnatni ilmiy tashkil 
etish kam mehnat qilib yuqori natija olishdir. Ilg‘or pedagogik tajribalarni 
o‘rganish ijodkor o‘qituvchilarni kashf qilish ta’lim-tarbiya nazariyasini va 
ahamiyatini boyitadi.
Ilmiy tadqiqotchi ijodkor o‘qituvchi bilan yangi tajribalarni yaratishi mumkin, 
birga izlanish ishlarini tashkil etishi, tajriba yakka va jamoa tarzida bo‘lishi 
mumkin. Jamoaningning ilg‘or tajribalari maqsadli, kompleks, rejali bo‘lishi 
mumkin. Keyingi yillarda ta’lim muassasalarida metodik kengashlar, birlashmalar
ilg‘or tajribalarni umumlashtirish markazlariga aylangan. Ilmiy seminarlarda ilg‘or 
tajribalar natijasi, innovatsion loyihalar ilmiy amaliy bahosini, tavsiyasini 
olmoqda.


148 
Ilg‘or pedagogika tajribalarni o‘rganish metodi ilmiy tadqiqot muammosidan 
kelib chiqib har xil usullarda qo‘llaniladi. Ta’lim-tarbiya amaliyotiga doir dolzarb 
tadqiqot, muammonisini tanlashda ilg‘or pedagogik tajribalarga asoslaniladi, ilmiy 
farazlar ham ilg‘or pedagogik tajribalar asosida shakllanadi. Tadqiqotchi nazariy 
qarashlarni, umumlashtirish, eksperiment o‘tkazish uni keng qo‘llash, uzluksiz 
ta’lim-tarbiya faoliyatida joriy etishda, ilg‘or pedagogik tajribalarga tayanadi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish natijasida nazariy va amaliy tavsiyalar 
yaratiladi.
Pedagogik faoliyat o’z mehnatiga ko’ra ijodiy tavsifga ega. Pedagogik 
ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan 
aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda o’qituvchining o’z pedagogic vazifasiga 
ijodiy yondashishi, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va 
vositalarini izlab topishdir. 
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa 
va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar 
kiritadi, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o’quv 
jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi. 
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan 
bilim, ko’nikma va malakalari yig’indisidir. Pedagogik tajribani to’plash 
pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u pedagogic 
faoliyatni samarali tashkil etish omili hisoblanadi. 
Pedagogik tajribani to’plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil 
topadi: 
1.
Maqsadni belgilash. 
2.
Ma’lumotlarni to’plash. 
3.
Ma’lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish. 
4.
Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish.


149 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish