O‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/115
Sana12.02.2022
Hajmi2,37 Mb.
#444877
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115
Bog'liq
55884 Mетодология дарслик

Pedagogik kuzatish metodi
. Uni qo‘llash jarayonida, ta’lim muas-
sasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida tadqiq eti-layotgan 
muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiri-tilgan 
ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘li-nadi. Pedagogik 
kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad 
asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish 
mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish
o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati 
yanada oshadi. 
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhimdir. 
Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 
1)
kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; 
2)
kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish; 
3)
kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 
4)
har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish; 
5)
xulosa chiqarishga shoshilmaslik. 
Pedagogik tadqiqotning asosiy yo‘llari, usullaridan biri kuzatish metodidir. 
Kuzatish ilmiy tadqiqot metodi aniq maqsadga qaratilgan, reja asosida pedagogik 


131 
voqeylikni, jarayonni mohiyatini, qonuniyatlarini aniqlash yo‘llari, usullaridir. 
Oddiy kuzatishdan ilmiy tadqiqot kuzatishi quyidagi xususitlari bilan farq qiladi.
1. Ilmiy kuzatish aniq maqsadga qaratilgan ma’lum g‘oya, ilmiy faraz asosida 
tashkil etiladi. Masalan, u yoki bu ijtimoiy guruhda mafkuraviy immunitetni 
shakllanganlik holatini aniqlash, o‘tkazilgan tajriba natijalarini baholash
tarbiyaviy tadbirlarni ta’sir imkoniyatlarini aniqlash, ilmiy faraz isbotini aniqlash 
bo‘lishi mumkin.
2. Ilmiy kuzatishni reja asosida tizimli tashkil etilishi. Tadqiqotchi qo‘ygan 
maqsadi bo‘yicha kuzatish dasturini tuzadi, vaqtni belgilaydi, kuzatish vositalarini 
aniqlaydi, natijalarni umumlashtiradi. Kuzatish metodidan samarali foydalanish 
uchun tadqiqotchi amaliy faraz, dalil mezoni va olinadigan natija bir biriga 
mosligiga e’tibor berishi zarur. 
3. Obyektivlik ilmiy kuzatish metodining asosiy tamoyilidir. Voqeylik 
hodisalarni bor holatini yozib borish, texnika vositalari: magnitafon, ko‘rsatuv 
vositalaridan foydalanish takroran kuzatish imkonini beradi. Ilmiy kuzatishning 
o‘ziga xos xususiyati tabiiy muayan pedagogik jarayonni xolisona tahlil etishda. 
CHunki, pedagogik kuzatishni tashkil etishda subyektiv holatlar uchrashi mumkin. 
Subyektivlikka, pedagogik voqe’likni hohish istak asosida tahlil etish, xulosani 
ilmiy qimmatini tushiradi. Fanda kuzatish metodining bir necha usullari mavjud. 
Pedagogik ilmiy tadqiqotda kuzatish obyekti uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayoni
yoshlar, pedagoglar, ota onalar faoliyati, muayyan pedagogik vaziyatlardir. 
Masalan, kuzatish obyektining mavjud vaziyatda holati: 
- vaziyatdagi holatning asosiy sababi psixik voqe’lik; 
- kuzatish obyektining jamoada tutgan o‘rni, jamoaga munosabati; 
- so‘z va amaliy faoliyatning bog‘liqligi; 
-ma’naviy-axloqiy, estetik, emotsional darajasi; 
- nutqi, mimikasi, o‘zini tutish xususiyati, ularni boshqa vaziyatdagi holati 
kabilar hisobga olinadi. 
Kuzatishda mavjud holat, voqe’lik tezda yozib borilishi shart, ayrim 
qirralari, dalillar vaqtida yozib borilmasa yoddan ko‘tarilishi mumkin.


132 
Avvalo, ilmiy pedagogik kuzatishda o‘rganayotgan obyektning qo‘yilgan 
maqsad bo‘yicha mavjud sharoitda ichki holati, faoliyati; ikkinchidan, ichki va 
tashqi holatining uyg‘unligi, faoliyatda namoyon bo‘lishi; Uchinchidan,faoliyatni 
izchilligi, uzviyligi holati aniqlanadi. 
Ilmiy kuzatish bevosita va bilvosita tashkil etilishi mumkin. Bevosita 
kuzatishda ilmiy izlanuvchi o‘zi amalga oshiradi, har xil vaziyatda izchil kuzatish 
natijasini yozib boradi. Bilvosita ilmiy tadqiqotda yordamchilarning qatnashishi, 
mutaxassislar ishtiroki ularni tadqiqot maqsadini xabardorligi muhimdir. 
Tadqiqotda hamkasblar, talabalar, maktabdan tashqari ta’lim muassasasi xodimlari 
qatnashishi mumkin. Shuningdek, o‘z-o‘zini kuzatish, yuqori sinf o‘quvchilari 
o‘rta-maxsus ta’lim, oliy o‘quv yurti talabalari orqali tadqiqot maqsadiga ko‘ra 
amalga oshiriladi. 
Pedagogik ilmiy tadqiqot farazsiga ko‘ra ilmiy kuzatish ochiq va yopiq 
shaklda olib borilishi mumkin. Ko‘pgina hollarda ochiq kuzatishda tadqiqot 
maqsadi aniqlanganda tashqi kuzatishda obyektiv holat o‘zgarishi mumkin. 
Pedagogik ilmiy kuzatish qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa 
muddatli ma’lum soatda, daqiqalarda o‘tkazilishi mumkin, tadqiqot maqsadida 
tezkorlik , ayrim holatlarda qo‘llaniladi. 
Uzoq muddatli ilmiy kuzatish bir necha yilgacha bo‘lish, ijtimoiy 
munosabatlar rivojini aniqlashda, kompleks muammolarni aniqlashda qo‘llaniladi. 
Bunday kuzatishni voqe’likning sababini aniqlash, prognozlash, o‘zlashtirishni 
yaxshilash masalalarida qo‘llaniladi.
Ilmiy kuzatish metodi eng ko‘p qo‘llaniladigan va murakkab metoddir. 
SHuning uchun o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rish, iloji boricha oldindan 
mashq qilib ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lish zarur. YA’ni, aniq reja asosida
tashkil etish, konsepsiya, ilmiy faraz, tadqiqotchining fikriy tajribasi o‘qituvchi va 
o‘quvchilar munosabati hisobga olinadi. Kuzatish jarayonida dalil aniq qayt 
etilishi, ishtiirokchilar va vaqti aniq ko‘rsatilishi shart. Kuzatish natijalarini tahlil 
etish, qiyoslash, umumlashtirish tadqiqotchiga aniq xulosa qilish imkoniyatini 
beradi. 


133 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish