91
II BOB. METODOLOGIK APPARAT VA TADQIQOT SIFATINI
TA’MINLASH
2.1.
PEDAGOGIK MUAMMONI TANLASH VA PEDAGOGIK
TADQIQOT MAVZULARINI SHAKLLANTIRISH. PEDAGOGIK
TADQIQOTLARNING DOLZARBLIGINI ANIQLASH
Tayanch tushunchalar:
muammo, pedagogik muammo, tadqiqot
muammosi, mavzu, tadqiqot mavzusi, tadqiqot natijasi.
Pedagogik tadqiqotlar muammosi.
Ilmiy tadqiqot muammoni qo‘yishdan
boshlanadi. Falsafada muammo anglanish paytida obyektiv paydo bo‘luvchi savol
yoki savollar jamlanmasi majmui sifatida aniqlanadi, ularning yechimi muhim
amaliy yoki nazariy ahamiyatni o‘zida aks ettiradi.
Muammoning tuzilishida
quyidagi savol ko‘ndalang turadi: “Avval fanda ma’lum bo‘lmagan qaysi jihatni
o‘rganmoq kerak?” (V.V.Krayevskiy).
Tadqiqot muammosi fan va amaliyot uchun birdek dolzarb bo‘lishi kerak.
Muammo – bu “bilmaslik haqidagi bilim”dir. Muammo tuzilishi ta’lim amaliyoti
(ta’lim va tarbiya) pedagogika fani (didaktika, tarbiya nazariyasi, metodika)
holatining obyektiv ilmiy tahlili natijasi hisoblanadi, uning maqsadi ilmiy “bilim”
va “bilmaslik” chegaralarini aniqlashdir. Masalan, tadqiqotchi muammoni
quyidagicha ifodalab beradi: “Didaktik tadqiqotlarning qanday sifat mezonlari
mavjud?”. Aslida pedagogik tadqiqotlarning sifat
mezonlari metodolog olimlar
E.V.Berejnova,
V.M.Polonskiy,
V.V.Krayevskiy,
V.I.Zagvyazinskiy,
V.A.Slastiyonin kabilar tomonidan tizimlashtirilgan, asoslangan, ishlab chiqilgan.
Yuqorida ifodalangan muammo aslida “tadqiqotchining o‘zining muammosi”,
ya’ni u mazkur masala haqida yetarlicha bilimga ega emas.
Ilmiy muammo ta’lim yoki tarbiya amaliyoti, pedagogik nazariyada topilgan
92
ziddiyatlar asosida ifoda etiladi. Ziddiyat – bu “qarama-qarshilik”, “mos emaslik”,
masalan, pedagogik jarayon komponentlari orasida – maqsadi va mazmuni,
mazmuni va metodik vositalari bilan.
Qarama-qarshilik va «ziddiyatlar» amaliyotda – ilmiy tadqiqotlar olib borish
uchun hali sabab emas! Amaliyotdagi har qaysi ziddiyat ham fan vositasitalari
yordamida hal bo‘lavermaydi. Qolaversa, fan ziddiyatlarni echmaydi,
balki
asboblarni ularning yechimi uchun sharoit sifatida ishlab chiqadi.
A.M.Novikovning ta’kidlashicha, pedagogik tadqiqot muammosi mantiqan
o‘rnatilgan qarama-qarshilikdan sizib chiqadi: faqat fanga oid, ilmiy bilimning
yassiligiga olib o‘tilgan, fan tilida ifodalangan jihatlardangina ajratib olinadi.
Qarama-qarshilik yechimining dastlabki sharti-vositasi ishlab chiqilganda, variant
mavjud bo‘ladi. Ilmiy ish bilan amaliy masalani ajratib olish muhim. Amaliy
masaladan ilmiy muammoga o‘tish uchun, ikki tartibni amalga oshirish kerak:
berilgan amaliy masalani echish uchun qaysi ilmiy
bilimlar kerakligini aniqlash;
ushbu bilimlar fanda borligini aniqlash; agar bilimlar bor bo‘lib, ularni tanlab
olish, tizimlashtirish, foydalanish zarur bo‘lsa, u holda ilmiy muammoning o‘zi
mavjud emas; agar kerakli bilimlar yo‘q bo‘lsa yoki to‘liq bo‘lmasa, muammo
yoki muammolar majmui yuzaga keladi.
Tadqiqot
muammosi dolzarblik, yangilik, nazariy ahamiyat (o‘sishga
ko‘maklashish, nazariy bilimlarni takrorlash emas) va amaliy ahamiyat (ta’limiy
amaliyotning real masalalari yechimini topishga yordam berish) talablariga javob
berishi lozim.
Ilmiy muammoni tuzish uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish kerak:
-
ta’lim amaliyotining tanqidiy tahlilini amalga oshirish (anketalashtirish,
testdan o‘tkazish, ekspertli baholash uslubi va b.), uning sifati va effektivligini
aniqlash, amaliyot holatini determinatsiyalovchi faktorlar, “qarama-qarshiliklar”,
«ziddiyatlar», kelishmovchiliklarni shakllantirish;
-
fanda amaliyot qarama-qarshiliklarni echish vositalari ishlab chiqilganmi,
shuni aniqlash (ilmiy tadqiqotlar natijalari tanqidiy tahlili asosida: yondoshuvlar,
konsepsiyalar, ta’lim
jarayoni modellari, ta’lim metodikasi), ilmiy “bilim” va
93
“bilimsizlik” chegaralarini o‘rnatish (nima ishlab chiqilganu, nima ishlab
chiqilmagan va “fan xaritasida oq dog‘” sifatida nima namoyot bo‘lgan);
-
tadqiqot obyektiga nisbatan, ma’noviy-kategorial apparatni qo‘shgan
holda shaxsiy konseptual pozitsiyani asoslash (tadqiqotchi mavjud konsepsiya yoki
nazariyaning adepti bo‘lishi mumkin);
-
tadqiqotning muammoli maydonini aniqlash, konkretlashtirish va birinchi
navbatda shaxsiy tadqiqotning muammosini shakllantirish;
-
shaxsiy ilmiy muammoni dolzarblik mezonlari pozitsiyasi,
potensial
nazariy va amaliy mazmuni jihatidan tanqidiy refleksiyasini amalga oshirish
(Muammo bormi? U dolzarbmi? Yyechimga egami? Uning yechimiga nazariy va
amaliy extiyoj bormi? Pedagogik fan zamonaviy rivojlanish bosqichida uning
yechimi mavjudmi?).
Muammo ko‘pincha so‘roq gap shaklida shakllanadi. Muammo tuzilishi
mono- va polikomponentli bo‘lishi mumkin. Muammoning monokomponentli
tuzilishida muammo bitta masaladan iborat bo‘ladi («Magistrantlarda
pedagogik-
metodologik refleksiyani qanday shakllantirish mumkin?»), polikomponent
shaklida – bir necha masala («Bo‘lajak o‘qituvchilarda metodologik madaniyatni
shakllantirish mazmuni va metodlari») muhokama uchun qamrab olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: